Pestalotssi pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati. Pestalotssi ko‘zga ko‘ringan nazariyotchisi va amaliyotchi edi.
Pestalotssi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir-biriga uyg‘un qilib o‘stirishdek vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U elementar ta’lim nazariyasini yaratdi, bu nazariya dogmatik ta’limga, ya’ni ma’nosini tushunmay yodlashga qarshi olib borilgan XIX asrda xalq maktabini rivojlantirishga yordam bergan kurashda katta rol o‘ynadi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mehnatda tarbiyalash, axloqiy va aqliy tarbiyalash to‘g‘risida juda qimmatli fikrlarni aytib o‘tdi. Pestalotssi boshlang‘ich maktabda beriladigan bilimlarning mazmunini kengaytirishni talab qildi, boshlang‘ich maktabni xalqqa yaqinlashtirishga, uni xalq ommasining turmushi va ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘lashga intildi, bolalarni mehnatga o‘rgatishga, ularni turmushga tayyorlashga katta e’tibor berdi
Do'stlaringiz bilan baham: |