Nazorat uchun savollar:
1. Ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilik deb nimaga aytiladi?
2. Ijtimoiy ish xodimining kasbiy layoqatlilik darajalari nimalardan iborat?
3. Kasbiy axloq nima?
4. Kasbiy axloqning qanday turlari bor?
5. Kasbiy axloqiylik tizimini konsepsiyasining tarkibiy qismlari qaysilar?
6. Zamonaviy ijtimoiy xizmatchining kasbiy etikasi qachon qabul qilindi?
7. Ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassislarning professional – etik – axloqiy sifat-larga qo‘yiladigan talablar qaysilar?
8. Ijtimoiy ish xodimi va mijozning munosabati, ya’ni o‘zaro aloqasi prin-siplari.
Mavzu bo‘yicha test savollari:
1. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xodim qanday kompeten-siyalarga ega bo‘lishi kerak?
A. shaxsiy sifatlar, umumkasbiy kompetensiyalar, kasbiy kompetensiyalar, kasbiy-amaliy kompetensiyalar
B. salbiy sifatlar, kasb sirlari, nazariy bilimlar
C. o‘zini markazga qo‘yish, kasbiy kompetensiyalar, kasbiy-amaliy kompetensiya-lar
D. noshaxsiy sifatlar, kasbiy-nazariy kompetensiyalar
2. Ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilik deb ...-
A. soha mutaxassisining o‘z ixtisosligiga oid bo‘lgan nazariy bilim va kasbiy qobiliyatlarini amaliy faoliyatda to‘liq namoyon eta olishi tushuniladi.
B. falsafiy mutaxassisining o‘z ixtisosligiga oid bo‘lgan nazariy bilimlarni nazariy faoliyatda to‘liq namoyon eta olishi tushuniladi.
C. mutaxasssining boshqa ixtisoslikka oid bo‘lgan bilimlarini boshqalar namoyon eta olishi tushuniladi.
D. soha mutaxassisining nazariy bilim va shaxsiy sifatini tabiatda namoyon eta olishi tushuniladi.
3. Ijtimoiy ish xodimining kasbiy layoqatlilik darajalari quyidagilar:
A. funksional, intellektual, vaziyatli, ijtimoiy
B. intellektual, tabiiy
C. struktural, vaziyatli, iqtisodiy
D. funksional, zakovatli, siyosiy, madaniy
4. Kasbiy axloqiylik tizimini rivojlantirish konsepsiyasining tarkibiy qismlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A. ijtimoiy ish xodimining qobiliyat va ehtiyojlarining diagnostik xulosasini, ijtimoiy ish xodimlarning shaxsiy va kasbiy muammolarni ajrata bilish qobiliyati, an’anaviy tafakkur stereotiplarini o‘zgartirishi, o‘z-o‘zini baholashni ijobiylashuv darajasi.
B. ijtimoiy ish xodimining qobiliyat va ehtiyojlarining prognostik xulosasini, ijtimoiy ish xodimlarning davlat muammolarini ajrata bilish qobiliyati, zamonaviy tafakkur stereotiplarini o‘zgartirishi.
C. ijtimoiy ish xodimining shaxsiyati xulosasini, ijtimoiy ish xodimlarning iqtisodiy muammolarni ajrata bilish qobiliyati, boshqalarni baholashni salbiy darajasi.
D. ijtimoiy ish xodimining ehtiyojlari, ijtimoiy ish xodimlarning boshqa kasb muammolarni ajrata bilish qobiliyati, an’anaviy tafakkur stereotiplarini mutlaq-lashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |