Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


-Mavzu: HOZIRGI JAHON MAMLAKATLARI TA`LIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI



Download 3,96 Mb.
bet259/307
Sana27.10.2022
Hajmi3,96 Mb.
#856917
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   307
Bog'liq
cf530781999446dee00aaff2910167e4 UMUMIY PEDAGOGIKA

12-Mavzu: HOZIRGI JAHON MAMLAKATLARI TA`LIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI
REJA:
1.Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi.
2.Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.
3.Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar.

Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi. Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni “inson kapitali” sifatida e’tirof etilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning dunyo bo’ylab tan olinishi chet el tajribasini o’rganish jarayonini tezlashtiradi.
1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda yettita bosqich ko’rsatilgan. 0 – maktabgacha ta’lim; 1 – boshlang’ich ta’lim; 2 – o’rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 – o’rta ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 – oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Jahon ta’lim tizimining ko’p omilli ko’rinishga egaligi metablokli, makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi. Jahon ta’lim tizimining o’zaro aloqadorligi va o’zaro harakati belgilariga ko’ra regionlarni bir necha turga bo’lish mumkin:
Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi.Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G’arbiy Yevropani keltirish mumkin.Birlik g’oyasi 1990 yillardan G’arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSH va Kanada kabilarni ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlarning generatori sifatida yangi Osiyo-Tinchokeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan hududlar tegishli. Birinchi navbatda bu Lotin Amerikasi davlatlaridir. Tarixda bo’lgani singari bugungi kunda ham Lotin Amerikasiga integratsion o’choqlar zonasi sifatida AQSH va G’arbiy Yevropa tomonidan ta’sir ko’rsatilmoqda.
Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor qaratayotgan regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch vaAtlantikaokeani havzasidagi uncha katta bo’lmagan orol davlatlarini kiritish mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja – 4 yildan kam. Mazkur hududlardaaholining ko’pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil, Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil.
XX asrning oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko’ra ta’limning uzluksizligi va integratsion jarayonlardaog’ishlar kuzatilayotan hududlar ajratib ko’rsatildi. Bunday hududlargaarab davlatlari, Sharqiy Yevropa va Sobiq SSSR davlatlari kiradi. Arab davlatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan to’rtta subregionni shakllantirisha intilish kuzatilmoqda. Bu hududlarga: Mag’rib (Liviya bilan birga), Yaqin Sharq (Misr, Iroq, Suriya, Livan, Iordaniya), Fors ko’rfazi (Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Qatar, Ummon, Baxrayn), Qizil dengiz bo’yi va Mavritaniya davlatlari.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligining e’tirof qilingani haqiqatdir. Shu tufayli ham rivojlangan mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashgaajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilgaoshib bormoqda.
Masalan, yaponlarda “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo’lib qolmay, “u insonlarni barkamollashtiradi”, degan fikr ishonch va e’tiqodgaaylangan.
Ta’lim to’g’risida g’amxo’rlik qilish taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun xam AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F.Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni “Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch” deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalgaoshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni ikki mingdan ortiq. Frantsiya, AQSH, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat vaxususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esaxalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHdaxalqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga qaratilgan.
XX asrning 80-yillaridan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili vaadabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv jadvalining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan o’quv fanlarini tanlab olish o’quvchilar vaota-onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniyada to’liqsiz o’rta maktablaridaasosiy o’quv fanlari bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv dasturlari xam amalgaoshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Frantsiya boshlang’ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili vaadabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi o’quv fanlariga bo’linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o’quv dasturida bir qator farqlar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy o’rta ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi o’quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o’rganish ham kiritilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda XX asrning 60-80-yillarida tabiiy-ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba’zi hollardaastronomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va Frantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’qitiladi. O’kuv dasturlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Frantsiyada XX asrning 70-80-yillarda to’liqsiz o’rta maktablar o’kuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy-gumanitar kurslar kiritiladi.
Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o’quv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to’laamalgaoshirildi: Frantsiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o’quv soatlari ajratildi.
Maktablardaamalgaoshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalagaaylangan. O’quvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlardaasosan boshlang’ich ta’lim kursidan keyin amalgaoshiriladi. Masalan, frantsuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’quvchilarini uch tabaqagaajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular quyidagilar:
1. Gomogenlar – matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan o’quvchilar.
2. Yarim gomogen – tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtiraolishga moyil o’kuvchilar.
3. Gegeron – barcha fanlarni xar xil saviyada o’zlashtiradigan o’quvchilar va hokazo.
Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmoqda.
To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi AQSh va G’arbiy Yevropada o’zlashtirishi past o’quvchilarning ko’payib borayotganligi, funktsional savodsizlik avj olayotganligidir.
To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylardaamalgaoshirilmoqda. AQShda bu xizmatgaommaviy axborot vositalarinig imkoniyatlari xam safarbar etilgan. Milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etiladi.
O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet el mamlakatlarining ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor toboraortib bormoqda.
Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmoqda. Ular o’qishni juda erta boshlab ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta shov-shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Shunday iqtidorlar maktabi G’arbda XX asrning 60-yillardayoq paydo bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’quv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.
Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQSHda keng quloch yoygan. Ayrim shaharlardaoliy toifali bolalar bog’chalari ochilgan bo’lib, ularda 4-5 yoshli o’quvchilar maktab dasturida o’qitiladilar. AQSHda “Merit” dasturi asosida har yili yuqori sinflar va kollejlardan eng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi. Ular o’rtasida test sinovlari o’tkazilib eng qobiliyatli 35 ming o’quvchi tanlab olinadi va o’qitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi shart-sharoitga ega bo’lgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalgaoshiriladi.
Lekin iqtidorli bolalarga qarama-qarshi qutbda turgan aqli zaif o’quvchilarning taqdiri ham chet ellik hamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday holni kelib chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni toboraoshib borayotganligini ko’rsatayotir.
XX asrning 70-yillarida AQSHda kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalgaoshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o’qituvchi buyrug’i bilan ish tutish, ko’proq o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg’ulot, o’qituvchi konsultatsiyasini o’z ichigaoladi.
Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini qisqartirish sari yo’l tutilgan. Bunday o’quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan konsultatsiya oladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlar:
- maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarini kuchaytirish;
- o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish;
- tarbiyaning yangi shakllarda – o’quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish;
- maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaroaloqasini mustahkamlash, takomillashtirish;
- maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish;
- tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga ko’yish, maxsus o’kuv muassasalarini (xam iqtidorli, xam aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish;
- yangi, ya’ni o’quv texnik vositalarni ta’limdagi salmog’ini oshirish, o’kituvchilar uchun kompyuter ta’limini yo’lga ko’yish;
- pedagogik g’oyalarni amalgaoshirishda keng kamrovli tadqiqotlarni amalgaoshirishdan iboratdir.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish