Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Zigmund Froyd 
‒ Zigismund 
Shalomo (1856-1939) edi. 
Gap shundaki, akademik ruhshunoslik tabiiy fanlar laboratoriyasining 
usullarini qo‘llab, vijdon, qadriyatli mulohazalar, ezgulik va yovuzlikni bilish ‒
ruhshunoslik muammolari tizimiga kirmaydigan metafizik tushunchalar, deb 
hisoblab, asosan, odatdagi “ilmiy usul” bo‘yicha qabul qilingan mayda masalalar 
bilan shug‘ullanib kelardi; u o‘zining asosiy obyekti ‒ qalbni nazardan qochirib, 
umumiy, yoshga, kasbga doir ruhiy holatlar hamda reaksiyalar va tabiiyotlarning 
shakllanishiga, 
ya’ni ruhiy “murvatlar”ga e’tiborni qaratib, yuqorida 
aytganimizdek, inson uchun nihoyatda muhim bo‘lgan muhabbat, aql, vijdon, 
qadriyatlar singari hodisalarni chetlab o‘tdi. Froyd esa kuzatuvlar, aql va o‘z 
kechinmalariga suyanib-gina axloqiy muammolarga murojaat qilmasdan ruhiy 
kasallikni muvaffaqiyatli davolash muammosini hal etib bo‘lmasligini aniqladi va 
bemor o‘z qalbi ehtiyoj-larini hisobga olmagani uchun kasallikka chalinadi, degan 
xulosaga keldi. 
Froyd inson ruhiy hayotida uch bosqichni ajratib ko‘rsatadi: ong, ongoldi, va 
ongtubi yoxud onglanmagan, ya’ni, ongga aylanmagan holat. Onglanmagan holat 
va ongoldi ongdan nazorat (tsenzura) degan o‘rta bosqich orqali ajralib turadi. 
Nazorat ikki vazifani bajaradi: birinchisi, shaxs o‘ziga maqbul ko‘rmagan va 
qoralagan his-tuyg‘ular, fikrlar, tushunchalarni onglanmagan holat hududiga siqib 
chiqaradi; ikkinchisi, ongda o‘zini namoyon etishga intilgan faol onglanmagan 
holatga qarshi kurashadi. Onglanmagan holatdagi fikrlar, his-tuyg‘ular umuman 
yo‘qolib ketmay-di, biroq xotiraga chiqishi uchun yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bois ular 
ongda bevosita emas, balki bilvosita ‒ bilmay gapirib yuborish, xato yozib 
yuborish, tush, nevrozlar singari g‘alati harakatlar orqali namoyon bo‘ladi. 
Shuningdek, onglanmagan holat-ning sublimatsiyasi ‒ taqiqlangan intilishlarning 
ijtimoiy jihatdan maqbul harakat-larga aylangan tarzda ko‘rinishi ham ro‘y beradi. 
Onglanmagan holat g‘oyat yashovchan, vaqtga bo‘ysunmaydi. Undagi fikrlar, 
istaklar, his-tuyg‘ular nazorat tufayli, hatto o‘n yillardan so‘ng ongga chiqsa-da
o‘z ehtiros quvvatini yo‘qotmaydilar. Ongoldi holatini muvaqqat onglanmagan 
holat, deyish mumkin, uning ongga aylanish imkoni bor, u onglanmagan holat 
bilan ong o‘rtalig‘ida bo‘lib, ongning kundalik ishida xotira ombori vazifasini 
bajaradi. 
Shunday qilib, qalb qa’rida yotgan, tiyiqsiz ehtiroslar hisoblangan onglan-
magan holat intilishlariga diqqatni qaratib, Froyd inson qalbining “qora” 
tomonlarini tahlilga oladi. Bu tahlil, insonning qanchalik zohiriy axloqiylashuviga 
qaramay, unda tabiiy jinsiy aloqada o‘zini namoyon qiladigan uyatsiz, 


165 
aksilaxloqiy, “yomon” tomonlar mavjudligini isbotlab beradi. Bu tomonlarni Froyd 
tushlarda aks etishini ko‘rsatadi, zero, tushda ongning nazorati g‘oyatda 
zaiflashishi tufayli ular o‘zlarini ramziy tarzda namoyon etadilar.
Shuni aytish kerakki, Froyd insondagi ezgu ibtidoni, olijanob intilishlarni 
inkor etmaydi. Uning axloqiy qarashlarini tushunmaganlarga, uni yovuzlikni 
mutlaqlashtirishda ayblaganlarga qarshi Froyd, bizning insondagi barcha 
yovuzliklarni ta’kidlab ko‘rsatishimizga sabab shuki, boshqalar ularni inkor etadi; 
bu ta’kidlashdan insonning ruhiy hayoti yaxshilanmasa ham, har holda u tushunarli 
bo‘ladi; agar biz bir tomonlama axloqiy baholashdan yuz o‘girsak, u holda, 
shubhasiz, inson tabiatidagi ezgulik va yovuzlikning o‘zaro munosabati shaklini 
aniqlashimiz mumkin, degan fikrni bildiradi. Haqiqatan ham Froyd axloqiy 
qarashlarining o‘ziga xosligi aynan ana shunga asoslangan. Biroq, Froyd barcha 
illatlarning va vijdon, qo‘rquv, aybni his qilish, tazarru singari fazilatlarning kelib 
chiqishini, faoliyatini, deyarli barcha axloqiy hodisalarni, asosan, “Edip 
kompleksi”ga olib borib taqab qo‘yadi. 
Zigmund Froydning o‘zi bir o‘rinda: “Yangi harakatni to‘xtatib 
bo‘lmasligiga dushmanlarim ishonch hosil qilganlari kabi, menga ham bundan 
buyon uni o‘zim chizib bergan yo‘ldan olib ketish mumkin emasligiga 
ishonishimga to‘g‘ri keldi”, – degan edi.
213
Darhaqiqat, ruhiy tahlilning keyingi 
taraqqiyoti – froydchilik va yangi froydchilik boshqacha yo‘ldan, ruhiy tahlil 
asoschisi nazariyalarini tanqidiy o‘rga-nish hamda rivojlantirish yo‘lidan ketdi. 
K.Yung, A.Adler, E.Fromm singari tahlil-chi-faylasuflar inson qalbini o‘rganishda 
katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Imkon nuqtayi nazaridan faqat ulardan biri-
Frommning axloqiy qarashlariga to‘xtalamiz. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish