Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Didaktika nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari



Download 3,96 Mb.
bet116/307
Sana27.10.2022
Hajmi3,96 Mb.
#856917
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   307
Bog'liq
cf530781999446dee00aaff2910167e4 UMUMIY PEDAGOGIKA

Didaktika nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.
Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Didaktik tizim (yunoncha «systema» — yaxlit qismlardan tashkil to’gan, birlashtirish) — ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayonining yaxlit holatini belgilash, ajratib ko’rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:

  1. an’anaviy;

  2. progressiv;

  3. zamonaviy.

Ta’lim nazariyasida Ya.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega.
An’anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog’liq. U Ya.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy nuqtayi nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat: o’quvchilarning intellektual rivojlanishini ta’minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedosentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol o’ynashini e’tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim. XX asming 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo’lingan axborotlarni etkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o’zlashtirishda samaradorlikka erishish g’oyasini ilgari suradi. Mazkur g’oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o’quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlami yaratdi.
D.Dyuining nazariy g’oyalari muammoli ta’limning asosi bo’lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g’oya o’qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o’quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi fan o’rganish
jarayonini rag’batlashtirish, o’quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim konseptsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g’oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g’oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog L.S.Vigotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan «Yaqin rivojlanish zonasi» g’oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra bola kattalar yordamida bilim olib, o’zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g’oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan.
Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsini hurmat qilish, uning sha’ni, obro’si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste’dodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo’l qo’ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda o’quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.
Respublika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va etuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.
5. Didaktik jarayonning qonuniyatlari.
Pedagogika fanida didaktika o’qitish va ta’lim nazariyasi demakdir. Didaktika o’qitishning qonuniyatlarini o’rganib, u «nimani o’rgatish» va «qanday o’rgatish» degan savollarga javob beradi.
Barcha ta’lim muassasalarida o’qitish, avvalo, o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli ham didaktika barkamol shaxsni rivojlantirishning ajralmas qismi bo’lgan aqliy tarbiya mohiyatini ochib beradi.
Didaktika hamma predmetlar uchun harakterli bo’lgan o’quv jarayonining umumiy qonuniyatlarini ochib beradi.
Bilim - insoniyatning umumlashtirilgan tajribasi.
Bilim - borliqdagi narsa va hodisalarni, tabiat va jamiyat qonunlarini anglab etish mahsulidir.
Didaktikaning bahs mavzusi o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini, ularning vazifalarini, ular o’rtasidagi munosabatlarni o’quv jarayonining ishtirokchilari sifatida qarab chiqish hisoblanadi.
O’qitish jarayonining mohiyati bilish jarayonining qarama-qarshiligidadir.
O’qitish jarayoni deganda o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishga, ularning rivojlanishi va tarbiyasiga qaratilgan umumiy maqsadni amalga oshirish uchun o’qituvchi va o’quvchilarnnng birgalikdagi murakkab mehnati jarayoni tushuniladi.
Didaktika pedagogikaning bir qismi sifatida - umumiy didaktika va metodika, xususiy didaktikaga ajratib o’rganiladi.
Umumiy didaktika murakkab nazariy va amaliy muammolarni hal etadi hamda o’qitish jarayonining qonuniyatlarini ochib beradi, ta’limning mazmunini belgilaydi, samarali o’qitish metodlari va ularni yo’lga qo’yish shakllarini ishlab chiqadi, hozirgi zamon texnika vositalaridan ta’lim jarayonida unumli foydalanish va boshqa masalalarni hal etishni maqsad qilib qo’yadi.
Turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarda o’qitishning vazifalari va xarakteriga nisbatan o’ziga xos qarashlar yuzaga kelgan. Bu esa mavjud jamiyatga xos bo’lgan mahlum o’quv jarayonining tiplari yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Masalan: a) dogmatik tipi;
b) tushuntiruvchi tipi;
v) tadqiqot-muammoli tipi.
O’quv jarayonining dogmatik tipi - quruq yodlash xarakteriga ega.
Tushuntirish tipi. O’quvchi, avvalo, materialni tushunsin, keyin yodlab olsin. O’quv jarayonining takomillashgan bu tipi bilimlarni egallashda dogmatizmning yo’qotilishiga sababchi bo’ldi. O’tgan asrning 30-50-yillarida bizning maktablarga o’quv jarayoni tushuntiruvchi o’qitish tipi mustahkam kirib bordi. Lekin bu tipning ham o’ziga xos kamchiliklari bor edi. Hozirgi sharoitda har bir odamning mehnati ijodiy xarakter kasb etib borayotgani sababli o’qitishning tushuntiruvchi tipida egallangan bilimlar kamlik qilar edi. Shuning uchun ham keyinchalik umumta’lim maktablarida o’qitishning tadqiqot-muammoli tipi keng joriy etib borilmoqda.
Muammoli o’qitish o’quvchilarda bilish jarayonini mustaqil va ijodiy, izlanadigan tarzda yo’lga qo’yishni taqozo etadi.
Umuman olib qaralganda, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi yosh avlodni ilmiy bilimlar, hayotiy zarur ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish ekan, avvalo, biz ana shu tushunchalarning o’zini anglab etishimiz zarur bo’ladi.
Ilmiy bilimlarni egallash muayyan dalillarni, turmushdagi predmetlararo o’zaro bog’lanishlarni, biri ikkinchisini taqozo etishini idrok etish, faxmlash, ularni izohlay olish, mustahkam o’zlashtira olish va xulosalar chiqara olish demakdir.
Ko’nikma mehnat qilish yo’llari va usullarini bilib olish, o’z bilimlarini amalda qo’llay olish demakdir.
Malaka avtomatlashgan ko’nikmadir.
Ta’lim ikki tomonlama jarayondir (o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi faoliyatga asoslangan jarayon hamda o’qitish va o’qish jarayonlaridan iborat).
O’qitish, bu - o’qituvchining o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malaka berish, yangi haqiqatlarni ocha bilishga qodir bo’lgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalash jarayonidir.
O’qish esa o’quvchilarning o’qituvchi tomonidan berilgan bilimlarini, ko’nikmalarini o’zlashtirishlari, shu orqali o’zlarida bilish qobiliyatini, fikrlash va harakatlarni tarkib toptirish jarayonidan iborat.
Bu ikkilasi faol, bir-birlarini taqozo etadigan jarayonlar hisoblanadi.
6. Bilish jarayonining dialektikasi.
Bilish jarayoni - o’qitish jarayonining metodologik asosi
O’qitish jarayonining metodologik asosini bilish nazariyasi tashkil etadi. Bu nazariya bilimni obektiv dunyoning inson ongidagi passiv tasviri, shunchaki akslanishi emas, balki uni faol jarayon sifatida qarab chiqish demakdir. Bilimda obektiv dunyodagi hodisa, jarayonlar o’z aksini topgan bo’lib, bular sababiy va qonuniy o’zaro bog’langan bo’ladi. Bilish obektiv dunyoning inson ongidagi in’ikosidir.
Bir qator tadqiqotchilar, pedagog va psixologlar dialektik-materialistik metodologiyaga tayangan holda o’qitish jarayonini dunyoqarashning shakllanishi (E.I.Monaszon, N.A.Menchinskaya va b.q.), pedagogik jarayonda tarixiy mantiqiy bog’liqlikning ahamiyati (F.F.Korolev, Z.I.Ravkin va b.q.), asosiy didaktik tushunchalarning har tomonlama metodologik tahlili (E.I.Monaszon, V.E.Gmurman va b.q.) nuqtai nazaridan qarab chiqdilar. Didaktikaning nazariy tadqiqiga L.V.Zankov (so’z va ko’rgazmalilikning bog’liqligi, ta’limning rivojlantiruvchi tahsirini kuchaytirish), S.G.Sha’ovalenko (o’qitish metodlariga turlicha yondashuv), K.P.Yagodovskiy (tadqiqot metodlari) va b.q.lar o’zlarining samarali hissalarini qo’shdilar.
Bilish nazariyasining birligi to’g’risidagi qoidaga amal qilgan tadqiqotchilar shuni tasdiqlab berdilarki, ta’lim jarayoni bilish jarayonining o’ziga xos sharoitda sodir bo’ladigan turli-tuman faoliyatlar ko’rinishidir.
O’quv jarayonida yangilik yaratish, ixtiro qilish talab qilinmaydi, balki tayyor bilimlarni ijodiy o’zlashtirish yo’lga qo’yiladi. Ushbu jarayon zamirida olimlar tomonidan uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijalarini tezkor bilish jarayoni yotadi. Bilimlarning juda ko’plab ko’rinishlari o’quvchilar tomonidan, bevosita o’rganilmaydi, balki o’qituvchi yordamida tezkor bilish yo’llaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Haqiqatga etishish o’ta murakkab dialektik jarayondir. Dialektikasiz bilishning o’zi, uning rivojlanishi bo’lmaydi. Bilishda jarayonlarning bog’liqligi, Ya’ni ichki butunlik va ular elementlarining o’zaro bog’liqligi mavjud.
Lekin bilish dialektikasining mohiyati, eng avvalo, uning ichki qarama-qarshiligidadir. Dunyodagi barcha jarayonlar bilish shartlarida, ularning ichki harakatida, o’z-o’zining harakatida, barcha ziddiyatlarning o’zaro bog’liqligidadir. Shuningdek, bilish o’zgaruvchanlikda, rivojlanishda, uzluksizlikda, sakrovchan, doimo bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tib turishda namoyon bo’ladi.
Bilish tafakkurning obektga doimiy to’xtovsiz yaqinlashuvidir. Tabiatning inson ongidagi inhikosini «o’lik», «abstrakt», harakatsiz, qarshiliksiz bir narsa deb emas, balki doimiy rivojlanishdagi, doimiy qarama-qarshilikdagi va uni hal etishdagi jarayon deb bilish kerak.
Shuning uchun ham biz, yuqoridagi metodologik asosga tayanib, ilmiy haqiqatlarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish qanday kechayotganligini, o’quvchi o’zlashtirishniig qaysi bosqichida turganligini, bilish jarayonida ularning harakatidagi ziddiyatlar nimadan iboratligini aniqlashimiz zarur.
Psixologlar va didaktikashunoslar tomonidan isbotlanishicha, o’quvchi shaxsiy tajribasi va ilmiy bilimlar o’rtasidagi, bilish vazifalarini aniqlash zaruriyati bilan uni hal etish imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklarda jonli bilish jarayoni yotadi. Bunda o’quvchi butun imkoniyatlarni (intellektual tajribani) ishga solib, bu ziddiyatdan chiqib ketishga harakat qiladi.
Eng muhimi, bizning vazifamiz shu masalani hal etishda uchraydigan ziddiyatlarni izlab topish, aniqlash, so’ng shu qarama-qarshiliklarni hal etish imkoniyatlarini, yo’llarini, shartlarini ochib berishdan; o’quvchilarning faol bilish jarayonini tashkil etishga undovchi ichki intilish, ehtiyojni yuzaga keltiruvchi qo’zg’atuvchi vositalarni izlab topishdan iborat. Xuddi shu qo’zg’atuvchi o’qitish jarayonini harakatga keltiruvchi kuch bo’lib maydonga chiqadi.
O’qitish jarayonini harakatlantiruvchi asosiy qarama-qarshiliklar doimiy murakkablashib, qiyinlashib borayotgan talablar bilan o’quvchilar imkoniyatlari (bilim darajasi, rivojlanganligi, motivlar, usullarni egallash darajasi) o’rtasidagi ziddiyatlardir. Bu qarama-qarshilik o’zini mazmun (bilim, ko’nikma)da, qo’zg’atuvchi usullar va operatsiyalar (bilish usullari)da namoyon etadi.
Bu qarama-qarshiliklar quyidagilardir:

  1. O’quvchilarning oldingi bilimlari darajasi bilan yangi bilimlar o’rtasidagi;

  2. Bilimlar bilan uni qo’llash o’rtasidagi;

  3. Yangi qo’yilayotgan talablar bilan oldin o’quvchilarda mavjud bo’lgan bilish va o’qitishga munosabat o’rtasidagi;

  4. Yangi bilish vazifalarini hal etish uchun ilgari surilayotgan metodlar bilan oldin egallangan eski bilish usullari, yo’llari o’rtasidagi ziddiyatlar.

Har qanday bilish amaliy jarayonda ro’y beradi, chunki amaliyot nazariy bilishdan yuqoridir, ya’ni u faqat umumiylik qiymatiga ega bo’libgina qolmay, balki bevosita voqelik qiymatiga ham egadir. Jonli muloqotdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga - haqiqatni bilishning, obektiv reallikni bilishning dialektik yo’li mana shu.
Sezish ongning tashqi dunyo bilan bevosita bog’lanishidir, tashqi ta’sir energiyasining ong faktiga aylanish jarayonidir.
Idrok voqelikdagi mavjud narsa va hodisalarning inson ongida yaxlit holicha aks etishidir.
Tasavvur sezgi va idrok qoldirgan iz bo’lib, u bosh miya po’stlog’ining plastikligi tufayli odam ongida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
7. Ta’lim yo’nalishining rivojlanishi. Ta’lim paradigmalari. Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» — misol, namuna) — pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan eptirof etilgan nazariy hamda metodologik ko’rsatmalar to’plami bo’lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo’llaniladi. Bugungi kunda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:

  1. An’anaviy - konservativ paradigma (bilim paradigmasi).

  2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.

  3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.

  4. Texnokratik paradigma.

  5. Ezoterik paradigma.

Ayni vaqtda ta’lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:
1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv — madaniyat inson hayotining mazmuni sifatida tushuniladi.
2. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga yo’naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
3. Shaxsiy yondashuv — madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo’ladi.
Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Har bir paradigma muayyan ta’limiy muammolarni hal etishga yo’naltiriladi. Xususan:

  • ijtimoiy institut sifatida o’quv muassasalarining vazifalari;

  • ta’limning samarali tizimi;

  • o’quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;

  • ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;

  • muayyan bilim, ko’nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.

Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:

  1. Bilim olishning an’anaviy paradigmasi (J.Majo, L.Kro, J.Ka’el va boshqalar)

Unga ko’ra ta’limning asosiy maqsadi — «Bilim, qanchalik qiyin bo’lmasin bilim olish». An’anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari — bilim, ko’nikma va malakalar, ilg’or g’oyalar va qadriyatlami saqlab qolish hamda ularni yoshlarga etkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta’lim olish, taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga etkazish.
2.Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, balki o’quvchilar tomonidan turli bilimlarning o’zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinnerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior — xulqi) konsepsiyasi tashkil qiladi.
Maktabning maqsadi — o’quvchilarda g’arb madaniyati ijtimoiy qoidalari, talablari va ko’zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi «xulqiy repertuar»ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaqtda, «xulqi» atamasi bilan «insonga xos hamma ta’sirlanishlar — uning fikrlari, sezgi va harakatlari» ifodalanadi (R.Tayler).
Bunda ta’limning asosiy metodlari, o’rgatish, trening, test sinovlari, individual ta’lim, tuzatishlari bo’lib qoladi. Buning oqibatida, ta’limninggina emas, balki dars berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi.
P.Blum barcha o’quvchilar faqat o’zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli o’qishlari mumkin deb hisoblaydi. O’quvchining optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o’quvchiga ta’lim berish natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning fikricha, ta’lim oluvchilarning 95 foizi ta’lim muddatlariga bo’lgan cheklashlar olib tashlanganda o’quv kursining butun mazmunini o’zlashtirib olishga qodirlar. Ana shu nuqtayi nazardan o’quvchilar tomonidan bilimlarning muvaffaqiyatli o’zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi, uning mohiyati quyidagichadir:
1. Butun sinf yoki kurs uchun to’la o’zlashtirish etaloni, mezonini aniq belgilab olish asosida, o’qituvchi ta’lim yakunida erishilishi kerak bo’lgan aniq natijalarning ro’yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi.
2. O’quv birliklari, ya’ni, o’quv materiallarining yaxlit bo’limlari ko’rsatiladi, ularni o’zlashtirish natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga ta’sir ko’rsatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari — tuzatish, korreksiyalashdan iborat.
3. To’la o’zlashtirishga yo’naltirilgan har bir o’quv kurs materiallarini o’zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini o’tkazish. Bu o’rinda har bir o’quvchiga baho va ta’lim maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim.
Predmetlarni bo’sh va o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchilarning qobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AQSh va boshqalar) ta’lim tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) paradigma g’oyalariga muvofiq ish ko’rilganda 70 % o’quvchilar yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko’rsatadi.
Yuqorida qayd etilgan ta’lim yo’nalishlari o’zida insonparvarlik g’oyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyoqarashining rivojlanishi, shaxsning rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muhim o’rin tutishini nazarda tutmaydi.
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko’ra (A.Maslov, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vigotskiy va boshqalar) ta’lim oluvchi erkin
shaxs, ijtimoiy munosabatlar subekti sifatida o’ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo’naltiradi. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» — hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni ko’zda tutadi. Uning vakillari o’quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o’quvchi hamda o’qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g’oyalari 1991-yildan keyin respublika uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o’quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, «erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash» masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika ta’lim muassasalarida quyidagi g’oyalarga amal qilinmoqda: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir»1.
Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, faqatgina biluvchilar uchun mo’ljallangan insonning dunyo bilan o’zaro aloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy va o’zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo’lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o’quvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan biiga, o’qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o’quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga yo’naltiradi.
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga «aniq» ilmiy bilimlarni berish va ularning o’zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o’rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o’rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo’lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g’oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
So’nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g’oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim «tabiatda» — Internet, «ochiq maktablar» — komputerlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o’qitish) muvofiq o’qitish samarali deya hisoblaydi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish