97
Shoirning ilk she’rlari o‘quvchilik yillaridayoq vaqtli matbuotda bosiladi.
Birinchi yirik
asari «Mashrab» (1966) dostonidir. Shundan keyin «Fazodagi hislar», «Shafaq», «Otalar
yurti», «Alvon chechaklar», «Dostonlar», «Hayot sadosi (rus tilida, 1975), «Ninachi haqida
ertak» (1976) «Oq nur» (1977), «Ilhom parisi» (1980), «Boqiy dunyo” (1981), «Sevsam,
sevilsam» (1983), «Soz» (rus tshgada) nomli kitoblari o‘quvchilar qo‘liga tegdi. Uning
«Do‘stlik yo‘li» nomli she’r va dostonlari (1990) qozoq va qoraqalpoq tillarida nashr
etilgan.
Ma’lumki, Muhammad Ali shoir, publitsist yo'ki tarjimon emas, u romannavis sifatida ham
shakllanib bormoqda. Uning «Boqiy dunyo» (1981) she’riy romani Mirmuhsinping «Ziyod
va Adiba», Barot Boyqobilovning «Shukuhli karvon», «Notinch Xuroson», «Yulduzli
osmon» kabi she’riy romanlariga hamohangdir. Adibning «Sarbadorlar» (1990) romani esa
nasriy epik asar bo‘lib, ikki kitobdan iboratdir. Ayni chog’da u tarixiy roman sifatida XIV
asrdagi eng yorqin tarixiy-ijtimoiy voqealarni — sarbadorlik
harakati tarixini qamrab
olganligi bilan xarakterlanadi. Eng muhimi, bugun xalqimiz erishgan mustaqillik uchun
kurash ildizlarini, manbalarini tushunishga yo‘l ochadi. Shuning o‘zi romanning zamonaviy
qimmatini tayin etadi. Aytish mumkinki, Muhammad Ali ko‘p qirrali ijodkorlardan. Uning
«Oshiq bo‘lmay, haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas» (1992) nomli publitsistik maqolalar to‘plami
ham shundan kafolat beradi. U ayni chog’da mohir tarjimon.
Respublika tarjimonlar
markazinnng rahbari sifatida ham faol ijod bilan band. U filologiya fanlari nomzodi (1992),
O’zbekiston
xalq
yozuvchisi
hamdir
(1992)
Shoir Muhammad Ali Pushkin, Bayron, Mitskevich, Tagor, Abay, Tumanyan va boshqalar
asarlarini, buyuk hind eposi «Ramayana»ni o‘zbek tiliga o‘girdi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali (Ahmedov Muhammad Ali) serqirra
qalam sohiblaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bu “Ulug‘ saltanat”
tarixiy dilogiyasida
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biz unda Muhammad Sulton, Xalil Sulton, Mirzo Ulug‘bek
singari shahzodalarning bolalik davrlari tasvirlangan sahifalarni ko‘ramiz. “Boqiy dunyo”
she’riy romanida esa asar qahramonlaridan biri Farhodning bolaligi tasvirlari, ayniqsa, uning
ismi ma’nosining yangicha talqinda berilishi juda qiziqarli va ibratlidir.Shoirning bolalarga
bag‘ishlangan she’r va afsonalari ham mavzular rang-barangligi bilan ajralib turadi. Adib
bolalar uchun asar yozganda bolalar tabiatining o‘ziga xosligini unutmaydi.
Bolalar har
narsaga hayrat bilan boqadilar, hamma narsa ularga qiziq tuyuladi. Ular har bir narsaga
qarab dunyoni o‘zicha kashf etadilar, bundan beqiyos quvonadilar. Shoir ana shu kashfiyotni
tasvirlashga harakat qiladi.“Bo‘taloq” she’rida bo‘talog‘iga
boqib quvongan, atrofida
parvona bo‘lgan bolakay obrazi chiziladi. Bolaga, ayniqsa, bo‘taloqning lo‘k-lo‘k etib
chopishi, unga “cho‘k-cho‘k!” deyish juda yoqadi, uning o‘zi ham birga chopishga tayyor:
Do'stlaringiz bilan baham: