Samarqand davlat universiteti o. E. Toshmurodov, B. B. Kipchakov, A. T. Umarov kurash turlari va uni


Tanlab-yo‘naltirilgan mashqlar uslubi



Download 1,35 Mb.
bet14/102
Sana09.07.2022
Hajmi1,35 Mb.
#765334
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
Bog'liq
MAJMUA

Tanlab-yo‘naltirilgan mashqlar uslubi asosan organizmning morfofunksional xossalarini yoki alohida harakat sifatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilishi bilan tavsiflanadi. Masalan, kurashchining qo‘l kuchini rivojlantirishga qaratilgan og‘irliklar bilan mashqlarni bajarish harakat malakalarini saqlab turish va takomillashtirish, erishilgan funksional imkoniyatlar darajasini saqlash hamda oshirish uchun ikkita uslublar guruhi qo‘llaniladi: andozali - takroriy mashqlar uslublari hamda variantli (o‘zgaruvchan) mashqlar uslublari. Andozali - takroriy mashqlar uslublari berilgan harakatlar yoki alohida mashg‘ulotlarni ularning tuzilmasi hamda yuklamaning tashqi parametrlarini o‘zgartirmagan holda takroran bajarish bilan tavsiflanadi. Bu uslublar harakatlarni mustahkamlashda, shuningdek, organizmning ma’lum bir faoliyatga moslashishiga yordam beradi. Masalan, egilib tashlashni mustahkamlash uchun ko‘p marta takrorlanadi. Variantli (o‘zgaruvchan) mashqlar uslublari ta’sir etuvchi omillarni mashq borishi davomida o‘zgartirib turish bilan tavsiflanadi. Bunga usulni bajarish tezligi, bellashuvni olib borish sur’ati, dam olish oraliqlarini o‘zgartirib turish, bellashuvda raqiblarni almashtirish yo‘li bilan erishiladi.
Andozali - takroriy va variantli (o‘zgaruvchan) mashqlar uslublari, o‘z navbatida, yuklamalar uyg‘unlashishi va mashqlarni bajarish paytidagi dam olishlarga qarab, ikkita kichik guruhlarga ajratiladi: uzluksiz (yaxlit) yuklama tartibidagi mashqlar uslubi va oraliqli yuklama tartibidagi mashqlar uslubi.
Birinchi holda beriladigan mashg‘ulot yuklamasi dam olish oralig‘i bilan to‘xtatilishi mumkin emas. Hamma yuklama tugagandan so‘ng dam olish beriladi. Masalan, 10 minut ichida texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish. Ikkinchi kichik guruh yuklamalarning uzilishi bilan ajralib turadi va rejalashtirilgan dam olish oraliqlari bilan almashtirib turiladi. Masalan, texnik-taktik harakatlarni quyidagi formula bo‘yicha takomillashtirish: 3 minutdan 3 marta, dam olish oraliqlari har bir 3 minutdan so‘ng 2 minutdan.
Qat’iy tartiblashtirilgan mashqlarning hamma sanab o‘tilgan uslublari mashg‘ulotda turli xil uyg‘unlikda berilgan. Masalan, quyidagi mashq uslublari: andozali takroriy mashqlar uslubini o‘sib boruvchi yuklama bilan birlashtirish mumkin.
Ma’lum bir mashg‘ulotlarga birlashtirilgan mashqlar uslublarining turli xil birikmalari “aylanma mashg‘ulot” deb ataladi. Ma’lum bir tartibga soluvchi chizmaga muvofiq tanlangan va majmua holda birlashtirilgan jismoniy mashqlarning bir nechta turlarini seriyalab (yaxlit yoki oraliqli) takrorlash “aylanma mashg‘ulot” asosini tashkil qiladi.
Sportchining oldinda turgan musobaqa faoliyatiga moslashishi uni mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun mashg‘ulot jarayonida oldinda turgan bellashuvlar xususiyatlarini qisman bo‘lsa ham modellashtirish lozim. Bu musobaqa uslubidan foydalanish hisobiga erishiladi. Musobaqa uslubi jismoniy, iroda va ma’naviy sifatlarni rivojlantirish, texnik-taktik xarakatlarni takomillashtirish uchun qo‘llaniladi.
Mashg‘ulotda o‘yin uslubi ham katta ahamiyatga ega. Undan foydalanib, bir xildagi mashg‘ulot ishini bajarishda qulay emotsional holatni yaratish, shuningdek chaqqonlik, mo‘ljallash tezligi, topqirlik, mustaqillik, tashabbuskorlik kabi sifat hamda qobiliyatlarni takomillashtirish mumkin.
Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar:

  1. Milliy kurashning o‘ziga xos xususiyatlariga ta’rif keltiring.

  2. Kurashchilar sport mashg‘uloti maqsadlari, vazifalari va o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang.

  3. Milliy kurashda sport mashg‘uloti vositalari deganda nima tushuniladi?

  4. Milliy kurashda sport mashg‘ulotining qanday vositalari mavjud?

  5. Sport mashg‘ulotining har bir vositalariga tavsif bering va milliy kurashda ular qanday ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib bering.

  6. Sport mashg‘ulotida qanday uslublar qo‘llaniladi?

  7. Qat’iy tartiblashtirilgan mashq uslubini tushuntirib bering.

  1. BOB. KURASHCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI

Kurashchining jismoniy tayyorgarligi sport mashg‘ulotining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va jismoniy sifatlar - kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan j arayondir.
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • sportchilar sog‘ligi darajasi va ular organizmi turli tizimlarning funksional imkoniyatlarini oshirish;

  • jismoniy sifatlarni milliy kurashning o‘ziga xos xususiyatiga javob beradigan birlikda rivojlantirish.

Jismoniy tayyorgarlik umumiy, yordamchi va maxsus tayyorgarlikka bo‘linadi.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish