1. FANGA KIRISH
Jamoatchilik fikriga ko’ra, psixologning ruh shifochisi
sifatida, odamlarning fikrlari va his-tuyg’ulariga chuqur kirib
borishni biladigan, ularning yashirin rejalarini tushunishga,
taqdirini o’zgartirishga yordam berishga qodir.
Psixologning ideallashtirilgan portreti ba’zida haqiqatga
to’g’ri kelmaydi. “Ma’lumotli" psixolog va "hayotiy" psixolog
- har doim ham bir narsa emas. Psixologik ma’lumotlilik –
o’ziga
va
boshqa
odamlarga
nisbatan
sezuvchanlik,
xushmuomalalik va samaradorli ta’sir qilishni kafolatlamaydi.
Shu bilan birga, dastlab boshqa odamlarning gaplarini tinglash
va ularga ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, ularga
ba’zi savollarga javob berishda yordam berish uchun maxsus
aloqa va oson muloqot qobiliyatiga ega bo’lgan odamlar bor.
Va ular buni hech qanday psixologik ta’limsiz qiladilar. Xo’sh
ulardan qaysi biri psixolog deb hisoblanadi?
"Psixologiya" so’zining ommabopligi tufayli, ko’plab yoshlar
o’qishni davom ettirish yo’lini tanlab, psixolog kasbiga ega bo’lishga
intilishadi. Shunday qilib, ular o’zlarini chuqurroq bilishga, eng
muhimi, boshqa odamlarni yaxshiroq tushunishga imkon beradigan
usullarni o’zlashtirishga va natijada ularga yanada muvaffaqiyatli ta’sir
o’tkazishga umid qiladilar. Pedagogik tajribadan aytish mumkinki,
psixologiya fakultetining barcha abituriyentlari ham "psixologiya
nima" va "psixolog kim"ligini aniq tushunmaydi. Tibbiyot, yuridik va
iqtisodiy mutaxassisliklar bilan bir qatorda dasturchi kasbi obro’si,
ya’ni prestiji ko’proq o’ziga jalb qiladi.
Kundalik hayotda psixologni ko’pincha shifokor (psixiatr) yoki pedagog
bilan adashtirishadi. Shu sababli, garchi bu ikki bilim sohasi o’rtasidagi
bog’liqlik juda yaqin bo’lsada, psixologiya bo’yicha ommabop ilmiy
ma’ruzalar odatda psixologiyaning psixiatriya emasligini tushuntirish bilan
boshlanishi kerak. Psixiatriya ruhiy kasalligi bo’lgan odamlarni o’rganadi va
davolaydi. Boshqa tomondan, psixologiya insonning ruhiy dunyosini
o’rganadi. Psixologiyaning bir tarmog’i - patopsixologiya - ruhiy kasallarning
ichki dunyosini o’rganadi va psixiatriya bilan chambarchas bog’liq. Biroq,
psixologiyaning boshqa ko’pgina sohalari oddiy, sog’lom odamlar bilan
shug’ullanadi. Xosh, Psixologiya o’zi nima?
Psixologiya - bu insonning ichki dunyosi,
uning
xatti-harakatlari
hamda
xulq-avori
sabablari qonunlarini tushuntiruvchi fandir.
Psixikaga inson ruhiy hayotining xilma xil
ko’rinishlari kiradi.
Sezgi, idrok, xotira, tasavvur, tafakkur,
nutq – bu kognitiv ruhiy jarayonlar. Mazkur
jarayonlar
tufayli
obrazlar,
tushunchalar,
hukmlar,
xulosalar
ifodalanadi.
Ya’ni,
ularning yordami bilan odam dunyoni bilib
oladi.
Hissiy holatlar sohasiga affekt, stresslar,
xavotirlanish,
his-tuyg’ular,
ehtiroslar,
kayfiyat
va
boshqalar
kiradi.
Ularning
yordami
bilan
inson
dunyoning
ayrim
ob’ektlari va hodisalariga o’z munosabatini
bildiradi.
Psixik hodisalarga motivatsiya, diqqat, qiziqish, intilish
darajasi, qaror qabul qilish, irodali harakat, o’zini tuta bilish
kiradi. Ularning yordami bilan odam o’z faoliyatini, uning
atrofidagi dunyoga va o’ziga ta’sirini tartibga soladi. Ilhom,
charchoq, moslashish, zo’riqish, umidsizlik kabi turli holatlar
ruhiy
jarayonlarning
borishini
ma’lum
vaqt
davomida
o’zgartiradi, ularni faollashtiradi yoki tormozlaydi va ularga
maxsus sifat soyasini beradi. Temperament, xarakter, qobiliyat,
iqtidor, qat’iyat, fanatizm, xudbinlik har bir insonning ruhiy
hayotining o’ziga xosligini beradi.
Psixik hodisalar ongli va
ongsiz bo’ladi. Ong - bu
odam o’zi haqida hisobot
berishi
mumkin
bo’lgan
ruhiy
hodisalar
majmui.
Inson ongli bo’lsa, u o’zini,
fikrlarini va his-tuyg’ularini
biladi,
ya’ni unga nima
bo’layotgani haqida hisobot
berishi
mumkin.
Bundan
tashqari,
ongsiz
ruhiy
hodisalarning katta guruhi
mavjud.
Professional psixologlar ilmiy psixologiya tilidan
foydalanadilar. Psixologik tushunchalarning o’ziga xosligi
shundan iboratki, ularning ko’pchiligi kundalik og’zaki
nutqimizga qo’llaniladi. Bu professional psixologiya
olamiga
kirayotgan
odamda
beixtiyor
terminologik
chalkashliklarni keltirib chiqaradi, ilmiy va psixologik
bilimlar yo’lidagi birinchi qadamlarni murakkablashtiradi.
Boshqa
tomondan,
psixologlar
ko’pincha
maxsus
professional
terminologiyadan
foydalanadilar,
ularni
dastlab o’quvchi psixolog oson tushunmaydi. Shuning
uchun
psixologik yoki boshqa ilmiy atamalar bilan
uchrashganda,
psixologik
lug’atga murojaat qilishni
maslahat beriladi. Bu yangi psixologga tushunarli bo’lgan
ko’plab psixologik tushunchalarning talqinini beradi.
Psixologik bilimlarning to‘planishi turli xil fanlarda va inson
faoliyatining barcha sohalarida - psixik dunyo va odamlarning
xulq-atvori haqida bilimga zarurat bo‘lgan joyda sodir bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |