Deinstitutsializatsiya – bu yangi institutsional iqtisodiyot doirasida taklif qilingan tushuncha bo‘lib, bu institutlarni o‘zgartirish yoki ba’zi institutlarni boshqalarga almashtirish jarayonidir471.
Tadqiqotchilar deinstitutsiyalashtirishning uchta asosiy sababini (funksional, siyosiy va ijtimoiy) iqtisodiy agentlarning tegishli imtiyozlarining o‘zgarishi sifatida belgilaydilar472. O‘zgarishlarning afzalliklarni jamoatchilik asta-sekin anglay bosh-laydi, bu esa ularning ongida yangi xulq-atvor qoidalarini shakllantiradi473. Ba’zi hollarda deinstitutsionalizatsiya ijtimoiy makonda institutsional parchalanish shaklida namoyon bo‘ladi, ya’ni. umumiy xulq-atvor qoidalaridan situatsion talqin-larni (institutsional istisnolarni) shakllantirish jarayoni sifatida qaraladi474.
Deinstitutsializatsiya – bu psixiatriya yordamini isloh qilishning muhim holati sanalib, bunda mijozning sog‘ligini saqlashning umumiy jihati hisoblanadi.
Deinstitutsializatsiya konsepsiyasi uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: mijoz(kasal)larni psixiatriya shifoxonalaridan jamoaga yuborish, ularning kasal-xonaga qaytib kelishining oldini olish, ambulator yordam tizimini rivojlantirish (B.Eikelmann, 2000, R. Lamb, L. Bachrach, 2001).
R.Lamb, L.Baxrach (2001) deinstitutsializatsiya natijalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdilar va uning uchta tarkibiy qismi ham bir vaqtning o‘zida hayotga kiritilgan joyda, ilgari uzoq vaqt yopiq psixiatriya muassasalarida bo‘lgan bemorlarning hayot darajasi sezilarli darajada oshganligini va ushbu shaxslarning aksariyati shifoxonalardan farqli o‘laroq, kasalxonalardan tashqarida yashash sharoitlaridan mamnunlik darajasini o‘rganishga e’tibor qaratishgan.
Bugungi kunda deinstitutsiyalashtirish siyosati ko‘plab G‘arb mamlakatlarida tan olingan (V. Faxori, S. Priebe, 2001) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (2001) tomonidan xarajatlar jihatidan ham, inson huquqlariga rioya qilish nuqtayi nazaridan ham eng foydali sifatida tavsiya etilgan475.
Bu borada mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda bir qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida: “oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni tashkil etish”476ga doir vazifalar belgilangan. Shuningdek, farmonda oila, xotin-qizlar va keksalarga yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi mavjud emasligi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samarali natija bermayotganligi jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va qonun ustuvorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi e’tirof etilib, salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha tegishli vazifalar ko‘rsatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘ri-sida”gi PF–5969-sonli va 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5978-sonli hamda 2020-yil 27-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon-lariga477 muvofiq, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “To‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik orqali qanchadan-qancha kasalliklarning oldini olish, insonlar hayotini saqlab qolish mumkinligini barcha tushunishi kerak”478, deya ta’kidladi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2020-yil 30-oktabrda e’lon qilingan “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ham:“Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘ligi, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini; COVID-19 koronavirus infeksiyasi, avvalo, yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani; Natijada, bugungi pandemiya oramizdan ko‘plab fuqarolarimizni bevaqt dunyodan ko‘z yumishiga sabab bo‘lganligi ko‘rsatilib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab berilgan:
“har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish;
ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, xususan, alkogol’ va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;
aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;
sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targ‘ib qilish;
maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish”479 kabilar ko‘rsatib o‘tilgan.
Oila tizimi yaxshi hayot tarzini ta’minlab bera oladigan bo‘lishi uchun u har bir oila a’zosiga o‘z o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatini berishi va undan mamnuniyatni his etishi lozim. Bu talabni bajarish oilangiz tarozisi tayanchini boshqarish va almashtirish qobiliyati mavjudligini ko‘rsatadi. Tayanch – bu sizning tuyg‘uingiz, tartib-qoida va muloqot uslubingiz. Ish jarayonida oilangizning qaysi qismlardan iborat ekanligi haqida o‘ylab ko‘ring. Uni asosiy ikki guruhga ajratish mumkin: kattalar va bolalar, erkaklar va ayollar. Hattoki eng yuqoridan qaralsa ham, ko‘plab insonlar bir lahzali muloqot jarayonida bir-birlariga ko‘p ma’lumotlarni berishlari mumkin.
Bir inson hamma narsani berishi zarurligi haqida qoida yo‘qki, qolganlar faqat uning orqasidan foyda ko‘radilar, o‘z kuchi va qobiliyatini oila uchun baxshida qiladigan, boshqalar uchun yashaydigan, ma’lum bir insonni tanlash orqali esa ba’zi oilalar o‘zlarini barbod qiladilar. Bizning kundalik hayotimizda kimdir shunday yo‘l tutsa, buni har doim ham beminnat qila olmaydi, masalan, hayotining bitta davri mobaynida er, ikkinchi davrida xotini yoki farzandlari.
Bugungi kun oilasining maqsadi – har bir insonning rivojlanishi vazifasi bunga erishish uchun barcha tizimlardan foydalanish bilan yakunlanadi.
Kattalar bolalarning rivojlanishi uchun qanday imkoniyat yaratadilar? Bolalar kattalarning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadilarmi? Erkaklar ayollarning rivojlanishi uchun qanday qilib sharoitlar yaratishi mumkin yoki aksincha erkaklar ayollar uchun? Qanday qilib bir inson ikkinchisiga yordam beradi? Yuqorida sanab o‘tilgan savollar juda muhim. Oila bu savollarga javob berish orqali yanada farovon bo‘lishi mumkin.
Bu guruhlardan har biri: kattalar va bolalar, erkaklar va ayollar, shuningdek, ular o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu xususiyatlarni muhokama etish, ularni turli-tuman ekanligini anglash va ichki mexanizmlari bizning hayot haqidagi tasavvurlarimizni kengaytiradi. Farovonlikka erishish va gullab-yashnaydigan inson bo‘lish uchun oilani doimo nazorat qilish, o‘zgartirish va qaytadan qurish zarur. Buni esa faqat ochiq tizimda amalga oshirish lozim.
Oilalar bilan ishlashda ijtimoiy ish xodimi quyidagi maqsadlarga erishish uchun o‘z kuchlari va resurslaridan foydalanishni anglab yetishi va vakolatlarga e’tibor qaratishi lozim:
1. Ijtimoiy xodim oilaning kuchli tomonlari va imkoniyatlariga asoslanib, oila tomonidan erishilishi mumkin bo‘lgan ijobiy maqsadlarini aniqlashi kerak.
2. Oila bilan kelishilgan holda yaqin qarindoshlari, do‘stlari yoki oila ijtimoiy tizimiga kiruvchi boshqa insonlarni xizmatlarni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etishlariga chorlash zarur.
3. Oilaga va ularning ijtimoiy tarmoqlari a’zolariga bevosita muammolarni hal qilish va ijobiy natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan yordam va xizmatlar hamda shunday maqsadlarga erishishga madad bera oladigan qo‘shimcha xizmatlar to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etishi kerak.
4. Oilaning ijtimoiy tarmog‘i a’zolariga axborot berishda kimga va qanday axborot berish mumkinligi borasida oilaning xohishiga rioya qilishi zarur.
5. Oila va ijtimoiy tarmoq a’zolari bilan kelishilgan holda qo‘yilgan maqsadlarga erishishda kim va qanday rol o‘ynashlarini aniqlab olish zarur.
6. O‘z harakatlarida ijtimoiy xodim o‘z hayotlariga nisbatan qaror qabul qilinishida oila a’zolarining individual huquqlarini tan olishi va o‘z fikrlarini o‘zgartirishda oila a’zolarining huquqlarini hurmat qilishi kerak.
7. Oila a’zolari qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun o‘zlari taqdim eta oladigan yordam va xizmatlarga nisbatan o‘z fikrlarini aytishlari har tomonlama rag‘batlantirilishi kerak.
8. Oila a’zolarining hissiyotlari, ehtiyojlari va xavotirlarini muhokama qilishlari uchun ularga yetarli vaqt, imkoniyat berilishi va yordam ko‘rsatilishi kerak. Bundan tashqari, agar ular tashvishlanayotgan yoki yordamga muhtoj bo‘lsalar oilani va amalga oshirish rejasi boshqa ishtirokchilarini savollar berishga va tushunib olishga hamda rejani amalga oshirish va ularni hal qilish yo‘lida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni muhokama qilishga chorlashi zarur. Ushbu hissiyotlar, ehtiyojlar, xavotir va masalalarga javoban harakatlarni amalga oshirganda o‘z fikrini aytish huquqini hurmat qilish darkor.
9. Oila a’zolari va xizmatlar rejasini amalga oshirishga jalb etilganlarga ishlab chiqilgan xizmatlar rejasi asosida malaka egallashlarida, o‘z rollarini amalga oshirishlarida va olingan natijalarni mustahkamlashda doimiy va har tomonlama ko‘mak berilishi kerak; Ko‘mak ishtirokchilar o‘z qadrlari va o‘zlariga nisbatan hurmatni his qilishlariga imkon yaratadigan tarzda berilishi kerak.
10. Oila a’zolari va rejani amalga oshirishga jalb etilganlarga qo‘yilgan maqsadlarga erishishdagi yutuqlar haqida axborotlar taqdim etilishi kerak; axborotlar oilaning va manfaatdor ishtirokchilarning uni qabul qilishga tayyorligi darajasiga qarab, ushbu axborot bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va oqibatlarini hisobga olib taqdim etilishi zarur.
11. Rejani amalga oshirishga qatnashgan barcha ishtirokchilar monitoring va baholash jarayoniga jalb etilishlari kerak, bunda qo‘yilgan maqsadlarga erishishda har kim o‘z hissasini va boshqa ishtirokchilarning hissalarini baholashlari mumkin bo‘ladi. O‘z navbatida, ijtimoiy xodim yutuqqa erishishda har bir ishtirokchining hissasini baholashi va tan olishi, shu tarzda ularning tarafdorliklarini kuchaytirishi lozim.
Ijtimoiy xodim erishilganlarning barchasini yoki oila bilan keyingi ishlar olib borishda o‘zgartirish/kuchaytirish zarur bo‘lganlarning barchasini yozib boradi. Baholash va natijalarni kuzatish jarayonida rollarni almashtirish mumkin. Baholash natijalari huquqqa ega va ularni olishga muhtoj bo‘lganlarga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |