3-bob. IJTIMOIY ISHCHINING KASBIY ETIKASI
Reja:
1. Kasbiy axloqning zamonaviy jamiyat axloqiy fanlar tizimidagi o‘rni
va roli
2. Kasbiy axloq turlari. Zamonaviy ijtimoiy xizmatchining kasbiy
etikasi: umumiylik va o‘ziga xoslik
3. Ijtimoiy xizmatchining kasbiy etikasining asosiy tushuncha va
prinsip-lari
Tayanch so‘z va iboralar:
axloq, kasbiy axloq, ijtimoiy ishda axloq,
prinsip-lar, kasbiy layoqatlilik.
1. Kasbiy axloqning zamonaviy jamiyat axloqiy fanlar tizimidagi o‘rni
va roli
Axloq eng qadimgi ijtimoiy hodisalardan biridir. Uzoq vaqtlar davomida u
jamiyatda yagona tartibga solib turuvchilik vazifasini bajarib keldi.
Axloq qaysi vaqtda shakllanganligi haqida turli tuman nuqtayi nazarlar
mavjud. Nima bo‘lganda ham, u ibtidoiy jamiyatdayoq paydo bo‘lgan. Axloq shu
vaqtda paydo bo‘ldiki, unda inson nima bor-u, nima bo‘lishi kerakligining farqiga
borgan edi. Eng qadimgi zamonlardan boshlab barcha falsafiy ta’limotlar ko‘proq
yoki ozroq darajada tartibga keltirilgan axloqiy qarashlar tizimini, albatta, o‘zida
mujassamlashtirgan edi.
Ma’lumki, kasbiy axloqiy fazilatlar va axloqiy munosabatlar bilan bog‘liq
holda namoyon bo‘ladi. Chunki, axloq, avvalo, ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida
inson kasbiy kamoloti ham muhim ahamiyatga ega. Bu xususda akademik
E.Yusupov: “Axloq insonning konkret sharoitlarda bo‘layotgan voqea va hodisa-
larga mustaqil baho berishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi hamdir,‒
deydi. ‒ Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida
mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro
muloqot va munosabatda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining
namoyon bo‘lishidir. Axloq yo‘q joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida
shakllanmaydi. Faqat yetuk axloq zaminidagina kishilarda hayotning mazmuni va
maqsadi, jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati, baxt, diyonat, yaxshilik va
yomonlik, yovuzlik, haqli-lik va nohaqlikka nisbatan muayyan munosabat
shakllanadi”
104
.
Ana shu jihatdan xulq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi sifatida inson
kasbiy kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, xulq ikki ko‘rinishda namo-
yon bo‘ladi.
Birinchisi ‒
yaxshi, chiroyli xulqlar. Bunga shirinsuxanlik,
muloyimlik, halollik, iffat, diyonat, or-nomus, nafsni tiyish, vijdon, shijoat, sabr,
ilmlilik, g‘ayrat, riyozat, qanoat, sabr, intizom, munislik, haqiqatparvarlik,
vatanparvarlik, insonpar-varlik, adolatparvarlik va shu singari ijobiy tuyg‘ular
kiradi. Bular o‘z navbatida insonni axloqiy jihatdan kamolotga yetkazadi.
104
Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. Т. Янги аср авлоди. 1998. 116-бет.
65
Ikkinchisi
-yomon, xunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgo‘ylik, ta’magirlik,
ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik,
badjahllik,
bachkanalik,
dilozorlik,
andishasizlik,
bevafolik,
berahmlik,
tovlamachi-lik, behayolik singari illatlar kiradi. Bular insonni tubanlik sari
yetaklaydi va ma’na-viyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni odat qilgan
kishilar umumtasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi va kasbiy faoliyatga salbiy
ta’sir etishi bilan birga axloqiy me’yor va kasbiy huquqda deviatsiyaga olib keladi.
Bu xususda ma’rifatpar-var alloma Abdulla Avloniy shunday degan edi: “Bu
sanagan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning
go‘zalligini insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila ta’qiqlab,
yaxshilarini tinglab amal qilmak, yomon-larini anglab, hazar qilmak, lozimdur.
Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati yaxshi so‘zlarni eshitub va ko‘rub hissa
olmak, yomon va zararliklarini o‘qub, bilub, o‘zini tiymak, qo‘ldan kelgancha xalq
va millat foydasiga tirtishmak va bu fano dunyodan yaxshilik otini olub
ketmakdadur”
105
.
Inson hayotida kasbiy axloqiy me’yorlarning ahamiyati katta. Faylasuf olim
Abdulla Sher “Axloqshunoslik” kitobida muhim axloqiy me’yorlarni ko‘rsatib,
ular axloqiy tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli
ekanligi-ni, axloqiy me’yorlarni kundalik hayotimizda ma’lum axloqiy
tamoyillarning amal-ga oshish murvatlari ham deyish mumkinligi, ular axloqiy
talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqishini ta’kidlaydi
106
.
Insoniyat paydo bo‘libdiki, u har doim o‘zini boqish, ehtiyojlarini va man-
faatlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda. Inson
o‘z ehtiyojlarini, eng avvalo, oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechaklarga bo‘lgan
ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo
bo‘lgach, ya’ni insoniyat madaniylashib borgan sari o‘z ehtiyojlariga kerak bo‘lgan
mahsulotlarni ishlab chiqara boshlagan. Kasb inson ish faoliyatining ma’lum
tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy
yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Insoniyat hayot
faoliyati uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish davomida yangi kasblar ham
paydo bo‘lib bormoqda. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming),
O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud
107
. Shuni aytish kerakki, kasb-
hunar va uning egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan.
O‘zbekistonda hozirda bilimdon, o‘z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi,
o‘z kasbiga ijodiy yondashuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan,
intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko‘proq talab qilinmoqda. Shu jumladan,
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ish mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi
dolzarb va katta e’tibor berilayotgan masalalardan biri bo‘lib turibdi. Shu bois 1-
chizma orqali yaxshi kasb egasi bo‘lishning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishimiz
mumkin:
105
Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2 томлик. 2-т. Т. Маънавият. 1998. 71-бет.
106
Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. Т. Янги аср авлоди. 2004. 168-бет.
107
Жалолов А. Касб қандай танланади. – Т., 2010. –62-б
66
Do'stlaringiz bilan baham: |