Samarqand davlat universiteti o‘zbekiston-finlandiya pedagogika instituti xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakultetida tashkil etilgan “zakovat” intelektual o'yini bayonnomasi samarqand 2021 yil
FANLAR FAKULTETIDA TASHKIL ETILGAN “ZAKOVAT” INTELEKTUAL O'YINI
BAYONNOMASI
Samarqand 2021 yil
“Tasdiqlayman”
SamDUning O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika insitituti Xorijiy tillar va Gumanitar fanlar fakulteti dekani __________v.v.b. PhD Sh.T. Normo‘minov
2021-yil “____” __________
Samarqand_davlat_universiteti_O‘zbekiston-Finlandiya_pedagogika_instituti_Xorijiy_tillar_va_Gumanitar_fanlar_fakultetida_tashkil_etilgan_“Zakovat”_intelektual_oyini__BAYONNOMASI'>Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Xorijiy tillar va Gumanitar fanlar fakultetida tashkil etilgan “Zakovat” intelektual o'yini
BAYONNOMASI
Samarqand
29.10.2021y il
Rahbarlik qildi:
PhD Sh.T. Normo‘minov Xorijiy tillar va Gumanitar fanlar fakulteti dekani v.v.b
Qatnashdilar:
-Fakultet dekani v.v.b PhD Sh.T. Normo‘minov
-O‘zbek tili adabiyoti va gumanitar fanlari kafedrasi mudiri Sh.T. Normo‘minov
fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Z.Soipov
- Xorijiy tillar va Gumanitar fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari
Bugungi kunda talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Xorijiy tillar va Gumanitar fanlar fakultetidagi barcha guruhlar o'rtasida “Zakovat” intelektual o'yini tashkil etildi.
Tadbirni Fakultet dekani v.v.b. PhD Sh.T. Normo‘minov ochib berib, yig‘ilganlarga yoshlar orasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda fakultet professor-o‘qituvchilari jamoasi har doim tayyor ekanliklarini ta'kidlab o'tdi.
“Zakovat” intelektual o'yini ikki turdan iborat bo'lib, barcha savollar yoshlarni bilimini va mantiqan fikrlashini kengaytirish maqsadida tuzilgan savollardan iborat edi. Qizg'in va murosasiz kechgan bahslardan so'ng 111-guruhning “Sug'diyona” jamoasi faxrli 1-o'rinni, 105-guruhning “Maroqand” jamoasi faxrli 2-o'rinni, 101-guruhning “Zafar” va 110-guruhning “Registon” jamolari faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritishdi. Ushbu intelektual o'yinlar talabalarning talab va istaklaridan kelib chiqib doimiy tarzda o'tkazib borish belgilandi.