Fanning qisqacha tavsifi
OTMning nomi:
SamDU
|
Kafedra:
Sport turlarini o’qitish metodikasi
|
Bakalavriyat ta`lim bosqichi uchun:
Jismoniy madaniyat 2 bosqich talabalari
|
Fan bo`yicha o`tkazuvshi o`qituvchi haqida ma`lumot: E.A.Tursunqulov
|
O`qituvchining elektron manzili:
ms:tursunqulovmail.ru
|
Fanni boshlanishi va davom etish muddati 2019 yil sentabrdan 2020 yil-----------------
|
Dars mashg’ulotlarining o`tkazish vaqti va joyi:
Dars jadvaliga asosan
|
Individual grafik asosida professor-o`qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:
Dushanba, chorshanba va juma 15:00-17:00
|
Fan to’g`risida ma`lumot:
Fan 2019-2020 o`quv yilida:
III-IV semestrlarda 8 soat ma’ro’za mashg’ulot,48 soat seminar, 564 soat amaliy, 98 soat mustaqil ta`lim O`quv yilida jami 664 soatni tashkil etadi.
“Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi” fanidan:
“Yengil atletika va amaliyoti” o`quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Yengil atletika sport turining jismoniy tarbiya tizimidagi ahamiyati, sport turining jahonda va respublikamizda rivojlanish tarixi; mashg’ulot jarayonining to’zilishi; Shug`ullanuvchilarning jinsi, yoshini, jismoniy tayyorgarlik xususiyatiga qarab mashg’ulotlarni rejalashtirish, o`tkazish va yuklamalarni me`yorlaish talablarini bilishi kerak;
- Yengil atletika turlari texnikasi va taktikasini bajarishga o`rgatish; Yengil atletika bo`yicha turli lavozimlarda xakamlik qilish, Yengil atletika sport turida ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish; Yengil atletika sport turining vositalari va uslublaridan foydalanish, Yengil atletika sport turiga sportchilarni saralaish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
- mashg’ulot jarayonini va musobaqalarni tashkil etish, o`tkazish; mashg’ulot yuklamalarni optimal rejalashtirish; sportchilar ustidan pedagogik nazorat qilish; sportchilar bilan ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar olib borish, Yengil atletika modellashtirish va bashorat qilish malakalariga ega bo`lishi kerak.engil atletika va o’ni o’qitish metodikasi fani maxsus fanlar blokiga mansub.
Mazkur fan o`quv rejasidagi umumkasbiy fanlar blokiga kiruvchi jismoniy madaniyat nazariyasi, gimnastika,kurash, sport o’yinlari so’zish va uni o’qitish metodikasi fanlari bilan o`zaro bog`liqlikda olib boriladi.
Fan bo`yicha o`tkaziladigan ma`ro’za, amaliy va seminar mashg’ulotlari davomida an`anaviy o`qitish (o`rgatish) uslublaridan tashqari quyidagi innovasion pedagogik texnologiyalardan keng foydalaniladi: muammoli savollar qo’yish va vaziyatli vazifalarni to`g`ri yechish yo`llarini izlab topish; “aqliy hujum”; “ekspress test-savol va javob”; “tashkilotchilik, tadbirkorlik va turli rollarni ijro etish” o`yinlari; “keys-stadi – muayyan vaziyatni tanlaish va ushbu vaziyatdan chiqishga o`rgatish”; o`quv videofilmlarini namoyish etish.
|
Fanning o’quv dasturi Samarqand Davlat Universiteti ilmiy kengashining 2019-yil
“___” avgustdagi ___ -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fan dasturi o’quv ishchi reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |