107
VIRUSSIZ ASOSDAGI KARTOSHKA URUG’CHILIGI UCHUN
BOTANIK URUG’LARIDAN YETISHTIRIB DASTLABKI MATERIAL
YARATISH
Darsning maqsadi:
Talabalarga kartoshkani generativ urugʻlari orqali
yetishtirib, virussiz asosidagi urugʻchiligini tashkil qilish va dastlabki material
tanlash yoʻllari bilan tanishtirish.
Topshiriq:
1.
Kartoshkani generativ urugʻlari bilan tanishish
va uning morfologik
belgilarini oʻrganish.
2.
Generativ urugʻlari orqali kartoshka yetishtirish texnologiyasi bilan
tanishish.
Kartoshkachilikda botanik urugʻlaridan koʻpaytirishga doimo katta qiziqish
bilan qaraladi. Chunki bu usulda yetishtirish tuganaklari bilan yetishtirishga
nisbatan koʻpgina afzalliklarga ega.
Urugʻlari bilan yetishtirish har bir gektar maydon uchun sarf qilinadigan 3,0-
3,5 t urugʻlik kartoshkani tejash imkonini beradi.
Bundan tashqari, tuganaklarni
saqlash va tashish uchun qilinadigan harajatlar kamayadi.
Kartoshka yetishtirish uchun qilinadigan harajatlarning 60-65 % i urugʻlik
material uchun qilinishini hisobga olinsa kartoshka yetishtirishni kengayishining
asosiy muammolaridan biri urugʻlik material ekanligini tushunish qiyin emas.
Ma‘lumotlarga koʻra botanik urugʻlaridan oʻstirilganda
gektariga sarf
qilinadigan 100-120 gramm urugʻ kartoshka yetishtirish uchun qilinadigan jami
harajatlarning oʻrtacha 5 foizini tashkil etadi.
Keltirilgan ma‘lumotlar botanik urugʻlari bilan yetishtirilganda virus, viroid,
mikoplazma va bakterial kasalliklardan holi kartoshka tuganaklarini yetishtirish
mumkinligini tasdiqlaydi. Shuning uchun O‘zbekistonda
kartoshkaning virussiz
asosdagi urugʻchiligi uchun bu usuldan foydalanib dastlabki material yetishtirish
mumkin (I.T.Ergashev).
108
Ba‘zi mualliflar kartoshkani botanik urugʻlari orqali koʻpaytirish usulini
karantinda kartoshka namunalarini sogʻlomlashtirish
uchun foydalanishni tavsiya
etishadi. Chunki bunday usulda sogʻlom oʻsimliklarni tanlash imkoniyati yuqori
boʻladi.
O‘zbekiston sharoitida botanik urugʻidan yetishtirishni kartoshkaning
virussiz urugʻchiligi uchun sogʻlom dastlabki material
yaratish usuli sifatida
oʻrgandik.
Kartoshkani botanik urugʻdan yetishtirishning muvaffaqiyati kerakli nav
yoki duragaylarning toʻgʻri tanlashdan tashqari, bu usulning agrotexnikasining har
bir tuproq-iqlim sharoiti uchun ishlab chiqilganlik darajasi bilan ham bogʻliq.
Bundan tashqari, koʻchatlarning,
yashovchanligi, oʻsimliklarning oʻsishi va
rivojlanishning ham ahamiyati katta hisoblanadi.
Bunda urugʻlar ekish oldidan kalibrovka qilindi. Urugʻlar ekish oldidan 48
soat davomida ivitildi. Koʻchatlar dalada 70x20 sm sxemada oʻtqazildi.
Urugʻ koʻchat usulida yetishtirilganda oʻrganilgan namunalarning oʻsuv
davri davomiyligi 124-131 kunni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich VIR–8 namunasida
eng uzun boʻlib 131 kunni tashkil etadi (B.Eshonkulov, I.Ergashev,
D.Normurodov).
Bunday usulda yetishtirilgan kartoshka oʻsimliklari biometrik koʻrsatkichlari
boʻyicha oʻziga xos xususiyatlarni koʻrsatdi. Masalan, botanik urugʻlaridan
yetishtirilganda oʻsimliklarda asosiy poya shakllanib yon poyalari kuchli
rivojlanishi hisobiga yetarli darajada assimilyasiya yuzasi shakllandi.