Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Download 1,27 Mb.
bet39/70
Sana01.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#600828
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Bog'liq
2 5343753633433390900

3 O‘quvchilar tafakkurini rivojlatirilishi vositasi bo‘lishi kerak.
4 O‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini rivojlantirishi kerak.
Yuqorida keltirilgan nazariy asoslarini tashkil etgan “didaktik o‘yinlar” jaryonida namoyish etishi uchun ba’zi bir o‘yinlarni olib ko‘ramiz. O‘yinlarni o‘tkazishdan oldin o‘quvchilarni tayyorlash kerak. O‘yin jarayonida o‘quvchilar uchun umumiy qoida quydagicha bo‘ladi:
1. O‘yinning borishini, zarur harakatlarni, ularning uzluksizligini diqqat bilan tinglash va eslab qolish zarur;
2. O‘yindagi muvaffaqiyat maqsadni aniq tushunib etishida, natijani oldindan ko‘ra bilishdadir. O‘qituvchining ko‘rsatmalarini oxirgacha tinglamay turib o‘yinni boshlashga shoshilmaslik kerak. SHoshma-shosharlik ko‘pincha qo‘pol xatolarga, ortiqcha, keraksiz harkatlar qilishga sabab bo‘ladi;
3. Kerakli o‘rinda o‘rtog‘ining javobini to‘g‘rilash yoki to‘ldirish uchun diqqat bilan eshitish kerak.
4. O‘z navbatida rioya qilish, o‘rtoqlariga halaqit bermaslik, ortiqcha xatti - harakatlar qilmaslik kerak.
O‘yin qoidalari o‘quvchilarni jamoa bo‘lib harakat qilishga, hozirjavob bo‘lishga, o‘rtog‘ining javobini diqqat bilan tinglashga va to‘ldirishga, intizomli, o‘z hatolarini tan oluvchi sofdil bo‘lishga o‘rgatadi. O‘yin qoidalari o‘yinning olib borilishiga rahbarlik va tashkilotchilik vazifasini bajaradi, o‘yin jarayonida bolalarning o‘zaro munosabatlarini boshqaradi. SHuningdek, boshqalarning faoliyatlaringa o‘z harakatlarini moslashtirib olib borishga, tirishqoqlik, sofdillik, ziyraklik kabi xislatlarni ham tarbiyalashga o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘yin jarayonida o‘quvchilar faoliyatini, o‘yin qoidalarini, ularni bajarish yo‘llarini doimo nazorat qilib, so‘roqlar va luqmalar bilan o‘yini boshqarib turadi. O‘qituvchi o‘yinning didaktik tomonlariga ko‘proq berilib, uning tarbiyaviy ahamiyatini ikkinchi darajaga qo‘ymaslik kerak. O‘yinda sinfning barcha o‘quvchilari ishtirok etishi kerak.
SHuning uchun o‘yinga barcha bolalar javob bera oladigan, ularning qo‘lidan keladigan qisqa topshiriqlar tanlash kerak. Bolalarning uzoq vaqt o‘yinga kirishib keta olmay o‘tirishlariga, qiziqishlarining susayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun topshiriqlar bir xil bo‘lmasligi kerak. Topshiriq berilgandan so‘ng o‘qituvchi uning qoidalarining ko‘rsatib beradi. O‘yin jarayonida shaxsiy manfatdorlik paydo bo‘lgan, o‘quvchilarda faollik ijodiy fikrlash, o‘zi uchun, guruh uchun jon kuydirish kabi xislatlar paydo bo‘ladi. O‘qituvchi darsga tayyorlash jarayonida oldindan zarur didaktik materiallarni tayyorlab qo‘yishi, o‘yinni uyushtirish, nazorat qilish yakunlash va baholash kabi barcha tadbirlarni belgilab qo‘yishi kerak. O‘yin o‘tkazish, o‘yin vaziyatini yaratish har bir darsda ham shu ham ahamiyat kasb etadi.
Bu ayniqsa, hali bolalar jiddiy diqqat bilan uzoq o‘tirishga o‘rganmagan birinchi sinf o‘quvchilari uchun taalluqlidir. Ular tez toliqadilar, diqqati zaiflashib qoladi, bir xillik ularni zeriktiradi. SHuning uchun o‘yin birinchi sinf o‘quvchilari o‘quv faoliyatini tashkil qilishdagi ish faoliyatini eng samarali usullaridan biri bo‘lishi kerak.
O‘yin tashkil qilishdan oldin, unga kerakli materiallar oldindan tayyorlash kerak. Didaktik materiallarni bolalar mehnat darslarida yoki ota-onalar yordamida uyda tayyorlashi mumkin. Murakkabroqlarini yuqori sinf o‘quvchilari bilan tayyorlash mumkin.
Quyida biz “Javobni ko‘rsat” (1) o‘yini uchun kerakli narsalar haqida so‘z yuritamiz. O‘yin jihozlari :har bir o‘quvchiga partada 1-10 gacha sonlar yozilgan kartochkalar, 6-6 va shunga o‘xshash raqamli katochkalar. Eni 25 sm, bo‘yi 10 sm uzunligidan karton qog‘oz olinadi. 28 sm li har ikki tomonida 1.5 sm dan 3 sm ajratib buklanadi va 25sm ni 8.3 sm qilib 3 ga bo‘lib, chizib chiqiladi.
CHekkadan belgilangan joygacha oysimon chizilib qirqib tashlanadi. Qirqilgandan so‘ng 1- katonga 2- karton yopishtiriladi. 1- katon 2- kartonga ustma-ust qo‘yiladi. 2 karton har ikkala tomondan va ostidan 1.5 sm qo‘yilib buklanadi so‘ng buklangan joy 1- kartonga yopishtiriladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi. SHundan so‘ng har bir chegaralangan joyga quyidagilar yoziladi:
1) 0-5 2) 6-10 3) + - =
1) 0-5 deb yozilgan kanvertning ichiga 0 dan 5 gacha bo‘lgan sonlar yozib, solib qo‘yiladi. 2) va 3) konvertlarga ham son va ishoralar yozib solinadi. Bularning hammasi bir hajmda bo‘lib quyidagicha tayyorlanadi: bo‘yi 10 sm , eni 6 sm uzunlikdagi karton olinadi va pastki tomoni har ikkala tomonidan qirqiladi so‘ng sonlar yoziladi.
Eni 30 sm, bo‘yi 10 sm uzunligidagi karton olinadi va xuddi shu xajimda yupqaroq oq qog‘oz olinadi, kartonga yopishtiriladi. So‘ng 4 tomonidan 1 sm dan o‘lchab yopishtiriladi. So‘ng kerakli sonlar yoziladi.
O‘yin jarayonida samarali o‘tishi uchun quyidagi talablarga amal qilish kerak.
1) o‘quvchilarning o‘yinda qatnashishlariga tayyorligi har bir o‘quvchini o‘yin qoidalarini yaxshilab o‘zlashtirishi maqsadni aniq tushunib etishi unda qatnasha olish darajasidagi bilimga ega bo‘lishi kerak;
2) har bir o‘quvchini zarur didaktik material bilan ta’minlash;
3) o‘yin topshiriqlarining murakkab o‘yinlarning ayrim harakatlarini puxta o‘zlashtirib olishlarini ta’minlash maqsadida bosqichma-bosqich, keyinchalik boshqa variantlarda o‘tkazishi;
4) o‘quvchilarning hatti-harakatini nazorat qilish, o‘z vaqtida to‘g‘rilash va baholash;
5) o‘quvchini o‘yinda yutqazib qo‘yganligi uchun uni haqorat qilish, ustidan kulish kabi shaxsiyatini erga uruvchi xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
6) o‘yin qoidalarini o‘zlashtirish, xotirani o‘stirish. Ziyraklik, mustaqillik, tirishqoqlik kabi hislatlarni tarbiyalash orqali uni har bir darsda muntazam o‘tkazib turish lozim.
Modomiki, o‘yinni muntazam o‘tkazib turish shart ekan o‘qituvchi uning qiyinchiligidan eng sodda detallarigacha diqqat qilish kerak.
1) partalarning turlicha joylashtirib guruh bo‘lib, hamda yakka tartibda o‘tkazilib turiladigan o‘yinlar uchun musoboqalarga shartlar belgilash;
2) o‘yin o‘tkazish uchun eng oz miqdorda material tanlash;
3) o‘yin uchun ishlatiladigan materiallarni saqlash. Buning uchun turli xil yashikchalar, xaltachalar va ularni qo‘yadigan maxsus tokchalar tayyorlanadi;
4) o‘yinlar samarali bo‘lishini kuzatib turish, har bir guruhdagi o‘quvchining yutib chiqishiga umid bag‘ishlash uchun ularni bilim darajasini va aqliy jihatdan etukligini hisobga olgan xolda partalarga o‘tkazish kerak.
O‘quvchilarda ko‘nikma hosil bo‘lishi uchun umumiy qoidalar birga o‘yinlarga bir xil bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, o‘yinlarning mazmuni va shakllari o‘quvchilarning bilim saviyasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Agar qoidalar oldindan puxta qo‘yilmagan, shakllantirilmagan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘yinni olib borishga, uning mohiyatini tushunib etishiga qiynaladilar.
Bu xol ularni toliqtirib o‘yinga befarq qarashlariga olib keladi. O‘qituvchi matematika darslarida didaktik o‘yin o‘tkazayotgan vaqtda yuqorida aytib o‘tilgan o‘yinning o‘tkazish qoidalariga amal qiladigan yaxshi natijalarga erishishi mumkin, ya’ni o‘yindan ko‘zlangan maqsadga ega bo‘ladi, o‘quvchilar bilimini mustaxkamlaydi, rivojlantiradi. Eng muhimi o‘yining sifatli va chiroyli chiqishiga erishmaydi, o‘quvchilarning matematikaga qiziqishini ortiradi.
Bolalarning sinflarda matematika darslarida bolalarni yangi mavzuni o‘tishda, mustahkamlashda o‘tilganlarni takrorlashda xisoblash, grafik tuzish malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishda, tafakkurni, mustaqil fikrlashni rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yinlardan muntazam ravishda foydalanishi o‘qitishning samaradorligini oshiradi.
SHu bilan birga o‘yin darsning og‘zaki hisoblash, o‘tilgan materiallarni takrorlash, geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarining boyitishi, atrof-muhitni kuzatish orqali olingan bilimlarni oydinlashtirish tartibga solish va boshqa jaryonlarda ham tashkil qilinadi.
Dars boshida (“Muzyorar”) o‘tkaziladigan o‘yinlar o‘quvchilar fikrini aktivlashtirishga jamlashga, eng asosiy narsalarni ajrata bilishga yordam berishi, diqqatni kerakli narsaga yo‘naltirish kerak.
O‘yin ba’zan bir butun darsning tuzilishi uchun asosiy vaziyat, turtki bo‘lishi ham mumkin. O‘quvchilar charchagan paytda ular bilan harakatli o‘yin o‘tkazish mumkin. Masalan, dastlab juft qatordagi o‘tirgan o‘quvchilarni, so‘ng aksincha toq qatordagi o‘quvchilarni o‘yinga jalb qilish o‘quvchining juft yoki toq qatorlarni o‘zi mustaqil anglay olishi uchun foydalidir.
Bunda o‘quvchilarning o‘rnini o‘zgartirib turishi ham maqsadga muvofiqdir. Ammo shuni unitmaslik kerakki, ayrim o‘yinlar o‘quvchilar diqqatini asosiy maqsaddan chalg‘itishi mumkun.
Bolalar shu yoshda hali o‘z hissiyotlarini boshqarishni, kerakli paytda o‘z diqqatlarini asosiy masalaga qarata olishini bilmaydilar. SHuning uchun kuchli emotsional tuyg‘ular bilan bog‘liq o‘yinlarni asosan dars oxirida o‘tkazish ma’qul.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish