Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 47,97 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi47,97 Kb.
#273223
  1   2
Bog'liq
2 5436304062628761775


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

Hozirgi o‘zbek tili”

fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Hozirgi o‘zbek orfoepiyasi haqida

Bajaruvchi: Sarimsoqov I.

3-kurs 03 -guruh talabasi



Ilmiy rahbar: dots. A. G‘afforov

Kurs ishi o‘zbek tilshunosligi kafedrasining -yil _______dagi - son yig‘ilishida himoyaga tavsiya etildi. (ro‘yxat raqami № )

Kurs ishiga reyting bali qo‘yildi.

Komissiya raisi __________________

Komissiya a’zolari: __________________

__________________

Samarqand – 2021



Mavzu: Hozirgi o‘zbek orfoepiyasi haqida

REJA:

I. Kirish

II. Asosiy qism:


  1. O‘zbek adabiy talaffuzining tarixiy asoslari. Eski talaffuz normalarining o‘zgarishi va yangilarining vujudga kelishi.

  2. Hozirgi o‘zbek adabiy talaffuzi haqida tushuncha.

  3. Grafika va orfografiyaning adabiy talaffuzga ta`siri. Boshqa tillardan so‘zlar o‘zlashtirish va adabiy talaffuzda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar.

III. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish

”Davlat tili masalasi milliy g’oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo’lishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta`limning barcha bosqichlarida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatishga alohida e`tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o‘zbek tilida ravon o‘qiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin1”.



(Shavkat Mirziyoyev)

Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning tashabbuslari bilan so‘nggi yıllarda mamlakatimiz hukumati tomonidan davlat tili sifatida o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishga qaratilgan juda ko‘plab anchayin ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Prezidentimizning 21.10.2019-yildagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”2gi Farmonni imzolandi. Unda Davlat tilini rivojlantirish departamentini tashkil etish toʻgʻrisida ham soʻz borgan. Ayni shu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

• davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;

• davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

• davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha takliflar tayyorlash;

• oʻzbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;

• davlat tilini rivojlantirish boʻyicha NHHlar loyihalarini ishlab chiqish;

• davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl хaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

• ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir хilda qoʻllanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;

• davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada хalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Bundan tashqari hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Atamalar komissiyasi tashkil etildi. (Hukumat qarori 40-son, 29.01.2020-y.)3.

Atamalar komissiyasining asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi:

Atamalar komissiyasi ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritadi, qonun hujjatlari loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek, yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini ta’minlaydi. Qaror bilan Atamalar komissiyasi to‘g‘risidagi nizom hamda Atamalar komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, komissiya o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.Komissiya faoliyati Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Umuman olganda mamlakatimizda so‘nggi yillarda til sohasida olib borilayotgan islohatlarning tub mazmuni davlat tili sifatida o‘zbek tilining nufuzini har tamonlama oshirish va mamlakat mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgandir. Vaholanki xalqni xalq, davlatni davlat sifatida tanitadigan asosiy vosita milliy til hisoblanadi. Biz yoshlarning bu hodisalarga bevosita ishtirok etish imkoni paydo bo‘lganligi ulkan sharafdir. Ayniqsa mustaqil davlatimizning har tamonlama taraqqiy etishida , xususan davlat tili sifatida o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirishda biz filololog-talabalarning o‘rni beqiyosdir. Bu sharafli vazifa bizga ulkan masulioyat ham yuklaydi. Yurtboshimizning har safar biz yoshlarga chuqur ishonch bildirib: ,,yoshlar bizning kelajagimizʻʻ ,,men sizlarga ishonaman bolalarim ʻʻ, - degan fikrlari bizga har tomonlama kuch bag`ishlaydi. Men ham hozirgi o‘zbek tilini chuqur o‘rganib, Hozirgi o‘zbek tili bo‘yicha eng zo‘r va eng kuchli mutahasis bo‘lishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.

Orfoepiya so’zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, o’zak va qo’shimchalardan iborat so’z formalarini to’g’ri talaffuz qilish me’yorlari tizimidir. Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo’limi ham orfoepiya deyiladi4.

Adabiy talaffuz me’yorlari ikkita muhim omil asosida yuzaga keladi. Birinchisi orfografiya, ikkinchisi og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlari hamda turli xil sheva talaffuzlaridir. Adabiy talaffuzning shakllanishida asosiy omil orfografiya sanaladi. Orfografiya so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib to‘g`ri yozaman degan ma`noni bildiradi . O‘zbek adabiy tilining orfografiyasi quyidagi yozuv qoidalariga asoslanadi.

1)Fonetik yozuv;

2)Marfologik yozuv;

3)Tarixiy-an’anaviy yozuv;

4)Shakliy yozuv;

5)Farqlashga asoslangan yozuv.

Fonetik yozuv qoidasiga ko‘ra so‘zlar va ularga qo‘shiladigan affikslar taffuz me`yoriga mos ravishda yoziladi. Umuman olganda fonetik yozuv yozma nutqni o‘g`zaki nutqga yaqinlashtiradi va ular o‘rtasida(orfografiya va orfoepiya o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi) umumiylikni paydo qiladi.

Masalan :

1) Ko‘ngil , o‘g`il, shahar singari so‘zlarga egalik affikslari qo‘shib talaffuz qilinganda o‘zakdagi i va a fonemalari tushiriladi va shu tarzda yoziladi.

2) Yosh, ong kabi so‘zlarga - a yoki -la so‘z yashovchi affikslari qo‘shilib talaffuz qilinganda, o‘zakdagi o unlisi a tarzda o‘zgararadi

3) ikki, yetti sonlariga - ov affiksi qo‘shilganda o‘zak oxiridagi i unlisi talaffuzda tushiriladi va shunday yoziladi;

4) so‘ra, bo‘ya, tanla kabi so‘zlarga - q, -v so‘z yasovchilarini qo‘shib talaffuz qilinganda a tovushi o unlisiga o‘zgaradi va shunday yoziladi

5) o‘qiy olmoq, ishlay bermoq kabi so‘zlar talaffuzda ishlayvermoq, o‘qiyolmoq tarzda aytiladi va shunday yoziladi;

6) rus tilidan o‘zlashgan отпуск, пропуск, счёт, щчётка kabi so‘zlar otpuska, propuska, cho‘t, cho‘tka tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.

Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, fonetik yozuv yozma nutqni og‘zaki talaffuzga yaqinlashtiradi va ular o‘rtasida umumiylikni vujudga keltiradi. Shu bois bu yozuv qoidasiga ko‘ra yoziladigan so‘zlarda u yoki bu fonetik o‘zgarishini kuzatish mumkin

Morfologik yozuvda esa so‘z va uning qismlari qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, uning variantlaridan biri avvaldan qoidalashtirilgan shaklda, ya’ni asliga muvofiq yoziladi. Ya'ni ko‘pgina o‘rinlarda talaffuz orfografiya bilan mos kelmaydi.

Masalan:


1) kitob, maktab, ko‘plab, talab kabi so‘zlarda oxiridagi b undosh talaffuzda p tarzda jarangsizlanadi, biroq asliga muvofiq yoziladi;

2) shanba, sunbul, manba, aylanma so‘zlari o‘rtasida keladigan n undoshi talaffuzda o‘zidan keyingi undoshlarga moslashib shamba, mamba, sumbul aylamma tarzida aytiladi biroq asliga ko‘ra yoziladi;

3) do‘st, go‘sht, xursand kabi so‘zlar oxiridagi undosh tovush talaffuzda tushurilsa ham, asliga muvofiq yoziladi;

4) uch, to‘rt sonlariga -ala qo‘shimchasi qo‘shilganda uchchala, to‘rtta tarzida tovush orttirilgan holda talaffuz qilinsa ham asliga muvofiq yoziladi;

5) o‘zak tarkibida undoshi bo‘lgan kulmoq, tug‘ilmoq, uch kabi so‘zlariga, -ib, - il, -in, -ish, -imsira affikslari qo‘shilganda affikslardagi i unlisi u tovushga moyilroq talaffuz qilinadi, biroq asliga muvofiq kulib, tug‘ildi, uchish tarzida yoziladi;

6) g‘ undoshi bilan tugaydigan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga tarzda qo‘shiladi va shunday yoziladi: tog‘ga, bog‘ga, bug‘ga kabi.

Shunday qilib, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi o‘zak-negiz va qo‘shimchalarning bir xil qoida asosida yozilishini ta’minlaydigan morfologik yozuv, faqat yozma nutq talabiga rioya qilinadigan qoidalar majmuidan tashkil topadi.

Tarixiy ananaviy yozuvda ham so‘zlarning hozirgi talaffuzi va yozuv shaklidan qat’i nazar, tarixiy - an’anaviy me’yoriga amal qilgan holda yozish qoidasidir. Bu yozuv qoidasi ko‘proq zamonaviy shoir va yozuvchilarning asarlarida turli so‘z va affikslarning tarixiy shaklda ishlatilishi jarayonida ko‘zga tashlanadi:

1) buyruq - istak maylining -gin shakli - gil//g‘il tarzida keladi: Ey, munaqqid, sen g‘azalni ko‘hna deb kamsitmagil (A.Vohidov);

2) hozirgi adabiy tildagi maqsad ravishdoshining -gani shakli - gali//g‘ali//qali tarzda yoziladi: ko‘rgali keldingmi, yor, kuydurgali keldingmi, yor (qo‘shiqdan);

3) -mi so‘roq yuklamasining -mu tarixiy shakli qo‘llaniladi: Sevgini tortib bulurmu toshu tarozi bilan (E.Vohidov). Xuddi shuningdek, tarixiy - an’anaviy yozuv qoidalarini -gin //gil (borgin - borgil), - dan //din (jondan - jondin), ar//ur (kelar - kelur) kabi affikslar, nima //ne, u //ul kabi olmosh va boshqa turkumga mansub so‘zlarning tarixiy shakllarining ishlatilishi misolida ham kuzatish mumkin.

Shakliy yozuv o‘zlashgan so‘zlarning ular mansub bo‘lgan tildagi shaklini o‘zbek tilida ham saqlagan holda yozish qoidasidir. Xususan, arab, fors - tojik, rus va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, o‘zlashtirilgan tildagi orfografik qoidaga rioya qilinadi:

1) muhokama, muomala kabi so‘zlar talaffuzida muhokima, muomila tarzda aytilsa ham shakliy yozuv asosida yoziladi;

2) vise - prezident, eks - chempion kabi o‘zlashma so‘zlar shakliy yozuv talabiga ko‘ra chiziqcha bilan yoziladi, shuningdek, mojora, mutolaa, mushoira, mudofaa, matbaa, gramm, monolog, sentner

Shakliy yozuvda ham talaffuz va imlo orasidagi farq yaqqol ko‘rinib turibdi.

Tildagi shakli yoki talaffuzi bir xil (bir-biriga yaqin) bo‘lgan so‘zlar yozuvda turli belgilar yordamida (ba’zan ma’nosiga ko‘ra) farqlanadi. Masalan,

1) urg‘u vositasida: olma΄ (ot) o΄lma (fe’l); qo‘΄llar (ot) – qo‘lla΄r (fe’l); atla΄s (ot, mato) – a΄tlas (ot, xarita);

2) unlining cho‘ziq - qisqaligi farqlovchi vosita bo‘ladi: da’vo - davo, ayon - a’yon, a’lam - alam;

3) boshqa turli harflar faqlovchi vosita bo‘ladi: shox-shoh, xol - hol, urush - urish, o‘r-ur, tanbur - tambur, amr - amir.

Orfoepiya (yunoncha orthos - "to‘g‘ri" epos-"nutq" demakdir) adabiy talaffuz qoidalari to‘plami bo‘lib, u milliy til doirasida yagona talaffuz me’yorini belgilaydi. Shunga ko‘ra, orfoepiya adabiy tilning og‘zaki shakli bilan bevosita bog‘liqdir.

O‘zbek milliy tilining tarkibi nihoyatda rang-barang va murakkab bo‘lib, u o‘zida uchta yirik lahjani birlashtiradi. Bu lahjalardagi so‘zlar talaffuzi o‘ziga xos fonetik, leksik va morfologik belgilari bilan farqlanadi:

qipchoq lahjasida so‘z boshida adabiy tildagi y undoshi o‘rnida j talaffuz qilinadi: yo‘q //jo‘q, yigit//jigit; adabiy tildagi g‘ o‘rnida v undoshi aytiladi: tog‘//tov sog‘//sov; so‘z oxirida k, q undoshlari tushiriladi: kichik//kichchi, qattiq//qatti;

o‘g‘uz lahjasida esa so‘z boshida keladigan t, k jarangsiz undoshlari d, g tarzida talaffuz qilinadi: tog‘//dag‘, kel//gal kabi;

qarluq - chigil - uyg‘ur lahjasining o‘ziga xos fonetik xususiyatlari so‘z oxiridagi q undoshning g‘ tarzida aytilishi, ba’zan tushirilishida kuzatiladi: qovoq//qovog‘, shuningdek, bu lahjada a unlisining o tovushiga o‘zgartirilishi ham kuzatiladi: aka//oka kabi.

O‘zbek lahjalaridagi bu kabi lahjaviy xilma-xilliklar, shubhasiz, adabiy tilning talaffuz me’yoriga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shunday nutqiy tafovutlarni bartaraf etish, lahjalardagi eng maqsadga muvofiq so‘z shakllarini tanlagan holda qoidalashtirish orfoepiyaning muhim vazifalaridandir.

Albatta, orfoepiya boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuzini ham qamrab oladi. Xususan, o‘zlashma so‘zlarning orfoepiya qonun - qoidalariga mos ravishda talaffuz qilinishi qoidalashtirilgan. Masalan, fabrika, fakt so‘zlari pabrika, pakt tarzda aytilsa ham, ular asliga muvofiq talaffuz qilinishi lozim.

Adabiy talaffuz me’yorlari tilning tovush tizimi asosida yaratiladi. Bu esa orfoepik me’yorlarni belgilashda tovush tizimi, uning nutqiy jarayonda turlicha o‘zgarishini hisobga olishni taqozo etadi.

Ayrim unli va undoshlar orfoepiyasiga to’xtalib o’tishimiz kerak

1. unlisi atir, ayrim, bilan kabi so‘zlarda qisqa, biyron, siyrak kabi so‘zlar tarkibida y undoshdan avval kelganda o‘ta cho‘ziq; qirq, qir, qiz, kabi so‘zlar tarkibida qattiq i tarzida talaffuz qilinadi. Ayrim so‘zlarda i o‘ta qisqa talaffuz qilinib tushiriladi: qobiliyat//qobilyat, quyidagi //quydagi; azm, adl, ayol so‘zlari talaffuzida esa orttiriladi, biroq yozilmaydi.

2. U unlisi, buvi, buloq so‘zlarida qisqa; xusumat, quvvat kabi so‘zlarda esa cho‘ziq talaffuz qilinadi; gul, guvoh, kuyov kabi so‘zlarda yumshoq; qum, qurol, g‘ussa kabi so‘zlarda esa qattiq talaffuz qilinadi. Ko‘rinadiki, unlilarning qattiq yoki yumshoq talaffuz qilinishi ko‘p hollarda yonma-yon kelgan undoshning til oldi yoki orqa ekanligi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Xususan, q, g‘, x kabi til orqa undoshlari ishtirok etadigan so‘zlarda ular qattiq, boshqa undoshlar (til oldi, sayoz til orqa undoshlari) ishtirok etgan so‘zlarda esa yumshoq talaffuz etiladi. Qiyoslang: qo‘pol, g‘o‘za, o‘rda, go‘dak, do‘l, jo‘yak, ko‘ngil.

Hozirgi o‘zbek tiida Ayrim gramatik shakllar orfoepiyasi esa quyidagichadir

1. Tushum kelishik affiksi talaffuzda -di, -ti, -zi, -ri kabi fonetik variantlarga ega bo‘ladi: otni//otti, toshni//toshti, gulni//guldi, gapni//gapti//gappi, tuzdi//tuzzi.

2.Men, sen olmoshlariga -ning, -ni, -niki affikslari qo‘shilganda qo‘shimcha tarkibidagi bitta n undoshi tushiriladi va shunday yoziladi: mening, seni, meniki.

3. U, bu, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -ga,-da,-dan,-day,-cha affikslari qo‘shilganda n undoshi orttirilib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: unga, unda, bundan, shundan, shunday, o‘shancha kabi.

4. Oxiri undoshi bilan tugaydigan sonlarga dona son yasovchi -ta affiksi qo‘shilganda z undoshi s tarzida talaffuz qilinadi: to‘qqizta//to‘qqista, o‘ttizta//o‘ttista; oxiri z, sh bilan tugaydigan otlarga -siz sifat yasovchi qo‘shilganda ham bu undoshlar s tarzida talaffuz etiladi: boshsiz//bossiz, izsiz//issiz, ovozsiz//ovossiz; bunday holni oxiri z bilan tugaydigan ba’zi so‘zlarga ot yasovchi -chi affiksi qo‘shilganda ham kuzatish mumkin: zakazchi//zakaschi, arazchi//araschi, taqrizchi//taqrischi kabi.

5.Tarkibida -n, -in, -lan affiksi bo‘lgan so‘zlarga -la affikslari qo‘shilganda -n, - in, -lan affikslari oxiridagi n undosh m tarzida talaffuz qilinadi: kiyinmoqda//kiyimmoqda, burkanmoqda//burkammoqda, ovqatlandi// ovqallandi.

O’zbek tilidagi mavjud qoidalariga ko’ra o’zlashgan so’zlar aslida qanday bo’lsa, shunday olinadi va shunday talaffuz etiladi. Lekin ayrim o’rinlarda o’zlashtiriladigan so’zlar o’zbek tilidagi talaffuz imkoniyatlariga moslashtiriladi. Orfoepik qoidani o’zbek tilida belgilash uchun mana shu holat hisiobga olinadi. O‘zbek adabiy tili asosan qarluq dialektining shevalariga asoslangan. Uning morfologiyasi asosan Farg’ona - Marg’ilon shevalariga asoslangani uchun, so’z shakli o’sha shevadagi so’z shakllariga mos keladi. Fonetika va leksika deyarli Toshkent shevasiga suyanadi. Adabiy til uchun asos bo’lgan qarluq dialektining Farg’ona, Marg’ilon, Toshkent shevalarining o’zida ham tovushlar, ayniqsa, unlilar, miqdoriga ko’ra ayrim tafovutlarga ega. Milliy madaniyatning taraqqiyoti natijasida yangi adabiy talaffuz normalari tashkil topa boshladi. Bunda o’zbek xalqining ijtimoiy hayotida keying vaqtlarda yuz bergan o’zgarishlar muhim rol o’ynadi. Keng mehnatkashlar ommasi orasidan yetishib chiqqan yangi intelligensiya tabaqasi yangi sharoitning talablariga muvofiq ravishda adabiy talaffuzga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Natijada o’rta asr orfoepiya qoidalari eskirib, ba’zilari iste’moldan chiqib, ular o’rniga turlicha variantlarda yangi talaffuz normalari maydonga keldi.

Bizning zamonamizda fan va texnika, san’at va adabiyot, milliy madaniyat va milliy til juda tez sur’atlar bilan taraqqiy etmoqda og’zaki va yozma nutq g’oyat yuksak darajaga erishdi. Milliy madaniyatning kelajakdagi ravnaqi milliy tilning, nutq madaniyatining taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Agar milliy til yetarli darajada yuksalmagan bo’lsa, shu milliy tilda o’z ifodasini topadigan miliy madaniyatning, fan va texnikaning, san’at va adabiyotning, shuningdek boshqa sohalarning taraqqiy etishi ham mushkul. Adabiy til oldiga qo’yiladigan yuksak talablar mana shundan kelib chiqadi. Kishilar o’zaro bir – birining fikr va tushunchalarini to’gri, aniq va oson anglashlari uchun hozirgi milliy adabiy tilda – yozma nutqda umumiylashtirilgan, hamma uchun majburiy bo’lgan yagona orfografiya tizimi, uning qonun - qoidalari, normalari qanchalik zarur va naqadar ahamiyatli bo’lsa, nutq madaniyatning rivojlanishi jarayonida u qanday muhim o’rin tutsa, nutq mazmunini og’zaki nutqda to’g’ri, aniq va ravon anglatish, ravshan, oson va bexato ifodalashda milliy adabiy tilda so‘zlashuvchilar uchun yagona talaffuz tizimi va uning umumlashtirilgan qonun-qoidalari, umumiy va majburiy normalari ham xuddi shunday g`oyat katta ahamiyatga ega va zarurdir.

So‘z va uning qismlarini adabiy talaffuz normalariga ko‘ra bir xilda aytish ayniqsa hozirgi vaqtda katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Fan va texnikaning keying taraqqiyoti natijasida radio, televidenieda gapirish imkoniyatlarining oshganligi, konferensiya, sessiya va shular kabi yig`ilishlarda og`zaki nutqdan foydalanish doirasining kengayganligi nutq madaniyati oldiga qo‘yiladigan talabni beqiyos yuksaltirdi. Bunday sharoitda so‘z va iboralarni adabiy til normalari va qoidalariga mos ravishda to‘g`ri talaffuz qilish tinglovchilarga notiqning so‘zini to‘g`ri anglash va fikrini osongina tushunish uchun katta yordam beradi. Shu sababli talaffuz qoidalari va qonunlarini bilish, unga amal qilish har bir savodxon kishi uchun mutlaqo zarurdir. Hozirgi adabiy talaffuz normalarining asoslari nimalardan iborat va ular qaysi yo‘sinda vujudga kelgan, degan so‘roqlarga aniq javob berish qiyin. Chunki bu masala hozirga qadar chuqur o‘rganilmagan va tekshirilmagan. Lekin shu narsa ravshanki, so‘z formalari va so‘z birikmalarini gaplar va iboralarni borga sayin bir xilda talaffuz qilish rivojlanga sari tor mahalliy dialekt yoki ayrim shevalar talaffuzi adbiy til normalari tazyiqi ostida tobora chegaralanmoqda. Radio , televidenie, teatr, kino, kitob va gazeta, maktab, umuman madaniy- ma`orif organlari bu harakatning borgan sari rivojlanishiga, kuchayishiga yordam qilmoqda. Xususan, yozma nutq negizida o‘zbek tilida nashr qilingan minglab, millionlab darsliklar ilmiy-siyosiy va badiiy-adabiy asarlar vositasida birlashgan adabiy talaffuz normalari keng tarqalmoqda. Murakkab va xilma-xil orfoepik qoidalarning borgan sayin soddalashuvi hamda talaffuz bilan orfografiyaning bir-biriga yaqinlashuvi hozirgi o‘zbek adabiy tili orfoepik normalarning shakllanishiga ijobiy ta`sir ko‘rsatadi va bu jarayonni tezlatib yubordi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining orfoepik normalari, mavjud mahalliy dialektlarni yakka-yakka olganda, ularning birortasiga ham to‘la ravishda mos kelmaydi. O‘zbek dialektlarining xarakterli belgilarini adabiy tilga taqqoslash buni ochiq ko‘rsatib beradi.

Janubiy Xorazm dialektida to‘qqiz unli fonema bor, bunga qo‘shimcha ravishda har bir unli uzun aytilish xususiyatiga ega, ayrim so‘zlarda so‘z boshida k, t kabi jarangsiz undosh jarangli g, d tarzida talaffuz qilinadi. Bu dialektda – jak, -ajak va -yotir singari morfemalar keng miqyosda qo‘llanadi. Bu belgilar Janubiy Xorazm shevasida gapiruvchilar nutqining hozirgi adabiy talaffuz normalaridan farqini ko‘rsatadi. Qipchoq shevasida ham unlilar tizimi to‘qqizta, lekin bu unlilar bir-biri bilan ohangdosh, ya`ni e unlisidan boshqa unli tovushlar qattiqlik-yumshoqligiga ko‘ra juft-juft ishlatiladi va so‘z ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu dialektda yo‘l, yo‘q, yuz, yuk, yoz, yosh, yaxshi, yomon singari so‘zlar boshida adabiy tildagi y undoshi o‘rnida j aytiladi: jo‘l, jo‘q, juz, juk, joz, josh, jaxshi, jomon kabi; tog`, bog`, sog`, og`ir, ag`dardi singari so‘zlarda g` undoshi o‘rnida v talaffuz qilinadi: tov, bov, sov, ovir, ovdardi kabi; sarig`, tarig` so‘zlari oxiridagi g` undoshi aytilmaydi: sari, tari kabi. Shu xil belgilari bilan o‘zbek-qipchoq dialektida so‘zlovchilar talaffuzi hozirgi adabiy talaffuz normalaridan farq qiladi. Adabiy til uchun tayanch dialekt deb hisoblangan o‘rta-o‘zbek dialekti va bu dialektga kiritilgan shevalar ham o‘zlariga xos ba`zi bir xususiyatlari bilan hozirgi orfoepiya normalariga to‘la ravishda mos kelmaydi. Toshkent shevasida so‘z oxirida a unlisidan keyin keladigan k undoshi y shaklida: o‘rday (o‘rdak), teray (terak), kuray (kurak) kabi aytiladi. Shuningdek, Toshkent shevasida –miz formasi –vuz yoki –vuza; -yapti formasi –votti shaklida aytiladi: boravuz (a) (boramiz), ko‘ravuz (a) (ko‘ramiz), ovotti (olyapti), qovotti (qolyapti), kevotti (kelyapti) kabilar.

Yangi o‘zbek orfoepiyasining shakllana borishida rus tili va u orqali kirgan so‘zlar talaffuzining ham o‘ziga xos o‘rni va roli bor. Biroq o‘zbek orfoepiyasining ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqish va uning qoidalarini yaratish hanuzgacha til hayotida va orfoepiyada amalda yuz bergan o‘zgarishlardan orqada qolib kelmoqda. O‘zbek tilshunosligi keyingi davrda, xususan, so‘nggi yigirma yildan ortiqroq vaqt ichida juda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Tilshnoslikdagi bunday rivojlanish orfoepiyaning ayrim sohasida ham yuz berdi. Natijada orfoepiyaga oid ko‘pgina masalalar ham yoritilib, uning ayrim sohalariga aniqlik kiritildi. Biroq bu sohada qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar hali ilmiy jihatdan yetarli darajada umumlashtirib berilmagan.

O’zbek xalq shevalarining ko’pchiligi adabiy tilimiz normalaridan keskin farq qiladi. Ularning talaffuzlari ham adabiy talaffuz normalariga ko’pincha mos kelmaydi. Lekin bu shevalar yagona bir umumxalq tilining quyi formalari sifatida juda ko’p umumiyliklarga ega bo’lganidek, o’zbek tilining og’zaki talaffuzida ham ko’pgina umumiyliklar bor. Ular jamlab tartibga solinsa, o’zbek adabiy tilining orfoepiya normalarini (asoslarini) belgilovchi qoidalarining to’plamini yaratish mumkin5.

Tilni o’rganish kerak. So’zlarni yod olish mumkindir. Ammo ularning mag’zini chaqish, talaffuzichi? Artikulyatsion bazasi rus tili talaffuziga moslashgan kishini sof o’zbek tili talaffuziga o’rgatish oson ish emas. Buning oqibatida, ya’ni o’zbekcha so’zlarni rus talaffuziga moslab aytish tufayli tilimizda buzilishlar sodir bo’lib turibdi. Ana shu sabab bilan bog’liq talaffuz me’yoridagi buzilishlar ma’lum vaqt tilimizda davom etishi mumkin. Ammo unga vaqtinchalik hodisa deb qarash kerak. Chunki o’zbek tilini o’rganishdagi hozirgi ommaviy jarayon bu kamchiliklarni albatta siqib chiqaradi. Tilga bo’lgan munosabat butunlay o’zgardi. Ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi uning hayotiylik, yashash shart-sharoitlarini belgilab berdi. Rivojlanishi va istiqboli qonun yo’li bilan kafolatlandi. Endi u borada hech tortinmasdan, ikkilanmasdan amaliy ishlarga o’tish payti keldi. Qishloqda ham, shaharda ham bir xil tarzda nutq madaniyati bilan shug’ullanishiga qonuniy asos, imkoniyat yaratildi. Bu ulkan vazifani birdaniga hal etib bo’lmasligi ham aniq. Ammo u bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, ijobiy natijalar qo’lga kiritilishi lozimligi zamon talabidir. Ko’pchilikning fikriga tayanib aytamizki, ona tilimizga mehrni bolalar bog’chasidayoq uyg’otishimiz, adabiy til me’yorlarini o’rganishning bolalar bog’chasi  o’rta maktab oliy maktab tarzidagi uzluksizligini ta’minlashimiz zarur.

E.Begmatov «O’zbek nutqi madaniyati masalalari» nomli maqolasida og’zaki nutq madaniyatini rivojlantirish borasida quyidagi vazifalarni o’rtaga qo’ygan edi: - Og’zaki nutqning mohiyatini o’rganish. Bu nutq tipining adabiy-normativ va nonormativ tomonlarini aniqlash.

- Og’zaki nutqning uslubiy, situativ ko’rinishlarini o’rganish.

- So’zlashuv nutqini normalash imkoniyatlarini tadqiq etish.

- O’zbek og’zaki nutqining talaffuz normalarini eksperimental usulda o’rganishni yo’lga qo’yish.

- Adabiy og’zaki nutqning radio nutqi, televideniye nutqi, lektor nutqi, sahna nutqi singari ko’rinishlarini tadqiq qilish va ularning normativ xususiyatlarini belgilash».6 Ma’lum bo’ladiki, og’zaki nutqning to’laligicha adabiy holatga keltirilishini ta’minlash talaffuz jarayonini me’yorlashtirish bilan bog’liq. Og’zaki nutq ishlatiladigan qaysi soha va yo’nalish bo’lmasin, turli uslublardagi vazifasini belgilash bo’lmasin, barcha o’rinlarda ham til birliklarini bir me’yorga keltirib qo’llash masalasi birinchi o’rinda turadi.

Og’zaki nutq me’yorlarining ommaviy suratda yoyilishi va singishida avvalo maktabgacha va maktab ta’limi katta ahamiyatga ega. Buning ustiga, ommaviy axborot vositalarining radio va televideniye singari turlarining roli salmoqli.

Og’zaki nutq madaniyati mavqeini ko’tarish uchun adabiy til og’zaki shakli qonuniyatlarini o’rganish, bu nutq shaklini ko’rinishlariga qarab me’yorlash va silliqlash, og’zaki nutq ko’rinishlarining namunaviy shakllarini yuzaga keltirish, uning lingvistik va tildan tashqarida bo’lgan o’lchovlarini belgilash muhimdir.

Shunga ko’ra, og’zaki nutqni adabiy til talablari asosida me’yorlashda orfoepik qoidalar, adabiy talaffuz lug’atlari, qo’llanmalar muhim rol o’ynaydi. Ana shu ma’noda talaffuz (orfoepik) lug’atlar adabiy tilning talaffuz me’yorlarini yoki so’zlarni adabiy til qoidalariga muvofiq talaffuz qilishni belgilab beruvchi vosita sanaladi. Talaffuz lug’atlari fonetika va nutq madaniyati bilan bevosita aloqada bo’lib, ma’lum ma’noda biri ikkinchisini to’ldiradi. Hozirgi kunda, ayniqsa yoshlarimiz o’rtasida, she’rxonlik kechalarida, to’y-tomoshalarda, turli uchrashuvlar va telekonkurslarda, kitobxonlar anjumanlarida tilimizning adabiy me’yorlaridan foydalanishga intilish kuchayib borayotgani seziladi. Kishilarning so’zlarni to’g’ri talaffuz etishi, adabiy til me’yorlariga amal qilishi, nutq madaniyati talablariga e’tibor berib, chiroyli so’zlash, o’z fikrini boshqalarga aniq, ravon, ifodali qilib yetkazishda talaffuz lug’atining ahamiyati katta. O’zbek tilida ana shunday lug’at bor. U «O’zbek adabiy talaffuzi lug’ati» deb atalib, 1984- yilda «Fan» nashriyotida chop etilgan. Unda 20 mingga yaqin so’z va so’z shakllarining adabiy talaffuz me’yori belgilab berilgan. Ushbu lug’at mualliflarining ta’kidlashicha, lug’atni tuzish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch kelingan. Jumladan, adabiy talaffuz doirasida variantdorlikning kuchliligi ma’lum bo’lgan. Bu xususiyat o’zbek adabiy nutqi me’yorlarining ham yetarli shakllanib yetmagan va qat’iylashmaganini ko’rsatadi. Darhaqiqat, adabiy nutq va kundalik so’zlashuv nutqi, adabiy nutq va dialektal nutq, neytral adabiy nutq va adabiy nutqning vazifaviy-uslubiy ko’rinishlari, to’liq uslub hamda noto’liq uslub va boshqalariga oid talaffuz variantlarini to’g’ri baholash anchagina murakkab vazifadir. Adabiy talaffuz doirasida so’z urg’usi, an’anaviy va yangicha talaffuz, keksa va yosh avlod talaffuzi bilan bog’liq bir qator qiyinchiliklar ham mavjud.

Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning talaffuzi ham o‘ziga xos bo‘ladi. O‘zlashgan ayrim so‘zlarning talaffuzidagi o‘ziga xoslikni quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin:

1.Arab tilidan o‘zlashgan Ra’no, ma’no, da’vo, e’lon, ba’zan, ma’muriyat, ma’mur kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unli cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Bu arab tiliga xos xususiyat hisoblanadi. Bunday cho‘ziqlikning yo‘qolishi ayrim holatlarda boshqa so‘zning talaffuzini yuzaga chiqaradi. Masalan: da’vo-davo, ta’na-tana kabi.

2. Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarning tarkibidagi lab-tish v undoshi jarangsiz f tarzida talaffuz qilinadi: aktiv-aktif, passiv- passif, ustav-ustaf, avtomat-aftomat, avtomobil- aftomobil kabi.

3.Urg‘u talaffuz me’yorini belgilab beruvchi asosiy hodisadir. Shuning uchun o‘zlashgan so‘zlarning urg‘ulanishiga alohida e’tibor berish kerak. Ba’zi holatlarda rus tilidan o‘zlashgan ayrim so‘zlardagi urg‘uning o‘zgarib qolishi talaffuz me’yoriga ham ta’sir etadi. 4. Turkiy tillarda, ma`lumki, f undoshi bo‘lmagan, shuning uchun jonli so‘zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagi «f»ni «p» deb talaffuz qilish hollari uchraydi, ulfat-ulpat, faner-paner, ferma-perma kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ularni «f» bilan talaffuz qilish me`yor holiga kelgan. 5. So‘z yoki bo‘g‘in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy tillarga xos bo‘lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuziga ham ta`sir qilgan – jonli so‘zlashuvda so‘z yoki bo‘g‘in boshida yoxud bo‘g‘indagi ikki undosh orasida bir unlining orttirilishiga olib kelgan, shkaf-ishkop, stakan-istakon, plan-pilon, traktor-tiraktir kabi. Bunday holat so‘z oxirida ham uchraydi, aql-aqil, fikr-fikir, ilm-ilim, hukm-hukum kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday so‘zlarni asl holicha (unli orttirmay) talaffuz qilish orfoepik me`yor sanaladi. Bunday me`yor shu tipdagi so‘zlarning yozuvdagi shaklini (imlosini) to‘g‘ri belgilashga ham yordam beradi. Umumturkiy so‘zlarda ikki unli yonma-yon qo‘llanmaydi, bu hol arab tilidan o‘zlashgan oila, doir, rais, maorif, saodat, mutolaa kabi so‘zlar talaffuziga ta`sir qilgan, oila, doir, rais so‘zlarida bitta «y» orttirilgan (oyila, doyir,rayis kabi), maorif, saodat, mutolaa so‘zlari esa unlilarning diftonglashuviga – morip, sodat, mutola kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir asr ichida rus tilidan so‘z o‘zlashtirishning faollashganligi, ruscha o‘zlashmalarning rus tilidagi talaffuz va imlo me`yorlarini O‘zbek tiliga aynan singdirish tendentsiyasining ustun bo‘lganligi O‘zbek tilida ikki unlining so‘z tarkibida yonma-yon kelishini orfoepik va orfografik me`yorga aylantirdi, biologiya, geometriya, geologiya, geodeziya va boshqalar. Bu hol arabcha o‘zlashmalarda (oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa, mutolaa kabilarda) ham ikki unlining yonma-yon talaffuz qilinishi va yozilishini me`yor darajasiga ko‘tardi.

O‘zbek tiliga chet tillardan o‘zlashgan so‘zlar, o‘zbekcha so‘z tuzilishi qolipiga mos kelmay qoladi va unga moslashtirish uchun, uning turli o‘rinlarida tovush orttiriladi, u uch ko‘rinishda bo‘ladi, deb qayd etilgan edi: proteza, epenteza, austeza.

Protezaning o‘zlashgan so‘z o‘zbekcha so‘zlarga xos bo‘lmagan undosh bilan boshlansa, ular oldidan bir unli orttirilishi hodisasi faqat jonli tilga xos bo‘lib, adabiy til orfoepik qoidasi hisoblanmaydi. Masalan: rus-o‘ris, ro‘mol- o‘ramol. Yana qator undosh bilan boshlangan so‘z oldidan unli orttirish ham orfoepik qoida emas. Masalan: stadion- istadion, stansiya- istansiya kabi so‘zlardagi tovush o‘zgarishlari.

Epenteza hodisasining chet tillardan o‘zlashgan so‘zlardagi qator unli o‘rtasiga unli orttirishi adabiy til orfoepik qoidasi deb qaralishi o‘rni bilan turlichadir. Masalan: shoir, doir, oila, foiz, reaksiya, reaktiv so‘zlarining qator kelgan ikki unlisi oralig`ida bigina til o‘rta sirg`aluvchi y undoshini orttirish jonli tilga xos.

Austeza faqat tank, bank, disk kabi so‘zlarda sodir bo‘lib, ular ketida a orttirib talaffuz etiladi. Bu adabiy til orfoepik qoidasi hisoblanadi. Ular garchi ayrimlari orfografik lug`atlarda a orttirilmay berilayotgan bo‘lsa ham, qoida rasmiy holda shunday olingan.

Metateza o‘zbek jonli tilining o‘zida uncha keng tarqalmagan. Shunday bo‘lgandan keyin o‘zbek adabiy tili orfoepik qoidasida ham uning aks etishi haqida gap bo‘lishi qiyin. So‘zlardagi nutq tovushlarining cho‘ziqlikka ko‘ra o‘zgarishi ham o‘zbek adabiy tili orfoepik qoidasini belgilashda o‘ziga xos ahamiyatga ega. So‘zlardagi nutq tovushlarining cho‘ziqlikka ko‘ra o‘zgarishi geminatsiya, degeminatsiya va sinerezis kabilardan iboratdir.

Geminatsiya haqidagi berilgan ma`lumotda aytilganidek, uning sodir bo‘lishi fonologik ahamiyat kasb etadi. U belgi bildiruvchi so‘zlarda sodir bo‘lib, shu belgini kuchaytirib ifodalash uchun xizmat qiladi. Shunday bo‘lgandan keyin uning adabiy til orfoepik qoidasi bo‘lib qolishi – tabiiy. Masalan, rossa, judda, sarriq, mazza, qizziq, teppa kabi so‘zlardagi unlilararo undosh cho‘ziq talaffuz etilgan ekan, shu so‘zlarda bildirilgan belgi kuchaytirilgan. Orfoepiyada ulardan kechish belgi kuchaytirish imkoniyatini yo‘qqa chiqarish bo‘lar edi. So‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish natijasida yuzaga kelgan yoddan, jonni, yoqqa kabi so‘zlardagi undoshlar cho‘ziqligi ham orfoepik qoidadan o‘rin oladi. O‘zbek tili uchun degeminatsiya uncha tarqalgan hodisa emas. Shuning uchun ham uning adabiy til qoidasida aks etishi mantiqdan yiroq. Shunga qaramay, qay yer – qayer, birla – billa – bila kabi so‘zlarda sodir bo‘lgan degeminatsiya shu holatda orfoepik qoida hisoblangan. Sinerezis hodisasi o‘zbek tilida faqat jonli tilda kuzatilib, adabiy til orfoepiyasidan o‘rin olmagan. Orfoepik qoidalardan biri va hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan so‘z urg`usini o‘rniga qo‘yib talaffuz eta bilishdir. So‘zdagi leksik urg`u tushgan bo‘g`in boshqa bo‘g`inlarga nisbatan cho‘ziq talaffuz etilishi kerak. O‘zbek adabiy tili orfoepik qoidasi bo‘yicha chet tilidan qabul qilingan so‘zlarning talaffuzi qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlanadi. Ularni o‘ziday talaffuz etish kerak.

Xullas, hozirgi adabiy orfoepik normalar bilan ayrim mahalliy dialektlar orasida to‘la moslik yo‘q. O‘zbek tilining adabiy talaffuz normalari yozma nutq bilan og`zaki nutqning o‘zaro bir-biriga yaqinlashuvi natijasida vujudga kelgandir. O‘zbek adabiy tilining orfografiyasi bilan orfoepiyasi o‘rtasida ma`lum darajada o‘xshashliklar bor, lekin ular bir- biridan farq qiladi. Shunga ko‘ra, ayrim tovush yoki morfemalarning aytilishi bilan yozilishi o‘zaro hamisha mos kelavermaydi. So‘z oxirida jarangli b, d undoshlarining jarangsiz p, t tarzida talaffuz qilinishi va bu undoshlar imlosi, jarangsiz undosh bilan tugagan o‘zak-negizlarga undosh bilan boshlangan affikslar qo‘shilganda, shu kabi affikslarning talaffuzda bir xil, yozuvda esa ikkinchi xil ishlatilishi kabilar bunga misol bo‘la oladi. Hozirgi o‘zbek adabiy talaffuzi, bir tomondan, mahalliy dialektlar talaffuzidan, ikkinchi tomondan, umumiy orfografik normadan tafovut qilishiga qaramay, ma`lum qoida va qonuniyatga egadir. Bu qonuniyatning yuzaga kelishi adabiy tilning va qisman yagona orfografik normaning rivojiga bog`liqdir. Nutqning xarakteriga ko‘ra adabiy talaffuz har xil bo‘ladi. Nutqning ochiq, aniq, ravon, yengil, tushunarli bo‘lishi va ifoda maqsadlariga qarab so‘zlar turlicha talaffuz qilinadi. Shu jihatdan orfoepik uslublarni ikki asosiy guruhga bo‘lish mumkin: 1) to‘liq uslub. 2) qisqartma uslub. Lektorlar, aktyorlar, diktorlar nutqi to‘liq uslubga kiradi. Bu xil nutqlarda har bir so‘z, uning morfologik elementlari adabiy til qoidasiga mos ravishda to‘la, aniq, dona – dona talaffuz qiinishi shart.

Gapiruvchi o‘z nutqiga beparvo qarashi orqasida ayrim fonemalar turlicha o‘zgarishga duch keladi, so‘zning ba`zi elementlari qisqaradi, ammo umumiy adabiy talaffuz normalariga qarab bunday so‘zlarning to‘liq formasini tiklash mumkin. Masalan, Hayitvoy Teshani o‘z uyiga obordi gapida Hayitboy so‘zi Hayitvoy shaklida, olib bordi birikmasi esa obordi shaklida talaffuz qilingan. Qisqartma uslub ko‘proq og`zaki nutqda uchraydi.

O‘zbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik elementlarning aytilishi, ayrim so‘z birikmalarining talaffuz qilinishi kabi muhim masalalarni o‘z ichiga oladi, shunga ko‘ra umumiy orfoepik normalar belgilanadi. Orfoepik normalar odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi. Unlilar talaffuzida so‘zning birinchi bo‘g`inida u unlisi kelganda, ikkinchi bo‘g`inda ishlatiladigan u tovushining zamini hozirgi vaqtda ancha bo‘shashgan, bunday sharoitda ikkinchi bo‘g`inda i kelishi adabiy talaffuz uchun umumiy norma bo‘lib qoldi. Shuningdek, a va e unlilari hamda yonma – yon kelgan unlilarning aytilishida ham umumiy talaffuzga tomon intilish kuchli. Undoshlar talaffuzida so‘z oxiridagi jarangli b, v, d kabi tovushlarning yagona orfografik normaga mos ravishda talaffuz etilishi odat tusiga kirgan; p - f, x –h undoshlarini bir – biridan farqli ravishda talaffuz qilish rivojlanmoqda. Ammo hozirgi o‘zbek orfoepiyasida shu xil yangi hodisalar bilan bir qatorda, eski adabiy talaffuz normalarining ba`zi bir namunalari ham uchraydi. Odatda, adabiy talaffuz me`yoridan chetga chiqish ko‘proq jonli so‘zlashuv va mahalliy sheva ta`sirida sodir bo‘ladi: gapni o‘rniga gappi yoki gapti, kelyapman o‘rniga kelyappan talaffuz qilish kabi. Ammo bunday sheva shakllari adabiy talaffuz doirasiga kiritilmaydi. Talaffuzda sheva xususiyatlaridan qutulish va uning o‘rniga erkin ravishda shunga mos adabiy talaffuz ko‘nikmalarini hosil qilish uchun ko‘p yillar ish olib borish zarur. Orfoepiyaning vazifasi ham adabiy talaffuzdan ana shunday chekinishlarni bartaraf etish va so‘zlashuv nutqini soda va tushunarli aloqa vositasiga aylantirishdan iborat. Orfoepiya adabiy tilda unli va undosh tovushlarning aytilishi, so‘z va bo‘g`in, so‘z va so‘zning morfematik tarkibi ( o‘zak morfema va affiks) ni hamda so‘z birikmalari talaffuz me`yorini belgilaydi.

XULOSA

Xulosa shuki, orfoepik me’yorlarga rioya qilmaslik nutqimizdagi jiddiy nuqsonlardan biri bo’lib qolmoqda. Tilshunoslarimiz zahmatlari tufayli o’zbek tilidagi birliklarining deyarlik barchasidagi me’yoriy ko‘rinishlar ommaga turli qo’llanmalar, lug’atlar shaklida tavsiya etildi. Yangi imlo qoidalariga o’tishimiz munosabati bilan bu ishlar davom ettirilmoqda. Nafaqat filolog olimlar, balki maorifimiz jonkuyarlari, o‘z ona tiliga chuqur hurmat bilan qaraydigan barcha ziyolilarimiz bu me’yorlarning buzilishiga e’tiroz, tuzatish va tavsiyalar tarzida chiqishlar qilib turishibdi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, talaffuz me’yorlarini buzish, til madaniyatiga e’tiborsizlik hamon davom etmoqda. Yillar davomida majlislarni rus tilida olib borgan yoki ma’ruzalarni rus tilida eshitgan ko’pchilik kishilar o’z nutqlarida ruscha so’z va iboralarni qo’llash, ayrim holatlarda rus tili gap qurilishi tartibida o’zbekcha jumlalar tuzish iskanjasidan chiqib keta olmayaptilar. Omma uchun bu vaziyatning ta’siri salbiy bo’layotganini sezib turibmiz.

Bu kamchiliklar hatto radio, ayniqsa, televideniye eshittirishlarida ham seziladi. Dasturlarni olib boruvchi ayrim jurnalistlarning o’zlari shevachilikka berilib ketishlari noo’rin tuyuladi. Xalqimiz shevachilikdan batamom qutula olgan emas. Garchi ko’pchiligimiz adabiy til me’yori talablari asosida savodli yozsak-da, talaffuzda e’tiborsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik davom etmoqda.

Mavjud imkoniyatdan, me’yor qilib belgilab qo’yilgan til birliklaridan to’g’ri foydalanishga o’zimizda burch sezmas ekanmiz, ulardan chiroyli, jozibali va ta’sirli qilib foydalanishni umumxalq, umummilliy darajaga ko’tarish masalasi muammoligicha qolaveradi.

Zero, til ma’naviyatimiz va madaniyatimiz ko’zgusi ekan undan ehtirom va hurmat bilan foydalanish milliy burchimizga aylanmog’i lozim.


Download 47,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish