Zarafshon davlat qo'riqxonasi Qo'riqxonaning maydoni 2352 ga bo'lib, janubiy-sharqiy tomondan Samarqand viloyatining Jomboy va Bulung'ur rayonlari bilan va Zarafshon daryosining qirg'og'i bilan chegaradosh, qo'riqxona ikki maydon: yuqori va quyi may doni ami tashkil etadi. Chegara 8 km balandlikda Cho'pon Ota eho'qqisidan boshlanib, Zarafshon daryosining o'ng soxilidan o'tgan Birinchi May To'g'onining bosh qismida tugaydi. Qo'riqxona pog'ona-pog'ona bo'lib turadigan tog' yon bag'irliklaridan tashkil topgan. IqlimL Qo'riqxonaning iqlimi kontinental-subtropikdir. Oy davomida eng sovuq kunlar yanvar oylari (-27°) hamda eng issiq kunlar iyul oyida (+41°) bo'ladi. Suv rejimL Zarafshon daryosining suvi qor-muzlik suvlari aralashmasidan iborat. Daryo asosan muz suvlaridan tashkil topgani uehun, suvidan yit davomida iste'rnol uchun sarflanadi. Iyun-iyul oylarida eng ko'p suv sarflanadi. Qo'riqxonaning tuprog'i: Chirindili, o't1oq voha-allyuvial, o'tloqallyuvial, o'tloq-taqir, och bo'z tuproq. Qo'riqxonaning janubiy-sharqiy qismida yer-osti suvi chuqur joylashgan. Hosildorlik ko'p bo'lmaydi. Eng ko'p tarqalgan turpoq turi allyuvial o'tloq hamda vohaaltyuvial hisoblanadi. O'simliklar dunyosi. Tuproq tuzilishidan ko'rinib turibdiki, qo'riqxonada to'qay o'simliklari yaxshi rivoj\angan. To'qaylarning quyidagi shaklari mavjud. Daraxt (yog'och) to'qay. Ular Zarafshon daryosining yer osti suvnig S m. chuqurlikdajoylashgan yerlarida tarqalgan. Butasimon to'qay. Ular ko'proq changalzor va cho'llarda tarqalgan. O'tsimon to'qay. Ularning belgilari qurqulikka chidamli va i1dizlari yaxshi rivojlangan bo'ladi. Qo'riqxona hududida o'simliklarning 300 turi mavjud. BoshoqliIarning 48 turi, soyabon gullilarning 40 tur, dukkaklilarning 23 tur, karamgullilarning 20 tur, pushtigul1iklar 16 tur. Dorivor o'simliklarning S9 turi mavjud. Hamda manzarali gullarning 20 ga yaqin turi mavjud. Hayvonot dunyosi. QO'riqxona hududida 30 tur sutemizuvchilar, 200 xii qush turlari, 8 tur sudralib yuruvchilar. Kanal va suvlarda 8 turdagi baliqlar mavjud. O'zbekistonning to'qay o'rnlOnlari hududida eng chiroyli qushlar bor: kook chittak (Buxoro chittagi deb ham ataladi), Zag'izg'on, Qirg'iy, Janubiy bulbul, chaynonasoya singari qushlar. Sutemizuvchilardan sharq slepushonkasi, malta yumronqoziq , quyon va ondatralari uchratishi mumkin. Yirtqich hayvonlardan Shoqol, tulki, karsakni uchratish mumkin. Yana yo'l-yo'l mushuk ham uchraydi. Avvaltari O'zbekistonning to'qay o'rmonlarida Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon qirg'oqlariga yaqin joylarda Buxoro bug'usi bo'lgan. Biroq Qishloq xo'jaligining rivojlanishi, o'rmon yong'inlari, noqonuniy ov kabi omillar Buxoro bug'ularini qisqarishiga, ba'zi joylarda umuman yo'q bo'lib ketishiga sabab bo'ldi. Zarafshon qo'riqxonasida Buxoro bug'ulari qolmagan. Ular XTSI qizil kitobi hamda O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |