Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 

 
uyushmalar, birlashmalar, assosiasiya, idoraviy 
bo‘ysunuvchi firmalar. 
Jamoatchilik nazorati 

 
kasaba uyushmalari, iste‘molchilar, iste‘molchilar 
huquqlarini himoya qilish federasiyalari, mahallalar orqali amalga oshiriladi. 


119 
Davlat spirtli mahsulotlarga monopol ―aksiz‖ narxlarini va transport 
tariflariga, xizmatlarga, aloqaga boshqa qator tovarlarga narxlarni, bojxona 
tariflarini belgilaydi. 
Davlatning narxga ta‘sir etish shakllaridan biri — bu davlatning ishlab 
chiqarish xarajatlariga va u orqali narxga ta‘sir etishidir. Bunga tezlashtirilgan 
amortizasiya xarajatlari usulini misol qilib keltirish mumkin. Davlat narx 
shakllanishiga, ishlab chiqaruvchi yoki xaridorga davlat tomonidan maxsus 
qo‘shimcha to‘lab berish yo‘li bilan narxlarni pasaytirishi nazarda tutiluvchi narx 
subsidiyasi orqali ham ta‘sir ko‘rsatadi. Narxni tartibga solishda davlatning qat‘iy 
o‘rnatgan narxlari, davlat tomonidan buyurtma qilingan ishlab chiqaruvchilar 
mahsulotiga narxlar muhim o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarishni narx, dotasiya va subsidiya orqali tartibga solishda davlatning roli juda 
yuqoridir. Davlat narx darajasi va narx barqarorligi mutanosibligini qo‘llab-
quvatlaydi. Barcha rivojlangan mamlakatlarda bozor tebranishini yumshatish 
maqsadida davlat tomonidan anchagina resurslar agrar sohaga yo‘naltiriladi. 
Narxlar, 
qo‘shimcha to‘lovlar orqali mahsulot ishlab chiqaruvchilarni 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishlarini amalga oshirishlari darajasida davlat 
fermerlik narxlarini qo‘llab-quvatlaydi. Shu yo‘l bilan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi va hajmi tartibga solinadi. 
Yevropa mamlakatlarida narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimi 
juda ham bir-biriga yaqin. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining alohida turlariga 
narxlarni tebranishining yuqori va quyi chegaralarini o‘rnatish hisoblanadi. 
Ko‘pgina korxonalarning mutaxassislari o‘zlari ishlab chiqargan mahsulot 
(ish, xizmat)lar uchun narxni mustaqil ravishda belgilaydilar. Bozor munosabatlari 
sharoitida narxlashtirish juda murakkab jarayon bo‘lib, tashqi (kichik korxona 
faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan) va ichki (kichik korxona faoliyatiga bog‘liq 
bo‘lgan) omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: 
– mamlakatdagi siyosiy barqarorlik; 
– iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmi; 
– turli axborotlarning ochiqligi va foydalanish imkoniyatining mavjudligi; 
– talab inflyasiyasi va xarajatlar inflyasiyasi; 
– o‘xshash mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi 
raqobat; 
– erkin bozor sharoitlarida kichik korxonalar uchun zarur bo‘lgan moddiy, 
mehnat, axborot, moliyaviy va shu kabi resurslar taqchilligi; 
– mahsulot (ish, xizmat) iste‘molchilari xarid qobiliyatining pastligi.
Ichki omillarga quyidagilar kiradi: 
– ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish xizmat)larning xususiyati – qanchalik 
sifatli, qayta ishlash darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning narxi ham shunchalik 
yuqori bo‘ladi; 
– ishlab chiqarishning texnik, tashkiliy, iqdisodiy va boshqa jihatlari, ya‘ni, 
mahsulot yakka tartibda va mayda seriyali ishlab chiqarishga xos bo‘lsa, tannarxi 
yuqori, aksincha ommaviy ishlab chiqariladigan bo‘lsa past bo‘ladi; 


120 
– mahsulot (ish, xizmat)larning hayotiylik davri (alohida olingan tovarlarning 
bozorga kirib kelishdan chiqib ketishigacha bo‘lgan davrda bozor tendensiyalarini 
ifodalovchi model) ning davomiyligi; 
– ishlab chiqarish jarayonining harakatchanligi yoki moslashuvchanligi; 
– ishlab chiqaruvchining nufuzi; 
– reklama, u qanchalik mukammal, yorqin va muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, 
tovarning narxi yuqori bo‘lishi mumkin; 
– ishlab chiqaruvchining bir yoki bir necha bozor segmentlarida bozor 
taktikasi va strategiyasi; 
– mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqaruvchidan iste‘molchiga qadar 
siljitishning davomiyligi. 
Kichik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar uchun 
mustaqil narxlashtirish uslubiyati ishlab chiqilishi lozim. bunda mutaxassislar 
tomonidan taklif qilinayotgan quyidagi rasmga asoslanish mumkin.

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish