Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi


O‘smirlarga oid badiiy asarlarga qo`yilgan talablar



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

O‘smirlarga oid badiiy asarlarga qo`yilgan talablar. 
O‘smirlik kattalar 
olamiga nomzodlik bosqichi bo`lib, bolalik bmlan xayrlashish va kattalarga ergashishdan 
iborat oralig`dir. U birinchi muchalni to`ldirib, ikkinchisiga qadam qo`yish bilan boshlanadi 
va o`rta yasharlik-o`smirlik pallasiga kirishning ilk bosqichi hamda katta yasharlik-
yoshlikka tayyorlanish tarzida namoyon bo`ladi. Binobarin, o`smirlik ham jismoniy, ham 
ma`naviy-axloqiy balog`atga etishuv bo`sag`asidir. 
O‘rta yosh boshlanishi bilan o`g`il va qiz bolalarda jinsiga daxldor xislatlar 
shiddat bilan rivojlana boshlaydi, avvalo, ovozlari farqlana boshlaydi: o`g`il bolalarda- 
erkaklik va qizlarda ayolikka xos biologik unsurlar ko`zga tez tashlana boshlaydi. Bu 
jarayon ma`naviy rivojlanishdan o`zadi, natijada o`smirlar hatti-harakatida, yurish-turishida 
o`zgachaliklar, aniqrog`i, beqarorlik, oqibatini o`ylamay ish qilish, mulohazasizlik, o`ziga 
bino qo`yish holatlari uchray boshlaydi. Aslini olganda, bunday holat asosini bolalik olami 
bilan xayrlashish va kattalar olamiga da`vogarchilikdan iborat murakkabliklar tashkil etadi, 
o`smirlarda sodir bo`luvchi ma`naviy o`sishning jismoniy va biologik rivojlanishdan bir 
muddat orqada qolishi goho ularga pand beradi, ular bunday vaziyatda o`zlarini aql bilan 
boshqarolmay qoladilar, shu bois o`smirlar tarbiyasi og`ir kechadi. O‘smirlarga 
mo`ljallangan badiiy adabiyotning vazifasi, avvalo, ana shu murakkab jarayonni chuqur va 
beran badiiy tadqiq etib, ularning ma`naviy kamoloti ehtiyojlarini qondirish, ularda 
chinakam insoniy fazilatlarning tarkib topishida faolroq ta`sir ko`rsata bilishdan iborat. Eng 
muhimi, o`smirlarga mo`ljallanib yozilgan badiiy, ma`rifiy, fantastik va publicistik asarlar 
ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashi, dunyoqarashlarini shakllantirishi, yuksak axloqiy 
fazilatlarni singdirishga xizmat qilmog`i shart. Necha asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan 
boy madaniyat, mehnatkash xalqning o`z erki, Vatan mustaqilligi uchun olib borgan 
kurashlari, mehnatning barcha farovonliklar omili ekanligi, halollik, do`stlik, rostgo`ylik, 


48 
qo`rqmaslik, fidoiylik va boshqa insoniy fazilatlar o`smirlar adabiyotining asosiy mavzulari 
bo`lishi mumkin. 
O‘smirlik-o`ziga sig`a bilmaslik, jussaning to`lisha borayotgan kuchini racional 
boshqara olmaslik davri. Ha, go`yo qo`lini cho`zsa, narvonsiz ham yulduzga etguday his 
etadi, goho o`smirlar o`zini. Ularga ana shu jarayonni ongli ravishda anglay olishlarida 
sehrli-fantastik ertaklarga bo`lgan rag`batlarini ilmiy-badiiy fantastikaga yo`g`irish samarali 
natija beradi. Aytaylik, Jyul Vernnning «Kapitan Grant bolalari», «Ostin-ustun», «Havo 
sharida besh hafta», «Sirli orol», «g`aroyib sarguzashtlar», A.Tolstoyning «Injener 
Garinning mo``jizasi», «Aelita», A.Belyaevning «Jahongir», «Prafessor Douelning boshi»,
A.Kazancevning «Yonuvchi orol», I.Efremovning «Odam-amfibiya», «Andromeda 
tumanligi», ilmiy-fantastik romanlari qatorida o`zbek fantastikasi namunalarini tavsiya etish 
mumkin. 
O‘zbek ilmiy-badiiy fantastikasi 20-yillarda Abdurauf Fitrat va Abdulla 
Qodiriylar ijodida kurtak yozgan bo`lsa-da, asosan, 60-yillardan e`tiboran chinakam 
jonlanish jarayoniga kirdi. Bugungi kunda o`zbek fantastikasining «Rene jumbog`i», 
«Ajdodlar xotirasi», «/aroyib ko`lanka», « Jodugarning eli», «Telba dunyo», «Ikki jahon 
ovorasi», «Tutash olamlar», (H.Shayxov), «Hikmat afandining o`limi», «Somon yo`li 
elchilari», «Falak», «Chorrahada qolgan odamlar» (T.Malik), «Men- men emas», «Mangu 
kuy izlab», «Teskari ko`zlilar sayyorasi», «Rayhondagi zarpechak», (M.Mahmudov), «Ming 
bir qiyofa», «Ko`zgu oldidagi odam» (O.Muxtor) singari e`tirofga sazovor qissa va 
romanlardan iborat namunalari paydo bo`ldi. Bu asarlar o`smirlar tafakkurini teranlashtiradi, 
dunyoqarashlarining shakllanishiga, xayol qila bilish salohiyatlarining takomillashuviga, 
taxayyullotlarining uchqurlashuviga kuchli ta`sir ko`rsatadi. 
O‘smirlar hayotga mustaqil nazar solishga intiladilar. Ular hayotdagi har bir voqea 
va hodisaning ijtimoiy-axloqiy mohiyatini anglashga, undan o`zlariga saboq chiqarishga 
harakat qiladilar. Shu jarayonda ularda fuqarolik tuyg`ulari teranlasha va takomillasha 
boradi, jamiyat va Vatan oldidagi burch va mas`uliyatlarini anglash istagi uyg`ona 
boshlaydi. Bunda ularga S.Ayniy, Oybek, A.Qahhor, N.Safarov, O.Muxtor, T.Malik va 
boshqalar yozgan biografik va avtobiografik asarlar, memuarlar ayricha ta`sir ko`rsatadi. 
O‘smirlik-qizlar va o`g`il bolalar o`rtasida bir-birlariga nisbatan o`rtoqlik, havas va 
muhabbat bilan talpina boshlash pallasi. Binobarin, ularda sevish-sevilish mavzuidagi 
asarlarni o`qishga alohida rag`bat bilan qarash kuchayadi. Shu rag`batni qondirishda H. 
Nazirning «Lochin qanotlari», «Kenjatoy», «Tohir-Zuhra qissasi», shuningdek,
A.Aleksinning «Akam klarnet chaladi», «Kolya Olyaga yozadi, Olya Kolyaga yozadi» 
singari asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu asarlar o`smirlikka xos tuyg`ularning yuksak 
axloqiy ideal darajasida kamol topishiga tahsir ko`rsatadi. 
Modomiki, o`smirlar kattalar safini to`ldiruvchi avlod sifatida tarix sahnasiga 
chiqib borisharkan, kattalar olamiga xos ma`naviy fazilatlarini kasb etmoqlari zaruriyatga 
aylanadi. Shu ma`naviy zaruriyat tufayli ular o`qishi doirasiga kattalar adabiyoti namunalari 
ham kira boradi va o`smirlar kitobxonligi doirasini kengaytiradi. Bunda nafaqat o`zbek 
adabiyoti vakillari, balki jahon adabiyotining barcha zabardast namoyandalarining kishilik 
ma`naviyati taraqqiyotida muhim qimmat kasb etgan asarlarini o`qish, ulardan saboq va 
zavq olish, shu asosda jahon xalqlari turmushi, orzu-intilishlari, kurashi va 
mag`lubiyatlaridan ogoh bo`lish – o`smirlar dunyoqarashi o`sishining asosiy omiliga 
aylanadi. 
Bolalar adabiyotining yoshga nisbatan mo`ljallanganligi qotib qolgan hodisa ham 
emas, u zamon va insonlar o`zgarishi bilan didaktik mohiyat kasb eta boradi. Binobarin, 
bolalar kitobining adresliligi doimiy harakatda bo`ladi: aytaylik,ijtimoiy-estetik taraqqiyot 


49 
chuqurlasha borishi bilan bolalarning yosh xususiyatlari ham o`zgaradi, davr o`zgarishi bilan 
avlodlar o`zgaradi, insoniyat mutassil to`lishib, yasharib borarkan, uning qiziqishlarida ham 
bu zuhur topadi. Natijada qachonlardir kattalar ma`naviy mulki sanalgan ertaklar va 
topishmoqlar endilikda, asosan, bolalar ma`naviy ehtiyojlari qondirgichiga aylangani kabi 
yozma adabiyotda ham aslida kattalarda mo`ljallanib yaratilgan Ubayd Zokoniyning 
«Mushuk ila sichqon qissasi», Sayido Nasafiyning «Kim zo`r» kabi asarlari, shuningdek, 
A.S.Pushkinning qotor she`riy adabiy ertaklari bolalar o`qishi doirasiga kirib borgani 
tabiiydir.
O‘zbek bolalar adabiyoti-bolalar hayotining o`ziga xos qomusi, unda bolalarning 
oilada, bog`chada, maktabda va tengqurlar davralarida, shuningdek, o`yinda,o`qishda, 
mehnatda, tengqurlari yoki kattalar bilan munosabatdan iborat jo`shqin hayoti aks etgan. 
Binobarin, u xalq turmushining ham ko`zgusidir. Chunki bolalar taqdiri xalq va Vatan 
taqdiri bilan uzviy bog`langan. Bolalar adabiyoti shu aloqadorlikni butun go`zalligi va 
murakkabligi bilan ifodalaydi, bu esa uninig mahrifiy qimmatini belgilaydi. Bolalar 
adabiyoti muayyan g`oyalarni mavhum tushunchalarda emas, balki bolalarning «predmetli» 
tafakkuriga va tasavvuriga mos badiiy obrazlarda ifodalab, ular ongiga his tuyg`ulariga va 
xayolotiga ta`sir ko`rsatadi, ularning kelajagi buyuk ozod va obod Vatanning, erkin va 
demokratik jamiyat qurayotgan xalqning bunyodkor va kurashchi farzandlari qilib 
tarbiyalashga xizmat qilaveradi.

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish