- Samarqand Davlat Universiteti Maktabgacha ta`lim fakulteti ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi 2-kurs magistranti Ibodullayeva Dildora Zoyir qizining Magistrlik dissertatsiya ishi
- Ilmiy rahbar:dots.Rashidova U.M
MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING NUTQ MADANIYATINI O`STIRISHDA MTT VA OILA HAMKORLIGI - KIRISH. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq o`stirish asosiy mezon sifatida
- 1-BOB. Maktabgacha yoshdagi bolaning nutq Madaniyatini o`stirishning nazariy asoslari
- 1.1. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
- 1.2. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini o`stirish.
- 1.3. 1-Bob yuzasidan xulosalar.
- Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolaning nutq madaniyatini o`stirishda MTT va oila hamkorligi ahamiyatini asoslash jarayoni.
- Tadqiqot maqsadi:
- Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolaning nutq madaniyationi o`stirishda MTT va oila hamkorligida rivojlantirish faoliyatining ahamiyatini asoslash.
- Tadqiqot vazifalari:
- Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo`yilgan:
- Mavzuning dolzarbligini asoslash;
- Hozirgi zamon fan tadqiqotlarida bolaning nutq madaniyatini o`stirishda MTT va oila hamkorligini masalasini tahlil qilish.
- Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda MTT va oila hamkorligi ahamiyatini ko‘rib chiqish.
- Badiiy adabiyot bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini o`stirishni tahlil qilish va asoslash.
- Mavzu yuzasidan misollar to’plashda adabiyotlarni
- o‘rganish, pedagogik tahlil, kuzatish, qiyosiy tahlil, umumlashtirish metodlaridan foydalanish.
- Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina,A.M.Leushina,L.A.Penyevskayava boshqalar bolalarning og‘zaki nutqi va hikoya qilishni o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish,ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
- Biz maxsus adabiyotlarni tahlil etish jarayonida nutq madaniyati o`stirishda to`liq kо`pgina rus olimlari, jumladan, T.B.Filicheva, T.V.Chirkina P.E.Levina, V.K.Orfinskaya, Ye.M.Mastyukova, T.I.Vlasenko, A.A.Leontyev, S.N.Shaxovskaya, V.K.Vorobyeva, O.N.Usanova, L.F. Spirova, G.S.Gumennaya, O.V.Troshin, T.N.Sinyakova va N.A.Nikashinalarning olib borgan ilmiy ishlarini tahlil qildik. Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.Yadeshko, A.G.Tambovseva va boshq.)
- Tadqiqotning yangiligi.
- Mavzuning dolzarbligi asoslangan;
- Hozirgi zamon fan tadqiqotlarida bolaning nutq madaniyatini o`stirishda MTT va oila hamkorligini masalasi tahlil qilingan.
- Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda MTT va oila hamkorligi ahamiyatini ko‘rib chiqilgan.
- Badiiy adabiyot bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini o`stirish tahlil qilingan.
- Ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish masalalarining ijobiy jihatlari asoslangan;
- Ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati yoritilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijasi.
- Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
- Maktabgacha yoshdagi bolaning nutq madaniyatini o`stirishda MTT va oila hamkorligini asoslash vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o`stirishning ijtimoiy-pedagоgik zaruriyat ekanligi asoslangan;
- MTT va oila hamkorligining ahamiyatini ochib borishda maktabgacha yoshdagi bolalarning og`zaki nutqini o`stirishning didaktik imkoniyatlari ko`rsatilgan; MTT va oila hamkorligini yo`lga qo`yish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mezonlari, ta’limiy o`yinlar, interfaol metodlar va o`yin texnologiyalardan foydalanish muammolariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda oila, mahalla va MTT bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirlar turli o`yinlar vositasida o`tkazish mumkinligi ko`rsatilgan.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Dissertatsiya natijalarining ilmiy ahamiyati mavzu doirasidagi izlanishlar natijasida bolalar nutqini o`stirishda MTT va oila hamkorligini asoslash maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o`stirishda samarali shakl, metod va vositalar bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati esa “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Bolalar nutqini o`stirish nazariyasi va metodikasi”, “Ona tili va bolalar adabiyoti” fanlarini mazmunini takomillashtirishda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg`ulotlarida, tadbirlarda maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko`rsatayotgan tarbiyachilar, metodistlar, direktorlarning malaka oshirish kurslarida samarali foydalanish mumkin.
-
- Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda.
- O`bekiston Respublikasi,,Talim to`g`risidagi qonuni yangi tahririning 8-moddasida ,,Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
- Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
- Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |