Muhokama uchun savollar
1.
Karoshkani generativ urugʻlari deganda nimani tushunasiz?
2.
Generativ urugʻlar qanday muxitlarda hosil boʻladi?
3.
Boshlangʻich material tanlashda kartoshka generativ urugʻlaridan
yetishtirishning afzalliklari haqida nimani bilasiz?
125
UCHKI MERISTEMA USULIDA SOG’LOMLASHTIRILGAN
TUGANAKLARDAN ELITA KO`CHATLAR YETISHTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Darsning maqsadi:
Talabalarga sogʻlomlashtirilgan elita urugʻlarini olish
usullaridan birini tanishtirish.
Topshiriq:
1. Kartoshka oʻsimtalaridan uchki meristema toʻqimalarini ajratish usullari
bilan tanishish.
2. Ozuqa muhitlari va ularda toʻqimalarni oʻstirishni oʻrganish.
Uchki meristema usulida kartoshkani sogʻlomlashtirish birlamchi
urugʻchilikda dastlabki material yaratishning samarali usullaridan biri boʻlib
hisoblanadi. Lekin sogʻlom materialning potensial imkoniyatlaridan maksimal
foydalanish xar bir regionning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda sogʻlom
oʻsimliklarning qaytadan viruslar bilan zararlanishining oldini olishga qaratilgan
texnologik, tashkiliy, profilaktik va himoya tadbirlarining ishlab chiqilganligi bilan
belgilanadi.
Muayyan joyning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekishning
optimal muddatlarining ishlab chiqilishi kartoshkachilikning dolzarb masalalaridan
boʻlib hisoblanadi. Chunki ekish muddatlari ham kartoshkaning urugʻlik sifatlariga
sezilarli ta‘sir koʻrsatadi. Masalan, bahorda optimal muddatdan ilgari ekilsa,
tuproqda harorat pastligi tufayli oʻsimliklarning unib chiqishi kechikadi, natijada
yogʻingarchiliklardan toʻplangan namlik ta‘sirida urugʻlik tuganaklardagi
oʻsimtalarning chirishi va nobud boʻlishi kuzatilsa, kechroq ekilishi natijasida
oʻsimliklarning oʻsuv davrining yozgi havoning issiq davriga toʻgʻri kelishi
biologik mu‘tadil iqlim ekini boʻlgan kartoshkaning oʻsishi, rivojlanishi va
hosildorligiga salbiy ta‘sir etadi. Yozda esa optimal muddatdan kechroq ekilsa
kuzgi sovuqlargacha oʻsimliklar oʻsuv davri tugamasligi va hosilning toʻla pishib
yetilmasligiga olib keladi. Bu esa ba‘zi adabiyotlarda kartoshkani ekish muddati
tuganaklar hosil boʻlish davrida optimal sharoitga toʻgʻri kelishi hisobga olinishi
126
lozimligi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarga mos kelishini tasdiqlaydi. Yozgi muddatlarda
yetishtirilganda tuproq va havo haroratini biroz boʻlsada pasaytirishga qaratilgan
agrotexnik tadbirlar qoʻllaniladi. Masalan qalinroq ekish, tuganaklar hosil boʻlish
davrida tez–tez sugʻorish kabi usullar shular jumlasidandir. Shuning uchun
urugʻlik tuganaklarning optimal muddatlarda ekilishi kartoshkadan yuqori hosil
olishni ta‘minlaydi.
Ayniqsa, adabiyotlarda uchki meristema usulida sogʻlomlashtirilgan
oʻsimliklarning qaytadan virus va mikoplazma kasalliklari bilan zararlanishiga
kartoshkani ekish sxemasining ta‘siri toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar juda kam.
Respublikamiz sharoitida esa bu masalaning yetarli darajadaoʻrganilmaganligini
mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Ertagi kartoshka hosildorligi koʻp jihatdan tup qalinligiga bogʻliq.
Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, optimal ekish sxemasiga nisbatan juda qalinlashib
ketsa ham, me‘yoridan past siyraklashish darajasi ham oʻsimliklarning oʻsish va
rivojlanishiga salbiy ta‘sir koʻrsatib hosildorlikning pasayishiga sabab boʻladi.
Kartoshka tuganaklarini ekish sxemalari toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar XIX
asrning boshlaridayoq keltirilgan. Bahorgi va yozgi muddatlarda kartoshka
ekishning turli muddatlari va sxemalarini oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va
hosildorligiga ta‘siri O‘zbekiston olimlari tomonidan ham oʻrganilgan.
Qishloq xoʻjalik ekinlarini ekish sxemalari oʻsimliklarning biologik
xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda aniqlanadi. Ya‘ni bir turga mansub har xil
navlarning ildiz sistemasining gorizontal va vertikal yoʻnalishidagi rivojlanishi
ham bir biridan farq qiladi.
Adabiyotlar ma‘lumotlari shuni koʻrsatadiki, kartoshkani ekish sxemasi, nav
xususiyati, tuproq-iqlim sharoiti, hosilning urugʻlik yoki tovar maqsadida
foydalanishiga va boshqa omillarga qarab belgilanishi lozim. Masalan, palaklari
kompakt rivojlanadigan ertapishar kartoshka navlarini qalinroq ekish tavsiya
etiladi. Shunga qaramasdan, bu tadbirni belgilashda ozuqa maydonining oshishiga
boʻlgan navlarning biologik xususiyati e‘tiborga olinishi lozimligi ta‘kidlanadi.
127
Ayniqsa katta tuganaklar hosil qiluvchi Gatchinskiy, Ogonyok, Temp, Novinka va
Vyatka navlarini qalin ekilishi hosilda urugʻlik tuganaklar chiqimini oshiradi.
Koʻpgina mualliflarning ma‘lumotlari boʻyicha maydon birligida tup
qalinligining oshishi kartoshka hosildorligining oshishiga olib keladi.
Respublika sharoitida kartoshkani 70x20 sm sxemada ekilishi yaxshi samara
berishi aniqlangan. Bunday ekish sxemasida gektarida 71 ming tup oʻsimlik boʻlib,
ularning mahsuldorligining 70x30 sxemada ekilganga nisbatan past boʻlishiga
qaramasdan, maydon birligidan olinadigan hosil miqdori 25-27 % yuqori boʻlishi
kuzatiladi. Shunday natijalar turli tajribalarda olingan. Ba‘zi adabiyotlar
ma‘lumotlariga koʻra, ekish qalinligining oshishi bilan olinadigan qoʻshimcha
hosil miqdori boshqa omillarga ham bogʻliq. Masalan, ba‘zi olimlar bunday
agrotexnik tadbirning samarasini mineral oʻgʻitlar me‘yorining oshirilishi bilan
kuzatish mumkinligini ta‘kidlaydilar.
Tajribalarning koʻrsatishicha, ekish qalinligining oshishi bilan hosil
strukturasi tarkibida urugʻlik tuganaklar chiqimi yuqori boʻladi. Masalan, gektarida
95 mingtagacha (70x15 sm) tup qalinligining oshirilishi shunday natijalarga olib
kelgan. Analogiknatijalar toʻgʻrisida va boshqa koʻplab mualliflarning ham
ma‘lumotlari mavjud.
Ekish sxemasining hosildorlikka va hosil strukturasiga ta‘siri shunday
muhitda shakllangan oʻsimliklarning morfologik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ma‘lumotlarga koʻra, ekish qalinligining oshishi bilan shirata oʻsimlikda
shakllanadigan yon poyalar, barglar va tuganaklar soni, barg yuzasi kamayadi. Bu
esa oʻz navbatida sof fotosintetik potensialning pasayishiga olib keladi. Lekin tup
sonining koʻpligi hisobiga bunday salbiy ta‘sir konpensasiyalanadi.
Ma‘lumki, kartoshka urugʻchiligi virussiz asosda tashkil etilganda uchki
meristema usulida sogʻlomlashtirilgan tuganaklarning koʻpayish koeffisiyentini
oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda koʻpaytirish pitomnigida
sogʻlom tuganaklarni I.Ergashev 70x70 sxemada ekishni tavsiya etadi. Boshqa
mualliflar ekish sxemasining oshirilishini faqat yirik tuganaklarni urugʻlik
maqsadida foydalanilganda tavsiya etadilar. Shu bilan birga, ekish qalinligining
128
oshishi tuganaklarning koʻpayish koeffisiyentini oshirishi toʻgʻrisida koʻpgina
ma‘lumotlar bor. Shunday ma‘lumotlar tomonidan keltirilgan.
Urugʻbop tuganaklar chiqimidan tashqari, ekish sxemasining kartoshkaning
urugʻlik sifatlariga ta‘sir etishi mumkinligi toʻgʻrisida ma‘lumotlar mavjud.
Mualliflarning ta‘kidlashicha, qalin ekilgan maydonlardan sifatli urugʻlik material
olinadi. Buning sababini muallif respublikamiz sharoitidagi kartoshkaning oʻsishi
va rivojlanishi uchun salbiy ta‘sir etuvchi intensiv quyosh insolyasiyasi bilan
bogʻlaydi. Qalin ekilgan maydonlarda yorugʻlik intensivligining ikki marta
kamayishi oʻsimliklarning bir-biriga soya qilishining kuchayishi bilan bogʻlab,
bunday sharoitda barg buralish kasalligi simptomlarining ham kamayishi
kuzatiladi. Bunday natijalar mualliflar tomonidan qalin ekilgan maydonlarda
oʻsimlik palaklarining tez koʻshilib ketishi sababli tuproqning haddan tashqari
qurib va qizib ketishidan saqlanganligi uchun tuganaklar hosil boʻlishi uchun qulay
mikro muhit yaratilganligi bilan bogʻlashgan. Bu esa oʻz navbatida urugʻlik
sifatiga ijobiy ta‘sir koʻrsatadi.
Bundan tashqari, oʻsimliklarning qalin joylashishi ularning virus tashuvchi
hashoratlar bilan kamroq oziqlanishiga olib kelishi tufayli urugʻlik kartoshkani
sogʻlom saqlab qoladi. Ba‘zi olimlar ma‘lumotlari boʻyicha esa kartoshka qancha
qalin ekilsa, kontakt usulda tarqaladigan viruslar oʻsimliklar barglarining bir-biriga
tegib turishi uchun va qator orasi ishlanganda ularning tarqalish imkoniyati
kuchayadi.
O‘simliklarning ozuqa moddalariga boʻlgan talabini qondirish kartoshkadan
moʻl hosil va sifatli mahsulot olishni ta‘minlovchi omillarning asosiylaridan biri
boʻlib hisoblanadi. Bu yoʻnalishda koʻplab adabiyotlar ma‘lumotlari mavjud.
O‘zbekistonda bunday tadqiqotlar natijalari koʻplab olimlar tomonidan olib
borilgan.Lekin respublikamizda mineral oʻgʻitlarning kartoshka oʻsimliklarining
virus, zamburugʻ va bakterial kasalliklar bilan zararlanishiga va urugʻlik sifatlariga
ta‘siri yetarli darajada oʻrganilmagan. Chet el adabiyotlarida esa mineral
oʻgʻitlarning kartoshka urugʻlik sifatlariga ta‘siri toʻgʻrisida har xil, ba‘zan
qarama-qarshi ma‘lumotlar mavjud. Kartoshkaning virus kasalliklari bilan
129
zararlanish darajasi esa bevosita urugʻlik sifatlariga ta‘sir etuvchi omilardan boʻlib
hisoblanadi, ayniqsa, ekinning urugʻchiligi virussiz asosda tashkil etilgan boʻlsa.
Chunki bunday urugʻchilik tizimida hamma texnologik jarayonlar sogʻlom
oʻsimliklarning ommaviy ravishda qaytadan viruslar bilan zararlanishini oldini
olishga qaratilgan holda tashkil etiladi.
Koʻpgina olimlar yuqori dozadagi azotli oʻgʻitlar kartoshka oʻsimliklarining
virus kasalliklari bilan zararlanishini kuchaytirishi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni
keltiradilar. Viruslarning tuganaklarda toʻplanishi va natijada keyingi avodlarga
berilishini kuchaytiradi.
Azotli oʻgʻitlarning oʻsimliklarning virus kasalliklari bilan zararlanishiga
salbiy ta‘sir koʻrsatishi koʻpgina sabablar bilan izohlanadi. Masalan, ba‘zi
mualliflar azotning salbiy ta‘siri bunday oʻgʻitlarning oʻsimliklarning oʻsishi va
rivojlanishiga ta‘siri mexanizmi bilan bogʻlashadi. Ya‘ni, bunday oʻgʻitlar ta‘sirida
oʻsimliklarning yer ustki massasi kuchli rivojlanadi. Bu esa oʻz navbatida virus
tashuvchi hashoratlar, jumladan oʻsimlik shiralari miqdorining koʻpayishi,
oziqlanishi uchun qulay muhit yaratilishi, bunday muhitning uzoq vaqt davom
etishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, yer ustki massasining kuchli rivojlanishi
ularning palaklarini bir-biriga tegib turishini kuchaytiradi va bunday holatlarda
kontakt usulda koʻpayadigan viruslarning tarqalishi uchun qulay muhit yaratiladi.
Azotning yuqori dozalari oʻsimliklarda viruslarning koʻpayishi uchun qulay
sharoit yaratadi, lekin ayni paytda ularning namoyon boʻlishini kamaytiradi.
Koʻpgina adabiyotlarda fosforli va kaliyli oʻgʻitlar oʻsimliklarning virus va
mikoplazma kasalliklari bilan zararlanishini kamaytiradi. Ba‘zan esa, oʻsimliklarni
oziqlantirish uchun foydalaniladigan oʻgʻitlarning shakli ahamiyatga ega boʻlishi
mumkin. Masalan, kaliyning xlorli birikmalarining berilishi undagi xlorning salbiy
ta‘siri natijasida oʻsimliklarning virus, viroid va mikoplazma kasalliklari bilan
zararlanishini kuchaytiradi. Shuning uchun ham olimlar tarkibida xlor mavjud
boʻlgan kaliyli oʻgʻitlarni kuzda berishni tavsiya etadilar. Bunday holatda xlorning
asosiy qismi kuzgi-qishgi yogʻingarchiliklar ta‘sirida tuproqning haydov
qatlamidan yuvilib ketadi.
130
Asosiy oziqa elementlaridan tashqari, adabiyotlarda mikroelementlarning
kartoshkaning urugʻlik sifatiga ta‘siri toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar mavjud. Masalan,
urugʻlik tuganaklarni marganes sulfat, kaliy yod, polimikrooʻgʻitlar (0,02 %)
eritmasida ishlanishi oʻsimliklarning virus kasalliklari bilan zararlanishini
kamaytiradi.
Akademik S.M.Bukasovning ta‘kidlashicha urugʻlik kartoshka maydonlarini
mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish boʻyicha umumiy tavsiyalar boʻlishi mumkin
emas. Muallifning bunday xulosaga kelishiga biz keltirib oʻtgan mineral
oʻgʻitlarning samaradorligi tuproq tipi, unumdorligi, namligi, nav xususiyatlari va
boshqa omillarga bogʻliq ekanligi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar sabab boʻlgan boʻlsa
ajab emas.
Keltirilgan adabiyotlar mazmuni kartoshkani ekish muddati, sxemasi va
ma‘danli oʻgʻitlarning oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta‘siri
toʻgʻrisida yetarli darajada oʻrganilganligini koʻrsatadi. Lekin, ekinning urugʻlik
sifatlariga bu muhim agrotexnik tadbirlarning ta‘siri toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar juda
kam boʻlib, mavjudlarida ham ba‘zi qarama-qarshi fikrlar uchraydi. Har bir davrda
yangilanib borayotgan navlar assortimenti ham ularning biologik xususiyatlarini
hisobga olgan holda, ularga mos agrotexnologik tadbirlarning ishlab chiqilishi
kartoshkachilikning samaradorligini belgilovchi omillardan boʻlib hisoblanadi.
Kartoshka birlamchi urugʻchiligida sogʻlom dastlabki materialni qaytadan
viruslar bilan zararlanganishini oldini olgan holda jadal koʻpaytirish muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa dastlabki material sifatida uchki meristema
usulida sogʻlomlashtirilgan urugʻlik tuganaklaridan foydalanilganda ahamiyati
yanada oshadi. Chunki, sogʻlom oʻsimliklarni olish jarayoni ancha qiyin boʻlib,
ularning yuqori potensial imkoniyatlaridan samarali foydalanish ularning
koʻpayish koeffisiyenti bilan bogʻliq.
Buning uchun esa, birlamchi urugʻchilikda kartoshkani koʻpayish
koeffisiyentini oshirish katta axamiyatga ega. Chunki, boshqa ekinlardan farq qilib
kartoshkaning koʻpayish koeffisiyenti nisbatan past ya‘ni, oʻrtacha 7-9 tani tashkil
etadi.
131
Koʻpaytirilayotgan materialning miqdorini oshirish tuganaklar soniga, uzoq
oʻstirib nishlatilgan tuganaklarni yiriklarini kesish, qalamchadan, yon novdalardan
va ustki poyalardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga O‘zbekiston sharoitida bir yilda kartoshkadan ikki marta
hosil olishdan xam foydalaniladi. Sogʻlom tuganaklarni koʻpayish koeffisiyentini
oshirishning boshqa usullarini ham tavsiya etadilar. Masalan: katta ekish
sxemasida (140x70; 70x70 sm) oʻsimliklarning mahsuldorligi tupdagi tuganak soni
va har bir tuganakning oʻrtacha vazni hisobiga oshadi. Bunday ekish sxemalarida
mozaika viruslari bilan kasallanadigan oʻsimliklar miqdori 30-50 % ga kamayishi
toʻgʻrisida ma‘lumotlar bor.
Bunday usullarni qoʻllashda navning biologik xususiyatlarini, ayniqsa
navning oziq maydonining oshishiga boʻlgan talabini hisobga olish zarur. Bundan
tashqari urugʻchilik paykallarida nokondision, mayda (15-25 g) va juda yirik (150
gramdan ortiq) massaga ega boʻlgan tuganaklardan foydalanish sogʻlomlashtirilgan
oʻsimliklarning koʻpayish koeffisiyentini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini
beradi.
Lekin, ba‘zi olimlarning ma‘lumotlariga koʻra ekish uchun yirik, massasi 70
grammdan ortiq boʻlgan tuganaklardan foydalanish maydon birligiga sarflanadigan
urugʻlik materialning koʻproq sarflanishi uchun iqtisodiy jixatdan samarali
boʻlmaydi. Shuning uchun xam bunday tuganaklardan faqat ularni ekish oldidan
boʻlaklarga kesish orqali amalga oshirish tavsiya etiladi. Urugʻlik tuganaklarni
ekish oldidan boʻlaklarga kesib ekish kartoshka koʻpayish koeffisiyentini 1,5–3,0
martaga oshirish imkoniyatini beradi, ekish normasini 50–60 % ga kamaytiradi va
super elita chiqimini oshiradi, urugʻchilik sxemasini jadallashtirish imkoniyatini
yaratadi, maydon birligidan olinadigan iqtisodiy samara miqdorini oshiradi.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarga qaramasdan ba‘zi mualliflar urugʻlik
tuganaklarni faqat uchki meristemasidan yetishtirilgan tuganaklar yetishmagan
yoki bunday tadbir olinadigan hosilning faqat oziq–ovqat sifatida ishlatilishi
rejalashtirilgan holatlarda tavsiya etadilar. Buning sababini mualliflar tuganaklarni
132
kesish vaqtida viruslarning tarqalishi sababli urugʻlik sifatlarining pasayishi bilan
izohlaydilar.
O‘zbekiston sharoitida urugʻlik tuganaklarni ekish oldidan kesishni ob–
havoning issiqligi tufayli chirishi mumkinligi bilan bogʻlab uni tavsiya etamaydi.
Huddi shunday ma‘lumotlar A.G. Zukin ishlarida ham keltirilgan. Kesilgan
tuganaklardan foydalanib ekilgan maydonlarda hosildorlikning 9-29 % gacha
pasayishi mumkinligi toʻgʻrisida ma‘lumotlarida ham keltirilgan.
Koʻpayish koeffisiyentining oshishiga yalpi tuganaklar usulidan foydalanib,
yirik tuganaklarni kesish oʻsimtalarni qalamchalash, yon novdalar va uchki
poyalardan koʻpaytirish usullaridan foydalanib erishilgan. Ba‘zi olimlar koʻpayish
koeffisiyentini oshirish uchun tuganaklarni katta ekish sxemasidan foydalanish
tavsiya etishadi. Bundan tashqari, koʻpayish koeffisiyentini oshirish uchun
kimyoviy moddalardan foydalanish xaqida (unib chiqishda TUR gektariga 2kg)
ma‘lumotlar bor. Bundan tashqari, kartoshka urugʻchiligida tuproq-iqlim sharoiti
toʻgʻri kelganda bir yilda ikki hosil olish samarali boʻlib, bunda koʻpayish
koeffisiyenti 35-40 donaga, kompleks usullardan foydalanganda esa bu
koʻrsatkichni 43-72 donaga yetkazish mumkin.
Kartoshka urugʻchiligi virussiz asosda tashkil etilganda urugʻchilik sxemasi
katta ahamiyatga ega. Bu muddat qancha qisqa boʻlsa sogʻlom material potensial
imkoniyatning samarasi shuncha katta boʻladi.
Umumqabul qilingan uslub boʻyicha respublikamizda kartoshka elita
urugʻlarini yetishtirish jarayoni odatda 5-6 yil davom etadi. Urugʻlik kartoshka
mahalliy sharoitda bahorgi muddatda ekilganda bunday uzoq davr mobaynida
albatta virus kasalliklari bilan kuchli zararlanadi va hosildorlik xususiyatlari keskin
kamayib ketadi. Avvalgi yil tuganaklarini yozgi muddatgacha saqlashning qiyinligi
va qimmatiga tushishi, tuganaklarni koʻpayish koeffisentining pastligi kartoshka
urugʻchiligi oldida ma‘lum qiyinchiliklarni tugʻdiradi.
Shuning uchun bir yilda ikki hosil olish kartoshka urugʻchilik sxemasini ikki
marta tezlashtiradi va sogʻlom tuganaklarning koʻpayish koeffisentini oshiradi.
133
Professorlar D.T.Abdukarimov va T.E.Ostonaqulovlarning ma‘lumotlariga
koʻra (1997, 2008) tuproq-iqlim xususiyatlari mos sharoitlarda va maqbul navlar
tanlanganda kartoshkadan bir yilda ikki hosil olish asosida yetishtirilganda
kartoshka urugʻchilik sxemasi 6 yildan 3 yilga qisqaradi va ekish urugʻlik
kartoshkaning reproduktiv sifatlariga ijobiy ta‘sir koʻrsatadi. Bundan tashqari,
urugʻlik materialni kelgusi yilgacha saqlash muddati qisqaradi, bu esa, oʻz
navbatida mahsulot tannarxini pasaytiradi hamda urugʻchilik sxemasi ikki marta
qisqaradi.
Dunyo kartoshkachiligi ham birlamchi urugʻchilik sxemasini, ya‘ni elita
materialni olish jarayonini qisqartirilib jadallashtirilmoqda. Masalan, Fransiyada
super elita olish muddatini ikki yilga qisqartiradigan 3 yillik sxema ishlab
chiqilgan N.U.Haase va M.Otroshy (2002, 2009) ma‘lumotlariga koʻra, Buyuk
Britaniyada sogʻlom urugʻlik material tanlab olingan ona oʻsimlikni qalamchalash
yuli bilan olinadi, poya qalamchalari 5 yil mobaynida klon usulida koʻpaytiriladi
va yuqori darajadagi VCTS material olinadi. Niderlandiyada kartoshka
urugʻchiligining klassik sxemasi klonlarni uch, toʻrt, besh yil sinashga asoslangan.
Ruminiya va Vengriyada kartoshka elitasi etishtirishda dastlabki oʻsimlik klon
pitomniklarida 5 yil, Germaniyada klonlarni uch yil mobaynida sinaladi. Bunda
elita yetishirish jarayoni 8 yilgacha uzayadi. AQShda kartoshka elitasini meristema
tuganaklaridan besh-olti yillik sxemada, qayta zararlanishdan saqlashning
kompleks usullaridan foydalanib olinadi. Bolgariyada kartoshka navlarini
kupaytirishning qator jadallashgan usullarini qoʻllab kartoshkaning super-super
elitasini yetishtirish muddatini sifat koʻrsatkichlarini kamaytirmasdan besh yildan
ikki yilga kamaytirish imkonini berdi. Yaponiyaning shimoliy va markaziy
tumanlarida kartoshka elita urugʻlarini yetishtirishning toʻrt yillik sxemasi
qoʻllaniladi, janubiy tumanlarida esa, ikki hosilli ekin asosida ikki yillik sxemasi
qoʻllaniladi. Bunda birinchi yil uchki meristema usulini qoʻllab viruslardan holi
oʻsimlik olinadi, keyingi yillarda bu material super elita va elitagacha yalpi
tuganaklar usulidan foydalanib jadal koʻpaytiriladi.
134
Umuman, O‘zbekistonda kartoshka urugʻchiligi nav xususiyatlari va tabiiy
iqlim sharoitlarini e‘tiborga olib takomillashtirilishi va bunga amal qilinishi
respublika aholisini mahalliy sharoitda yetishtirilgan urugʻlik kartoshka bilan toʻla
ta‘mishlashning imkoniyati yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |