Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Xayr-ehson, muruvvatpeshalikning axloqiy jihatlari



Download 1,06 Mb.
bet89/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

3. Xayr-ehson, muruvvatpeshalikning axloqiy jihatlari
Markaziy Osiyo mamlakatlarida mehr-muruvvat g‘oyalarini takomillashib borishi va ro‘yobga chiqarilishiga islom dini, uning umuminsoniy ta’limotlari juda katta hissa qo‘shib kelmoqda. Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu avvalo, insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, musofir-larga saxovat ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi va bunday xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta olmaydi264.
Mehr-muruvvat va sahovat g‘oyalari, muhtoj va nogironlarga mehr-shafqat ko‘rsatish eng asosiy insoniy burchlardan ekanligi dunyo dinlaridan bo‘lmish xristianlik, iudaizm, islom, buddizm dinlarining bosh g‘oyalari asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini tashkil etadi.
Xayr-ehson arabcha sadaqa so‘zining sinonimi sanalib, sadaqa (arab.-chin dildan qilingan ehson) ‒ xayr-ehson ma’nosida ifodalanadi. Islom dinida sadaqa berish imkoni bo‘lgan har bir kishi uchun zarur hisoblanadi, bu ish mansub amallar-dan sanaladi. Diniy manbalarda birovga sadaqa bera olishga qurbi yetmaydigan kishilar sadaqa olishlari mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Diniy manbalarda sadaqa-ning quyidagi turlari mavjud:
Bir martalik xayr-ehson ko‘rinishdagi sadaqa;
kafforat, ya’ni xayrli maqsadlarga sarf etiladigan jarima ko‘rinishidagi sadaqa;
o‘ziga to‘q bo‘lgan musulmonlarning daromadlaridan yo‘qsil, miskinlar foydasiga ajratib beriladigan sadaqa.
Dastlabki ikki holatda sadaqa pul, ovqat, kiyim, xizmat ko‘rsatish va uy-joy bilan ta’minlash, qarzdan va majburiyatdan kechish va boshqa shaklida bo‘lishi mumkin. Uchinchi holatda sadaqa ‒ faqat pul bilan beriladigan bo‘lib, u maxsus soliqchilar tomonidan yig‘ilib, markaziy yoki mahalliy xazina (bayt ul-mol)ga kelib tushgan. Bu mablag‘ sadaqa deb ataluvchi zakotdan to‘plangan mablag‘ bilan birgalikda maxsus vakolatli shaxslar tomonidan sug‘urta vositasi turi sifatida mar-kaziy hokimiyat nomidan kambag‘al, muhtoj kishilarga tarqatilgan. Sadaqa mab-lag‘laridan yordam olishga kambag‘allar va nogironlar haqida bo‘lib, ularning bu holati to‘g‘risida jamoaning uch a’zosining sxohidligi lozim bo‘lgan. Shuningdek, biror sabab bilan xonavayron bo‘lgan, qurbi yetmaydigan xarajatlar, to‘lovlarni to‘lashga (masalan, muhtoj qarindoshlarini boqish, qarindoshi uchun diya (xun) to‘lash va boshqalar) majbur bo‘lgan kishilarga ham sadaqa beriladi va hokazo. Ularning ishi yurishib ketsa, sadaqa to‘lash to‘xtatiladi. Shuningdek, sadaqa to‘p-lovchi va taqsimlovchi amaldorlarga, musofirxonalarga, biror sabab bilan safarni davom ettira olmay qolgan yo‘lovchilarga ham mablag‘ ajratiladi. Hadislar va fiqhga oid adabiyotlarda sadaqa istilohi bilan zakot anglatilgan.
O‘zaro yordam ko‘rsatishni, islom dini bilan bog‘liq amallarda, jumladan, sadaqa, zakot, fitr, bechoralarga ko‘mak berish singari ijtimoiy xizmatning faoliyat nokasbiy turi sifatidagi tarixiy ildizlarida ham ko‘rish mumkin. Buni ikki sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, hech bir ijtimoiy tizim bo‘shliqdan paydo bo‘lib qolmaydi, ya’ni mavjud resurslarning hisobidan yaratiladi. Ikkinchidan, dastlabki shart-sharoitlar asosida u yoki bu sohadagi ijtimoiy tuzilmalar tizimlashtiriladi, uchinchidan, ma’lum bir tarixiy bosqichlarda aholining turli guruhlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti turli shakllarda umumlashtirilib, institutsional mazmun kasb etadi.
Markaziy Osiyo tarixida odamlarga madad va muhtojlarga sadaqa berish, ko‘maklashish, yordam qo‘lini cho‘zish xalqimiz hayot tarzi bilan bog‘langan265. Jumladan, Amir Temur davrida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish davlat darajasida amal qilgan bo‘lib “Faqir-u miskin, biron kasb qilishga ojiz shol-ko‘rlarga nafaqa belgilangan”266. Tarixiy manbalarda Amir Temur tomonidan “turlik-turlik xayr-u ehsonlar qilinib, sinf-sinf sadaqalar mustahiklarga yetkazilib, faqir va miskinlarga bisyor ob-u osh bergan”ligi267 keltirilgan. Amir Temur davlati tarqalib ketganidan keyingi xonliklar davrda ham beva-bechoralarga g‘amxo‘rlik qilish milliy va diniy an’ana, axloqiy qadriyat sifatida xalqimiz urf-odati, kundalik turmushida chuqur saqlanib keldi. Bu davrlarda davlat ijtimoiy himoyasi, asosan, davlat amaldorlariga, harbiylar va ularning oila a’zolariga nisbatan amalga oshirilar edi. Tarixiy manbalarda madrasa, masjidlarga, shifoxonalarga vaqf yerlari ajratilgani, ular soliqlar va yig‘imlardan xoli qilingani, madrasa toliblarini moddiy qo‘llab-quvvat-lash uchun davlat mablag‘lari sarflangani, ularga homiylik qilish yaxshi darajada yo‘lga qo‘yilgani haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud.
Imom al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih” asarida (J.Ramatovning ta’kidlashicha, bu asarga fiqh, islomiy marosimlar, axloq-odob, ta’lim-tarbiya haqida, shuningdek, o‘sha davr tarixi va elshunosligiga doir ma’lumotlar kiritilgan268) ta’kidlaydiki, “Ketidan ozor ergashtirib keladigan sadaqadan ko‘ra, ko‘ngilni ko‘taradigan va mag‘firatli so‘z afzaldir”269. Ulug‘ mutafakkir shoir hazrati Alisher Navoiyning o‘z mablag‘larini ilm-fan, adabiyot va san’at ahlini qo‘llab-quvvatlashga, ko‘priklar, karvonsaroylar qurish, suv chiqarish va obodonchilikni yo‘lga quyish yo‘lida sarf-xarajat qilganlari, himmat va samimiyatning mislsiz namunasi sifatida tarixiy bitik-larda yozib qoldirilgan. Bu haqda Mir Alisher Navoiy o‘zining “Arbain hadis” (Qirq hadis) asarida shunday deydi:
Yaxshi so‘z birla hojat ahlin so‘r,
Bermasang yaxshi to‘madin sadaqa.
Ne uchunkim rasul qavli bila:
Yaxshi so‘z bordur o‘ylakim sadaqa 270.
Ta’kidlash lozimki, “sadaqa go‘yo faqat kambag‘al, faqir, muhtoj va beva-bechoralarga qilinadigan xayr-ehsondir. Muqaddas hadis mazmuniga binoan, kishining aytgan har bir yaxshi so‘zi, ezgulik, yaxshi niyat bilan o‘zgalarning ko‘ng-lini ko‘tarishi ham sadaqa hisoblanadi”. Xayr-sadaqaning mazmuni mana shunday keng ma’noda talqin qilinsada, ayni vaqtda u ijtimoiy ma’qullangan, erkin xizmat ko‘rsatish mazmunini ham anglatadi.
Demak, ajdodlarimizning saxiylik, himmatlilik, xayr-ehson, sadaqa, keksalik singari tushunchalarga bergan izoh va sharhlari, qarash va fikr-mulohazalari faqat ma’naviyat tarbiyasini shakllantiribgina qolmasdan balki ijtimoiy xizmat ko‘rsatish motivi sifatida amaliy yo‘l-yo‘riqlarni belgilash imkonini ham beradi;
“Axloqiy qadriyat bo‘lmish yaxshilik, olijanoblik, saxiylik, mehr-muruvvat, fidoyilik”271, himmatlilik, totuvlik, ahillik va hamjihatlikka undovchi falsafiy tushunchalar “Bir mayizni qirq kishi bo‘lib yeydi”272 degan o‘zbek xalq maqolida o‘z aksini topgan. Maqolning mazmun-mohiyatini ijtimoiy-falsafiy yondashuv asosida yanada teranroq tushunish uchun yuqorida zikr etilgan tushunchalarni sharhlash maqsadga muvofiqdir. Xususan, “Saxiylik ‒ hech kimdan narsasini, yaxshiligini ayamaslik, hotamlik xislatini anglatuvchi tushunchadir”273. Ayni vaqtda, saxiylik boshqalarga qaytishiga umidvor bo‘lmasdan, tama, manfaat kutmasdan, xizmat haqi talab etmasdan yordam berishni anglatadi. Saxiylik vositasida xizmat ko‘rsatishning moddiy va ma’naviy shakllari farqlanadi. Saxovatning ma’naviy fazilat bilan bir qatorda xolis xizmat turi ekanligini Xusrav Dehlaviy quyidagi baytida aniq ifodalagan:

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish