Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Download 1,27 Mb.
bet58/70
Sana01.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#600828
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Bog'liq
2 5343753633433390900

(“Ikki qismlik kundalik” usulining mohiyati va qo’llanilishi. Bu interfaol usuldan turli matnlar bilan ishlash jarayonida foydalanish mumkin. Bu usul birinchidan, mavzu matnini chuqur tushunishga yordam bersa, ikkinchidan, o’quvchilarni ijodiy tafakkurga undaydi, ularning mustaqil fikr yuritishlarini kuchaytiradi. Berilgan matn o’qib chiqilgach, daftar varag’i quyidagi tarzda ikki qismga bo’linadi

Parcha 

Sharh 

Chap tomondagi «Parcha» deb yozilgan qismga o’quvchilar matn yuzasidan biror parcha yoki ularga qattiq ta`sir qilgan narsa yoki ularni haqiqatda hayron qoldirgan timsol haqida yozishlari kerak. (Bizning mavzumizda o’quvchilar parcha sifatida biror hadisni tanlaydilar). Ehtimol, bu ularga shaxsiy tajribalaridan nimanidir eslatgandir, balki ularni qiziqtirgan yoki o’ylantirib qo’ygandir. Balki ular bu fikrga, narsaga qo’shilmaslar. Balki bu narsa o’quvchi uchun yangilikdir, balki shu narsa mohiyatini tushunib yetmagandir.


Varaqning «Sharh» deb yozilgan o’ng tomoniga chap tomondagi tanlangan parcha (hadis) ga sharh yoziladi. Bunda nima uchun ushbu parchani tanlab olganligi, bu narsa uni nima haqida o’ylashga majbur etganligi, shu munosabat bilan unda qanday fikrlar tug’ilganligi haqida sharh beriladi.)
Masalan, “Odobnoma”darsligida berilgan hadislardan quyidagini tanlab sharhlashlari mumkin: 

Parcha

Sharh

Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir 

Biz bilamizki toshga o’yilgan naqsh hech qanday holda ham yo’qolib ketmaydi. Uni yomg’ir yoki do’llar, quyosh yoki qorlar yo’qota olmaydi. Demak biz yoshligimizdan yaxshi o’qisak, kerakli bilimlarni egallasak, u hech qachon yo’qolib ketmas ekan, u bizga bir umr hamroh bo’lib yo’limizni yoritib turadi. 

“Abu Iso at-Termiziy” mavzusini ham matn ustida ishlash usullaridan hisoblangan “Insert usuli” yoki “B-B-B jadvali” usullarida o’rganib chiqish mumkin.


“Venn diagrammasi” usulidan foydalangan holda o’quvchilar 3 sinf «Odobnoma» darsida IX bo’limni o’tib bo’lishgach Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziylarni taqqoslashlari mumkin.
“Venn diagrammasi” usulida Al-Buxoriy va at-Termiziy faoliyatlari tahlil etiladi.
(Venn diagrammasi usuli mohiyati: Venn diagrammasi bir-birini kesadigan ikki yoki undan ko’p doiralarda ko’riladi, ular o’rtasida yozish uchun etarli joy qolishi kerak. U g’oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini (nimada ular kesishadi) ko’rsatishi kerak. Masalan, o’quvchilar Al-Buxoriy faoliyatini At-Termiziy faoliyati bilan taqkoslaydilar. Venn diagrammasi bir-biriga yopishgan ikki doira bilan birga ushbu ekspedisiyalar o’rtasida zidlik o’tkazish, ayni vaqtda ularning umumiy unsurlarini ko’rsatish imkonini beradi.
O’qituvchi o’quvchilar juftligidan (sinfni ikki guruhga bo’lgan holda) Venn diagrammasti tuzib, unda tegishlicha fahat al-Buxoriy va faqat at-Termiziyga taalluqli bo’lgan doiralarning ikki qisminigina to’ldirishni so’raydi. So’ngra juft boshka juftga ho’shiladi va to’rt kishi o’z diagrammalarini taqqoslashlari so’ngra o’rtasida ular ko’rganidek, ikala alloma uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar ro’yxatini tuzishlari mumkin.

Ibn Sinoning hikmatlaridan foydalangan holda quyidagi darsni 3-sinf o`qish darsida o’tish mumkin.
To’g’ri tashkil etilgan dars o’z samarasini beradi, albatta. Ammo har bir bosqichda qo’llaniladigan metodlarni chuqurroq o’rganmay turib, dars samaradorligini oshirib bo’lmaydi.
Ta’lim standartlari va me’yorlari va an’anaviy ravishda ta’lim natijalarini baholash uchun foydalaniladi. O’quvchining natijalari standartga qanchalik yaqin bo’lsa, uning o’quv faoliyati shunchalik yuqori baholanadi. O’quvchi tomonidan haqiqiy egallangan va yaratilgan bilimlar hajmi to’la darajada nazorat qilinmaydi, chunki o’quvchilarning standart doirasidan tashqaridagi shaxsiy bilim yoki boshqa natijalari an’anaviy maktab nazaridan chetda qolib keladi.
Ijodkorlikda o’quv natijalarini baholashga yondashuv o’zgacha. Tashqi berilgan natijalarga erishilganlik darajasi emas, balki ko’pincha undan chetga chiqishlar tekshiriladi. Ijodkorlikni baholashda o’quvchilar ta’limiy natijalarining asosiy parametri- standartlarning minimum talablariga mos kelishi emas balki o’quvchining shaxsan ta’limiy o’sish darajasidir.
An’anaviy ta’limda o’quvchi ta’lim mazmunini saralashda amalda ishtirok etmaydi. Ijodkorlik faoliyatida esa ta’limda o’quvchi ta’limiy samarasi ta’limning yangi mazmunini saralashda ishtirok etadi; bilimning hajmi,malakasi, faoliyat turlari hamda o’quvchining foydalaniladigan usullari cheklanmagan bo’ladi.
O’quvchilarga beriladigan ta’lim standarti ko’pincha o’quvchi shaxsiga, uning haqiqiy ta’limiy faoliyatiga bog’liq bo’lmagan materiallarni ham vujudga keltiradiki, bu tayyor insholar, referatlar va boshqa yozma manbalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Ta’lim mahsulining bunday turini ta’limning maktab tizimi taqozo qiladi. Kompyuter texnologiyasi bu jarayoni yanada qulay va variativ qilib qo’ymoqda. Tayyor kontrol ishlar, referatlar hamda shu kabi internet tarmog’iga joylashtirilgan materiallarning muttasil ko’payib borayotgan to’plamlari o’quvchilarga tayyorgarlik ko’rmay hamda zarur ishlarni bajarmay turib imtihonlar topshirishlarini osonlashtirmoqda Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda topishmoqlar xalq og’zaki ijodining kichik va qadimiy janrining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir.
Topishmoqni o’rganish, unga javob topish orqali bolalar predmetlarning kelib chiqishi, uning inson hayotidagi o’rni va roli haqida tasavvurga ega bo’ladilar, ularning qiziqishi ortadi, ongi va tafakkuri o’sadi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi, tabiat va hayvonot olamini sevish, ardoqlash kabi hissiyotlari tarbiyalanadi. Topishmoqlardan dars jarayonida foydalanish orqali o’quvchilarning nutqiboyiydi, takomillashadi. Ular ifodali, mazmunli o’qishga o’rganadilar.
Topishmoqlarning matn mazmuni bilan bog’liq ravishda o’rganilishi o’quvchilarning bir tomondan matn mazmunini to’liqroq tushunishi va yaxshi esda saqlashiga turtki bo’lsa, ikkinchidan, ularning darsdagi faolligini oshiradi, dam olish muhitini yaratadi, ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol toptiradi.
Fikrimiz tasdig’i sifatida quyidagi dars matnini keltiramiz.
Dars mavzusi: “Topishmoqlar darsi” yoki “O’yla, izla, top”.
Darsning maqsadi: Xalq og’zaki ijodi janri bo’lgan topishmoq haqida o’quvchilarga tushuncha berish, o’quvchilarda to’g’ri o’qish malakasini hosil qilish, matn ustida ishlash jarayonida topishmoq janriga xos nazariy tushunchalarni kengaytirish, ularni mantiqiy fikr yuritishga, to’g’ri xulosa chiqarishga o’rgatish.
Dars jihozi: topishmoqlarni guruhlashtirilgan jadval, javloblari aks ettirilgan rasmlar, maketlar. Har bir o’quvchi uchun topishmoq yozilgan kartochka.
Dars metodi: ko’rgazmali, evristik suhbat.
Darsning borishi:
O’qituvchi: “Bugun biz siz bilan 1-sinfda o’rgangan topishmoqlarimizni yana bir bor esga olamiz hamda ularni quyidagi jadvalga joylashtiramiz ” deydi. So’ng doskani bo’r bilan to’rt ustunga bo’ladi: 

  1. Qushlar va hayvonlar haqidagi topishmoqlar. 

  2. Sabzavot, poliz, mevalar haqidagi topishmoqlar. 

  3. Predmetlar, ularning belgisini bildiradigan topishmoqlar. 

  4. She’riy topishmoqlar. 

Har bir o’quvchi o’z kartochkasidagi topishmoqni o’qiydi.
Sinf bilan birgalikda uning javobi topiladi hamda jadvaldagi o’rni aniqlanib, shu ustun qatoriga yoziladi.
1-o’quvchi.
-Osti tosh, usti tosh
O’rtasida jondor bosh.
Javobi: toshbaqa (1-ustunga yoziladi).
2-o’quvchi:
-Ichi- buyoq, sirti-tayoq.
Javobi: qalam (3 ustunga yoziladi)
3-o’quvchi:
-Chopsa chopilmas,
Bo’lsa bo’linmas
Ko’msa ko’milmas.
Javobi: soya (4 ustunga yoziladi)
4-o’quvchi:
Palak ostida
Yotar talash tosh
Uni pishirsang
Bo’lar shirin osh.
Javobi: kartoshka (2-ustunga yoziladi)
Shu tariqa har bir o’quvchi qo’lidagi kartochkadan foydalanib, topishmoqni o’qiydi, javob topadi va javobini tegishli guruhlarga ajratib yozadi. SHu holatda o’quvchilar bar necha ta’limiy vazifalarni bajaradilar.
Birinchidan, topishmoqni topish jarayonida uni bir yoki ikki marta, ayrim hollarda esa uch marotabagacha o’qiydilar, ifodali o’qishga, fikrlashga o’rganadilar, o’qitish texnikasini egallaydilar, taqqoslash, solishtirish kabi amaliy ishlarni bajaradilar.
Topishmoqda yashirin berilgan predmetni topishda qiyinchiliklar tug’ilsa, o’qituvchining o’zi ifodali o’qib berishi hamda topishmoqning belgisini bildiruvchi so’zlarga alohida urg’u berishi shart.
Chiq-chiq der yo’q to’xtovi,
Vaqtning aniq o’lchovi.
Javobi: (soat)
Tinmay o’qisang agar,
Ko’p narsani o’rgatar.
Bilsang, uka, o’ylab top,
Bilim koni, u- ...
Javobi: (kitob)
Topishmoqni topishda o’quvchilar qiynalsalar, uning javobi bo’lgan predmetni yoki sabzavot namunalarini 1 qatorga terib qo’yish mumkin.
SHu tariqa mashg’ulot davom ettiriladi.
O’quvchilarning darsdagi holati hisobga olinib, darsga qo’shimcha ma’lumotlar kiritish mumkin. O’quvchilarga kartochkalarda yozilgan topishmoqlardan tashqari, yana qanday topishmoqlarni bilishlari haqida savollar berish maqsadga muvofiq. Masalan: Darslikdagi:
Dum-dumaloq bo’yi bor,
Palovda obro’yi bor.
Javobi- (behi).
Xuddi shu topishmoqning boshqa ko’rinishini o’qituvchi misol tariqasida aytishi mumkin:
Yerto’laga ossa bo’lar
Palovga bossa bo’lar ko’rinishida.
Xullas, topishmoqning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi. Ularga javob topish ermak uchun emas, balki o’rganilayotgan bilimlar tizimi taraqqiyoti uchun zarurdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo’nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.




  1. Download 1,27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish