TINCHLIK KORPUSINING UCH MAQSADI
1.Muhtoj mamlakatlar va ularning fuqarolariga yuqori malakali mutaxassislar bilan yordam berish;
2.Jaxondagi boshqa mamlakatlar va odamlarning AQSH va uning odamlarini yaxshiroq tushunib olishiga ko‘maklashish;
3.Amerikaliklarga ba’zi mamlakatlar va uning kishilarini yaqindan tanishtirish. Shu asosda insonlarning bir biriga yaqinlashuvini ta’minlashdan iboratdir.
TINCHLIK KORPUSINING ISH FAOLIYATI
Chet ellarda ko‘ngillilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ofislar tuzilib, unga vakolatli rahbar tayinlanadi. Ko‘ngillilarga shaxsiy yordam, nazoratchi, rahbarning bir nechta texnik jihatdan assistentlari xizmat qiladi, o‘sha hududda profilaktik va tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Ko‘p mamlakatlarda Tinchlik Korpusi ikki tomonlama bitim asosida ishlaydi. Bitimning asosiy punktlari huquqiy holatga tegishli ko‘ngillini, Amerika Qo‘shma Shtatlari xodimini, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakat munosabatlarini qamrab oladi.
Qabul qilayotgan mamlakatning rasmiy shaxslar bilan muzokaralari, kutilayotgan dasturlar, ko‘ngillilarni taqsimlash, uy-joy va boshqa jihatlar bilan ta’minlashga oid masalalar Tinchlik Korpusi dasturining bajarilishiga yordam beradi.
O‘zbekistondagi Tinchlik Korpusi 1992 yilning 4 noyabrida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qo‘shma shtatlar Tinchlik Korpusi davlatlararo shartnomasiga imzo chekdilar. Shu yili respublikamiz hukumati Tinchlik Korpusi ko‘ngillilarini oliy va o‘rta o‘quv-yurtlarida ingliz tilidan dars berishga, shuningdek, kichik biznesni rivojlantirishda yordam berishga taklif qildi.
1992 yilning 20 dekabrida Toshkentga boshlang‘ich uch oylik o‘qish uchun 54 nafar ko‘ngilli xizmatchilar keldilar. Bu davr mobaynida ular rus va o‘zbek tillarini, o‘zbek madaniyati, o‘z sohasi dasturini o‘rganishdi. Umumiy tabbiy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnashishdi. Tayergarlikni muvaffaqiyatli o‘tagach, 1993 yil mart oyida viloyatlardagi ish joylariga keldilar.
Tinchlik Korpusining bapcha ko‘ngillilari oliy ma’lumotlilardir. Ko‘pchiligi boy ish tajribasiga ega, asosiy maqsadi—o‘zbek xalqiga yordam ko‘rsatishdir. Ko‘ngillilarga taalluqli bo‘lgan ko‘chish, tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘qitish xarajatlarini va moddiy nafaqalarini to‘ladi. Ko‘ngillilarni qabul qilgan tashkilot va muassasalar har bir xizmatchini uy-joy, ish va ijtimoiy va kasbiy qulayliklar bilan ta’minlaydilar. Hozr ular shu mamlakatdagi hamkasblari bilan turli masalalar ustida ishlamoqdalar. Ko‘ngillilar mazkur mamlakat pulida maosh oladilar. Bu maosh oziq-ovqat, transport va boshqa zarur xarajatlarga sarflanadi. Nafaqa miqdori mahalliy hamkasblarining maoshiga teng bo‘ladi.
Tinchlik Korpusi O‘zbekistonda ikkita dasturni amalga oshira boshladi. Bular kichik biznes va metodik manbalar asosida ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishdir. Kichik biznesni rivojlantirish dasturining asosiy vazifasi erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mamlakat kuchlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bu soha maslahatchilari marketing, bozor tahlili, moliyaviy rejalashtirish, byudjet, buxgalterlik hisobi, bank va axborot tizimlari bo‘yicha ish tarjibalariga egalar. Tuzilgan shartnomaga muvofiq, maslahatchilar bepul xizmat ko‘rsatishadi. Bu dastur ikkita sohada — xususiylashtirish va xotin qizlarni biznesda qatnashishga jalb etishdan iborat.
Metodik manbalar asosida ingliz tilini o‘qitish dasturining asosiy maqsadi esa quyidagicha:
Birinchidan, zamonaviy usul bo‘yicha tayyorgarlikni o‘tagan amerikalik o‘qituvchining maktab o‘qituvchilari va oliy o‘quv yurti talabalariga yuqori saviyada dars berishiga erishish;
Ikkinchidan, ingliz tili o‘qituvchilarining nutq va texnik malakasini oshirish, pedagogik materiallarni puxta egallashda oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda xalq ta’limi vazirliklariga yordam berish;
Uchinchidan, ko‘ngilli ingliz tili o‘qituvchilari o‘z mahalliy hamkasblariga kasb bo‘yicha axborotlar almashtirish birlashmasini tashkil etishga qaror qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |