Samarqand Davlat Universiteti Maktabgacha ta`lim fakulteti ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi 2-kurs magistranti Ibodullayeva Dildora Zoyir qizining Magistrlik dissertatsiya ishi


Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish xilma-xil faoliyat turlarida amalga oshadi



Download 2,79 Mb.
bet3/4
Sana13.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#358667
1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy ish slayd (2)

Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish xilma-xil faoliyat turlarida amalga oshadi: 1) tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida; 2) badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida; 3) savodga o‘rgatishda; 4) o‘yin faoliyatida; 5) ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarni bajarish asosida. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim: 1) bolalarning fonematik eshitishi, mazkur sur’at va ohangni idrok eta olish qobiliyatini asta-sekin rivojlantirib borish; 2) artikulatsion apparatni rivojlantirish; 3) iboralar vositasida erkin gapira olish qobiliyatini shakllantirish; 4) muomala sharoitiga bog‘liq ravishda ovoz balandligi yoki pastligini boshqara olishni tarbiyalash; 5) ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish; 6) har bir tovush, shuningdek, so‘z va iboralarni aniq va ravon talaffuz qilish; 7) so‘zlarni adabiy til orpoefiyasi qoidalariga muvofiq talaffuz qilishga o‘rgatib borish; Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko‘pincha s-z, p-f, p-b, u-o‘, x-h, q-g‘ tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq jarayonida ketappan – ketayapman, Hojahon – Shohjahon, Yustam – Rustam,qalga – qarg‘a kabi talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega.

  • Bolalar badiiy adabiyoti bolalarni har tomonlama rivojlantirishning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u bolalar nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.Bolalar kitoblari she’riy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuyg‘ular va munosabatlar dunyosini ochib beradi hamda tushuntiradi. Badiiy so‘z bola nutqini boyitadi, uni obrazli, ifodali qiladi, jaranglayotgan ona nutqning go‘zalligini tushunishga yordam beradi. Maktabgacha ta’limda nutqni rivojlantirishning muhim vositasi sifatida badiiy so‘zdan tashqari tasviriy san’at, bayramlar va tomoshalardan foydalaniladi. Ularning qimmati shundaki, u ijobiy hissiyotlarni hosil qiladi, bu esa o‘z navbatida tilni o‘zlashtirish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Quvonch hissi, hayajonlanganlik, ko‘tarinkilik holati, g‘ayrioddiy narsani kutish bolalarning qabul qilish qobiliyatini oshiradi, materialni eslab qolishni kuchaytiradi, bolalar nutqining ifodaliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratlar, amaliy san’at buyumlarini tomosha qilishda bolalar ko‘p savol beradilar, olgan taassurotlarini atrofdagilarga aytishga oshiqadilar. Bolalar kun bo‘yi mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, xo‘jalik-maishiy va mehnat faoliyatida o‘z pedagoglari bilan muloqotda bo‘ladilar. O‘z-o‘zidan maktabgacha ta’limda nutqiy muhitni rivojlantirish imkoniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha davrdagi kichik yoshli bolalarni nutqiy tarbiyalash 3ta o`zero bir biri bog`liq sohani tashkil etadi.
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiyot namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qo‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qo‘ya qolmaydi, balki so‘z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bahramand qiladi.
  • Bolalar nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida ularning lug‘atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish juda muhimdir.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish