97
aniqlangan. Tupning tuzilishi (arxitektonikasi) gullash muddatlariga, urugʻlarning hosil
boʻlishi, pishishiga ta‟sir qiladi. Urugʻlarning pishib yetilishi darajasi esa urugʻlarning
urugʻ sifati va hosildorlik koʻrsatkichlariga ta‟sir koʻrsatadi.
Urugʻlar sifatining har xilligi ularning ma‟lum belgi xususiyatlarining
oʻzgarishiga olib keladi. Buni urugʻchilik bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar bilishi
kerak.
Ona oʻsimlikda urugʻlarning rivojlanishining 3 ta bosqichi bor:
1. Yoshlik davri (urugʻlarning shakllanishi va pishishi).
2. Yetuklik davri (saqlash davridagi yuqori urugʻ sifatini saqlaу olishi).
3. Qarilik davri (urugʻ sifatlarining pasayishi va nobud boʻlishi).
Oʻsimlikda urugʻlar shakllanishi davomida gulning urugʻlanganidan
to uning
pishib yetilguncha (60-80 kun) mevada boʻladi. Bu vaqtda murakkab biokimyoviy
jarayonlar boʻlib, bu urugʻning fizik xususiyatlariga, bu esa o`z navbatida urugʻ
sifatlarini belgilovchi morfologik va fiziologik jarayonlarga o`z ta‟sirini koʻrsatadi.
Urugʻlar yoshlik davrida uchta bosqichni oʻtaydi:
1.
Shakllanish;
2.
Toʻlishish;
3.
Pishib yetilish davrlari.
Shakllanish davrida urugʻ ekin va navga xos shakl va kattalikka ega boʻladi. Bu
davrda urugʻ namligi yuqori (72-93%) boʻlib, bosqich oxirida esa urugʻ massasi oʻz
maksimal ogʻirligining 25-40%ini tashkil qiladi. Bu paytda urugʻlarning
unuvchanligi
boʻlmaydi yoki past ko`rsatkichlarga (50%) ega bo`ladi.
Urugʻlarning shakllanishi davri davomiyligi karam va sholgʻomda –30-35 kun,
piyoz va bodringda –15-20 kun, pomidorda 20-25 kunni tashkil etadi. Karam sholgʻom
va piyozda 20-25 kun, bodringda 20-30 kun, pomidorda 45-50 kundan keyin
unuvchanlik qobiliyatiga ega boʻladi.
Toʻlish davrida – urugʻlarda intensiv ravishda quruq moddalar toʻplanadi. Bu
bosqich davomiyligi:
Bodring, piyozda 10-15 kunni;
Pomidor, sholoʻomchada 15-20 kunni;
98
Karamda 20-25 kunni tashkil etadi.
Bu vaqtda piyoz, bodring, pomidorda urugʻning
morfologik belgilari, rangi
oʻzgaradi, karam va sholgʻomchada esa bu oʻzgarishlar sezilarsiz boʻladi, urugʻ namligi
52-85%ni tashkil etadi.
Bosqich oxirida urugʻning unuvchanligi karam va sholgʻomda 80-85%, piyozda
50-60%, bodringda 20-25% ga yetadi. Pomidor urugʻlari bu davrda unuvchan
boʻlmaydi. Pishib yetilish davrida urugʻlarda biokimyoviy
jarayonlar davom etadi va
ular navga xos boʻlgan belgilarga ega boʻladi. Bu bosqichning davomiyligi
sholgʻomchada 10-15 kun, karamda 15-20 kun, pomidorda 20-25 kun, piyoz va
bodringda 25-30 kunni tashkil etadi. Bu bosqichda Urugʻlarning
pishib yetilishni
davrini shartli ravishda ikki fazaga bo`lish mumkin: mum pishish va toʻla pishish
fazalari.
Do'stlaringiz bilan baham: