Samarqand davlat universiteti, Fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi magistranti O’tashov Rashid Asatulla o’g’lining “ Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi va materialshunoslik
Samarqand davlat universiteti, Fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi magistranti O’tashov Rashid Asatulla o’g’lining “ Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi va materialshunoslik (turlari bo’yicha)” mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozgan “Disproziy va terbiy asosidagi xromboratlarining magnit xossalarini yuqori temperaturalarda o‘rganish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga
XULOSA Tarkibida 3d- va 4f- elementlari bo’lgan murakkab kristall strukturaga ega bo’lgan DyCr3(BO3)4 va TbCr3(BO3)4 xromboratlar yangi fizik xossalarni o’zida mujassamlashtirgan va kelajakda keng qo’llanilish imkoniyati kata bo’lgan xom ashyo hisoblanadi. Bunday birikmalarga tarkibiga kamyob yer metallari (KYeM) kiradigan RM3(BO3)4 (R=KYeM, M=Al, Fe, Cr) umumiy kimyoviy formulaga ega bo’lgan, boratlar ham kiradi. Bugungi kunda xromboratlarning magnit xossalari yuqori temperaturalarda o’rganilmagan. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishi yuqorida nomlari keltirilgan xromboratlarning magnit qabul qiluvchanligini yuqori temperaturalarda (20-9000C) o’rganishga bag’ishlangan.
O’tashov Rashidning magistrlik dissertatsiyasida DyCr3(BO3)4 va TbCr3(BO3)4boratlar magnit qabul qiluvchanligining temperaturaga bog’liqligini (20-9000C) yuqori temperaturalar oralig’ida o’lchash va o’lchash natijalaridan foydalanib ularning asosiy magnit xarakteristikalarini hisoblash va birikmalarda amal qiladigan bilvosita almashinuv o’zaro ta’sirini yarim empirik usul bilan o’rganishni asosiy maqsad qilib qo’yilgan edi. Qo’ilgan ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish topshirildi.
DyCr3(BO3)4 va TbCr3(BO3) 4xromboratlarning χ(T) bog’lanishini 20-9000C temperaturalar oralig’ida o’lchash;
O’rganilgan tadqiqot ob’ektlarining asosiy magnit xarakteristikalarini ularning χ-1(T) tajribaviy bog’lanishlaridan aniqlash;
O’lchash va hisoblash natijalarini mavjud nazariyalar bo’yicha chuqur tahlil qilib tegishli xulosalar chiqarish.
O’tashov Rashid qo’yilgan bu maqsad va vazifalarni to’la bajardi. U magistrlik dissertatsiyasini bajarish davomida o’zining tirishqoqligini va ilmiy izlanishga layoqatliligini to’la namoyon qila oldi.
Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, ushbu magistrlik dissertatsiyasini Davlat attestatsiya komissiyasi huzurida himoya qilishga tavsiya etaman. O’tashov Rashid magistrlik darajasini berilishiga loyiq deb hisoblayman.
Ilmiy rahbar: fiz.-mat. fanlari nomzodi, “Umumiy fizika” kafedrasi dotsenti Z. M. Shodiyev