Eslatma: hisobotda quyidagilar yoritilishi lozim:
Musobaqaning aniq nomi:
Musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning nomi:
Musobaqa o’tkazish vaqti va joyi:
qatnashgan komandalar (tashkilotlar) soni:
qatnashgan sportchilar soni (hammasi, shu jumladan ayollar, erkaklar,
qizlar, yigitlar):
Sport masteri birinchi, ikkinchi, uchinchi va yoshlar razryadi
nomerlarini bajargan qatnashuvchilar soni (hammasi, shu jumladan
ayollar, erkaklar, qizlar, yigitlar):
Musobaqalar o’tkaziladigan joyning qanday tayyorgarligi va holati:
Ob-havo (temperatura, yog’ingarchilik, shamol yorug’ligi):
Ariza va shikoyatlar (ariza va shikoyatlar tushdimi, ular qanday hal
qilinadi):
Oldingi olti o’rinni egallagan komandalar:
Programmaning shaxsiy birinchiligi uchun har bir nomerda
oldingi olti o’rinni egallagan sportchilar:
Rekordlar va eng oliy yutuqlar (kim tomonidan qo’yildi?, qanday
natijaga erishdi?, akt to’zildimi?):
Jarohatlanish (shikastlanishlar yo’z berdimi?, qanday choralar
ko’rildi?):
Eng yaxshi va eng yomon komandalar qatnashuvchilarining texnik
tayyorgarligi:
Musobaqalarni a`lo darajada o’tishiga xizmat qilgan eng yaxshi
vakillar, hakamlar va boshqa shaxslar:
Bosh hakamlar kollegiyasining tarkibi (familiyalari bilan):
Musobaqalarga kelgan tomoshabinlar soni ularga xizmat ko’rsatish
(informatsiya, savdo-sotiq, qo’shimcha binolar va boshqalar):
Xulosa va takliflar:
hisobotga musobaqalarda qatnashgan hakamlarning to’liq ruyxati albatta ilova qilib berilishi kerak, unda hakamning lavozimi ko’rsatilishi va uning har bir bajargan ishi baholanishi kerak. Bosh hakam:
a) musobaqani qoldirishi uning boshlanishi, kechiktirishi,
musobaqa tugamasidan uni tuxtatishi va ko’zda tutilgan holatlarda
vaqtincha tanaffus e`lon qilishi;
b) juda zarur bo’lib qolsa, musobaqa programmasi va jadvaliga
o’zgartirishlar kiritish mumkin;
Eslatma:Bosh xakam nizomda berilgan musobaqa shartlarini o’zgartira olmaydi.
v) bosh hakam shu musobaqa nizomiga yoki qoidalariga o’z yoshi,
razryadi, kostyumi va boshqalar jihatidan to’g’ri kelmaydigan
sportchilarni musobaqaga qo’ymasligi mumkin;
g) qo’pollik qilgan yoki sportchi nomiga nomunosib harakatlar
qilgan qatnashuvchilarni musobaqadan chiqarib yuborishga haqli;
d) qo’pol holatlarga yo’l qo’ygan yoki unga bklatilgan vazifalarni
bajara olmagan hakamlarni ishdan chetlatishi mumkin;
e) agar biror hakamning qarori noto’g’ri ekanligiga ishonch ishonsa,
u qarorni o’zgartirish huquqiga ega;
Eslatma: Agar bosh hakam start berilgan joy yaqinida turgan bo’lsa startyor qarorini ham o’zgartira oladi. Bosh hakam shu zahotiyoq muayyan bir qarorga kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |