o’spirinlar gruppasi (13 va 14 yoshdagi qiz va o’g’il bolalar)kichik yoshdagi usmir va qizlar gruppasi
(15 va 16 yoshdagi qiz va o’smirlar) katta yoshdagi yigit va qizlar gruppasi
(17 va 18 yoshdagi qiz va yigitlar)
Kattalar gruppasi Asosiy gruppa 19 dan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar
19 dan 40 yoshgacha bo’lgan erkaklar
Katta yoshdagilar gruppasi 36 yoshda va undan katta bo’lgan ayollar.
41 yoshda va undan katta bo’lgan erkaklar.
Bolalar va o’smirlar gruppalaridagi qatnashuvchilarning yoshi tug’ilgan
yiliga qarab (tug’ilgan kuni e`tiborga olinmaydi) belgilanadi.
Katta yoshdagi yigit va qizlar musobaqalarida kichik yoshdagi qiz va
o’smirlar gruppasiga, shuningdek kichik yoshdagi usmir va qizlar
musobaqalarida katta yoshdagilarga qatnashish ruxsat etilmaydi.
Ayrim hollarda vrach, trener va musobaqa o’tkazayotgan tashkilot
rahbarlarining ruxsati bilan kichik yoshdagi qiz va o’spirinlar katta
yoshdagi qiz va yigitlar musobaqalarida va shuningdek katta yoshdagi qiz
va yigitlar kattalarning musobaqalarida qatnashishlari mumkin.
Katta yoshdagi erkak va ayollarning asoaiy gruppa sportchilarining
musobaqalarida katnashishga ruxsat etiladi. Bunday hollarda
erishilgan natijalar faqat asosiy gruppa komanda birinchiligi
hisobiga o’tadi. (Bunda ular katta yoshdagilar gruppasida shaxsiy
birinchiligi uchun kurushish xuquqini yo’qotmaydilar. )
Qatnashuvchilarni musobaqalarga qo’yish va talabnomalar 1. Katnashuvchilar musobaqalarga musobaqa nizomida belgilangan muddatlarda ishtirokchi tashkilotlar topshirgan talabnomalar asosida quyiladi.
Talabnomalar musobaqalar to’g’risidagi nizomga va ushbu qoidalarning
talablariga moslashtirib yozilishi kerak.
Shaxsiy talabnoma formasiga (3-ilovaga qarang) binoan hamma
grafalar to’lg’azilishi shart.Bu shartga rioya qilinmasa hay`atlar
kollegiyasi talabnomalarni qabul qilmasligi kerak.
Musobaqalarga yangi qatnashuvchilarni qo’yishni nazarda tutadigan
qo’shimcha talabnomalar shaxsiy talabnoma formasida (3-ilovaga
qarang) topshiriladi.
Talabnomaga kiritilgan musobaqa qatnashuvchilari o’rtasida
taqsimlangan programma nomerlarining joylashish tartbini
o’zgartirish lozim bo’lib qolgan taqdirda alohida formada yangidan
talabnoma qilinadi. (4-ilovaga qarang).
qo’shma va yangidan talabnoma programmaning shu nomeriga oid
musobaqalar boshlanishidan kamida 1 soat oldin topshirilishi lozim.
ESLATMA: Bosh hay`atga musobaqalar boshlanguncha qo’shimcha talabnoma va yangidan talabnomalar berish muddatlarini belgilash huquqi beriladi.
Musobaqalarga zarur tayyorgarlikni o’tgan vrach
dispanserlari, vrach kontroli kabinetlari yoki boshqa davolash
profilaktika musobaqalarining meditsina nazorati ostida bo’lgan
kishilargini qatnasha olishi mumkin.
Musobaqa qatnashchilari musobaqalarda ishtirok etishi uchun vrachdan
ruxsat olishi kerak.Shaxsiy talabnomaning har bir qatnashuvchi
familiyasi qarshisiga qo’yilgan vrach imzosi va pechati bo’lishi yoki
belgilangan nusxada shaxsiy spravka vrach ruxsatini tasdiqlovchi
hujjat hisoblanadi.