3. Ijtimoiy xizmatchiga bolalar bilan ishlashda kerak bo‘ladigan bilim va
tajriba
So‘nggi yillarda mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va
yoshlar orasida sog‘lom oila qurishga mas’uliyat bilan yondashishni targ‘ib qilish,
oilaviy qadriyatlarga ma’naviy-axloqiy munosabatni shakllantirish bo‘yicha keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar tarbiya muassasalari va ularda tarbiyalanayotgan
yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini
sezilarli ravishda kamaytirishga yordam berdi.
Shu bilan birga, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil
shakllarini keng joriy etish, ayniqsa, ularni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish
382
(patronat), shuningdek, bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish talab etilmoqda
449
.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaning milliy strategiyasida,
bolalar va
kattalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ishlab
chiqilib, quyidagilarni inobatga olinishi nazarda tutilgan. Jumladan:
1) ijtimoiy himoya jamiyatning barcha a’zolariga butun hayot davomida
taqdim etilishi lozim va bunda uning tashkiliy qismlari bo‘lmish ijtimoiy sug‘urta,
ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmatlar va bandlik dasturlari o‘rtasida aloqalar
o‘rnatilishi;
2) ijtimoiy himoya ustuvorliklarini ehtiyojlar va huquqlar bilan
muvofiqlashtirish;
3) ijtimoiy himoyani ta’minlashda qatnashuvchi barcha tashkilotlar orasida
muvofiqlikni kuchaytirish. Bunda ijtimoiy himoya muassasasi turli hildagi ijtimoiy
himoya dasturlarini samarali muvofiqlashtiradi va birlashtiradi, hamda milliy
miqyosda hisobdorlik va javobgarlikni ta’minlashda yetakchilik qiladi,
shuningdek, ijtimoiy himoyaning milliy strategiyasini amalga oshirishning asosiy
mexanizmi bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan
450
.
Ijtimoiy ishning institutlashuvi O‘zbekiston jamiyatini modernizatsiyalash
jarayonining bir qismi hisoblanadi. Ijtimoiy ish malakali mutaxassislar,
O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosatni amalga oshiradigan davlat, jamoatchilik va
xususiy tashkilotlar, shuningdek, mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari
singari ijtimoiy ishning subyektlari; nafaqaxo‘rlar, ishsizlar, nogironlar, bolalar,
o‘smirlar, zo‘ravonlikni boshdan kechirgan kishilar, yolg‘iz qariyalar kabi mijozlar
ya’ni, ijtimoiy ish obyektlari hamda muhtojlarga yordam ko‘rsatish bilan
shug‘ullanadigan tashkilotlardan iborat bo‘lgan noyob elementlar tizimini
shakllantirdi.
Shuningdek,
mamalakatimizdagi
ijtimoiy
ish
institutlari
rivojlanishining tahlili, mazkur institut uzoq tarixga ega bo‘lib, milliy an’analar va
o‘zbek xalqiga xos mehr-shafqat tuyg‘ulari shaklidagi o‘zaro yordamning kuchli
potensialini o‘zida birlashtirganligini ko‘rsatdi. Aynan ushbu jihatdan manzilli
yordam mexanizmlarini rivojlantirishda foydalanish zarur. Bundan kelib chiqqan
holda, ijtimoiy ish institutlarining jadal rivojlanishi hamda, tezkorlik bilan
muayyan maqom kasb etishi uchun uning shakllanishdagi sotsio-madaniy va
milliy-tarixiy xususiyatlarini nazarda tutish zarur. Shu bilan birga ijtimoiy himoya
tizimining tadqiqi natijasida turli tashkilotlardagi xodimlar shtatida ijtimoiy xizmat
bo‘yicha mutaxassislar shtatini joriy qilish, ijtimoiy xodimlar Assotsiatsyasisi
tuzish va rivojlantirish zarur. Bu esa kattaroq ko‘lamdagi aholi qatlamini qamrab
olish imkonini beradi. Shu bois har bir tashkilot va yashash joylarida yuzaga
kelgan muammolarni samarali hal qilishda ta’lim olgan ijtimoiy xodimlardan
foydalanish lozim
451
.
449
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Етим болалар ва ота-онасининг қарамоғидан маҳрум бўлган
болаларни ижтимоий ҳимоя қилишни кучайтиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори-
https://lex.uz/docs/4199119
450
https://www.gazeta.uz/uz/2020/08/12/social-assistance-programs/
451
Алексеева В.С.Ўзбекистонда ижтимоий ишнинг институт сифатида шаклланиши // Социол.фанлари
бўйича фалс.д-ри (PhD) дисс. автореферати.- Тошкент, 2018. – Б. 15-16.
383
Bu esa
Do'stlaringiz bilan baham: |