Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti r. A. Qosimova, U. S. Do


O’yinchilarni texnik tayyorgarliklarini oshirish



Download 1,06 Mb.
bet4/7
Sana23.06.2017
Hajmi1,06 Mb.
#12539
1   2   3   4   5   6   7

3. O’yinchilarni texnik tayyorgarliklarini oshirish.

Texnik tayyorgarlik, har bir o’yinchining ixtiyorida bo’lgan, bajarishni yaxshi bilgan, o’yin vazifalarini hal yetish uchun kerakli texnik turlari ko’pligiga qarab belgilanadi. Bu holatlar gandbolchining sport tayyorgarligi jarayoni, o’yin texnikasining muntazam yaxshilanib borishi bilan uzviy bog’liqdir.

Gandbolchilar texnik mahoratini takomillashtirish yo’llari nazariy asoslangan holda ko’riladi va taktikani takomillashtirish, harakat va ma’naviy, iroda sifatlarini rivojlantirish bilan birga qo’shib bajariladi. Texnika – bu o’yinning asosi sanaladi. Uni mukammal egallash va har xil o’yin sharoitida qo’llashni bilish yuqori sport malakasiga erishishning garovidir.

4. O’yinchilarni taktik tayyorgarliklarini oshirish.

Taktik tayyorgarlik. – Jismoniy sifatlarni takomillashtirish jarayonida mashg’ulotning juda muhim va murakkab qismi hisoblanadi. Raqib jamoasi ustidan g’alaba qozonishda jismoniy texnik tayyorgarlik bilan bir qatorda o’z imkoniyatlaridan to’g’ri va ustalik bilan foydalana bilish katta ahamiyatga egadir. Gandbolchilarning taktik ko’nikmalarini takomillashtirishda o’zlashtirilgan va o’rganilgan mashqlarni ko’p marta takrorlash taktikadagi ta’lim va mashg’ulotning asosiy uslubi (metodi) hisoblanadi.

Ruhiy tayyorgarlik, gandbolchilarning ruhiy tayyorgarligi umumiy ruhiy tayyorgarlikni va oldinda turgan musobaqaga tayyorgarlikni o’z ichiga oladi. Aqliy – irodaviy xislatlarni tarbiyalash umumiy ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifasidir. G’alaba qilishga intilishni o’yinchiga doimiy ravishda uqtirish lozim bo’ladi.

Bunday intilishning eng ta’sirchan usuli ijtimoiy burch va jamoa oldida javobgarlikni his etish hisoblanadi. Ayrim o’yinchilarga, guruhlarga va butun jamoaga maxsus topshiriqlar berish katta ahamiyat kasb etadi.

O’yin natijasini ahamiyatini, g’alaba qilish zarurligini hadeb eslataverish ham hamisha yaxshi natija bermaydi. Har bir sportchi o’yinchida irodaviy sifatlar yuqori darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Dadillik, qat’iyatlik, bosiqlik va esankiramaslik, tashabbuskorlik, intizomlilik asosiy irodaviy hislatlardir. Bu hislatlar o’quv mashg’ulotlari jarayonida tarbiyalanadi.

Belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarlik, gandbolchi organizmining imkoniyatlarini hamda undagi jismoniy tayyorgarlikning asosini tashkil etadi. Bunday imkoniyatlarning darajasi ularning tayanch muskul tizimining ishchanligida aniq namoyon bo’ladi. Mashg’ulotlar ta’sirida bo’ladigan o’zgarishlar mustahkam bo’lishi uchun o’yinchi uzoq vaqt davomida o’ziga xos maxsus ishni bajarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

Gandbolda harakat faoliyati o’ziga xos bo’lgani uchun mashg’ulotni turli tezlikda bajariladigan mashqlarni qisqa vaqt, ancha uzoq vaqt, sust va faol dam olishni almashlab olib borish mumkin. O’yin harakatlarining tavsifi to’xtab-to’xtab o’tladigan bo’lgani uchun, u nafas olish jarayonining eng ko’p miqdorda kuchaytirilishi talab qilinadi. Gandbolchilarning vazifalarni bajarish tayyorgarligini oshirishda maxsus vositalardan foydalaniladi.

Savol va topshiriqlar


  1. Tayyorgarlik turlarini sanab bering.

  2. Tayyorgarlikda nazariy bilimlarning ahamiyati nimada?

  3. O’tkazilgan musobaqa o’yinini tahlil qilishning ahamiyati nimada?

  4. Natijaga erishishda jismoniy tayyorgarlikning roli qanday?

  5. Jismoniy (umumiy, maxsus) tayyorgarlikning vazifalarini tushuntirib bering.

  6. Texnik tayyorgarlik nima?

  7. Taktikani takomillashtirish vaositalariga nimalar kiradi.

  8. Taktik tayyorgarlik jarayonida qanday vazifalar hal etiladi?

  9. Aqliy-irodaviy tayyorgarlikning vazifalari nimalardan iborat?

Adabiyotlar.

  1. Karimov I.A. «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li». T. O’zbekiston, 1992. 1-tom 36-b.

  2. I.A.Karimov «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyoti poydevori» Toshkent.Sharq, 1997 yil.

  3. Karimov I.A. «O’zbekiston buyuk kelajak sari». T. 1998. 687-b.

  4. Sh.Pavlov, F.Abduraxmonov, J.Akramov. «Gandbol». Darslik. Toshkent-2005y.

  5. Sh.Pavlov. «Qo’l to’pi». Darslik. Toshkent, 1990 y.

  6. Sh.K.Pavlov «Qo’l to’pi musobaqalarining qoidalari».Toshkent,1987y

  7. Pavlov Sh.K. Abdurahmonov F.A. Azizov R.I. (Musoboqa qoidalari, ularni tashkil etish va o’tkazish tizimi).- Toshkent- 2007 yil.

  8. Pavlov Sh.K. Abdurahmonov F.A. Azizov R.I. “Gandbol” Toshkent 2007 yil.


4. QO’L TO’PI O’YINI TEXNIKASINI O’RGATISH YO’LLARI.

Reja.

1. Qo’l to’pida o’yin texnikasi.

2. Qo’l to’pida hujum va himoya texnikasi.

3. Qo’l to’pi o’yinida chalg’itish harakatlari.

4. O’yinda to’pni olib qo’yish usullari.

5.Darvozabon o’yinining texnikasi.



Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni qo’l to’pi sport turi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlari (o’yin texnikasi, hujum va himoya texnikasi, chalg’itish harakatlari, to’pni olib qo’yish usullarini nazariy jihatdan o’rgatish va bu orqali qo’l to’pi sport turining amaliy harakatlarini o’quvchilar ongida shakillantirish.

Dars o’tish vositalari: o’quv reja, ishchi dastur, maruza matinlari, amaliy ashg’ulotlar, darslik va qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar, sport anjomlari, slayd, mustaqil topshiriq savollari.

Dars o’tish usullari: nazariy va amaliy, suhbat, savol-javoblar.

Tayanch iboralar: Qo’l to’pi sport turining tushunchalari: qo’l to’pi sport turida o’yin texnikasi, hujum, himoya texnikasi, chalg’itish harakatlari, to’pni olib qo’yish usullari.

Darvozabonning asosiy turish holati


Bir qo`llab to`phi qaytarish (ushlash0

Qo`l va oyoq yordamida to`pni qaytarish
1. Qo’l to’pida o’yin texnikasi.

Qo’l to’pi o’yinida to’p bilan va to’psiz harakatlar bajariladi. Oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun o’yinda qo’llaniladigan turli xil maxsus usullar, harakatlar yig’indisi qo’l to’pi o’yinining texnikasini tashkil etadi.

- Texnik usullar bu qo’l to’pi o’yinini vujudga keltirish vositasi hisoblanadi. Yuksak sport natijalariga erishish gandbolchilarning shu turli xil vosita va harakatlarni qanchalik to’liq egallashiga bog’liqdir.

Qo’l to’pi texnikasini yaxshi bilish – o’yinchining har tomonlama tayyorgarligi va har jihatdan kamol topishining mezonidir.



-O’yin texnikasida hujum va himoya bir-biridan farq qiladi, to’pni ilish, olib yurish, uzatish va darvozaga otish - bu hujum texnikasi deyiladi. To’p yo’lini to’sish, uni ilib olish, to’pni urib qaytarish va darvozabon o’yini himoya texnikasi deyiladi.

Maydonda hujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda aldamchi harakatlar o’yin texnikasining asosini tashkil etadi. Asosiy harakatlardan biri o’yinchining turish holati hisoblanadi. Asosiy turish - baland holatda turish bo’lib, bunda oyoqlar ozgina bukilgan, oyoqlar oralig’i yelka keng ligida, gavda ozgina oldinga egilgan, qo’llar oldinda va tirsakdan bukilgan holatda turiladi.

Qaysi o’yinchi maydonda tez va tejamli chaqqon va ildam harakat qilsa, o’sha o’yinchi jamoasiga ko’proq foyda keltiradi. Shunga ko’ra, har bir o’yinchi tez joyidan qo’zg’ala olishni, yugurayotib harakat yo’nalishini keskin o’zgartirishni, vaqtida to’xtash va sakrashni, orqa bilan oldinga erkin harakat qilishni, yon tomonlar bilan yurish va yugurishlarni bilmog’i lozim. Qo’l to’pi o’yinida ikkita yirik texnikaviy qism bo’ladi: 1.Maydon o’yinchisi texnikasi. 2.o’yinida darvozabon texnikasi. Har bir qism o’z navbatida harakatlanish va to’pni boshqarish texnikasiga bo’linadi – ular esa, turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan – harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat bo’ladi. Bu harakatlardan maydon o’yinchilari va darvozabon samarali foydalanishi lozim.

Usul va o’yinlar turlarida harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo’lib, kichik-kichik bo’limchalari bilangina farqlanadi. Turli usullardan, harakatlardan foydalanish qo’l to’pi o’yini texnikasini yanada rivojlanishiga yordam beradi. Har bir o’rganilayotgan harakatlarni davomiylashtirish usul turlarini tuzukroq, aniqroq tushunishga, ularni to’g’ri tahlil qilishga, olingan bilimlarini takomillashtirish vazifalarini ijobiy hal qilishga yordam beradi.


2. Qo’l to’pida hujum va himoya texnikasi.

-Hujum o’yin texnikasi – to’pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan raqiblar darvozasiga to’p kiritishga intiladi. Raqiblarning qarama-qarshiliklarini turli usullar yordamida Engish mumkin.

- hujum o’yini texnikasining bu qismiga to’pni ilish, ushlash, to’pni yerga urib olib yurish va egallab olish, chalg’itish va to’siqlar qo’yish usullari kiradi.

- to’pni ilish – bu to’pni egallashga imkon beruvchi usul. To’pni bir va ikki qo’llab ilib olish mumkin. To’pni bir qo’lda ilish juda murakkab harakat hisoblnadi. To’p bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to’g’ri ushlash lozim. To’p ikki qo’l bilan ushlanganda yaxshi nazorat qilinadi.

- To’pni uzatish – bu asosiy texnik usullardan hisoblanadi. Ko’p usullar yig’indisi yordamida bajariladi. Qo’llarni tirsak qismidan bukkan holda to’pni yuqoridan uzatish – qo’l to’pi o’yinida to’p uzatishning asosiy usulidir. To’pni uzatish panjalarning to’g’ri ishlatilishi natijasida bajariladi. Qo’l panjalari yordamida to’p aniq va tez uzatiladi.

- To’pni yerga urib olib yurish - bir joyda turganda, ko’proq yurganda, yugurganda bajarilib, o’yinchining harakat qilishida ko’p qo’llaniladigan asosiy usullardan biri hisoblanadi. To’pni yerga urib olib yurish to’g’ri chiziq, yoysimon chiziq va doira bo’ylab har-xil yo’nalishlarda bajarilishi mumkin. O’yinchining yo’nalishni, tezlikni, sapchish balandligini o’zgartirib hamda to’pga qaramasdan yerga urib olib yurishlar qo’l to’pi o’yinida katta ahamiyatga egadir.

- O’yinda to’pni otish natijasi bir qator sharoitlarga bog’liq. Ayniqsa, raqiblarga kutilmagan vaziyatda to’pni otish yo’nalishini o’zgartirishdir. To’pni ko’zlagan nuqtaga yo’naltirishda tezlik muhim rol o’ynaydi. To’pni otish kuchi tezlikka bog’liq. To’pni otishda uning kuchi va og’irligini hisobga olish lozim.

Darvozaga to’p otish – joyidan, yurib, yugurib kelib, sakrab va tayangan holda bajariladi. Darvozaga to’p otish yuqoridan, yondan, pastdan bir qo’llab bajariladi va h.k.



3.Qo’l to’pi o’yinida chalg’itish harakatlari.

- Chalg’itish harakatlarini to’psiz va to’p bilan bajarish mumkin. To’psiz chalg’itishlardan to’pni tekis, uni qarshiliksiz qabul qilish uchun himoyachilarning yaqinida turganda ta’qibdan qutulish maqsadida ko’proq foydalaniladi.

To’pni uzatishda otishni, yerga urib yurishni qarshiliksiz bajarish uchun to’p bilan chalg’itishlarda qo’llaniladi.

Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan to’pli yoki to’psiz chalg’itishlar oddiy va murakkab ikki turlarga bo’linadi. Bir harakatdan ikinchi harakatga o’tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o’tishga shuncha ko’p imkoniyat yaratiladi.

To’pni uzatishda usullarni o’zgartirishda to’p yo’nalishini va to’p uzatishda, to’xtab qolish paytlarda chalg’itishlar ko’p qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan chalg’itish – bu to’pni otmoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilarning yo’lini to’sishlarda qo’llaniladi.

-To’siq hujumchilarning himoyachilardan qutulishi uchun qo’llaniladigan foydali vositadir. Qo’l to’pi o’yinida to’siqlar yakka holda va guruhli holda qo’yilishi mumkin. Guruhli to’siq qo’yish 9 metrli erkin to’p tashlash chizig’idan to’p otishda ko’p qo’llaniladi, bu bir necha o’yinchining bir-biriga yaqin turib to’pni egallamoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar yo’lini to’sishdan iboratdir.

Himoya o’yini texnikasini o’rgatish. Himoya o’yini texnikasiga to’pni olib yurish, urib qaytarish, to’siqni buzish va darvozabonning to’pni ushlab olishlari kiradi.

Dastlabki holatda to’g’ri turish himoya harakati tayyorgarligiga zamin yaratadi. Yon tomonlarga erkin harakatlanish va orqa bilan yugurib ilish himoyachi harakatining muhim qismidir.



4. O’yinida to’pni olib qo’yish usullari.

- To’pni olib qo’yish usuli yordamida jamoaning qarshi hujumga o’tishi ta’minlanadi.

- To’pni urib chiqarish harakati to’p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to’pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi.

- To’pni to’sish darvozaga yo’naltirilgan to’pga qarshilik ko’rsatishda qo’llaniladigan asosiy harakat hisoblanadi.

Yuqoridan, o’rta va pastdan kelayotgan to’pni bir va ikki qo’l bilan to’sish mumkin. To’pni to’sishni bajarayotgan himoyachi hujumchiga qanchalik yaqin bo’lsa, to’p yo’nalishini aniqlash shunchalik oson bo’ladi. Himoyachi to’pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek to’pni kuzatish va to’p otayotgan o’yinchini o’z vaqtida to’xtatish uchun uning oldiga chiqishi lozim.

Sakragan holda otilgan to’pni to’sish raqib tomonidan ham sakrab amalga oshiriladi.



5. Darvozabon o’yinining texnikasi.

Darvozabon jamoada eng qiyin va mas’uliyatli vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki, hujumning natijasini ham belgilaydi.

Darvozabonning dastlabki turish holatiga uning gavdasini tik turishi, siljishi, chalg’itishlari, to’pni qo’l, oyoq, gavda bilan qaytarishi va to’pni uzatishlari kiradi.

- Darvozabonning turishi harakatdagi to’pning vaziyatiga bog’liq ravishda, har-xil holatda bo’lishi mumkin. Darvozada turishning ikki turi mavjud bo’lib, bu darvoza o’rtasida va darvoza ustunlari yonida turish hisoblanadi. Darvoza o’rtasida asosiy holatda turib harakat qilish qulayroqdir. Agar hujumchi to’p otishni burchakdan bajarayotgan bo’lsa, unda darvozabon darvoza ustuni oldida, yonda turib (oyoqlar oralig’i 15-20sm) darvozaga yaqin bo’lgan qo’lini yuqoriga ko’tarib, tirsak qismi salgina bukilgan bo’ladi, shunda darvozaning yuqori burchagini yopish mumkin bo’ladi.

- Siljish darvozabonning asosan yon tomonga qadam qo’yib joyini o’zgartirishi orqali amalga oshiriladi va to’pni qaytarish uchun tayyor bo’lishga imkoniyat yaratadi.

Darvozabon to’pni olib qo’yishni, qaytarilgan to’pni egallab, uni o’yinga kiritishni, raqiblar tomonidan tez yorib o’tishni ta’minlovchi to’pni egallashi, oldinga va orqaga tez harakat qilishi lozim.

To’pni ilish - darvozabon o’yini texnikasining eng muhim qismidir. Kuchli otilgan to’pni ilib olish imkoni kam bo’lsa ham, uni qaytargandan so’ng egallab olish muhim, shuning uchun darvozabon eng yaxshisi to’pni ikki qo’llab ilib olgani ma’qul hisoblanadi.

To’pni qaytarishda, ushlab olishda darvozabon bir yoki ikki qo’lini ishlatishi, baravariga oyoq va qo’l bilan yoki gavda bilan ham to’pni qaytarishga tayyor bo’lishi lozim.

To’pni uzatish darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to’p jamoaning hujumga o’tishi uchun sharoit yaratishning garovidir. Darvozabonning harakati samarali bo’lishi uchun eng to’g’ri turish holati darvoza o’rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning markazidan bir metrgacha masofa bo’ylab harakat qiluvchi darvozabon balanddan keladigan to’pni egallashga doim tayyor bo’lishi lozim. Darvozabon hyech vaqt to’pni nazoratsiz qoldirmasligi va o’z vaqtida hujumchining to’p otish usulini bu harakat boshlanishidan oldinroq aniqlashi juda muhim hisoblanadi.
Savollar va topshiriqlar


  1. Qo’l to’pi sport turida o’yinchilar texnikasini izohlab bering.

  2. Himoyada o’ynash texnikasi usullarini sanab bering?

  3. Hujum texnikasi nima?

  4. Qo’l to’pi o’yinida chalg’itish harakatlarni izohlab bering.

  5. O’yinida to’pni olib qo’yish usullarini izohlab bering.

  6. Darvozabon o’yini texnikasi to’g’risida nimalarni bilasiz?

  7. Darvozaga to’p otishda qanday usullardan foydalanish kerak?

  8. To’pni ilish va uzatish turlarini aytib bering?

Adabiyotlar.

  1. I.A.Karimov «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyoti poydevori» Toshkent.Sharq, 1997 yile

  2. Karimov I.A. «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li». T. O’zbekiston, 1992. 1-tom 36-b.

  3. Karimov I.A. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin». - T. O’zbekison, 1994. 2-tom. 300 b.

  4. Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda».T,
    1999. 7-tom. 370-b.

  5. Karimov I.A. «O’zbekiston buyuk kelajak sari». T. 1998. 687-b.

  6. Sh.Pavlov, F.Abduraxmonov, J.Akramov. «Gandbol». Darslik. Toshkent-2005y.

  7. Sh.Pavlov. «Qo’l to’pi». Darslik. Toshkent, 1990 y.

  8. Sh.K.Pavlov «Qo’l to’pi musobaqalarining qoidalari».Toshkent,1987y

  9. Pavlov Sh.K. Abdurahmonov F.A. Azizov R.I. (Musoboqa qoidalari, ularni tashkil etish va o’tkazish tizimi).- Toshkent- 2007 yil.

  10. Pavlov Sh.K, Abdurahmonov F.A, Azizov R.I. “Gandbol” Toshkent 2007 yil.

  11. Pavlov Sh.K, Abdurahmonov F.A, Akramov J. “Gandbol” O’z DJTI nashriyoti matbuat bo’limi 2005 yil.


5. QO’L TO’PI O’YINI TAKTIKASINI O’RGATISH YO’LLARI.

Reja.


  1. Qo’l to’pi o’yinida o’yin taktikasi.

  2. Qo’l to’pi o’yinida hujum taktikasi.

3. Qo’l to’pi o’yinida himoya taktikasi.

Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni qo’l to’pi sport turi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlari (hujum taktikasi, tez yorib o’tish taktikasi, to’pni qisqa masofada uzatib tez yorib o’tish taktikasi, pozision hujum taktikasi, chalg’itish harakatlari)ni o’rgatish va bu orqali qo’l to’pi sport turining amaliy harakatlarini o’quvchilar ongida shakillantirish.

Dars o’tish vositalari: o’quv reja, ishchi dastur, maruza matinlari, Amaliy mashg’ulotlar, darslik va qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar, sport anjomlari, slayd, mustaqil topshiriq savollari.

Dars o’tish usullari: nazariy va amaliy, suhbat, savol-javoblar.

Tayanch iboralar: Qo’l to’pi sport turining taktik tushunchalari: hujum taktikasi, tez yorib o’tish taktikasi, to’pni qisqa masofada uzatib tez yorib o’tish taktikasi, pozision hujum taktikasi, “Qaytar va chiq” taktikasi, “Aldamchi hujum” taktikasi, “Joy almashtirish” taktikasi.

1. Qo’l to’pida o’yin taktikasi.

O’yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to’g’ri harakat qilishga bog’liq. Shu sababli o’yinni boshqarishda turli xil taktik vositalardan foydalanish lozim.

Taktika deganda, o’yinchilarning raqib ustidan g’alaba qozonishga qaratilgan shaxsiy yoki jamoa harakatlarini tashkil qilinishi, ya’ni, aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon beradigan harakatlarni tushunish kerak.

Taktikadagi asosiy vazifa bu – hujum va himoya harakatlarining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vositalari va o’zaro uyg’unlashgan shakllarini belgilashdan iboratdir.

Qo’l to’pi o’yinida taktika bilan texnika bir-biriga uzviy bog’liq bo’ladi. To’pni kimga va qanday uzatishni, to’p bilan himoyani yorib o’tishni, darvozaga qachon to’p otishni hal qilayotgan o’yinchi o’z tafakkuridan, tushunchasidan, bilimidan foydalanadi va harakatini amalga oshirayotganida o’z texnik mahoratini namoyish qiladi. Shu sababli texnika o’yinchining taktik rejalarini amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.

O’quv-mashg’ulotlar davomida taktik tayyorgarlikka katta e’tibor beriladi. Shunday qilib har bir o’yinchi va jamoa harakatlarning turli variantlarini mukammal egallagan, yaxshi o’zlashtirib olgan bo’lishi kerak.





Qo`llarni tirsak qismidabukkan holda yuqoridan to`p uzatish holati



Harakatda qo`lniyuqori bukib to`pni otish (chanishtirma harakatdan so`ng)
Hujum va himoyada qo’llaniladigan taktik harakatlar qarama-qarshi va

zifalarni yechish uchun qo’llaniladi.

Taktika ikki katta qismga bo’linadi:


  1. Hujum taktikasi

  2. Himoya taktikasiga bo’linadi.



Yuqoridan qo`lni bukib to`p otish holati



Yuqorida qo`lni bukib, to`tab otish holati


Qo`lni yuqorida bukib, sakrab to`p otish holati


Yuqoridan qo`lni bukib, yoh tarafga egilganholda yiqilib

to`p otish holati


Yuqoridan qo`lni bukib, yon tomonga egilgan holda

yiqilib to`p otish



Yon tomondan qo`lni bukib, to`p otish holati



Hujumdagi tomondan darvozaga otayotgan to`pni orqadan kelib qaytarish holati
Hujum o’yinni hal qiluvchi omildir. Hujumning mutlaqo yagona maqsadi bu – raqibning himoyadagi harakatlarini buzish va darvozaga to’p otishdagi qarshiliklarni Engishdir.

Hozirgi kunda qo’l to’pi o’yinida himoyadan hujumga o’tish tezligi, taktik harakatlarni bajarish tezkorligi va aniqligi oshadi va buning natijasida texnik harakatlarni bajarish vaqti qisqaradi.



2. Qo’l to’pi o’yinida hujum taktikasi.

Hujum o’yinni hal qiluvchi omildir, ya’ni muvaffaqiyat ko’­pincha uning oxirgi natijasiga bog’liq bo’ladi. Hujumning mutlaqo yagona maqsadi bu raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va darvozaga to’p otishda shaxsiy qarshilikni Engishdir. Hozirgi kunda qo’l to’pi o’yini hujumning tez-tez va qisqa vaqt davomida uyushtirilishi bilan ifodalanadi. Zamonaviy qo’l to’pi o’yinida hi­moyadan hujumga o’tish tezligi, taktik «kombinasiya»larni baja­rish tezkorligi va aniqligi oshdi. Buning natijasida texnik usullarning bajarilish vaqti qisqaradi.



Jamoa harakatlari: hujumda jamoalar asosan ikki taktik tizimni qo’llaydilar – tez yorib o’tish va pozisiya hujumi. Bu tizimlarning har qaysisi bir-birini to’ldiradi va shuning uchun hamma jamoalar ular bilan qurollangan bo’lishi kerak.

Tez yorib o’tish taktikasi - bu hujumda ko’proq natija beradigan usuldir. Ammo uni qo’llaganda o’yinchilarning o’zaro yonma-yon holatda bo’lib qolishi qiyin. Shuning uchun pozisiyada hujum qilishning solishtirma og’irligi biroz baland hisoblanadi. Shunga qaramasdan, tez yorib o’tish qanchalik ko’p qo’llansa, hujumchilar to’p otishni shunchalik ko’p bajaradilar. Zamonaviy qo’l to’pi faqat shuning hisobiga rivojlanmoqda.

Tez yorib o’tishning maqsadi raqiblarning to’pni yo’qotib, hujumdan himoyaga o’tish paytida sodir bo’ladigan vaqtincha uyushmagan harakatidan foydalanishdir. Shuning uchun tez yorib o’tishga albatta raqiblardan to’pni kutilmaganda olib qo’yilganda kirishiladi. Bu ko’pincha to’pni olib qo’yishda, to’siqlardan, darvozabondan yoki darvoza ustunlariga urilib qaytgan to’pni egallaganda va hujumchilar tomonidan o’yin qoidasi buzilgan hollarda amalga oshiriladi.

Tez yorib o’tishdagi o’zgarishlar uning shiddati bilan bog’liq.

-hujum 4-7sek. davom etadi, o’zaro harakatlar oddiy bo’lsa ham, oz sonli o’yinchilar bilan ustunlik vujudga keltiriladi.

Vaqtdan yutish son jihatdan ustunlikni vujudga keltiradi va darvozani ishg’ol etish uchun qulay sharoit yaratadi. Ammo buning uchun barcha himoyachilar harakati imkon boricha tezkor, dadil va yaxshi kelishilgan bo’lishi kerak.

Tez yorib o’tishda, ayniqsa, darhol qulay vaziyatni tanlash va birinchi to’pni to’g’ri uzatish muhimdir. Tez yorib o’tish yakka yoki jamoaning hamma o’yinchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tez yorib o’tishga qanchalik ko’p o’yinchilar qatnashsa, ularga qarshi kurashish shunchalik murakkablashadi.

Darvoza tomon tez yorib o’tishda hujumchilar butun maydon keng ligida bir yoki ikki qator bo’lib joylashadi. Birinchi bo’lib start olgan (1-3-o’yinchi) o’yinchilarni orqadagi o’yinchilar qo’llashi kerak. Hujumchilar to’pni yo’qotishi va ularga javoban hujum uyushtirilishi mumkinligi sababli bir o’yinchi orqada qoladi. Agar old qator o’yinchilari son jihatidan ustunlikka erisha olmasa, unda hujumning muvaffaqiyatli yakunini himoyachilar orasidagi bo’sh joyga kirishga harakat qilayotgan orqa qator o’yinchilari amalga oshiradi. Bunday birin-ketin rivojlanadigan va orqa qator o’yin­chilari yakunlaydigan tez yorib o’tish hujumi «Rivojlangan hujum» deb nom olgan. Uzoq masofaga to’p uzatib tez yorib o’tish oddiy va muddatidan ilgari yakunlanadigan hujumning mas’uliyatli usulidir.

Odatda, uzatishni darvozabon yoki to’pga ega bo’lgan o’yinchi bajaradi. Tez yorib o’tishni boshlagan o’yinchi maydonning yon chizig’i bo’ylab yoki maydon markazi tomon chaqqon oldinga intiladi. Muvaffaqiyat uchun oldinga intilgan o’yinchi boshqalardan o’zib ketishi mumkin. Odatda, buni oldinga chiqib o’ynayotgan himoyachi yoki to’p otilgan joyga qarama-qarshi burchakdagi himoyachi amalga oshiradi

Ta’qibdan qutilgan o’yinchiga to’pni tez va aniq uzatish kerak. Yaxshisi, to’pning yo’nalish trayektoriyasi pastroq bo’lgani ma’qul. Shuningdek, to’p uzatish masofasi juda uzoq bo’lmasligi ke­rak, chunki bunday to’pni raqiblar darvozaboni egallab olishi mum­kin. Agar tez yorib o’tgan o’yinchiga darvozabonning darhol to’p uzatishiga xalaqit berishsa, u holda bu o’yinchi to’pni kechiktirmasdan o’z sheriklariga. ular esa oldindagi o’yinchilarga uzatishi zarur.

To’pni qisqa masofada uzatib, tez yorib o’tish taktikasi - ushbu harakat uni birinchi bo’lib boshlagan o’yinchining har tomondan pana qilinganiga ishonch hosil qilinganda amalga oshiriladi. Ular orqasidan boshqa o’yinchilar ham tez yorib o’tishga intiladi. Raqiblarni hujumni to’xtatish imkoniyatidan mahrum etish uchun, to’pni egallagan o’yinchi qoidani buzib bo’lsa ham, avalo, o’yinning borish vaziyatini aniqlaydi, himoyachi bilan munosabatga kirishmasdan tez mo’ljal olishga harakat qiladi va to’pni bo’sh sheriklariga uzatadi.

Hujumchilar butun maydon keng ligida oldinga qarab harakat qiladilar. Birinchi qatorda 3-4 o’yinchi bo’lib, ular qisqa yo’l bilan oldinga intiladilar. Odatda, himoyachidan bo’sh bo’lgan hujumchini topish uchun 3-4 marta to’p uzatishni bajarish kifoyadir.

Tez yorib o’tish hujumi bir-biriga bog’liq bo’lgan uch bosqichdan tuzilgan: 1.To’pni egallab hujumga o’tish. 2.Son jihatdan ustunlikka erishish. 3.Hujumni yakunlash.

Hujumchi tez yorib o’tish harakatining birinchi bosqichida irg’ib oldinga tashlanadi va o’zini ta’qib qiluvchi o’yinchidan qutulishga harakat qiladi. To’p uzatmoqchi bo’lgan o’yinchi, qaysi o’yinchiga to’p uzatishni, vaziyatni to’g’ri baholab, to’p trayektoriyasini va yo’nalishini aniqlashni, agar kerak bo’lsa, himoyachilarni chalg’itish uchun qilinadigan harakatni to’g’ri tanlashni bilishi kerak. Tcz yorib o’tgan hujumchilarning asosiy maqsadi himoyachil orqasiga o’tgan sheriklariga bo’ylama yoki diagonal bo’ylab to’p uzatishdir.

Tez yorib o’tishning ikkinchi bosqichida hujumchilar kuchini imkon boricha keng aytiradi va maydon keng ligida bir-ikki qator bo’lib joylashadi. To’p hujumning oldingi qatoriga uzatiladi.



Uchinchi bosqichining vazifasi- hujumni muvaffaqiyatli yakunlashdir. Yaxshisi, himoyachilardan hujumchilar soni ko’p bo’lishi kerak, ammo son jihatdan tEnglik bo’lgan holatda hujumni yakunlanishi o’yinda tez-tez uchrab turadi. Shuning uchun hujumchilar kam kuch bilan tez harakat qilishga doim tayyor bo’lishi kerak. Bunday holatlarda birinchi qatordagi hujumchilar o’rin almashtirish, chalg’itishlar yordamida hujumni yakunlashga intiladilar yoki ikkinchi qatordagi o’yinchilarning o’yinga qo’shilishigi qulay sharoit yaratishga urinadilar, bu alohida ahamiyatga egadi; Noqulay pozisiyadan shoshilib otilgan to’p raqiblarning hujumga o’tish uchun kuch jihatdan ustunlikka erishuviga olib kelishi mumkin.

Shunday qilib, tez yorib o’tish yuksak uyushqoqlik bila tashkil topgan harakatdir. Uni qo’llaganda yaxshi natijaga erishish uchun texnik-taktik tayyorgarlikning yuksak darajasi yetarli emas ruhiy holat, dadillik, jur’at va ba’zan tavakkal harakat qilishlar hujumni yaxshi natija bilan yakunlashga yordam beradi.



Pozision hujum taktikasi - jamoa tez yorib o’tish hujumini yakunlay olmasa, unda hujumchilar majburan himoyachilarning uyushqoqlik bilan tuzilgan himoyasiga qarshi kurashmog’i kerak. Buning uchun ular maydonning o’zlariga qarashli yarmiga qaytib, raqiblar to’liq himoyaga o’tganda, ularga qarshi hujum uyushtiradilar va bu «pozision hujum» deb ataladi. Zamonaviy sharoitda himoya­chilarning hamjihatlik bilan tashkil etilgan mudofaasini tez Engib chiqish nihoyatda muhim, chunki hujumchilarning to’p bilan hu­jum qilishiga 45 daqiqadan ortiq vaqt berilmaydi.

Pozision hujumni qo’llash quyidagi holatlarda o’rinlidir:

- to’pni o’yinga kiritish uchun ko’p vaqt sarflansa;

- o’yin tezligi jihatidan raqiblarning ustunligi yaqqol sezilib tursa;

- o’yin sur’atini o’zgartirish zaruriyati tug’ilganda, qayta tiklanish uchun tanaffus qilishda;

- o’yinchilarni almashtirish kerak bo’lganda.

Pozision hujum uch bosqichdan iborat: boshlang’ich, tayyorlovchi va yakunlovchi. Birinchisida o’yinchilarni joy-joyiga qo’yish amalga oshiriladi. Vaqtincha son jihatdan ustunlikka ega bo’lish yoki hujum zonalaridan birida qulay vaziyat yaratish uchun to’p va o’yinchilarning o’rin almashishi ikkinchi fazada boshlanadi. Oxirgi fazada esa darvozani ishg’ol qilishga erishiladi yoki kuchlar qayta tiklanib, hujumni davom ettirish va hujumdan himoyaga o’tish uchun qulay vaziyat yuzaga keltiriladi.

Pozision hujumni uyushtirish uchun jamoa ikki taktik guruhga bo’linadi. Birinchi guruhchani oldingi qatorda darvoza maydonchasi chizig’i yaqinida ikkitasi burchakdan va bir chiziq bo’ylab o’ynaydigan o’yinchilar tashkil etadi. Ikkinchi qatorni markaziy va ikki yarim o’rtalikda o’ynaydigan o’yinchilar egallaydi. Birinchi qatordagi o’yinchilar zimmasiga murakkab vazifa yuklangan ular raqiblar mudofaasi orasida harakat qiladilar. Shuning uchun bi­rinchi qator o’yinchilari to’pni egallab, chalg’itishlarni qo’llab, himoyachini aldab o’tib va to’p otishga qulay vaziyat yaratish uchun joy tanlashni bilishi zarurdir. Buning uchun o’yinchilarning o’z qatoridagi sheriklari bilan hamkorlikda o’yin pozisiyalarini vaqti-vaqti bilan almashib turishni bilishi maqsadga muvofiqdir.

Ikkinchi qator o’yinchilari o’yinni tashkil etish bilan birga hu­jumni yakunlash funksyasini ham bajaradi. Shuning uchun ular yuqori tayyorgarlik darajasiga, ham texnikada, ham taktikada yuk­sak malakaga erishmog’i kerak.

Birinchi va ikkinchi qatorda o’ng tomondan chap qo’l bilan, chap tomondan esa o’ng qo’l bilan to’p otadigan o’yinchilarning o’ynashi raqib darvozasiga unumli hujum uyushtirishga imkoniat beradi.

Pozision hujumning har xil variantlarida chiziq bo’ylab o’ynaydigan o’yinchilar soni o’zgarishi mumkin. Pozision hujumdagi o’yinchilarning 3-3 yoki 4-2 bo’lib chiziqj bo’ylab joylashishi ko’p tarqalgandir. Pozision hujumda yana bir qacha joylashishlar ham mavjud.

Joylashish variantini tanlash ularning imkoniyatiga va raqiblar himoya tizimining tuzilishiga bog’liq. Pozision hujumda hujum-chilar orasidagi o’zaro asosiy taktik harakatlar joylashish variantiga bog’liq bo’lmaydi. Ikki o’yinchi orasidagi “qaytar va chiq”, “aldamchi hujum”, “joy almashtirish”, “to’siq” singari oddiy hara­katlar boshqalariga nisbatan ko’proq ishlatiladi.

“Qaytar va chiq” o’yin taktikasi - bu eng oddiy taktik kombinasiya. U o’yinchining to’pga peshvoz chiqib uni bo’sh joyga uzatishi va yana o’ziga qaytarib olishidan iborat bo’ladi. Bunday holatda himoyachiga tasodifan kirishni boshlagan o’yinchining tezlik jihatdan ustunligi yaxshi natija beradi.

«Aldamchi hujum» o’yin taktikasi - bu o’zaro harakat bo’lib hujumchining to’p bilan ikki himoyachi orasidan o’tib, uni otmoqchi bo’lganda himoyachilarni shu hujumchi yo’lini to’sish uchun oldinga chiqishga majbur etishda va ishontirishda qo’llaniladi. Bunday hoillardan so’ng boshqa hujumchilar uchun ochilgan «yo’lakcha»da erkin harakat qilish imkoniyati yaratiladi.

«Joy almashtirish» o’yin taktikasi – bu o’zaro harakatda bo’lgan o’yinchilardan birini himoyachilardan yashirincha ozod yetish uchun qo’llaniladi. To’pni yegallagan o’yinchi sherigi tomon harakat qiladi va to’pni orqadagi bo’sh joyga o’tgan sherigiga uzatadi.

Hujumchilarning o’zaro harakatida to’siq qo’yish alohida aha-miyatga yega. Uning yordamida himoyachilar qarshiligini bartaraf yetish, zonaga kirayotgan hujumchining ta’qib qilinishiga xalaqit berish mumkin. To’siq qo’yishning turlari quyidagilar: joyda tu-rib va harakatda, tashqaridan va ichkaridan Bulardan boshqalarga qaraganda birinchi qatordagi hujumchilar samarali foydalanadilar.

Pozision hujumda jamoa harakatlarini tashkil etishda chiziq bo’ylab o’ynaydigan o’yinchi orqali hujum qilish yetakchi o’rinni egallaydi. Chiziq bo’ylab o’ynaydigan o’yinchilar soni har xil bo’lishi mumkin (1-2) va ularning o’yindagi asosiy o’rni — markazda, darvoza qarshisidadir. Ammo u yon tarafga chiziq bo’ylab ha­rakat qilishi, oldinga erkin to’p tashlash chizig’iga chiqishi va to’pni o’yinga kiritishda ishtirok etishi mumkin.

Chiziq bo’ylab o’ynaydigan o’yinchining asosiy vazifasi to’pni egallab, uni darvozaga otishdir. Buning uchun u hamisha hiyla ishlatib (manyovr) bo’sh joyda «ochilishga», to’p otish uchun kuchli qo’lini bo’shatishga harakat qiladi.

Keyingi harakatlari uning himoyachidan qutulishini va orqa bilan turgan holda uni chalg’itib, har qaysi tomonga aldab ketishini ta’minlaydi; chiziq bo’ylab o’ynaydigan o’yinchi o’zi to’siq qo’yishni va to’p uzatishda sheriklariga yordam qilishni bilishi shart.

Umuman, oldinga qo’yilgan vazifani amalga oshirish uchun hujumchilar keng joylashishi va butun maydon bo’ylab hujum qi­lishi, to’siq qo’yishi, burchak va uzoq masofadan to’p otishni bajara olishi kerak. Chiziq bo’ylab o’ynaydigan o’yinchi bo’sh joyga kirib «ochilsa» va darvoza maydoniga sakrab kirsa, u holda unga darhol to’p uzatiladi.

Bir necha o’yinchilar chiziq bo’ylab hujum qilishganda, darvozabonning vazifasi chegaralangan bo’ladi: biri hamisha darvozaga xavf tug’diradi, boshqalari esa ko’pincha sheriklariga yordam qiladi.

Joy almashishga kelishib hujum qilish samarali usuldir. Buning uchun hujumchilar o’yinning har bir vaziyatida muvaffaqiyatli o’ynay olishi, to’pni uzatish va darvozaga otishni bilishi, o’yin jarayonini yaxshi tushiinishi va uning rivojlanish yo’lini oldindan ko’ra bilishi zarur. Joy almashishga kelishib hujum qilishni himoyaning har qanday tizimiga qarshi qo’llash mumkin. Bunday hujum usullarida ko’p tarqalgan variantlar: «vosmerka», «ikki burchak» hisoblanadi.

Bu variantlarga bir necha o’yinchilar harakatining uchrashuv tamoyili asos solgan. Bunda hujumchilar guruhlarga bo’linadi va o’zlarining yo’nalishi bo’yicha harakat qilishi mumkin. Bir-biriga qarama-qarshi harakat qilib uchrashishi to’p harakatining muntazamligiga to’siqlar qo’yishga, bir himoyachi zonasiga ikki hujumchining tasodifiy kirishiga qulay sharoit yaratadi.

Ko’pincha hujumning «vosmerka» variantida bu tamoyil to’la yoritilgan. Uning nomi hujumchilar harakatining shaklidan kelib chiqqan bo’lib katta va kichik «vosmyorka» degan ikki turga ajratiladi

O’yinchilar kombinasiyani bir-biriga qarama-qarshi (skrest) harakat qilib bog’laydi. Har qachon to’p uzatilganda o’yinchi dia­gonal bo’ylab maydon burchagiga ketadi va o’zi to’p uzatgan joyiga qaytadi. Bu bir necha marta takrorlangandan so’ng himoyachilar o’rganib qoladi, shundan foydalangan hujumchilar to’satdan boshqa sheriklarini ham jalb qilgan holda hujum shaklini o’zgartiradi va raqiblar mudofaasini vaqtincha sarosimaga soladi.

Olti metrli chiziq bo’ylab, burchak va chiziq bo’ylab o’ynay­digan o’yinchilarning muntazam harakat qilishi himoyachilar harakati uchun undan ham ko’p qiyinchiliklar tug’diradi. Ikki kichik «vosmerka»da yoki ikki uchburchak shaklida harakat qilish oddiy o’zaro harakatni; 2—3 o’yinchi orasiga to’siq qo’yish va asosiy to’p uzatishlarni qo’llash yaxshi natijaga yerishishga imkon beradi. Hara­kat qilishda muhimi — bir pozisiyada ikki hujumchining to’xtab qolmasligi; to’p bilan bo’lgan o’yinchi esa himoyachilarni oldinga chiqishga majbur etuvchi hujum harakatlarini ishlatishi kerak.

Zonali himoyaga qarshi hujumda muhimi himoyachilarga noqulay bo’lgan joylashtirishdan foydalanishdir. Shunday qilib, 6-0 va 5-1 zonasiga qarshi kurashda yaxshisi ikki chiziq bo’ylab o’ynay­digan o’yinchi bilan hujum qilish. 4-2 va 3-3 zonali himoyaga qarshi kurashda esa, bir o’yinchi chiziq bo’ylab o’ynasa yaxshi natija beradi.

Pozision hujum muvaffaqiyatining oxirgi natijasi o’yinchilar­ning o’zaro kelishib qilinadigan harakatiga, oldindan o’rganganini qo’llashiga va o’yinda vujudga keladigan holatlarni ijobiy hal qilishiga bog’liq.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish