75
yumshatish uchun mamlakatlar zarur darajada raqobatbardoshlikni saqlab
qolishlari talab etiladi. Shu boisdan ham bugungi kunda raqobatbardoshlikni
oshirishning mamlakatlararo jihatlariga e‘tibor qaratilmoqda.
Garvard biznes maktabining Raqobatbardoshlik va strategiyalar instituti
professor M. Porterning fikricha, raqobatbardoshlik – ―sanoatning
domiy
rivojlanishi va innovasiyalar yaratishidir‖
35
.
V.Ukrainskiy raqobatbardoshlikni ―mamlakat raqobatbardoshligi – bir
mamlakat iqtisodiyotining boshqalari bilan milliy resurslardan foydalanish, xalq
xo‘jaligining mahsuldorligini oshirish va shu asosda aholining turmush darajasini
yuqori darajaga chiqarishdir‖ deb tariflagan
36
.
R.Fatxutdinovning fikricha, ―Mamlakat raqobatbardoshligi – uning jahon
iqtisodiyotiga samarali integrasiyalashuvi, barcha davlat, tijorat va boshqa
tuzilmalarning aholining turmush darajasini yuqori darajaga chiqarish uchun
samarali va sifatli safarbar eta olishidir‖
37
.
Ko‘rib o‘tilayotgan barcha fikrlar mamlakat
raqobatbardoshligining
mamlakat aholisi turmush darajasini oshirish va ishlab chiqarish omillari va
resurslaridan oqilona foydalanishga bog‘liq ekanligiga urg‘u berilgan. Dastavval
mamlakat raqobatbardoshligi mamlakatlarning xalqaro savdoda ishtiroki bilan
bog‘liq holda qaralgan. Buni biz siyosiy iqtisod fanining asosiy masalalaridan biri
bo‘lgan mamlakatlarning mutloq va nisbiy ustunligida ko‘rishimiz mumkin.
Bugungi davrga kelib raqobatbardoshlik va xalqaro raqobat ushbu nazariyalarning
zamonaviy talqini desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi tushunchasi bugungi kunda eng ko‘p
ishlatiladigan iqtisodiy atamaga aylandi. Dastlabki tariflarda milliy iqtisodiyot
raqobatbardoshligi nafaqat samarali amalga oshirilgan strategiyaga, balki uning
tuzilishiga ham bog‘liqligi, ―mamlakatning tuzilmaviy raqobatbardoshligi‖
ekanligiga urg‘u berilgan. Ushbu tadqiqotlar asosida birinchi bo‘lib mamlakat
raqobatbardoshligi
uning tarkibiy tuzilishiga, narx,texnologiyaga bog‘liqligi
asoslanishiga olib keldi.
Bu g‘oyalar M. Porter ilmiy tadqiqotlarida keng o‘rin olgan. M.Porterning
fikricha milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi, xalqaro raqobatda muvaffaqiyatga
erishish omillarga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, ulardan qanday foydalana olish
darajasiga ham bog‘liq. Shundan kelib chiqib, M.Porter, jahon bozorida
mamlakatlar emas, balki firmalar raqobatlashadi. Xalqaro raqobat ishtirokchisi
sifatida firomalar nafaqat turli resurslar
va raqobat ustunliklardan, balki xorijiy
investisiyalardan ham samarali foydalanadilar. Yangi nazariya qaysi omillar
ta‘sirida mamlakatlar kompaniyalarning joylashtirilishi uchun eng qulay muhit
yarata olishini asoslab berishi lozim edi. Mohiyatan, M. Porterning ilmiy g‘oyalari
jahon xo‘jaligi tizimi
global iqtisodiyotni o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun
ushbu nazariyada transmilliy korporasiyalar (TMK) faoliyatiga alohida urg‘u
35
Портер М. Международная конкуренция: Пер. с англ. / Под ред. и с предисл. В.Д. Щетинина. – М.:
Междунар. отношения, 1993. – 896 с.
36
Украинский
37
Стратегическая конкурентоспособность: Учебник / Р.А. Фатхутдинов. – М.: ЗАО ―Издательство
―Экономика‖, 2005. – 504 с.
76
beriladi. Globallashuvning kuchayib borayotganligiga asoslangan holda M.Porter
TMKlar uchun eng qulay shart-sharoit yaratib bera olgan mamlakatlar
raqobatbardosh bo‘lishligi haqidagi nazariyani ilgari surdi. Bunda firmalar biror bir
mamlakat vakili emas, balki tarmoq yoki segment bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakat
ushbu firma yoki tarmoqlar uchun qulay muhit yaratish orqali ularning
strategiyalarini samarali amalga oshirishlarini ta‘minlab beradi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqori raqobatbardoshlik va barqaror
iqtisodiy o‘sish eng avvalo mamlakatda yangi texnologiyalarning keng joriy
etilishini rag‘batlantiradi. Bu holatda raqobatbardoshlik to‘laligicha ishlab
chiqarish texnologiyalari, tovar tarqatish tizimini tashkil qilish, innovasion
rivojlanish yo‘nalishi va klaster mexanizmiga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi
mamlakatlarning jahon
xo‘jaligida samarali rivojlanish qobiliyati bo‘lib, kompaniyalarning iste‘molchilar
uchun raqobatchilarga nisbatan jozibador bo‘lgan, o‘z navbatida milliy
iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi, aholining turmush darajasini oshirishga
xizmat qiladigan sifatli tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga qaratilgan iqtisodiy,
ijtimoiy, boshqaruv, marketing yo‘nalishlarida maqsadli strategiyalarni amalga
oshirish orqali amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: