Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Download 4,15 Mb.
bet83/121
Sana18.12.2022
Hajmi4,15 Mb.
#890443
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   121
Bog'liq
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Ixtiyoriy ta’lim: Fin ta’lim tizimida bola o‘qishi, o‘rganishi uchun majburlash yondashuvi yo‘q. To‘g‘ri, pedagoglar o‘quvchining e’tiborini tortishga harakat qilishadi. Lekin qiziqish, o‘rganishga ishtiyoq bo‘lmasa, u majburlanmaydi, balki amaliy jihatdan foydali bo‘lgan, o‘zi qiziqqan kasbga yo‘naltiriladi. Bolaning nimaga qiziqishi, qaysi kasbga moyilligi “kelajak o‘qituvchisi” tomonidan test va suhbat yo‘li orqali aniqlanadi.
Mustaqillik: Finlar har bir narsada mustaqillik, maktab bolasiga eng muhim narsani – mustaqil istiqbolli hayotni o‘rgatish kerak, deb hisoblashadi. O‘qituvchi kitoblarda bor mavzular haqida uzundan-uzoq gapirib o‘tirmaydi. Axir ularning hammasi kitobda bor-ku. Eng muhimi, mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun zarur resurslarni bilish kerak. Ya’ni internet, kalkulyatordan foydalanish qobiliyatini o‘stirish kerak.
Maktab hayotiga doir boshqa muhim ma’lumotlar:
Men o‘zbek ayoli sifatida finlyandiyalik yoshlarga, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga kerakli qadriyatlarni etkazib berishimga ishonaman. To‘g‘ri, Finlyandiyada ta’lim olish borasida imkoniyatlar ko‘p. SHu bilan birga muammolar ham bor. Masalan, O‘zbekistonda bitta ta’lim yo‘nalishini tanlaysiz. Finlyandiyada esa juda ko‘p narsa bor va ba’zan tanlash juda qiyin bo‘ladi. Xelsinki shahrida joylashgan 2 ta umumta’lim maktablarida professional yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilib kelaman. 2 yildirki “Global Dignity Girls & Boys Ry” firmasi bilan ish olib boryapmiz. Ularning asosiy maqsadi – yoshlarga o‘z qadr-qimmati bilan ishonchli, jasoratli va xatosiz, qo‘rqmasdan yashashni boshlash uchun namuna modellaridan ilhom berishdir. Finlyandiya poytaxti hududida 7, 8 hamda 9 sinflar uchun 2 soat davomida ilhomlantiruvchi tadbirlar o‘tkaziladi. Maktab, o‘qituvchi va talabalarning hamkasblari bo‘lish men uchun ham katta mas’uliyatdir. 2015 yil boshida tashkil etilgan “Global Dignity Girls & Boys Ry” tashkiloti tadbirlarida va turli xil san’at loyihalarida Xelsinkidan qariyb 4000 nafar yigit-qiz ishtirok etdi. Ko‘cha-ko‘yda badiiy loyihalar, seminarlar, munozaralar va forumlar o‘tkazildi. Esa Rantamo Taivallahti va Yhtenäiskoulu maktabi talabalarni jalb qilishga mas’ul edi. Bunda 2 ta foydali loyiha bor edi. “Hyván mielen lounas” bu – keksa odamlarga yaxshi tabassum va tushlik dasturi. Biz yoshlarni ular bilan suhbatlashish loyihasini yaratdik. YOshlar bilan ishlash loyihasini yoshlar bilan birgalikda yaratdik va sinovdan o‘tkazdik. 2018 yil may oyida Esa Rantamo (o‘qituvchi, professional yo‘naltiruvchi shaxs) men
Dunyoning aksariyat ta’lim muassasalari o‘z kiyimiga ega. Ayniqsa, bu maktablarga tegishli. Lekin Finlyandiyada bunday emas. Finlar maktab kiyimi kerak emas, deb hisoblashadi. Poyabzal ham ixtiyoriy.
Fin maktablari yuqoridan tekshirilmaydi (1970 yillarda ta’lim sohasida ko‘plab nazorat qiluvchi organlar bekor qilindi). Maktablar oliy organlarga hisobot berishi shart emas. Bu bilan maktablardan ko‘plab hujjatlarni olib tashlash, ular bilan ishlash tizimiga barham berildi. Ular uchun asosiy narsa bu emas, eng muhimi ta’lim sifati, bolalar bilan ishlashda vaqtni boy bermaslikdir.
Finlyandiyada asosiy ta’limda talabalar uchun milliy testlar yo‘q. Buning o‘rniga o‘qituvchilar o‘quv dasturida o‘z mavzusini baholash uchun mas’uldirlar. Sertifikatning bahosi ham o‘qituvchi tomonidan beriladi. Ushbu baho asosida talabalar kelgusida o‘qish uchun tanlanadi. SHunday qilib, milliy o‘quv dasturi bo‘yicha keng tarqalgan mavzularni baholash ko‘rsatmalari taqdim etiladi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish