Samarqand davlat universiteti o. E. Toshmurodov, B. B. Kipchakov, A. T. Umarov kurash turlari va uni


O‘qitishning tarbiyaviy xususiyati



Download 1,35 Mb.
bet9/102
Sana09.07.2022
Hajmi1,35 Mb.
#765334
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
Bog'liq
MAJMUA

O‘qitishning tarbiyaviy xususiyati o‘quv-mashg‘ulot jarayonining qonuniyati hisoblanadi. Bu yerda kurashchilarning sport malakasi o‘sishi bilan bir vaqtning o‘zida shaxsga tegishli axloqiy me’yorlar shakllantiriladi. Sport zaxirasini tayyorlash va asosan tarbiyalash bir qator murakkab tarbiyaviy muammolarni hal etish bilan bog‘liq. Sportda yuqori natijalarga erishishda kurashchilarda texnik- taktik harakatlarni o‘zi nazorat qilish, tahlil etish va baholash malakalarini tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Buning hammasi murabbiyning tarbiyaviy ta’siri natijasidir, uning rahbarligi ostida shug‘ullanuvchilar hayotiy vaziyatlarni hal etishga tayyor turish tajribasini oladilar.
Murabbiy kasb mahoratidan tashqari, yuqori darajada ma’naviyatli va madaniyatli bo‘lishi, o‘z mas’uliyatiga vijdonan yondashishi, haqiqatgo‘y bo‘lishi hamda bolalarni sevishi va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Murabbiy shaxsiyatida ushbu sifatlarning namoyon bo‘lishi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini belgilab beradi.
Har tomonlama rivojlantirish tamoyili murabbiyni har tomonlama rivojlangan sportchi shaxsiyatini shakllantirishga yo‘naltiradi. Sport faoliyati ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va boshqa turdagi tarbiya bilan chambarchas bog‘liq.
Mashg‘ulotning turli bosqichlarida oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga intilish ma’naviy tajriba, iroda sifatlari, mustaqil fikrlash, mehnat qilish, sport g‘alabalari va mag‘lubiyatlariga matonatli bo‘lishni shakllantiradi.
Milliy kurash bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarning sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishi sport mahoratining bir tomonga o‘sishi va sog‘liq, jismoniy rivojlanganlik, shug‘ullanuvchilarning tayanch- harakat apparati, yurak-qon tomiri, nafas olish hamda asab tizimini mustahkamlash orqali ifodalanadi. Ushbu tamoyilga amal qilmaslik, ayniqsa, boshlang‘ich sport tayyorgarligi bosqichlarida, o‘smir kurashchilarda muntazam, ba’zi hollarda esa surunkali kasallanishga olib keladi va ommaviy razryadli sportchilarning kurash bilan shug‘ullanmay qo‘yishlarining asosiy sababi hisoblanadi.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish