Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Download 4,15 Mb.
bet71/121
Sana18.12.2022
Hajmi4,15 Mb.
#890443
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121
Bog'liq
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Kollejlar va gimnaziyalar
O’rta ta’lim maktabi bitiruvchilari ta’lim olishni kollejlarda davom ettirishlari mumkin. Kollejlarda kasbiy – texnik ma’lumot olib, ko’plab kasblardan, masalan, avtomexanikdan to kotibgacha yoki sayyohlik biznesi menejerigacha bo’lgan kasblardan birini egallashlari mumkin. Ta’lim odatda ikki – uch yil davom etadi va o’quvchilar tanlagan kasblari bo’yicha har hafta ikki marta amaliyotga chiqishadi. Ta’limning bunday shakli Shvetsariyada “Berufslohre” yoki “Apperentic e ship” ataluvchi norasmiy nomga ham ega. Uni o’zbekchaga “shogirdlik” yoki “usta qo’lida ta’lim” deb tarjima qilsa bo’ladi. O’qishni davom ettirishning yana bir yo’li – gimnaziyada o’qishdir. U yerda ta’lim to’rt yarim yil davom etadi. Gimnaziyalarda asosan: klassik fanlar – ona – tili va chet tili, metematika, geografiya, tarix, biologiya, kimyo o’qitiladi. Gimnaziyalar ikki chet tili: fransuz yoki italyan va ingliz tiliga sezilarli miqdorda soat ajratadilar. Matura deb ataluvchi umummilliy shveytsar dasturi juda mashhur va undan ko’pchilik milliy litseylarda foydalaniladi.
Bu litseylarda beriladigan guvohnomalar Shvetsariyaning barcha oliy o’quv yurtlari va ko’pgina Yevropa mamlakatlari universitetlarida o’tadi.
Bu dasturning afzalligi uning egiluvchanligidadir. O’quvchi xoxlagan fanlarini va ularning intensivligini o’zi tanlaydi. Shuningdek, shunday litseylar ham borki, o’quvchilar asosiy fan sifatida san’at yoki sportni tanlashlari mumkin.
Oliy o’quv yurtlari
Shvetsariyada o’nta oliy o’quv yurti bor va ular kantonlar tarkibiga kiradi. Nemis tilli kantonlarga – Bazel, Bern, Lyutsern, Sant – Gallen va Syurix kiradi. Fransuz tillilarga esa – Jeneva, Lozanna va Nevmatel shaharlari kiradi.
Har bir oliy o’quv yurtida darslar o’zi joylashgan hududiy joylashuvga mos tilda olib boriladi. Qolgan ikki oliy o’quv yurtining biri Friburg universiteti bo’lib, unda darslar ikki – fransuz va nemis tillarida olib boriladi. Ikkinchisi esa hali yosh Universiteta del Svizzera Italiano bo’lib, ochilganiga 16 yil bo’ldi. Bu universitet Italyan – Shvetsariya oliy o’quv yurti hisoblanadi. Shvetsariya universitetlariga kirish mamlakat fuqarolari uchun imtihonsiz amalga oshiriladi, o’rta ma’lumot haqida guvohnoma taqdim etilsa kifoya. Faqatgina Sant – Gallen universietida imtihon ko’zda tutilgan. Bu universitetda chet ellik talabalar ham o’qishi mumkin. Yagona shart chet ellik talabalar soni universitet barcha talabalar sonining 25% idan oshmasligi lozim. Agar abiturient (ajnabiy abiturient) o’rta ma’lumot to’g’risidagi hujjatga ega bo’lmasa, unga VKHS (Vorbereitungs Kurse auf das Hoch Shulstudium – o’qishga tayyorlov kursi) tashkiloti tomonidan taklif etiladigan va iyun, avgust, sentyabr oylarida o’tkaziladigan o’ziga xos tipdagi imtihon taklif etiladi. Bu imtihon Friburgda bo’lib o’tadi. Nomidan ham ko’rinib turibdiki, bu tashkilot Shvetsariyada oliy ta’lim olishni istagan barcha chet ellik abituriyentlarni o’qishga tayyorlaydi. Bu kursda ta’lim bir yil davom etadi va 5200 shvetsar frankiga tushadi. Bu kuslardan o’tish uchun nemis tilini B1/B2 darajada bilish talab etiladi.
Ijodiy kasblarga o’qitish amaliy fanlar universitetlari deb ataluvchi 9 ta oliy o’quv yurti va 14 ta pedagogik oliy o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. 2001 yilda Shvetsariyada ta’lim sohasini isloh qilish boshlandi. Buning oqibatida ingliz tiliga ixtisoslashgan dasturlar, xususan, magistratura yo’nalishida ko’payib bormoqda. Bu islohot sharofati bilan Shvetsariya va G’arbiy Yevropa mamlakatlari semestrlari bir vaqtga to’g’ri keladi. Shu sababli Shvetsariya talabasi o’quv davomida boshqa (Yevropa) mamlakat oliy o’quv yurtiga ko’chib o’tishi mumkin.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish