36
1975 yildan boshlab, Orol dengizining qurigan qismi va dengiz atrofida
chang-tuz bo‗ronlari ko‗tarila boshladi. Bu hudud uchun yangi antropogen
hodisadir. O‗rta Osiyoda havo haroratining taqsimlanishi
quyoshdan oladigan
radiatsiyaga, yer usti tuzilishiga va boshqa omillarga bog‗liq. Umuman olganda,
O‗rta Osiyoning tekislik qismida harorat shimoli – g‗arbdan, janubi – sharqqa
qarab ko‗tarilib boradi. Masalan, yillik o‗rtacha harorat Nukusda 11
0
bo‗lsa,
To‗rtko‗lda 12,4
0
, Qoraqolpoqda 14,8
0
, Termezda 17,8
0
, Sherobodda esa 18
0
,
Samarqandda 14
0
ni tashkil etadi. O‗rta Osiyo tekislik qismining shimolidagi
cho‗llar, qishda Sibir antitsikloni ta‘sir doirasida bo‗lgani uchun qish qattiq,
uzoq davom etib, sovuqli kunlar bo‗ladi va qor qoplami uzoq yotadi. Yozi
ancha qisqa, juda ham issiq emas.
O‗lka tekislik qismining janubiy tomonlari – janubiy cho‗llar qishi
yumshoqligi, qor qoplamining uzoq turmasligi, sovuq
kunlarning issiq kunlar
bilan almashib turishi va o‗simliklarning vegetatsiyasi davom etishi bilan
harakterlanadi. Yog‗in – sochinning 70-90% i qish va bahor oylariga, sh
undan eng ko‗pi bahorga to‗g‗ri keladi. Shimoliy cho‗llarda yanvar oyning
o‗rtacha harorati shimolda –15
0
, -16
0
bo‗lsa, uning janubiy qismida -8
0
gacha
tushadi. Janubiy cho‗llarda qish mutlaqo boshqacha sharoitda kuzatilib, ob-
havo tez-tez o‗zgarib turadi. Qizilravot – Atrek vodiysida yanvar oyning
o‗rtacha harorati +5
0
ni tashkil etadi. Bu yerga iliq
tropik havo kelganda qish
oylarida havo harorati +22
0
, +25
0
gacha ko‗tarilib ketadi. Janubiy cho‗llarda
ham qish ancha iliq bo‗lishiga qaramasdan Sibir antitsikloni yoki Arktika
havosi kirib kelganda minimal harorat shimolda – 32
0
ga, janubda –26
0
ga
tushib ketganligi kuzatilgan. 1947 yil qish juda sovuq kelganda harorat
Ashxabodda –22
0
, Kattaqo‗rg‗onda –35
0
, Tomdibuloqda esa –35
0
bo‗lgani
kuzatilgan.
Iyul O‗rta Osiyo hududining barcha rayonlari uchun eng issiq oy
hisoblanadi. Iyul oyning o‗rtacha harorati janubiy cho‗l zonasining shimolida
+27 +28
0
bo‗lsa janubida +31 +32
0
ni tashkil etadi. Yuqori harorat esa +46,
+48
0
, +50
0
gacha yetadi. Shimoliy cho‗l zonasining yozi janubga nisbatan
qisqaroq, havo va tuproq usti harorati yuqori bo‗lmaydi. Iyul oyining o‗rtacha
harorati shimolda +20
0
bo‗lsa, janubda +27
0
ni tashkil etadi. Eng yuqori harorati
may oyida 40, 45
0
bo‗ladi. O‗rta
Osiyoda namlikning, ya‘ni yog‗in-sochin
miqdorining tarqalishi ikkita qonuniyatga bo‗ysunadi; 1) – tekislik qismida
mutlaq balandlikning ahamiyati ikkinchi o‗ringa tushib qoladi. O‗rta Osiyoning
eng kam yog‗in–sochin tushadigan rayonlari uning shimoli – g‗arbiy qismlarida
Quyi Amudaryo zonasida joylashgan. Masalan, Xivada 79 mm, Nukusda 82
mm, Tomdida 108 mm. Janubga qarab kelgan sayin, ya‘ni mutlaq balandlikning
oshib borishi bilan yog‗in-sochin miqdori oshib boradi: Shofirkonda 120 mm,
Navoiyda 177 mm, Qarshida – 225 mm. Tog‗ oldi zonasiga yaqinlashgan sari
yog‗in-sochin miqdori yana ortadi: u Qamashida 327 mm, Samarqandda 328
mm, Toshkentda – 359 mm, Jizzaxda – 425 mm ga otib boradi. Tog‗li
37
rayonlarning ichki qismida yog‗in-sochin tarqalishi orografik sharoit bilan
belgilanadi. G‗arbiy Pomirda 2000-2500-5000-6500 m mutlaq balandlikda
1500-1800 mm yog‗in yog‗sa, 4000 m balandlikda Sharqiy Pomirning Qorakul
rayonida bor - yo‗g‗i yiliga 40 mm yog‗in-sochin tushadi. Sababi: birinchidan,
G‗arbiy Pomir Sharqiy Pomirga nisbatan ancha balandlikda (6000-7500 m
gacha yetadi) joylashgan, shuning uchun g‗arbdan kelgan nam havo massalari
G‗arbiy Pomir yon-bag‗irlariga urilib bor namlikni beradi.
Ikkinchidan, havo
massalari Sharqiy Pomirga oshib tushganda iliydi (adiabatik jarayon) va
to‗yinish nuqtasidan uzoqlashadi, natijada bu rayonga juda kam yog‗in-sochin
tushadi. Masalan Qorako‗l rayonida yillik namlik 40 mm dan oshmaydi.
O‗rta Osiyo tog‗li va tog‗ oldi rayonlari uchun xos bo‗lgan fyon, garmsel,
tog‗ – vodiy shamollari bor. Fyon shamollari qishda ko‗proq kuzatilib, tekislik
qismida past bosimli vaziyat vujudga kelganda, tog‗lardan sovuq havoning
pastga qarab harakat qilishiga sabab bo‗ladi. Tog‗ yon-bag‗ir bo‗ylab pastga
tushib kelgan havo zichlashib, har 100 mda 0,6
0
isiydi, oqibatda tog‗ oldiga
yetib kelganda havoning harorati ancha ko‗tariladi. O‗rta
Osiyoda fyon
shamollari ko‗p esadigan rayonlaridan biri Chirchiq – Ohangaron vodiysidir.
Garmsel shamollari O‗rta Osiyoning janubiy va janubi – g‗arbiy rayonlari
uchun xos bo‗lib, u yoz faslida, ya‘ni may – avgust oylarida kuzatiladi. Garmsel
esganda havoning namligi keskin tushib, harorat ko‗tarilib ketadi. 1959 yil
garmsel shamollari Turkmanistonning subtropik rayonlariga katta zarar
yetkazgan.
Do'stlaringiz bilan baham: