Samarqand davlat universiteti «ijtimoiy-iqtisodiyot» fakulteti



Download 74,75 Kb.
bet2/3
Sana16.01.2020
Hajmi74,75 Kb.
#34697
1   2   3
Bog'liq
manaviy madaniyat tarkibida dinning orni


TUTGAN O’RNI VA ROLI
2.1. Islom osoyishtalik, bag’rikenglik va oliyjanoblik dini.
Islom dini asrlar davomida O’rta va Yaqin, Sharq mamlakatlari, jumladan O’rta Osiyo mintaqasida yashab kelgan xalqlarning nafaqat diniy e’tiqodi, balki turmush tarzi, milliy urf-odatlari, ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismini tashkil etib, ezgulik manbai sifatida xizmat qilib kelgan. Islom ta’limoti, uning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari dindorlar va umuman dindor bo’lmagan kishilarning qalbiga yaxshilik, poklik, halollik hissiyotini singdirishga, insoniylikka xos odob-axloqni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, bugun ham bu vazifasini ado etib kelmoqda.
Islom dini tarqalgan mintaqalarda uning oliyjanoblik o’gitlari tenglik, bag’rikenglik osoyishtalik g’oyalari keng yoyilib, odamlar qalbiga chuqur singib ketgan va shaxs ruhiyati va ma’naviy dunyosini boyitishda muhim omil ekanligi ravshan. Shuningdek, islom bilan kirib kelgan arab tili va yozuvi O’rta Osiyoda ilm-ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishida sezilarli ta’sir yetkazgan, xususan ilmiy tadqiqotlar arab tilida yozilgani ma’lum.
Islom, uning qadriyatlari inson va jamiyatni ma’naviy poklanishida yo’l ochadi. Zero, islom ta’limotida ezgulik va poklikka da’vat etuvchi, inson ruhiyatiga ko’tarinki ta’sir qiluvchi boy ma’naviy o’gitlar bisyor. Islomiy qadriyatlarni tadqiq etish, real hayotdagi, xususan mustaqillik sharoitida uning ahamiyatni o’rganish bugungi kun talabidir. Shu bois Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edilar: «Biz musulmonchilikning ulus madaniy qadriyatlari huquqini qayta tikladik. Binobarin, qalbimiz bu bebaho xazinani chuqurroq idrok qila borgani sayin, xalqning hayoti ma’naviy jihatdan boyroq va axloqiy jihatdan pokizaroq bula boradi»1.
Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston xalqlari hayotiga islomning kirib kelishi odamlarning ma’naviyatini boyib borishiga, ruhiyatining baquvvat va axloq-odobining ibratli bo’lishiga xizmat qilgan. Islom ta’limoti manbalariga tayanib, ulkan kashfiyotlar qilgan va islomning mazmun-mohiyatini



  1. Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. T.3, T, «O’zbekiston», 1996, 285-bet.

33


mukammallashiga salmoqli hissa qo’shgan allomalar va muhaddislar yetishib chiqqan, ularning boy merosidan xalqimiz bahramand bo’lgan.
Buyuk allomalar – Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (820-892), Abu Mansur al-Moturudiy (vafoti 945). Burhoniddin al-Marg’inoniy (1123-1197), Mahmud Zamahshariy (1075-1044), Imom Abul Mo’min an-Nasafiy (1027-1114), Xoja Ahmad Yassaviy (1041-1167), Najmiddin Kubro (1145-1221), Xoja Abduxoliq ibn Abdujamil G’ijduvoniy (1103-1179), Bahouddin Naqshband (1318-1389) Islom ma’naviy ta’limotining yuksalishi, uning musulmon olamida nufuzini oshirishga juda katta hissa qo’shganlar. Ularning diniy – falsafiy qarashlarida dunyoviy, insoniy mazmun va fikrlar yuqori darajada yoritilgan, Qur’oni Karim va Hadisi sharifning ma’naviy-ma’rifiy mazmuni, shariat axloqiy-huquqiy ko’rsatmalarining bayoni ifodasini topgan. Bu ulkan ma’naviy va diniy-falsafiy meros shaxs ma’naviyati va madaniyatining shakllanishida xizmat qilib kelmoqda. Buyuk allomalar boy merosi tufayli islom ta’limotining osoyishtalik, oliyjanoblik va bag’rikenglik mazmun va g’oyalari musulmon olamida keng tarqalgan.
Islom ta’limoti mahalliy xalqlarning o’z milliy madaniyati, urf-odatlari va marosimlarini bajarishini ayniqsa hanafiya mazhabi taqiqlamagan, islomiy qadriyatlar bilan milliy qadriyatlar yonma-yon rivoj topib uyg’unlashib borgan.
Islom o’z mazmun mohiyati bilan unga e’tiqod qiluvchi odamlarning millati, irqi, yoshi, jinsidan qat’iy nazar yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalaydi. Insonparvarlik, adolat, halollik, poklik, kamtarlik, sabr-toqat, qanoat, shukronalik, boshqa dinlarga ehtirom, oliyjanoblik kabi insoniy fazilatlarini targ’ib etuvchi tamoyillar fuqarolik jamiyatini qurilayotgan mamlakatimizda, milliy g’oyani shakllantirish mazmuniga hamohang bo’lib xizmat qiladi. Islomning bunday oliyjanob tamoyillari va kishilarning dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Islomning kishilar turmush tarzi, urf-odati, milliy xususiyati, ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog’liqligi odamlar o’rtasida hamdardlik, hamkorlik, birodarlik mehru shafqatlikni tarbiyalaydi. Islom ta’limotida dinlararo totuvlikka alohida

34


e’tibor berilgan, diniy e’tiqodga majburlab kiritishga yo’l qo’ymilmagan. Qo’r’onning «Baqara» surasida shunday deyilgan: «Dinga zo’rlash yo’q, zero, to’g’ri yo’l yanglish yo’ldan ajrim bo’ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar)ni inkor etib, Allohga iymon keltirsa, demak, u mustahkam xalqani ushlabdi» (2:256). Islom ta’limotida majburlash yo’q. Bu jihatdan «Hanafiya» mazhabi o’zining demokratik tamoyillari bilan dindorlarga erkinlik beradi, dinga e’tiqod qilish tabiiy ehtiyoj asosida amalga oshadi. Undagi ezgulik va poklikni targ’ib etuvchi g’oyalari odamlar qalbiga chuqur o’rnashadi. Islom paydo bo’lgan dastlabki davrlarda ham Arabiston Yarim orolida turli dinlar mavjud edi. Ana shunday sharoitda har bir dinning o’ziga xos mavjudligi, rivojlanishi uchun diniy bag’rikenglik tamoyili bor edi. Qur’oni Karimning «Kofirun» surasida bunga to’g’ri javob berilgan. Ya’ni unda: «Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim mening uchundir» deyilgan»1.
Shaxs ma’naviy axloqiy kamolotining yuksalishida hadisi sharif g’oyalari va shariat ko’rsatmalarida adolat va insof, insoniylik, to’g’rilik hayotiy qoida va talablar o’z ifodasini topgan. Bunda islomga e’tiqod qiluvchi shaxs ma’naviyatining to’g’ri yo’nalishda borishi bayon etgan va asrlar davomida diniy va milliy qadriyatlarning uyg’unlashuvi inson va jamiyatning ma’naviy tiklanishiga xizmat qilgan. Tinchlik, osoyishtalik muammosi hozirgi zamonda global mazmunga ega. Tinchlik, barqarorlik insoniyat tarixida, uning taraqqiyotida bosh omil hisoblanadi. Olimlarning tadqiqotlariga binoan jahon tarixida qariib 16 ming marta urushlar bo’lib, yer yuzi aholisining yarimini o’limiga sabab bo’lgan. Shu bois sayyoramizdagi hayotni saqlash har bir kishi, butun insoniyatning oliy darajasidagi burchidir. Shuning uchun ham bu xayrli faoliyatdan dunyodagi har bir vijdonli inson, shu jumladan barcha dinga e’tibor qiluvchilar va diniy tashkilotlar ham o’zlarini chetga olmayaptilar. Bu sohada jahon dinlarining hissalari kam emas.
Islom – tinchlik dinidir. Islom paydo bo’lishi sabablaridan biri ham arab qabilarlari o’rtasidagi nizolarga barham berish, ularni yagona din, yagona xudo-



  1. Qarshiyev Sh. Ma’naviyat va islomiy qadriyat. Samarqand, «Zarafshon», 2010, 75-bet.

35


Allox g’oyasi ostida birlashtirish edi. Bu olijanob ishni Allohdan vahiy olgan Quraysh qabilasining farzandi Muhammad Alayhi Salom o’z zimmasiga oldi va Islom dini vujudga keldi (VII asr boshida). «Islom» so’zi arabcha bo’lib, «itoat va bo’ysunish», «Ixlos va turli ofatlardan salomat bo’lish» degan ma’nolarni bildiradi. Keyingi yillar tadqiqotlarida yuqoridagi tafsilotga yana «Sulh, tinchlik va omonlik» ma’nolari qo’shilgan»1.
Islom tadqiqotchilarining aytishicha Qur’onda «Tinchlik» so’zi 40 marta uchraydi. Tinchlik tushunchasi «salom» degan, ya’ni tinchlik va xotirjamlik degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, islom dini qandaydir bir qavm, ya’ni urug’ga qaratilgani bilan emas, balki u barcha toifa xalqlarga munosabatda bo’lishi bilan qodir xudo tomonidan xalqlar boshini birlashtirishda qaratilganligi, xalqlar va elatlarni bir-birlarini sevishga chaqirishi orqali tub ma’noda jahon dinlarining biridir.
Sayyoramizda tinchlikni saqlash istiqbolini ijobiy hal qilish uchun barcha dindorlarning dinga e’tiqod qilmaydiganlar bilan hamkorlik vositalarini izlab topish hamda tinchlikni asrash davr taqozosidir. Dindor kishi hyech kim urushni xohlamaydi. Bu sohada diniy tashkilotlar va din ulamolarining hissalari kam emas. Tinchlik va osoyishtalik g’oyalari din ulamolarining xalq orasidagi chiqishlarida, namoz oldin xutba va janoza o’qish paytida, matbaa va televideniye orqali targ’ib etiladi, odamlarni hushyor bo’lishga da’vat etadi. Buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy islom dinini dunyo ahliga insonparvar va omonlik dini sifatida tanishtirgan. Chunki «tinchlik va gumanizm-islom dini va islom sivilizasiyasining asl mohiyati va haqiqiy maqsadini o’zida mujassam etgan»2 va shu asarda 11 hadis misol keltirilgan. Unda qo’yidagi satrlarni o’qiymiz: «Yaxshi inson bo’l, yaxshilik qil, zolim bo’lishdan o’zingni saqla. Tinchlikni saqla, dushmanlikdan hazar qil»3.
Istiqlol tufayli O’zbekiston diniy bag’rikenglik (tolerantlik) va dinlararo murosa borasida nafaqat MDH ichida, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda Moskva va butun rus patriarxi marhum Aleksiy II sobiq AQSh davlat



  1. Jo’rayev U., Saidjonov. Dunyo dinlari tarixi. «Toshkent islom universiteti nashriyoti», 2001, 100-bet.




  1. Баракаев Х. Саидов И. Великий корифей науки Имом ал-Бухари. Самарқанд, «Сугдиѐн», 1998, с.26.




  1. Баракаев Х, Саидов И. Ўша асар, 40-бет.

36


kotibi Madlen Olbrayt va hozirgi davlat kotibi Xillari Klinton yurtimizda tashriflari vaqtida ta’kidlab o’tdilar1. Bugun O’zbekistonda 15 ta diniy konfessiya, jumladan provoslav, katolik, protestant, arman-garigorian, yahudiylik, buddaviylik cherkovlari, baptist, yevangelist va boshqa diniy uyushmalari qonun asosida erkin faoliyat yurgizmoqda. Albatta, xalqimizga azaldan xos bu xislat bir zumda paydo bo’lgan emas, u uzoq tarixga ega.
Ma’lumki, ilk qadimgi zamonda xalqlar va elatlar o’rtasida umuman diniy adovat bo’lmagan. Qadimgi dunyo aholisining tasavvurida har bir davlat, har bir shahar va har bir qabila o’z mahalliy bosh xudosi va koinot hamda tabiat kuchlarini ifodalovchi juda ko’p boshqa xudolarga sig’ingan. Bu xudolar bir-biriga aynan o’xshash bo’lsada, - ammo har bir xalqning tilida turli ismlar bilan nomlangan.
Tarixdan ma’lumki islomgacha ilk o’rta asrlarda (V-VII) O’rta Osiyo hududida turli dinlar yonma-yon mavjud bo’lib, dinlararo murosa tarzida faoliyat yurgizgan: Sug’diyona va Xorazmda – zardushtiylik, Janubiy hududlar va Sharqiy turkistonda – buddaviylik, shuningdek, xristianlik, shomonlik, moniy dini mavjud bo’lgan. Buddaviylik Kushon podsholigining rasmiy davlat dini e’lon qilingan. yuqoridagi dinlarga e’tiqod qiluvchilari o’rtasida qarama-qarshilik va nizolar bo’lmagan.
Vaholanki XVI asrda yevropada katolisimdan xristianlikning alohida yo’nalishi sifatida paydo bo’lgan protestantlik ko’pgina qarshilikka uchradi. Hatto Fransiyada diniy urushlarni keltirib chiqardi. Baxtli tasoduf tufayli O’zbekiston tarixi bundan mustasno tarzda kechdi deyish mumkin, ya’ni bizda diniy asosda birorta urush sodir bo’lgani yo’q.
VIII asr boshida Movaraunnahrga islom dinining kirib kelishi hamda yangi monoteistik din va mahalliy dinlarning bir-biriga o’zaro singishi natijasiga O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy ongida ajib o’zgarish yuz berdi: ular Allohni qabul qilganlari holda xuddi shu ma’noda ko’chmanchi turkiy elatlar Tangri atamasini ishlatishni ham davom eta berdilar.



  1. Jo’rayev U. I.Saidjonov. Dunyo dinlari tarixi, T., 2001, 156-bet.

37


IX asrdan boshlab hozirgi O’zbekiston hududida islom dini sunna yo’nalishining hanifiya (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Bu ham bejiz bo’lmasa kerak, zero Imom A’zam mazhabi o’zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi.
Hanifiylik ta’limotini takomulga yetkazgan vatandoshlarimiz – Imom Moturidiy va Imom al-Marg’inoniy kabi allomalar orasidagi g’oyaviy tarafkashlikka barham berish, islom dinining sunna yo’nalishi va alalxusus, «ahli sunna va jamoa» yo’li barqaror bo’lib qolishiga katta hissa qo’shdilar. O’rta Osiyolik hukmronlar ham bu yo’lda kurashdilar. Masalan, X asr o’rtalarida musulmon dunyosida shia yo’nalishi: Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda-fotimiylar, Yamanda-zaydilar va hatto abbosiylar poytaxti Bag’dodda-buvayhiylar ustunlikka erishgan bir paytda o’rtaosiyolik tohiriy, somoniy, g’aznaviy, qoraxoniy hokimlar «ahli sunna va jamoa»ni himoya qildilar.
XII-XIV asrlarda Movaraunnahr aholisining diniy tafakkurida yana bir muhim o’zgarish yuz berdiki, buning natijasida Yassaviya (Ahmad Yassaviy), Kubroviya (Najmuddin Kubro) va Naqshbandiya (Bahouddin Naqshband) kabi tasavvuf tariqatlari shakllandi. O’rta Osiyoning tasavvuf ahli islom dinining ilg’or vakillari sifatida obro’-e’tibor topdilar. Boshqacha aytganda, bu davrda va keyinchalik ham islom tasavvuf shaklida Movaraunnahr aholisi uchun g’oyaviy va ma’naviy birlashtiruvchi kuch rolini o’ynaydi.
O’z davrining ramzi bo’lgan Sohibqiron Amir Temur e’tiqod va ma’naviyatning katta ahamiyatini to’g’ri idrok etgan. Sharafiddin Ali Yazdiy Amir Temurni e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli sunna va jamoa»ga doim sodiq, diniy aqidaparastlikka qat’iy qarshi bo’lgan. Qisqasi, u islom dinini mutaassiblikdan holi, erkin tushungan; uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo’lmagan va shu jihatdan ham u nafaqat o’z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir1.

Umuman olganda, O’rta Osiyoda Sovet hokimiyati o’rnatilgunga qadar Islom dini jamiyatning ma’naviy og’izi vazifasini bajarib keldi. Ammo qaramlik





  1. Jo’rayev U. I.Saidjonov. O’sha asar. 158-bet.

38


yillarida, marksistik ilmiy ateizm hukm surgan davrda ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lgan din qattiq ta’kib va taz’yiqqa tushdi. XX asrning 30-yillari dinga qarshi hujum boshlandi, minglab diniy va diniy bo’lmagan ilmiy va badiiy kitoblar arab xurufatida bo’lganligi uchun diniy deb yo’q qilindi, yuzlab masjid va madrasalar omborxonalarga aylantirildi, dindorlar ta’qib ostiga olindi, ruhoniylar qatag’on qilindi. O’sha yillar O’zbekistonda «Xudosizlar» nomi bilan o’zbek tilida jurnal nashr etildi. Bundan atiga 20 yil burun diniy bayramlar va marosimlar taqiqlangani, hatto sevimli xalq bayrami «Navro’z»ga ham diniy tamg’a urilib man qilingan edi, tasavvuf zararli deb topildi.
Istiqlol tufayli o’zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga, jumladan islom diniga munosabat tubdan o’zgardi. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha davlatlarga yuz bergani kabi O’zbekistonda ham xalq ta’limi sohasining jahon andozalariga moslashtirilishi davlat tili, an’analar, milliy madaniyatga e’tiborning ortishi, bularning hammasi obyektiv ravishda diniy omil ahamiyatining yuksalishiga olib keldi. Shuningdek, jamiyatda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalarining saviyasi yetarli darajada emasligi ham diniy omilga qaysidir ma’noda ularning o’rnini to’ldirishga, nufuzli kuchga aylanishiga imkon yaratib berdi. Bular tabiiy, obyektiv jarayondir. Lekin mustaqillik yillarida kutilmagan voqyealarga ham duch kelindi. Bu – ba’zi qo’shni mamlakatlarda siyosiy va diniy barqarorlik mavjud bo’lmagani bois diniy ekstremistik guruhlarning ko’payib ketgani va ularning mamlakatimizga bevosita tahdidi vujudga kelganidir. Masalaning murakkabligi shundaki, diniy eksterimizm xalqaro terrorizm bilan uyushib ketdi va endilikda bu muammoning yechimi bir mamlakatning qo’lida emas, balki u global miqyosida, jahon hamjamiyatining amaliy chora-tadbirlar o’tkazishini talab qiladi.
Ana shunday murakkab vaziyatda ham O’zbekiston hukumati oqilona, diniy bag’rikenglik siyosatini olib bormoqda. Respublikamizda Islom bilan bir qatorda


  1. diniy konfessiya qonun asosida emin-erkin faoliyat ko’rsatmoqda. Fuqarolarning millati, irqi, dinidan qat’iy nazar barcha uchun teng huquqlar Qonun

39


orqali kafolatlangan1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18, 31, 61 moddalari diniy huquq masalasiga bag’ishlangan. Fuqarolarning dinga bo’lgan munosabatlarini tartibga solish maqsadida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunning (yangi tahriri) 1998 yil qabul qilindi. Buni diyorimizda ochiq qalb bilan kelayotgan har bir mehmon o’z ko’zi bilan ko’rmoqda va e’tirof etmoqda. Bejiz emaski, «Din va demokratiya» nomi ostidagi xalqaro konferensiya 2000 yili Toshkentda o’tkazildi, 2007 yil Toshkent shahri «Xalqaro Islom madaniyati markazi» e’lon qilindi. Usha yili sentyabrida Toshkent Islom universitetida dinlarni qiyosiy o’rganish bo’yicha YuNESKO kafedrasi ochildi.
Toshkent Islom universiteti faqat islom dini bilan bog’liq fanlar bilan cheklanib qolmasdan, boshqa dinlarni tadqiqi bilan shug’ullandi. Dunyodagi barcha dinlar hatto qadimgi ibtidoiy dinlar ham insoniyat ongi va tafakkurida muayyan iz qoldirgan. Bizda ularni «yo’q bo’ladi» deb emas, balki borligiga, bir-biri bilan qiyos qilgan holda o’rganiladi.


  1. asr bashariyat tarixiga ikki jahon urushi sodir bo’lgan asr sifatida yozildi. Bugun jahon afkori ommasi XXI asr – tinchlik asri bo’lmog’i uchun kurashmoqda. Bu yo’lda diniy bag’rikenglik, dinlararo muloqot katta ahamiyat kasb etadi. An’anaviy diniy bag’rikenglik o’lkasi sifatida ma’lum va mashhur

bo’lgan O’zbekiston bu jabhada ham o’z burchini sharaf bilan ado etmoqda. Yuqorida ko’rganimizdek, O’zbekistonda islomdan boshqa dinlar ham


mavjud. Ularga ham qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularni kamsitishga yo’q qo’yilmaydi va qonunga mos istaklari ro’yobga chiqarilmoqda. Masalan, 1995 yilda Vazirlar Mahkamasi Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta osiyo arxiyepiskoni Vladimirning Muqaddas Uspenskiy kafedrial sobori huzurida diniy-ma’muriy Markaz ochish hamda 1996 yilda Yeparxiyaning 125 yilligini nishonlash to’g’risidagi takliflarini qo’llab-quvvatlandi. Zero, diniy totuvlik ham jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Prezident I.A.Karimov bu tantana qatnashchilariga yo’llagan tabirigida, jumladan, bunday deb qayd etgan edi. «Musulmonlar va xristianlarning O’zbekiston zaminida



  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T., «O’zbekiston», 1992, 18 modda.

40


birgalikda hamnafas bo’lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlikning timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag’rikenglikning eng yaxshi namunasi. Bu jarayonda Toshkent va O’rta Osiyo yeparxiyasining ham hissasi borligi quvonchlidir». Darhaqiqat, xristianlikni O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonga kirib kelishi ilk O’rta asrlarga mansub. Arxeologlar olib borilgan qazishmalar shundan dalolat beradiki, O’zbekiston hududida V asrda xristianlik jamaolari mavjud bo’lgan. Bunga Urgut tumanining Qo’shtepa qishlog’idan topilgan yodgorliklar misol bo’ladi.
Prezident I.A.Karimovning Imom Moturidiy tavalludiing 1130 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida qo’yidagi satrlarni o’qiymiz: «Imom Abu Mansur Moturidiy qoldirgan merosning yana bir ibratli tomoni shundaki, u diniy e’tiqod borasida ashaddiylik va toqatsizlikni rad etadi, mo’tadillik va bag’rikenglikni yoqlab chiqib, bu muhim tamoyilni jamiyat hayotining mezoniga aylantirishga intiladi. Imom Moturidiy ta’limoti insonparvarlik mohiyatiga ko’ra, insoniyat hayoti va taraqqiyotini yaxshilik, poklik sari, adolat sari yo’naltirishga, odamlarni millati, tili, dinidan qat’iy nazar, o’zaro ahil, bahamjixat, mehr-oqibatli bo’lib yashashga da’vat etadi».
O’zbekiston – dunyoviy davlat. Dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilgan, lekin din davlatdan ajratilgani bilan jamiyatdan ajratilgan emas. Har bir demokratik davlat kabi O’zbekiston ham o’z fuqarolari uchun vijdon erkinligi qonunini e’lon qilgan. O’zbekiston fuqarolari dinga munosabatidan qat’iy nazar qonun oldida tenglar O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda (yangi tahriri) biror dinga imtiyoz berilmasligi, barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tenglik e’lon qilingan va u amalda ham ta’minlangan. Shuning uchun O’zbekiston – an’anaviy diniy bag’rikenglik o’lkasi sifatida dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilgan. Istiqlol sharofati tufayli va shaxsan Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari bilan diniy islohotlar sohasida juda ko’p misli ko’rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov hozirgi davrda dinning insoniyat hayotidagi ahamiyati haqida bunday degan edilar: «Insoniyat murakkab jarayonni boshidan

41


kechirayotgan hozirgi davrda dinni turli xalqlar o’rtasida muloqot o’rnatish, ularni ma’naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashga da’vat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir».
Bu so’zlarni dinning, jumladan, islom dinining tinchlikni saqlaydigan va oliyjanoblik sifatida, uning bag’rikengligi yaxlit o’z ifodasini topgan.

42


2.2. Islom tasavvufida komil inson talqini
Inson muammosi, uning diniy-falsafiy tahlili islom tasavvufida o’ziga xos tarzda bayon etiladi. Tasavvuf so’fiylikning g’oyaviy-nazariy asosini tashkil etadi. A.Krimskiyning aniqlashicha, «So’fiy» so’zi VIII asrning o’rtalaridan boshlab tatbiq etila boshlangan va u asosan komil, e’tiqodli kishilarga nisbatan qo’llanilgan1. Ilmiy falsafiy adabiyotlarda ba’zi hollarda «Tasavvuf» va «So’fiylik» tushunchalari biri-ikkinchisidan farqlanmasdan ishlatiladi. Natijada, so’fiylikning g’oyaviy-nazariy asoslari (tasavvuf) uning amaliyoti (so’fiylik) bilan qo’shib yuboriladi. Bu borada bahslash bizning vazifamizga kirmaydi. Shunisi ma’lumki Islomning bu tamoyili, ya’ni tasavvuf inson ruhiy-ma’naviy kamoloti haqidagi turli g’oyaviy-nazariy va amaliy-uslubiy bo’laklarni birlashtiradi.
Tasavvuf O’rta asrlar Sharq falsafasida inson, uning mohiyati va ma’naviy kamoloti haqidagi qarashlarning shakllanishida o’sha tarixiy davr madaniy-ma’naviy hayotida yirik ahamiyatga ega bo’lgan. Ushbu ta’limot bir butun, yaxlit sistemadan iborat bo’lib, insonparvarlik g’oyalari, adolatli hayot kechirishni targ’ib etgan. Afsuski Sho’rolar davrida tasavvuf ta’limoti zararli deb topildi va asta-sekin xalq ma’naviy hayotida asosan unutilib yuborildi. Ammo mustaqillik tufayli tasavvuf ta’limoti, uning buyuk namoyandalarining ma’naviy merosi qayta tiklanib bugungi avlodning tarbiyasida xizmat qilmoqda.
O’rta Osiyoda tasavvufning asosan Yassaviya (Ahmad Yassaviy), Kubroviya (Najmuddin Kubro) va Naqshbandiya (Bahouddin Naqshband) tariqatlari XII-XIV asrlarda keng tarqalib, islom dinining nufuzini oshirishda katta mavqyega ega bo’lgan. So’fizm ta’limotiga ko’ra inson tanasida biri ikkinchisiga qarama-qarshi bo’lgan ikki – rahmoniy (yaxshilik ramzi) va shaytoniy (yomonlik ramzi) kuchlar mavjud. Inson komillik darajasiga ko’tarilmog’i uchun rahmoniy kuchning o’z tanasidagi shaytoniy kuchdan g’olib chiqishini ta’minlash malakasiga ega bo’lmog’i darkor. Inson, tanasidagi barcha g’azab shaytoniy qiliqlar nafs, bilimsizlikdan kelib chiqadi. Xususan nafs insondagi xudbinlikning zaminidir. Xudbinlik kishilarda faqat o’z manfaati haqida o’ylash kayfiyatini hosil qiladi.



  1. Ғиѐс ул-луғот. 2 жилд, Душанбе, 1988, 14-бет.

43


Nafs balosiga giriftor bo’lgani kishi har qanday pastkashlik, axloqiy tubanlikdan yuz tortmaydi, harom-xarishdan hazar qilmaydi, asta-sekin boshqalar hisobidan yashashga ko’nikma hosil qiladi. Oqibatda, bunday kishilar zolim, berahm, riyokor bo’lib shakllanadilar.
So’fiylarning e’tirof etishlaricha, millatlar va elatlar orasida sodir bo’ladigan turli mojarolarning zaminida ham nafs yotadi. Nafsni jilovlay olmaslik, molu dunyo to’plashga hirs qo’yish, intilish insonni o’tkinchi lazzat-u farog’at bilan ardoqlaydi. Natijada bunday kishilar ma’naviy-ruhiy qashshoq bo’ladilar. Shuning uchun inson o’z nafsiga erk bermasligi zarur. Nafsga erk bermaslik, uni jilovlay olish – ma’naviy yetuklik garovidir.
So’fiylik talablariga ko’ra, nafs va g’azabning kushandasi bilimdir. Bilimga ega bo’lishni tasavvuf ta’limoti ulug’laydi. Bunga ko’ra barkamol inson o’z nafsini tiya oladigan, aql-farosatni har qanday hissiyotdan ustun qo’ya biladigan insondir. Ko’rinib turibdiki diniy-falsafiy ta’limot bo’lgan tasavvufda bilimga ega bo’lish, bilimni sevish muhim o’rin egallangan. Shu bois hozirgi mustaqillik sharoitida bu o’gitlarning bilimli bo’lishning ahamiyati yanada oshib borishi hammaga ravshan. Zeroki hozirgi zamon iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy muammolarining amalga oshirishini bilimli, tafakkur sohibi bo’lgan kishilar hal etiladi. Chunki Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»1.
«Komil inson» tushunchasi tasavvuf adabiyotida ko’p marta tilga olingan, bahsu munozaralarga sabab bo’lgan, tadqiqotlar nashr etilgan. Shulardan Ibn al-Arabiy, Husayn Voiz Koshifiy, Sayid Abduqodir Geloniy, Aziziddin Nasafiylarning risolalarni tilga olish mumkin. Ibn al-Arabiy fikricha komil insonni Alloh ilohiy nurdan yaratgan. Ilohiyot bilimdonlari ko’rsatishicha, ilohiy nur barcha mavjudotlardan hatto yer va osmondan ham avval yaratilgandir.
Ibn al-Arabiy fikriga qaraganda, Alloh ilohiy nurdan ahli avvalni yaratdi va uning suvratu ko’rinishini «komil inson» qiyofasida zuhur etdi. Shu ma’noda,



  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «Sharq», 1998, 6-b.

44


Alloh odamni rahmon suratida yaratdi, degan hadis mavjud1. Ibn Arabiyning ta’kidlashicha, komil insonning yerdagi timsoli-hazrati payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.dir. Ul zot vujudida aqliy, ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi. Ketma-ketligi jihatidan olam birinchi, odam ikkinchi barpo bo’ldi. Lekin olamni yaratishdan mantiqan ko’zlangan maqsad odam edi. Odam-maqsad, olam vosita edi. Buni Aziziddin Nasafiyning «Komil inson» risolasida ham ko’rish mumkin. U aytdiki «inson olami sag’ir (mikro olam), ilohiy va moddiy olam-olami kabir (Makro olam) dir. Nasafiy komil insonga ta’rif berib, «komil inson» deb shariat, tariqat va haqiqatga yetuk bo’lgan odamga aytadilar»2. Ya’ni komil insonda to’rt jihat bo’ladi: yaxshi so’z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif.
Tasavvufda komil inson, bir tomondan, xudo bilan odamlar o’rtasidagi vositachi, ilohiy amr g’oyibi asrorni oddiy odamlarga yetkazuvchi ulug’zotdir. U insonlarning eng mukammali, eng aqlli va eng donosi. U insonlar jamiyatidan yetishib chiqadigan mo’tabar zotdir. U azaldan martabasi aniq bo’lgan ruh emas, balki axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir.
Tasavvuf ahli o’qtiradiki, insonga erkin faoliyat uchun inon-ixtiyor berilgan. U harakat qilib komillikka erishuvi mumkin. Nasafiy kamolotning ikki belgisi bor, deb ta’kidlaydi: birinchisi-yaxshi axloq, ikkichisi o’zligini anglash.
Bahouddin Naqshband 675 yilligi munosabati bilan (1993) Movarounnahr musulmonlari ifodoras nashri bo’lmish «Islom nuri» gazetasi bunday deb yozgan edi: «Tasavvuf – bu sodda qilib aytganda, islom dinimizning asosiy manbalari bo’lmish Qur’oni Karim va Sunnati Nabaviyada kelgan ulug’ insoniy fazilatlarni, odob va axloqni-yuksak darajalarga ko’tarishga yordam beradigan, Allohning muhabbatini dunyo va barcha borliq muhabbatidan ustun qo’yishga o’zgaradigan, barcha razil sifatlardan poklanishga olib keladigan bir ta’limot demakdir»3.

Tasavvuf – odamlarni halollikka, kamtarlikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi barcha musulmonlarning teng bo’lib,





  1. Komilov N. Tasavvuf. 1-kitob, T., 1996, 146-b. .




  1. Umarov E., M. Abdullayev. Ma’naviyat asoslari. T., 2005, 63-b.




  1. Jo’rayev U. Y.Saidjonov. O’sha asar, 2005. 21-b.

45


har kim o’zining halol mehanati bilan kun kechirishini, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga rioya etishni targ’ib etuvchi ta’limotdir. Bunday maqsadga erishish uchun Allohga vujudan berilishi, uning rizosiga yetishish orqali erishish mumkin, deb o’qtiradi. Bu maqsad, ya’ni Allohning visoliga erishish bosqichma-bosqich amalga oshadi. Bu bosqichlar – shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatdir. Bu bosqichlarning har birida inson haqiqatga asta-sekinlik bilan yaqinlasha boradi. Eng yuksak haqiqat inson o’z vujudi, ichki mulohazasi va kechinmalari orqali yetishgan bilimdir. Demak, tasavvuf yetuklik va ma’naviy kamolot cho’qqilariga yetishish yo’lidir.
Dilga Allohning nomini jo qilish insonni qalbini poklaydi, uni iymon, halollik, axloqiy poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik yo’liga undaydi. Tasavvufning bu yo’li, axloqiy talablari o’zining asosiy mohiyati jihatidan diniy e’tiqod va iymonni dunyoviy muammolar bilan bog’langanligi va insoniyligi bilan ahamiyatlidir.
Tasavvuf – insonning (dindorning) komillik darajasiga yetishi bilan Allohga yaqinlashuvi haqidagi ta’limot bo’lsa, tariqat – bu komil inson darajasiga erishishni ko’rsatuvchi to’g’ri yo’l demakdir. Ya’ni ma’naviy – axloqiy poklanish bosqichlarini bosib o’tishning yo’l-yo’rig’idir. Diniy ulamolarning aytishicha, tariqatning nishonasi uchta: 1) dam (nafas) – aytilishi lozim bo’lmagan narsa haqida so’zlamaslik; 2) Qadam – qilinishi mann etilgan ishlarga qadam urmaslik; 3) Karam – ish bilan shug’ullanish, shug’ullanganda ham kerakli ish bilan shug’ullanish va ayni paytda qalb ibodatini kanda qilmasdik1. Har bir tariqat asoschisi, albatta, o’z yo’lini ishlab chiqqan va bu yo’lni targ’ib etgan, o’ziga tarafdorlar (murid) to’plagan.
O’rta Osiyoda paydo bo’lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi shayxul-mashoix unvoniga musharraf bo’lgan Ahmad Yassaviydir. (XII) Uning aqidalari «Hikmat» nomli yagona asarida bayon etilgan. Bu asarda Yassaviya ta’limotidagi poklik, halollik, to’g’rilik, mehr-shafqat, o’z qo’l kuchi, peshona teri mehnati bilan



  1. Jo’rayev U. Y.Saidjonov. O’sha asar, 2005. 133-б.

46


kun kechirish, Alloh taolloh visoliga yetishish yo’lida insonni ham botinan, ham
zohiran takomili kabi axloqiy ko’rsatmalar ifodasini topgan.
Ahmad Yassaviy mol-dunyo to’plashga mutlaqo qiziqmagan,
kambag’alparvar va g’ariblar himoyachisi sifatida namoyon bo’lgan. U zamonasining ezilgan yo’qsil toifasini «g’arib», «yetim», «faqir» deb tilga oladi, ayrim hollarda tarki dunyochilik mazmunlar ham uchraydi. Lekin uning ta’limotida dunyodan butunlay yuz o’girilmaydi. Aksincha, nodonlik, jaholat, badnafslik, molu-dunyoga hirs qo’yish kabi illatlar qoralanadi va odamlarni ulardan uzoqlashishga da’vat etadi. Yassaviy ta’biricha, agar inson o’zini anglasa erdi. Haqni biladi, xudodan qo’rqadiyu, insofga keladi. Yassaviy tanlagan yo’lning o’ziga xosligi-insonning o’z gunohlarini, axloqiy nuqson va qusurlarini, jumladan, tamagarlik, manmanlik, boriga qanoat qilmaslik kabi kamchiliklarni ayovsiz ochib tashlash va ulardan xalos bo’lish kurashidir. Bu yo’l Yassaviyning fikricha, yagona to’g’ri yo’l-aslida xudo yo’lidir.
Najmiddin kubro nomi bilan yoyilgan tasavvufning Kubroviya tariqati inson
muammosiga ko’proq e’tiborni qaratish bilan ajralib turadi. Shayx kubro tasavvufda «keng fe’llik» yo’lini tutgan. Ul zotning xonaqosida sunniy mazhabli shogirdlar bilan birga, shia mazhabli shogirdlar ham ta’lim olishgan, chunki, uningcha tasavvuf ahli uchun parvardigor ishqi, diydori hamma narsadan ustun. So’fiy ilohiyot olamiga ruhan qo’shilish uchun yashaydi.
Kubroning ta’limotida yuqoridagi sifatlardan farqli ularoq, javonmardlik, vatanparvarlik g’oyalarini tariqatga joriy etganligidir. Kishi umrini do’stlar xizmatiga bag’ishlagan, faqat yaxshilikga ega bo’lgan, mqxtojlarga yordamini ayamagan, piru ustozlari, do’stlarini sharafini himoya etgan, ham zohiran va ham botinan pok yurib, pokiza insonlar so’xbatini qozongan kishilar javonmardlar deb atalgan.
Naqshbandiya tariqatining asoschilari Abul Xoliq G’ijduvoniy va
Bahouddin Naqshband «dil ba yoru dast ba kor» shiori ostida hammani mehnantni sevishga da’vat etganlar. Naqshbandiya tariqatida insonlarni har bir nafasni xushyorlik bilan olish (Hush dar dam), har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosish

47


(nazar bar qadam), o’z vatanida, uyida bo’la turib, fikran va zikran butun borliq haqida fikr yuritish (safar dar vatan) va hokazo kabi g’oyalar ifodasini topgan. Ko’rinib turibdiki Naqshbandiya tariqatida ilohiylik insoniylik bilan qo’shilib ketgan. Shu bois bu shior bugungi kun uchun ham dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Tasavvuf ta’limoti islom odobini, ma’naviyatini yana ham yuqori bosqichga ko’tardi. Insoniylik mezonlarining muhim masalalari diqqatni qaratdi. Kishilarni bu dunyoda bir buyuk va muayyan maqsad sari yetakladi. Butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtada jamladi. Ana shu asosda komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi. Xuddi shu vazifalarni ado etishda adabiyot tasavvufga, tasavvuf adabiyotga bog’langan va vobastadir. Chunki har qanday adabiyot, oxir oqibatda «Insonga bu dunyoda qanday yashashi kerak?» degan savolga javob izlaydi.
Tasavvuf insonning komillikka intilishini uning Allohga etish sari yo’li tarzida ko’rsatadi va bu umumiy yo’lni «Ishq» deb ataydi. Tasavvuf ham adabiyot ham insonni o’rganar ekan, avvalo uning ko’ngliga tayanadi, ko’ngilni tarbiyalashga, ko’ngilli kishisini voyaga yetkazishga intiladi. Chunki Alloh kishining ko’nglida jilva qiladi.
Insonning ichki ma’naviy madaniyati mezonlari, uning o’z xudbinligini qay
darajada yenga olganiga qarab aniqlanadi. Tasavvuf ana shu insoniy madaniyatining eng Oliy cho’qqisiga intilgan falsafa edi. Shuning uchun T.Oqmurodovning «Tasavvuf din emas, lekin diniy oqim, diniy falsafadir», - deb yozishida ham haqiqat bor1.

Ingliz tasavvufshunos olimi J.S.Trimingem yozishiga, O’rta Osiyoda tasavvuf rivojida ikki buyuk so’fiyning hissasi ko’p. Biri Abulhasan Ali al-Xoraqoniy (vaf.1034), ikkinchisi Abu Ali al-Farmadiy (vaf. 1084). Farmadiyning ikki shogirdi – al-G’azoliy va Yusuf Hamadoniy musulmon olamida juda mashhur bo’lgan. Ko’p tariqat silsilala ana shu ikki shogirddan boshlanadi2. Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy – Yusuf Hamadoniy shogirdlari




  1. Оқмуродов Т. Дин ва ҳурфикрлилик тарихи, 149 – б.




  1. Ўша жойда, 148-б

48


hisoblanadilar. Tasavvuf ko’p qirrali bo’lib, ulkan adibu faylasuflarning ijodiy faoliyatida ta’sir yetkazgan: Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy hyeam bevosita naqshbandiya tariqatining vakillari edilar.
A.Jomiyning mashhur «Bahoriston» asarida yozilishicha, shayx Abusaid Abulxayrxon «Tasavvuf nima? «deb so’raganlarida» boshingda ne bo’lsa chiqarib va boshqalardan senga nima ozor yetsa ranjimaslik» degan ekan. Haqaqiy so’fiylar chindan ham bu shartlarga qat’iy rioya qilganlar. A.Navoiy naqgbandiylik asoslarini «qanoat tariyqi» deb atadi va buni butun ijodi davomida sharhlashga o’zini bag’ishladi. A.Navoiy insonning Allohga ishqini uning insonga ishqi orqali tarannum etgan shoirdir.
Fariddin Attor, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Rumiy kabi yirik shi oru mutafakkirlarning asarlari tasavvuf ma’naviy-axloqiy mazmuni bilan sug’orilgan. Naqshbandiya tariqatining keyingi taraqqiyotiga, ya’ni XV asrda uni kuchli davom ettirgan mashhur shayxlardan biri Xoja Ubaydulloh Ahror Valiydir.
Naqshbandiya Kichik Osiyo va Kavkazda, Eron va Turkiston, Pokiston va Afg’oniston, Hindiston va Turkiyaga keng tarqala bordi. Ingliz sharqshunosi J.S.Trimingem yozganidek, tasavvuf, jumladan, Naqshbandiya falsafasi «bundan buyon ham insoniyatning ma’naviy barkamolligi uchun muhim hayotiy ta’limot bo’lib qolaveradi».
Rus olimi I.M.Petrushevskiyning qayd qilishicha, ingliz sharqshunosi R.Nikolson XI asrgacha bo’lgan yozma manbalarda «so’fizim» tushunchasining yetmish sakkiz ma’nodagi talqinini aniqlagan ekan1. So’fiylikda zuhd va taqvo-ko’ngilni foniy dunyo gunohlaridan, g’araz, tamalardan tozolash, va Xudo buyurganiga amal qilib, Alloh man etgan ishlardan saqlanish demakdir. So’fiylar fikricha, ilohiy ishq har qanday g’arazli manfaatlardan xoli bo’lishi zarur.
Tasavvuf ta’limotiga ko’ra, borliqdagi hamma xilqatlarda, xususan, odamzodda ham lohiy zarralar bor, so’fiyning maqsadi ko’nglidagi ilohiy zarralarni uzoq va mashaqqatli poklanish yo’lidan borib, yana Allohga qaytarishdan iboratdir. So’fiylik yo’lini tutish uchun avval komil musulmon



  1. Karimov Sh., R.Shamsutdinov. Vatan tarixi (birinchi kitob). T., «O’zbekiston», 1997, 230-b..

49


bo’lish, shariatning barcha talablarini bekamu ko’st bajarish shart, ya’ni ma’naviy-axloqiy me’yorlarga tayanib, insoniy sifatlarga (tom ma’noda) rioya qilib yashash, kun kechirish darkor. Chunki insonni Xudo o’ziga o’xshatib yaratganmi, Allohning bu olamni paydo qilishdan ko’zlangan bosh maqsadi ham, aslida, inson ekanmi, demak, inson Allohning bu muruvvatiga shukronalar aytib, o’zini batamom Allohga bag’ishlashi, buning uchun esa o’zini unga loyiq darajada poklanish-kamolga yetkazish kerak. Ana shunday o’zini oliy maqsadga chog’lagan, jismini unitib, ruxini Allohga yetar darajada o’stirgan, yetar darajada poklagan jism ehtiyojlari tufayli paydo bo’ladigan jamiki insoniy illatlardan forig’ qilgan kishilar insoni komil bo’lganlar. Tasavvufiy aqidalarga ko’ra, komil insonlar pirovardida, shubhasiz, Alloh vasliga musharraf bo’ladilar, ruhan Alloh bilan birlashib ketadilar1.
Komil insonlar barcha xalqni sevishi, insonlar, ayniqsa, g’ariblar, bechoralar, muhtojlar xizmatida bo’lishi, doimo xudoning borligi va birgaligini unutmasligi kabi so’fiylik aqidalariga ega bo’lishlari lozim. XIII-XIV asr boshlarida yashab ijod etgan mutasavvuf olim shayx Aziziddin Nasafiy «Insoni komil» risolasida qo’yidagilarni aytgan: «… Jumla mavjudot odamzodga shuning uchun sajda qiladiki, odamlar orasida komil inson (!) bor. Bas, jumla odamzod komil inson (!) tufayli (Sharafli)dir. Mavjudot ichra komil insondan ko’ra ulug’roq va donoroq narsa yo’q, chunki komil inson eng pastdan eng yuqorigacha martabalardagi mavjudotning xulosasi (!) va qaymog’idir (!)… Komil inson ilm mazharidir, komil inson ilohiy zot sifatlarining ham mazharidir»2.
Shunday qilib, tasavvufda komil inson – e’tiqodi kuchli, irodasi mustahkam, vujudi ham zohiran va ham botinan pok kishi ilohiylashtirilgan bo’lsa ham, u dunyoviy mazmunga ega. Shu bois mustaqillik sharoitida bu ta’limotdan o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish ahamiyatdan xoli emas. Bu masalaga alohida e’tibor berib, I.A.Karimov shunday degan edi: «Ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi imon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin


  1. Sultonmurod Olim. «Buyuk Naqshbandiya». Kecha, bugun, ertaga. «Fan va turmush», 1993, 5-6-son., 15-b.




  1. O’sha joyda, 15-bet.

50


fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs komil insonni tarbiyalashdan iborat»1.


  1. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T8, T, «O’zbekiston», 2000, 341-b.

51


3.3. Islom ma’naviy ta’limotida umuminsoniy axloqiy
Download 74,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish