Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlarining



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

3. Ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlarining
asosiy maqsad va vazifalari 
Ma’lumki, ijtimoiy ish kichik tizimlari va elementlari tuzilmasi tizimni 
barqarorlik, sifatli aniqlik nuqtayi nazaridan tavsiflaydi. Shubhasiz, bu muhim, 
ammo yetarli tavsif emas. Shuning uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mohiyati 
aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, ijtimoiy ish faoliyatining turli 
subyektlari vazifalarini tahlil qilish va ijtimoiy xizmatlarga umumiy holda ishlash 
tamoyillarini anglash orqali ochib beriladi. 
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muammolari bo‘yicha tadqiqotchilar tomonidan 
ijtimoiy ish vazifalari ikki guruhga ajratiladi: 
birinchi guruh
– ijtimoiy ish mohiyati va faoliyati bilan bog‘liq vazifalar 
(profilaktik, ijtimoiy-reabilitatsiya, moslashtirish, qo‘riqlash-himoya, ijtimoiy 
patronaj); 
ikkinchi guruh
– ijtimoiy ishning axloqiy-insonparvarlik vazifalari (shaxs-
insonparvarlik, ijtimoiy-insonparvarlik). 
Ushbu vazifalarni amaliy bajarish ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning barcha 
kichik tizimlari va elementlari ishlashining optimal darajasi bilan chambarchas 
bog‘liq. Bunda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish funksiyalari makro va mikro darajalarida 
namoyon buladi. 
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi tuzilmasi va vazifalari ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish mohiyatining implitsitli indikatorlarini tadqiq etishni taqozo 
40
 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 22 январдаги «2017–2021 йилларда Ўзбекистон 
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини «Фаол 
тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили»да амалга оширишга оид 
давлат дастури тўғрисида»ги ПФ-5308-сонли Фармони - www.lex.uz 


19 
etadiki, ushbu holat ijtimoiy xizmatlar tizimi alohida mutaxassislar orqali ijtimoiy 
faoliyat nazariyasi va amaliyotiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. 
Ijtimoiy ish xususiyatlari ularning maqsadga yo‘naltirilganligi, faoliyat 
yuritish sohasi va, albatta, ijtimoiy xizmatlar mijozlar kontingentlariga qarab 
farqlanishi mumkin.
Demak, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy xizmat turlari, tashkiliy 
shakllari, jarayonlar, ularning subyektlari va obyektlarini o‘z ichiga oladi. Bunda 
ijtimoiy ish mezonlarini inobatga olish lozim. Ularni asosini quyidagi uch guruhga 
bo‘lish mumkin:
1. Ijtimoiy xizmatlar murakkabligi va davomiyligi darajasi, ularning 
aholining turli kategoriyalari ijtimoiy ehtiyojlari va hojatlarini qondirish 
darajasiga; 
2. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni boshqarish nuqtayi nazaridan ijtimoiy xizmat-
larning rivojlanganlik darajasi, ularning avtonomligi, boshqaruvchanligi, o‘zini 
o‘zi boshqarishi hamda turli hududlarda o‘zgaruvchan vaziyatlarga 
moslashuvchanligi kabi indikatorlardan foydalanish darajasiga; 
3. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida yoki ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kichik 
tizimlari iyerarxiyaviy pog‘onalari bo‘yicha subyektlariga, ya’ni davlat hokimiyat 
organlari, mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari nuqtayi nazaridan baholashga 
imkon beradi. 
Hozirgi vaqtda ijtimoiy xizmatlarga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha 
turli vazirlik va idoralar rasmiy hujjatlari va materiallari alohida ahamiyat kasb 
etmoqda. Ularning tahlili ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish va rivojlantirishga 
bo‘lgan yondashuvning ikkita xususiyati borligini ko‘rsatib beradi. Birinchisi, 
aholining alohida kategoriyalari, yoshlar, bolalar, ayollar, oilalarga ijtimoiy 
xizmatlar (muassasalar) tarmog‘ini shakllantirish kerakligini asoslab berish 
bo‘yicha urinishlar bilan ifodalangan; ikkinchisi – ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 
davlat, munitsipal, jamoat va xususiy korxonalardan iborat ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatish hududiy tizimlarini shakllantirish zaruratini asoslab berish, qaysi 
idoraning tasarrufida bo‘lganligidan qat’iy nazar, barcha ijtimoiy xizmatlar 
faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solishni nazarda tutadi. 
Agarda, ijtimoiy ishni kasb sifatida idrok etsak
41
, bunda quyidagi madaniy 
omillar mavjudligini alohida ko‘rsatib o‘tish lozim: 
- ijtimoiy ish etikasining maqsadi; 
- ijtimoiy ish etikasining amal qilish sathi; 
- ijtimoiy ish etikasining turlari; 
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish vositalari (instrumentlari); 
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish madaniyati; 
- ijtimoiy xizmatdan foydalanish madaniyati;
- ijtimoiy ish etikasi mezoni va tamoyillari; 
- ijtimoiy ish etikasining huquqiy asosi; 
41
 Ганиева М.Х., Турсунов Р.Х. Культурные и исторический предпосылки оказания социальной подержки и 
развития профессии “Социальная работа” // Фуқаролик жамиятини шакллантириш шароитида 
ижтимоий ҳодиса ва жараёнларни тадқиқ этиш. Илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент: 
ЎзМУ, 2012. - С. 179-184. 


20 
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bosqichlari va b. 
Ko‘rinib turibdiki, jamiyat hayotining modernizatsiyalashuvi sharoitlarida 
xizmat ko‘rsatish faoliyat paradigmalarini belgilab olishni taqozo etadi. Chunki, 
jahon mamlakatlarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bir xil emas. Buning sababi 
ijtimoiy, madaniy, etnik, diniy, moliyaviy, siyosiy va boshqa shu kabi omillardir. 
O‘rganilgan manbalar asosida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning diqqatga loyiq 
quyidagi modellarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: AQSh; Yevropa (G‘arbiy va 
Markaziy Yevropa mamlakatlariga taalluqli); Yevroittifoqqa a’zo bo‘lgan 
davlatlar; Yaqin Sharq; Osiyo; Osiyo-Tinch okean mamlakatlari hamda diniy 
modellari. 
Modellar turli-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va huquqiy kabi omillar asosida 
vujudga kelgan bo‘lsada, ularni birlashtiruvchi doktrina ‒ “
Insonlarga amaliy 
yordam ko‘rsatish
” hisoblanadi. Shu ma’noda R.Barker ijtimoiy ishni “boshqa 
odamlarga qaram bo‘lib qolgan, o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qila olmaydiganlarning 
me’yoriy rivojlanishi uchun zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida aniq faoliyatni 
bajarishdir
42
”, ‒ deya ta’riflaydi. 
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy ishning faoliyat sifatida institutlashuvi turli 
mintaqalarda diniy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy omillarning ta’siri asosida 
shakllangan. Jumladan: 
Iqtisodiy omillar – agar mintaqada xalq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanmasa, 
ijtimoiy yordamga muhtojlarning soni oshib boradi, ya’ni aholi o‘zi va oilasining 
hayotini ta’minlash maqsadida turli yo‘llar bilan ijtimoiy yordam olishga intiladi. 
Aksincha, rivojlansa, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish madaniylashadi, ya’ni farovonlik 
darajasining yuqoriligiga doir ishlarga talab oshib boradi. 
Ijtimoiy omillar ‒ agarda avlodlar orasida vorisiylik ta’minlanmasa, keksa 
avlodning jamiyatdagi roli pasayib borsa, maishiy va ijtimoiy yordam 
oluvchilarning soni oshib boradi. Aksincha, jamiyatda yoshlarning ko‘pchilikni 
tashkil etishi yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda maslahat va amaliy yordam 
olish sifatiga alohida talablarni oshiradi. 
Madaniy omillar – agar aniq bir makonda iqtisodiy rivojlanish beqaror 
kechsa, milliy va diniy munosabatlarda hamjihatlik ta’minlanmagan bo‘lsa, o‘z 
hayot yo‘lini, milliy va madaniy mansubligini anglashda adashganlarning soni 
ortib boradi. Natijada ularga ma’naviy amaliy yordam ko‘rsatishga oid ijtimoiy 
buyurtma paydo bo‘ladi. Aksincha bo‘lganda, shaxsiy ma’naviy kamolot yo‘lida 
amaliy yordam olish turli darajalarda o‘z aksini topadi. Bu yana boshqa bir 
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Siyosiy omillar ‒ turli xil ko‘rinishdagi nizo va ziddiyatlar vujudga kelsa, 
o‘sha makonda sog‘ligini yo‘qotgan nogironlar (ya’ni, nogironlikka ega shaxs) ish 
joyi va mol-mulkini, yashash joyini yo‘qotganlarning soni hamda yaqinlarni 
(boquvchilarini, farzandlarini) yo‘qotganlar soni ortib boradi. Bu esa ijtimoiy 
yordamga muhtojlar sonini ham ko‘paytiradi. Agarda siyosiy totuvlik va birdamlik 
hukm sursa, farovonlikni oshirishga yordam shakllari ortib boradi.
42
 Баркер Р. Словарь социальной работы. - М.: Институт социальной работы, 1994. - С. 113. 


21 
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, har bir kasb o‘z tarixiga ega bo‘lib, uning 
institutsionallashuvi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillar bilan bevosita 
bog‘liqdir. Chunki, iqtisodiy taraqqiyotning natijasi sifatida, aholiga maishiy 
xizmat ko‘rsatish turlari vujudga kelib, keyinchalik ular tarmoqlar bo‘yicha 
yo‘nalishlarga bo‘linadi. Ijtimoiy ish ham, faoliyat sifatida bir nechta rivojlanish 
bosqichlaridan o‘tgan. Uni kasb sifatida shakllanganligini retrospektiv tahlil 
etishda quyidagi ikkita omilni inobatga olish lozim deb hisoblaymiz. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish