Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Download 1,06 Mb.
bet12/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

- milliy ma’naviy-ma’rifiy omil, ya’ni har bir hududda istiqomat qiluvchi aholining ilm-fan va ma’naviyatga qo‘shgan amaliy hissasi;
- ijtimoiy-siyosiy omil, ya’ni rivojlangan davlatlarning tajribalarini qiyosiy tahlil etgan holda, ularning ijobiy jihatlarini belgilash va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish;
- tarixiy vaqt omili, ya’ni milliy qadriyatlarga amal qilgan holda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassisning nazariy modelini yaratish.
Xorijda nashr etilgan manbalarda ijtimoiy ishning kelib chiqishi va shakllani-shining filantropik ko‘rinishlarni, xristianlik dinining an’analari bilan bog‘langan holda sharhlash kuzatiladi. Bu borada ilgari surilgan qarash va mulohazalarni takomillashuvini ta’minlash maqsadida shuni qayd etish lozimki, G‘arbda ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmat tizimi xristianlik an’analari asosida shakllangan bo‘lishi mumkin. Biroq Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning genizisi o‘ziga xos tarzda, ya’ni bu yerdagi islomgacha mavjud urf-odat va an’analarning Islom dini qonun-qoidalari bilan uyg‘unlashib, ijtimoiy va maishiy xizmat ko‘rsatish takomillashib, ma’lum bir mazmun va mohiyat kasb eta boshladi. Mazkur masalani nazariy jihatdan asoslash maqsadida Amir Xusrav Dehlaviyning quyidagi g‘oyasini keltiramiz:
Aslida odamdan kam emas odam,
Chunki barchamizning otamiz Odam”53.
Bunda, Odam Alayhissalomning yaratilish g‘oyasi dominantlik qilib, barcha insonlar Odam va Havoning farzandlari ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu sababli ham insonlar bir-birlariga mehr ko‘rsatib, o‘zaro amaliy yordam berishlari maqbul hisoblanadi.
Ijtimoiy ishning kasb sifatida amal qilishi xoh G‘arb, xoh Sharq tajribasi bo‘lishidan qat’iy nazar, uning mazmun-mohiyati zamirida inson betakror ‒ qadriyat ekanligi bilan ifodalanadi.
Shundan kelib chiqib, ta’kidlash mumkinki:
- birinchidan, ijtimoiy ish turli shakl va ko‘rinishlarda amal qilgan bo‘lib, har bir mintaqada tarixiy vaqt jihatidan o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan;
- ikkinchidan, ijtimoiy ish kasb sifatida amal qilar ekan, uni tibbiy, psixologik, iqtisodiy, huquqiy, madaniy, genderli kabi jihatlarini inobatga olish;
- uchinchidan, ijtimoiy ishning kasb sifatida o‘rganish jarayonini takomil-lashtirish uchun bu yo‘nalishning tarixiy-falsafiy xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga oid teologik, bixevioristik, kognitiv hamda tizimli ta’limotlarning qiyosiy tahlili asosida ta’kidlash lozimki:
birinchidan, ijtimoiy ish va uning mazmun-mohiyatiga oid tasavvurlar kengayib bormoqda. Bunga iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy integratsiya jarayonlari sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mehnat turi sifatida shakllanganligiga qadar, bir nechta bosqichlarni bosib o‘tib institutsionallashgan. Bunga, madaniy, diniy, iqtisodiy, demografik va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatgan;
ikkinchidan, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning turli modellari mavjud va ular har xil madaniy, diniy omillarning ta’siri asosida vujudga kelganki, ularda etnoan’analar dominantlik qiladi. Ularning zamirida inson va uning hayotiy manfaatlari mujassamlashganligi umumiy aloqadorlikni mavjudligini ko‘rsatadi;
uchinchidan, ijtimoiy ishning differensiatsiyalashuvi jamiyatning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, rivojlanish jarayoni jadallashgani sari uning yangi sohalari vujudga kelaveradi. Bu o‘z navbatida ijtimoiy ish falsafasi, sotsiologiyasi, psixologiyasi, huquqi, texnologiyasini rivojlantirishni taqozo etadi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish