Oddiy rangdorlik
. Kasallik belgilari oʻsimlik bargida och yashil va sariq
dog`lar yoki tarqalgan rangdorlik sifatida namoyon bo`ladi. Ba‘zan barg
plastinkasini deformasiyaga uchragan boʻladi. Havo harorati past boʻlganda,
kasallik belgilari kamayadi yoki umuman yo`qolishi mumkin.
Kasallikni X va S viruslari qo`zg`atadi. Bu viruslar tuganaklarda saqlanadi,
avloddan – avlodga beriladi, xashoratlar yordamida va kontakt yo`li bilan
tarqaladi.
Stolbur –
barglarning maydalashib qolishi, barg plastinkasining balandga
qarab egilishi, poya bo`g`in oraliqlarining qisqarishi bu kasallikning belgilaridir.
O`suv davrining o`rtalariga kelib barglar pastdan boshlab so`lib, shalpayib
qoladi, oʻsimlik asta – sekin quriydi. Bunday oʻsimliklardan mayda, burishgan
tuganaklar olinadi. Bu tuganaklar ingichka ipsimon o`simtalar xosil qiladi.
Kasallikni mikoplazmalar koʻzg`atadi. Qoʻzgʻatuvchi oʻsimliklar va sikadalar bilan
tarqaladi.
Muhokama uchun savollar:
1.
Kartoshka kasalliklarining qanday oldini olish yoki qarshi kurashish
choralarini bilasiz?
2.
Qanday asosiy kasalliklar va ularning belgilarini bilasiz?
3.
Qanday virusli va mikoplazma kasalliklarni bilasiz?
81
KARTOSHKA VIRUS KASALLIKLARINING TARQALISHI VA
ZARARIGA AGROBIOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI
Darsning maqsadi:
Kartoshka urug`chiligining aynishiga olib keluvchi
virusli kasalliklarga agrobiologik omillarning ta‘sirini oʻrganish.
Topshiriq:
1.
Agrobilogik omillar va ularni kasalliklarning koʻpayishiga ta‘sir
darajasini oʻrganish.
2.
Tuproq, harorat va xashorotlarning kartoshka virus kasalliklarining
rivojlanishiga ta‘siri bilan tanishish.
Ma‘lumki qishloq xoʻjalik ekinlari, ayniqsa kartoshka hosildorligi muayyan
tuproq iqlim sharoitini hisobga olgan holda yaratilgan navlarni toʻgʻri tanlanishi,
ularning samarali urugʻchiligini tashkil etilganligi va har bir navning biologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan samarali yetishtirish
texnologiyasini qoʻllanilishiga bogʻliq.
Kartoshka moʻtadil iqlim ekini boʻlib, 29
0
C dan yuqori havo harorati
oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi uchun salbiy ta‘sir koʻrsatadi. Bundan
tashqari virus kasalliklarining keng tarqalganligi toʻgʻrisidagi yuqorida keltirilgan
ma‘lumotlar O‘zbekistonda kartoshka seleksiyasining asosiy yoʻnalishlaridan biri
virus kasalliklariga chidamlilik boʻlib xizmat qilish lozimligidan dalolat beradi.
Chunki bunday kasalliklar ekin urugʻchiligini qiyinlashtiruvchi asosiy omillardan
biri hisoblanadi. Shuning uchun ham respublika sharoiti uchun mos navlarni
yaratish va urugʻchilik tizimini ishlab chiqish sohaning dolzarb masalalardan
boʻlib hisoblanadi.
O‘zbekistonda kartoshkani tezpishar navlari uchun urugʻchilik tizimi ishlab
chiqilgan. Lekin nav assortimentining doimiy oʻzgarib turishi, ularning biologik
xususiyatlarini har xilligi bu tizimga alohida yondoshuvni, ulardan yuqori va sifatli
urugʻlik va tovar hosil olishni ta‘minlovchi agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va
qoʻllashni talab etadi. Bu esa oʻz navbatida birlamchi urugʻchilik tizimidagi
82
texnologiyalarning ayrim elementlarini samaradorligini aniqlash asosida amalga
oshirilishi lozim.
Kartoshka virussiz urugʻchiligini tashkil etishning asosiy vazifalaridan biri–
yuqori hosildor, mahalliy sharoitlarga mos, zamburugʻ, bakteriya va virus
kasalliklariga
chidamli
navlarni
tanlash
va
rayonlashtirilgan
navlarni
sogʻlomlashtirish asosida sifatli urugʻlik material yetishtirishdan iborat.
Kartoshkaning virus, viroid va mikoplazma kasalliklari bu ekin ekilayotgan
barcha yerlarda uchraydi. Lekin, O‘zbekiston sharoitida bunday kasalliklar keng
tarqalgan. Bu yerda kartoshkaning barg buralish, rangdorlik kasalliklari va stolbur
keng tarqalgan.
Virus kasalliklari urugʻlikning zararlanish darajasi, nav xususiyatlari, virus
turi va tuproq–iqlim sharoitlariga qarab hosilni 70% va undan ziyod kamayishga,
mahsulot sifatini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bu holat oʻsimlikning turli fiziologik jarayonlari bilan bogʻliq ravishda yuz
beradi. Bunday ta‘sirni oʻsimlikdagi fotosintez jarayonining, suv balansining
buzilishi, transpirasiyasining buzilishi jarayonlari bilan izohlash mumkin. Bundan
tashqari, zararlangan oʻsimlik barglarida quruq modda va xlorofill miqdorining
oʻzgarishi, transpirasiya va nafas olish intinsivligining susayishi kuzatiladi.
Zararlangan oʻsimlik tuganagida ham quruq modda, kraxmal, S vitamini kamayib
boradi va tuganaklar yumshoq, shaklining oʻzgarishi kuzatiladi.
Tuproq-iqlim sharoitlari, ekining entomofitopatologik holati, xoʻjaliklarni
yuqori reproduksiya urugʻliklar bilan ta‘minlanganligi, ekiladigan navlari kabi
omillar Zarafshon vohasining togʻ oldi mintaqasida asosan yengil holdagi virus
kasalliklari tarqalganligini, tekislik mintaqasida esa barg buralish va rangdorlik
kasalligining ogʻir formalari tarqalganligini koʻrsatadi.
Shuni ham ta‘kidlash kerakki, viruslar va ular bilan zaralanish oʻsimliklarda
ikki turda bulishi mumkin: yashirin va yaqqol formada. Birinchi holda kasallangan
oʻsimliklarning tashqi koʻrinishi sogʻlom boʻlsada, lekin ularda virus viroid va
mikoplazmalar infeksiyalari boʻlishi mumkin.
83
Ba‘zi mualliflar bu oʻsimliklarning virus kasalliklari bilan zararlanishining
yashirin (yaqqol belgilari paydo boʻlmasdan) holdagi shaklini oʻsimliklarning
infeksiya tushgan dastlabki bosqichi bilan bogʻlashsa, boshqalari kasallik
belgilarining paydo boʻlmasligini navning chidamlilik xususiyati bilan bogʻlashadi.
Lekin har ikki holda ham bunday shakldagi kasallanish kartoshka uchun xavfli
hisoblanadi. Ya‘ni, birinchidan, latent holdagi zararlanishda ham hosildorlikning
pasayishi kuzatilsa, ikkinchidan viruslarning keyingi tarqalishi uchun «oʻchoq»
boʻlib hisoblanadi.
Tajribalarning
koʻrsatishicha,
yashirin
shakldagi
viruslar
bilan
oʻsimliklarning zararlanish darajasi va keltiradigan zarari tuproq iqlim sharoiti, nav
xususiyatlari va qoʻllaniladigan agrotexnik tadbirlarga bogʻliq boʻladi.
Tekislik zonasida entomofil sanaladigan U virusi (43,8–63,4%) togʻ-oldi
(24,6–47,2) va togʻ zonalariga (17,7– 32,3%) nisbatan keng tarqalganligi
aniqlangan boʻlsa, kontakt usulda tarqaladigan viruslarning tarqalishi esa ekinni
yetishtirish zonasiga bogʻliq emas. Bu tekislik zonasida virus tashuvchi
hashoratlarning keng tarqalganligi bilan bogʻliq.
Yashirin shakldagi viruslarning kartoshka hosildorligiga ta‘sirini oʻrganish
natijalaridan ma‘lum boʻlishicha, keltiradigan zarari boʻyicha ular yaqqol holdagi
kasalliklardan qolishmasligi aniqlangan. Viruslar turi, nav xususiyati, tuproq iqlim
sharoiti va agrotexnikaga bogʻliq ravishda kartoshka hosildorligini 4–67 %
pasaytirishi aniqlangan. Agrotexnik tadbirlar va ekologik sharoitlar ham viruslar
keltiradigan zarar miqdoriga (16–23%) ta‘sir koʻrsatadi.
Yaqqol formadagi kasallanishda esa oʻsimliklarning tashqi koʻrinishida
kasallik belgilari namoyon boʻladi.
Kasallik simptomlari infeksiya turiga, shtammiga va tashqi sharoitlariga
qarab turlicha boʻlishi mumkin. Ba‘zi tadqiqotchilar bir xil viruslar bir xil
sharoitda turlicha kasallik belgilarini namoyon qilishini ta‘kidlaydilar. Shuning
uchun ham bu kasalliklarni aniqlash va unga qarshi kurashish ancha murakkab va
maxsus malakani talab etadi.
84
Togʻ oldi mintaqalari oʻsimliklar burishgan rangdorlik, chiziqli rangdorlik
va barg buralish kasalliklari bilan kam zararlanadi. Lekin, Serologik analizlarning
tasdiqlashicha, yetishtirish mintakasidan qat‘iy nazar oʻsimliklar yashirin holdagi
viruslar bilan deyarli bir xil zararlangan. Bundan xulosa qilish mumkinki, togʻ oldi
sharoitlari kartoshkaning oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay imkoniyat boʻlganligi
sababli kasallik belgilari yashirin holga oʻtadi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, viruslarning kasallangan oʻsimliklardan
sogʻlomlariga oʻtish usullari ham xilma-xil boʻlib, ular orasida hashoratlarning
oʻsimlik shiralarining transmission xususiyatlari infeksion kasalliklarning keng
tarqalishini belgilovchi omillardan boʻlib hisoblanadi. Bu esa oʻz navbatida
ularning kuchli migrasion qobiliyati, tez koʻpayishi, intensiv harakati va boshqa
biologik xususiyatlari bilan bogʻliq. Shuning uchun ham muayyan sharoitda
oʻsimlik shiralarining tarqalishi, tur tarkibi va uchish dinamikasi toʻgʻrisidagi
ma‘lumotlar qishloq xoʻjalik ekinlarini havfli virus kasalliklaridan himoya qilishda
hisobga olinishi kerak boʻlgan muhim biologik ma‘lumotlardan boʻlib hisoblanadi.
Hashoratlarning ogʻiz apparati kemiruvchi tipda boʻlgan vakillari esa, kuchli
virus tashuvchi boʻlib hisoblanmaydi, ya‘ni ular oʻsimlik toʻqimalari bilan
oziqlanishi mobaynida toʻqimani chuqur zararlaydi, natijada oʻsimlikning
zararlangan qismlari virus infeksiyasi bilan birgalikda nobud boʻlishiga olib keladi.
Ma‘lumotlarga koʻra mavjud 300 dan ortiq oʻsimlik viruslaridan 90 tasi
oʻsimlik shiralari orqali, qolganlari esa boshqa hashoratlar yordamida tarqaladi.
O‘simlik shiralari viruslarni mexanik va biologik usullarda tarqatishi
mumkin. Mexanik usulda virus tarqatilganda hashorat kasallangan ogʻiz apparati-
stiletini oʻsimlik toʻqimasiga suqadi va va uning stiletida virus komponentlari
(virionlar) oʻrnashib qoladi va navbatdagi sogʻlom oʻsimlikda oziqlanishi orqali
infeksiyalar yuqtiriladi.
Biologik usulda viruslarni tarqalishida esa kasallangan oʻsimlik bilan
oziqlangandan keyin hashorat virofor holatga oʻtadi va u umrbod virus tashuvchiga
aylanadi. Bunday uzatish orqali orqali (persistent) barg buralishi kasalligi tarqaladi.
85
Ma‘lumotlarga koʻra, kartoshka viruslarini 30 ga yaqin oʻsimlik shiralari
tarqatadi, shaftoli shirasi esa 70 xil virusni tarqatishi mumkin.
O‘simlik shiralarining koʻp turlari uchun ular oziqlanadigan oʻsimliklarning
va oʻz xayotida partenogenetik va jinsiy koʻpayish kabi prosesslarining almashinib
turish xususiyatlari bor. Yozda shiralar turli xil oʻsimliklarda oziqlanadi va jinssiz
(partenogenetik) usulda koʻpayadi. Kuzda ular turli xil daraxtlarga uchib oʻtadi,
qishlaydigan tuxumlarini qoʻyadi. Shiralarning xar bir turi alohida daraxtlarda
qishlaydi. Masalan, shaftoli shirasi tuxumlari faqat shaftoli va olxoʻrida qishlay
oladi, krushina shirasi–jumriut (Rhamnus cathartica),itjumrutda (Frangula alnus
Mill), lavlagi shirasi esa normushk (Evonymus semlnovii), Chingiz (Viburnum
opulus), jasminda (Jasminium truticans L.) qishlaydi. Bundan tashqari, toʻliq
rivojlanish siklini oʻtmagan ba‘zi shiralar ikki yillik oʻsimliklar barglari oralarida
ham qishlash davrini oʻtashlari mumkin.
Shuning uchun ham bu oʻsimliklar kartoshka viruslarining ―oʻchoqlari boʻlib
xizmat qilishi mumkin. Bu oʻsimliklardan viruslar kartoshkaga oʻtishi mumkin va
aksincha. ―Izlab uchish‖ vaqtida qanotli shiralar uncha katta boʻlmagan (2 m.
gacha) balandlikda uchadi. Kartoshkaning seleksion navlari shiralarning qanotli va
qanotsiz shakllari uchun ozuqa manbai hisoblanadi. Ekologik iqlim sharoitlari, nav
xususiyatlari va qoʻllaniladigan agrotexnik tadbirlarga qarab kartoshka
paykallarida oʻsimlik shiralarning miqdori har xil boʻlishi mumkin.
Kartoshkaning hali nozik barra barglarini, yosh va kasallanganlarini oʻsimlik
shiralari xush koʻradi. Bundan tashqari, yaxshi tuproq unumdorligiga ega boʻlgan
va mineral oʻgʻitlar yuqori normada berilgan uchastkalarda shiralarning miqdori
koʻproq boʻladi. Chunki bu sharoitlar ularning koʻpayishi va rivojlanishi uchun
qulay hisoblanadi.
O‘simlik shiralari taraqqiyotida tashqi muhit oʻrin tutadi. Ularning miqdori
va harakatchanligi tashqi muhitga bogʻliq boʻlgan kompleks faktorlarga jumladan,
havo harorati, namligi, yogʻingarchiliklar miqdori, shamol kuchi va yoʻnalishiga
bogʻliq.
86
Havo harorati 23
0
C va namligining 70% boʻlishi oʻsimlik shiralari uchun
eng qulay hisoblanadi. Agar havo harorati 13
0
C dan pasaysa va 30
0
C dan oshsa
ular uchishi toʻxtaydi
O‘simlik shiralari uchun dengiz sathidan baland boʻlgan togʻ va togʻ oldi
hududlar noqulay sharoit boʻlib hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday
sharoitlarda shiralar populyasiyasi kam uchraydi. Olimlar tashkiliy tadbirlar
sifatida, birlamchi urugʻchilik pitomniklari uchun virus kasalliklari va ularni
tashuvchilar kam tarqalgan joyni tanlashni tavsiya qiladilar.
O‘zbekistonning ekologik va tuproq-iqlim sharoiti yuqori yozgi harorat va
namlikning nisbatan pastligi bilan xarakterlanadi, shu bilan birga kartoshkaning
virus kasalliklarini keng tarqalganligi bu savolga alohida yondashishni, muayyan
sharoitda viruslarning ―uchoqlari‖, ularni tashuvchi oʻsimlik shiralarining
tarqalishi, rivojlanish dinamikasi, tur tarkibi kabi ma‘lumotlar asosida birlamchi
urugʻchilikning tashkil etilishi ekinning virussiz asosdagi urugʻchiligining
samaradorligini belgilovchi muhim agrobiologik omillar boʻlib hisoblanadi. Ya‘ni,
kartoshka urugʻchiligi uchun dastlabki material sifatida sogʻlomlashtirilgan yoki
toʻliq sogʻlom tuganaklardan foydalanib, ularni kupaytirish esa ekinning oʻsishi va
rivojlanishi uchun qulay boʻlgan va infeksiya tashuvchi hashoratlar kam tarqalgan
zonalarda olib borish kerak.
Kartoshkaning virussiz asosdagi urugʻchiligini tashkil etishning asosiy
vazifalaridan biri–yuqori hosildor, mahalliy sharoitlarga mos, zamburugʻ,
bakteriya va virus kasalliklariga chidamli navlarini tanlash va rayonlashtirilgan
navlarni sogʻlomlashtirish asosida sifatli urugʻlik material yetishtirishdan iborat.
Sogʻlomlashtirishning eng oddiy va amalda qoʻllanib kelinayotgan usuli boʻlib,
sogʻlom oʻsimliklarni vizual kuzatish va serologik analizlarga asoslanib tanlash
hisoblanadi.
Tanlashning samaradorligini oshirish maqsadida tanlab olingan oʻsimliklarni
qayta tekshirib koʻrish kerak. Tanlovlar iloji boricha oʻsimliklar kasallanmagan
uchastkalarda (birinchi va ikkinchi yil klonlarini sinash, superelita pitomniklarida)
oʻtkazilgani ma‘qul.
87
Ma‘lumotlarga qaraganda tanlash asosida urugʻlik materialning viruslar
bilan kasallanishi 76% dan 6,7% gacha pasayishiga erishilgan va bu tabiiy holda
hosildorlikning oshishiga olib keladi. Masalan, 4 yil mobaynida tanlash oʻtkazilgan
urugʻlikning hosildorligi oʻrtacha 34,2% oshgan. O‘zbekiston sharoitida esa
Samarqand qishloq xoʻjalik instituti olimlari tomonidan olib borilgan ishlar
natijasida esa bu koʻrsatkich 30-45% ga yetgan.
Ba‘zi olimlarning fikricha, ishning samaradorligi tanlashda qoʻlanadigan
tadbirlarning yigʻindisi bilan ham aniqlanadi. Masalan, ba‘zi mualliflarning
ma‘lumotlariga koʻra tanlashda serologik analizlarning qoʻllanilishi natijasida faqat
chamalab (vizual usulda) tanlanganga nisbatan sogʻlom oʻsimliklarning chiqimi
koʻproq boʻlgan.
Tajribalarning koʻrsatishicha, har doim ham serologik analizlar 100%
aniqlikda sogʻlom oʻsimliklarni tanlab olish imkonini bermaydi. Ya‘ni tanlab
olingan oʻsimliklar orasida serologik analizlar aniqlash mumkin boʻlgan darajadagi
viruslar konsentrasiyasidan kam boʻlgan kasallangan oʻsimliklar oʻtib ketishi
mumkin. Bundan tashqari, tanlash aniqligiga mutaxassislarning tayyorgarligi,
texnik va metodik kamchiliklar ham ta‘sir qilishi mumkin. Shuning uchun ham
tanlangan material qish vaqtida indeksasiya usulida vizual kuzatish va serologik
analizlar orqali virus va mikoplazma kasalliklari bilan zararlanganligi aniqlanadi.
Agar nav virus, mikoplazmalar bilan kuchli zararlangan boʻlsa, vizual
kuzatish va serologik analizlarga asoslangan tanlovlar yaxshi samara bermaydi.
Keyingi paytlarda ilgʻor mamlakatlarda kartoshkani virus, mikoplazma va
bakterial kasalliklaridan sogʻlomlashtirishning termoterapiya, ximeoterapiya va
uchki (apikal) meristema usullaridan keng foydalanilmoqda.
Termoterapiya usuli kartoshkani sogʻlomlashtirishda tuganaklarni ma‘lum
harorat ostida saqlashga asoslangan. Bunda ham yuqori, ham past haroratlardan
foydalanish mumkin.
Hozir tuganaklarni sutkasiga 2-3 soat davomida 40
0
C va 16-20 soat
mobaynida esa 20
0
C haroratda 50 kun davomida saqlanib sogʻlomlashtirish usuli
qoʻllanilmoqda.
88
Olimlar bunday usulda harorat darajasiga e‘tibor berishni tavsiya etishadi.
Masalan, tuganaklarni bir xil 37,5
0
C haroratda 25 kun mobaynida saqlash 70%
tuganaklarning nobud boʻlishiga olib kelgan.
Ximeoterapiya usulining viruslardan sogʻlomlashtirishning mexanizmini
mualliflar,
viruslar yopishgan oqsil molekulalarini sintez boʻlishining
sekinlashuviga ta‘sir etishi bilan tushuntiradilar. Kartoshkachilikda bu usul keng
tarqalmagan.
Kartoshkani viruslardan sogʻlomlashtirishning uchki meristema usuli
undirilgan tuganaklar oʻsimtasining eng uchki 0,1-0,3mm qismining ajratib olinishi
va uni maxsus oziqa muhitida oʻstirib sogʻlom oʻsimliklar olishga asoslangan.
Uchki (apikal) meristemadan olingan oʻsimliklarning sogʻlom boʻlishining
sababini ba‘zi mualliflar uchki toʻqimalarning tez boʻlinishi natijasida viruslarning
bu qismiga yetib ulgurmasligi bilan bogʻlab tushuntiradilar, ba‘zilari esa ajratib
olingan meristema toʻqimalarining maxsus ozuqa muhitida oʻstirilganligi sababli
infeksiya inektivasiyaga uchrashi mumkinligi bilan izohlashadi.
Uchki meristema usulida sogʻlom oʻsimliklar olishning muvaffaqiyati ajratib
olingan toʻqimalarning kattaligi bilan bogʻliq boʻlib u qancha kichik boʻlsa,
sogʻlom oʻsimliklarning chiqish imkoniyati shuncha yuqori boʻladi.
Bunday usulda sogʻlomlashtirilgan oʻsimliklar virus, bakteriya va
mikoplazma, zamburugʻ kasalliklaridan toʻla ozod boʻlgani uchun ham hosildor
boʻladi.
O‘zbekiston sharoitida ham bunday tuganaklardan yetishtirilgan elitaning
hosildorligi odatdagi usulda yetishtirilganga nisbatan 25-30% yuqori boʻladi.
Dunyo boʻyicha keyingi yillarda kartoshkani vegetativ koʻpaytirish bilan
birga botanik usulda yetishtirish usuli joriy etilmoqda. Bu usul Rossiya AQSh,
Xalqaro kartoshkachilik ilmiy tadqiqot markazida (Peru, Lima) va Xitoyda sifatli
urugʻlik tuganaklar olish usuli sifatida qoʻllanilmoqda.
Ekinning Janubiy Amerikadan introduksiyasi davrida botanik urugʻlaridan
kartoshka yetishtirish Yevropa davlatlarida dehqonlarning tomorqalarida
qoʻllanilgan. Bu navlar shu davrda yuqori fertillikka boʻlib genotipi va gomozigota
89
holida boʻlgani sababli ham olingan avlod bir xil boʻlgan. Lekin keyinchalik
seleksiya ishlarining olib borilishi bilan navlarda fertillik kamayib geterozigotalik
kuchayganligi sababli ham bu usulda kartoshka yetishtirish katta maydonlarga
kengaymadi. Kartoshkani urugʻidan yetishtirish muammosi koʻp tadqiqotchilar
shugʻullanganlar.
O‘zbekistonda botanik urugʻlardan kartoshka yetishtirish asosan seleksiya
maqsadlarda foydalanilmoqda. Bunda duragaylar va duragay populyasiyalari
yaratib, ular orasidan kerakli belgi va xususiyatlarga ega boʻlgan klonlarni tanlash
imkoniyati yaratiladi. Olimlarning ta‘kidlashicha, koʻchatlarning oʻsuv davri
davomiyligi bilan tezpisharlik oʻrtasida toʻgʻri korrelyativ bogʻliqlik bor. Jumladan
ba‘zi olimlarning ma‘lumotlariga koʻra (7; 3 b.) koʻchatlarni dalaga oʻtkazish
vaqtida tuganaklarning paydo boʻlganligi tezpisharlikni bildiradi. Bundan tashqari,
koʻchatlar 4 ta bargli boʻlganda ertapishar formalarda uzunligi 2-4 sm boʻlgan
stolonlar hosil boʻlsa, kechpishar formalarda esa ular umuman hosil boʻlmagan
boʻladi. Shuning uchun ham botanik urugʻlardan yetishtirilganda oʻsimliklarning
ba‘zi bir morfologik belgilariga asoslanib O‘zbekiston sharoiti uchun muhim
boʻlgan tezpishar formalarni tanlash imkoniyati tugʻiladi.
Kartoshkachilikda ekinni botanik urugʻlaridan koʻpaytirish doimo katta
qiziqish bilan qaraladi. Kartoshkani bu usulda yetishtirish tuganaklari bilan
yetishtirilganiga nisbatan koʻpgina afzalliklarga ega.
Kartoshkani urugʻlari bilan yetishtirish gektariga maydon uchun sarf
qilinadigan 3,0-3,5 tonna urugʻlik kartoshkani tejash imkonini beradi, kerakli
sharoit ta‘minlansa urugʻlarining unuvchanligi uzoq vaqt (10-15 yil) saqlanadi,
virus, bakteriya va zamburugʻ kasalliklaridan holi boʻladi. Bundan tashqari,
tuganaklarni saqlash va tashish uchun qilinadigan xarajatlar kamayadi.
Urugʻchilikda bu usulning samaradorligi yana shu bilan belgilanadiki,
olingan oʻsimliklar zamburugʻ, bakterial va virus kasalliklardan sogʻlom boʻladi.
Buning sababini tadqiqotchilar kartoshka jinsiy koʻpaytirilganda kasallik
qoʻzgʻatuvchilarning avlodga berilmasligi bilan bogʻlashadi.
90
Boshqa mualliflarning ta‘kidlashlaricha, ba‘zi mozaik viruslar botanik
urugʻidan yetishtirilganda juda kam miqdorda avlodga beriladi. O‘simliklarning
past darajada viruslar bilan kasallanishi esa ularning oʻsuv davri davomida yuz
beradi yoki urugʻ yuzasidagi infeksiya ta‘sirida yuz beradi.
Kartoshkani botanik urugʻlari orqali koʻpaytirish usulini ba‘zi mualliflar
karantinda kartoshka namunalarini sogʻlomlashtirish uchun foydalanishni tavsiya
etadilar. Chunki bunday usulda sogʻlom oʻsimliklarni tanlash imkoniyati yuqori
boʻladi.
O‘zbekistonda koʻpgina olimlar tomonidan botanik urugʻidan kartoshka
yetishtirishning agrotexnik masalalari oʻrganilgan.
O‘zbekiston
sharoitida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida botanik
urugʻlaridan yetishtirilgan ayrim koʻchatlarning, har bir tupidan 470-530 gramm
oʻstirish sharoitiga qarab 1-3 kg hosil olish mumkin. Ularning birinchi va ikkinchi
tuganak reproduksiyalari esa gektaridan 198,7-234,t sentnergacha hosil bermoqda.
O‘zbekiston sharoitida oʻtkazilgan tajribalar natijalariga asoslanib ba‘zi
olimlar botanik urugʻidan yetishtirib kartoshkaning virussiz urugʻchiligi uchun
sogʻlom dastlabki material yaratishni tavsiya etadilar.
Lekin bunday usulda dastlabki material yaratish uchun mos nav va
namunalarning ajratilishi, ularning tuganak reproduksiyalarining oʻsishi,
rivojlanishi, hosildorligi va urugʻlik sifatlari yetarli darajada oʻrganilmagan.
Keltirilgan ma‘lumotlarga asoslanib shuni xulosa qilish mumkinki,
kartoshkani botanik urugʻidan yetishtirib virussiz asosdagi urugʻchiligi uchun
dastlabki
material
sifatida
foydalanish
imkoniyatlarini
oʻrganish
kartoshkachilikning dolzarb muammolaridan boʻlib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |