Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi



Download 2,21 Mb.
bet52/121
Sana30.03.2022
Hajmi2,21 Mb.
#519481
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   121
Bog'liq
O'AT majmua 2021-2022 (4)(1)

Zaruriy adabiyotlar
1. Vohidov R., Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -Toshkent: Yangi asr, 2006.
2. Эrkinov S. Lutfiy. - T.: 1965.
3. Ahmadxo’jaev Э. Mavlono Lutfiy. - T.: Fan, 1991.
4. Ahmadxo’jaev Э. Turkiy nazmning sehrgari. - T.: Fan, 1992.
5. Valixo’jaev B. Malikul kalom - lutfiy she`riyati. - Sam.: 1999.
6. Valixo’jaev B. Mumtoz siymolar. II qism. - T.: A.qodiriy, 2002.
7. Lutfiy. Sensan sevarim. - T.: 1985.
8. Navoiyning nigohi tushgan. - T.: Adabiyot va san`at, 1986.
Ko’rgazmali vositalar.
Dars metodi: Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa muddatli test.
Dars mazmuni:

O’zbek mumtoz adabiyoti tarixida malik ul-kalom faxriy unvoni bilan e`zozlangan shoir mavlono Lutfiydir. Mavlono Lutfiy hayoti va ijodini o’rganish tarixi XU asrdan Alisher Navoiydan boshlanadi. Alisher Navoiy "Majolis un-nafois", "Nasoyim ul-muhabbat" tazkiralarida mavlono Lutfiy haqida birinchi va hozirgacha ishonchli ma`lumotlarni bayon etgan bo’lsa, "holoti Pahlavon Muhammad", "Muhokamat ul-lug’atayn", "Badoe` ul-bidoya" devoniga yozilgan debochalarda mavlono Lutfiy, she`rlari turli munosabat bilan tilga olingan. Alisher Navoiyning "mavlono Lutfiy… o’z zamonining malik ul-kalomi erdi. Forsiy va turkiyda naziri (o’xshashi, tengi) yo’q erdi, ammo turkiyda shuhrati ko’prak erdi",- deb yozganida mavlono Lutfiyning o’zbek adabiyotida tutgan buyuk martabasini shunday ixcham va go’zal tarzda bayon etganki, u hozirgacha eng yuksak ta`rif sifatida ma`lum va mashhurdir. Xondamirning "Makorim ul-axloq"ida ham Lutfiy va Navoiyga bog’liq bir lavha keltirilgan: "Orazing epqoch ko’zumdin sochilur har lahza yosh" misrasi bilan boshlanadigan g’azalga oid XU1-X1X asrlarda Abdulloh Kobuliyning "Tazkirat ut-tavorix", Vola Dog’istoniyning "Riyoz ush-shuaro" kabi asarlarida ham mavlono Lutfiyga doir ma`lumotlar bor. XX asrda esa Angliya (CHarlz Riyo), Kanada (E.Birnbaum), Rusiya (V.Bartol'd, A.Samoylovich), Turkiya (Zaki Validiy, Ismoyil hikmat, Kamol Эraslan)olimlari ham bu sohada maqola va risolalarni e`lon qildilar. O’zbek adabiyotshunosligida A.Fitrat, hodi Zarif, Э.Rustamov, S.Эrkinov, Э.Ahmadxo’jaevlarning tadqiqotlari, shoir asarlarini nashr ettirganlari ("Sen-sen severim") ma`lum. Lutfiyshunoslik ta`rixi ancha boy bo’lsa-da, ammo aniqlanishi lozim bo’lgan talay muammolar ham (tarjimai holi, merosiga doir) bor.


Hayoti va merosi. Mavlono Lutfiyning tarjimai holiga doir ma`lumotlar oz. Uning hijriy hisobda 99 yosh yashagani, taxallusi Lutfiy ekani, hirotdagi Dehikanorda vafot etgani ma`lum. Ammo nomi, otasining ismi, shoirning tug’ilgan va vafot yillari aniq emas. SHuning uchun shoirning tug’ilgan va vafot etgan yillari, tug’ilgan joyi haqida har xil mulohazalar bor. hozirgi kunda 1366-1465 yillar deb yuritish ko’zgа tashlanadi. Ammo u melodiy yil hisobida bo’lib, Alisher Navoiy eslatgan "99 yosh yashadi" deganda hijriy hisob nazarda tutilgan. Agar Alisher Navoiy asarlarida mavlono Lutfiy bilan bog’liq fikrlardan kelib chiqadigan bo’lsak, unda mavlono Lutfiy tug’ilgan yilni hijriy 787- melodiy 1385- 1386 yil, vafotini esa hijriy 886-melodiy 1482- 1483 yil deb qabul qilish haqiqatga yaqin ko’rinadi.
Mavlono Lutfiyning tug’ilgan joyi haqida ham keyingi davrda topilgan manbalar, jumladan SHayx Ahmad Taroziyning 1437 yilda yozilgan "Funun ul-balog’a" si asosida SHosh -Toshkant ekanligi aytilmoqda. SHunday qilib, mavlono Lutfiy tarjimai holiga doir ma`lumotlar to’liq emas. Mavjud ma`lumotlarga ko’ra, mavlono Lutfiy Sohibqiron Amir Temur davrida dunyoga kelib, avval maktabda savod chiqargach, madrasada tahsil olgan. So’ng esa hirotda SHahobiddin Xiyoboniydan so’fiya tariqatidan saboq olgan. SHoirlik sohasidagi faoliyatini ham davom ettirib, XU asrning 20-yillarida ancha shuhrat qozonganidan Ulug’bek mirzo, Boysung’ur mirzolar uni hurmat qilganlar. Bu holni mavlono Lutfiyning o’zi ham ta`kidlab, kuyidagilarni yozadi:
Ulug’bekxon bilur Lutfiy kamolin,
Ki rangin she`ri Salmondin qolishmas.
Ya`ni :
Lutfiy ash`orini lutfi Boysung’urxon bilur,
Kim arusi mulk ko’rmaydur aningdek shoh-shoh.
Shohrux, Abulqosim Bobur, Abusaid, Sulton husayn Boyqarolar saltanati davrida mavlono Lutfiy hayoti hirotning Dehi kanor mavzeida o’tgan. U darvesh va kamtar bo’lganidan asosan badiiy ijod, yosh shoirlarga saboq berish, adabiy anjumanlarga qatnashish bilan shug’ullangan.
Mavlono Lutfiy Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar bilan yaqin munosabatda bo’lgan. Jumladan, Alisher Navoiy shunday eslaydi: "Bu faqir borasiga ko’p iltifoti bor edi va fotihalar o’qur erdi va doim volida (ona) mulozamatig’a va rizoi xotirig’a targ’ib qilur edi" ("Nasoyim ul-muhabbat"). Xondamirning "Makorim ul-axloq"ida keltirilishicha, mavlono Lutfiy yosh Alisher Navoiyning she`р yozishini kuzatib borgan, she`rlarini maqtagan. Jumladan, Alisher Navoiyning:
Orazin yopg’och ko’zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh,-
bayti bilan boshlanadigan g’azalini eshitgan mavlono Lutfiy "hayrat dengiziga cho’mib shunday dedi: V-Alloh, agar muyassar bo’lsa edi o’zimning o’n-o’n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g’azalga almashtirardim va bu ishning yuzaga zo’r muvaffaqiyat hisoblardim". Mavlono Lutfiy umri oxirigacha shoirlar bilan muloqotda bo’lib, ularga, jumladan, Abdurahmon Jomiyga bag’ishlab qasidalar yozgan .
Mavlono Lutfiy hijriy hisobda "to’qson to’qqiz yoshida olamdin o’tdi. qabri Dehi kanordadur, o’z maskani erdi " (Alisher Navoiy).
Mavlono Lutfiy qoldirgan adabiy meros haqida Alisher Navoiyning ma`lumoti asoslidir. Uning yozishicha, mavlono Lutfiy forsiy va turkiy tillarda she`r aytgan bo’lsa-da, turkiy she`rlarining shuhrati ko’proq edi va "turkcha devoni ham mashhurdur", ikkinchidan, "Mavlono (Lutfiy)ning "Zafarnoma" tarjimasida ikki ming baytdin ortiqroq masnaviysi bor. Bayozg’a yozmag’on (oqqa ko’chirilmagani ) uchun shuhrat tutmadi".
Demak, mavlono Lutfiy merosi she`rlar devoni va "Zafarnoma" tarjimasidan iborat bo’lgan. Ammo keyingi vaqtlarda "Gul va Navro’z" dostoni ham mavlono Lutfiyga nisbat beriladi. Zahiriddin Muhammad Boburning "Aro’z risola"si, SHayx Ahmad Taroziyning "Funun ul- balog’at"asarlari ilmiy muomalaga kiritilishi sababli "Gul va Navro’z"dostonining muallifi mavlono Lutfiy emas, balki haydar Xorazmiy ekani uzil-kesil hal qilindi.
Mavlono Lutfiy merosidan turkiycha devoni unga yaqin qo’lyozma nusxada bizgacha etib kelgan bo’lsa-da, ammo ular mukammal emas, balki qaryib uch ming baytni o’z ichiga oladi,xolos.
Bizgacha etib kelgan she`rlarning tarkibi quyidagicha: g’azal (372 ta 2080 bayt), qasida (3 ta 107 bayt), qit`a, ruboiy, tuyuq (115 ta 230 bayt), fard (60 ta 60 bayt), ayrim baytlar (22 ta 22 bayt). Ularning umumiy soni 572 ta bo’lib, 2774 baytni tashkil etadi. Bu mavlono Lutfiy she`riy merosining bir qismidir xolos. CHunki Xondamirning ma`lumotiga ko’ra, mavlono Lutfiyning Navoiy g’azaliga bergan baholarida o’zlarining "o’n-o’n ikki ming bayt" she`rlarini tilga olganlar. Bas shunday ekan, mavlono Lutfiy qalamiga mansub she`rlarning to’liq devonini izlash lutfiyshunoslikning sharafli vazifalaridandir.
Mavlono Lutfiy she`riyati. SHoir she`rlari tarkibidan ma`lumki, unda g’azal son (372 ) va bayt (2086) jihatdan etakchi o’rindadir.
Mavlono Lutfiy g’azallari o’ziga xos xususiyatlar, xillarga ega bo’lsa-da, ularning asosiy mavzusi ishq, axloq, falsafiy mushohadalardan iborat.
g’azallarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda ko’rinadi:
-sodda bayonli uslubda bo’lib, ravon va o’ynoqilikda;
-asosan 5-7 baytdan tashkil topib, ba`zida 9-baytlilari ham bolrligida;
-g’azal ichidagi baytlar o’zaro turlicha bog’langanligida. Bu jihatdan g’azallarni ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi, baytlar o’zaro mantiqiy bog’langan bo’lib, ularda mavzu va timsol izchil yoritiladi. Ularni yakpora g’azallar deb tavsiflash mumkin; ikkinchi, har bir bayti alohida mavzu va timsol tasviriga bag’ishlanib, g’oyaviy jihatdan birlashuvchi baytlardan tashkil topgan g’azallar, birinchi guruhga - yakpora -g’azallar xiliga mansub bo’lgan, quyidagi matla` bilan boshlanadigan g’azalni ko’zdan kechirish masalani oydinlashtiradi:
Jonim chiqadur dard ila jononima ayting,
Bu xasta gado holini sultonima ayting.
g’azal besh baytli bo’lib, unda "ayting" radif, "jonima, sultonima" qofiyadir. Birinchi baytda-matla`da g’azalning asosiy mavzusi - ishq, mazmuni - oshiqning hijrondagi holati va timsollari - oshiq (gado) va ma`shuqa (sulton) g’oyatda katta mahorat bilan ifodalangan. g’azalning keyingi to’rt baytida ana shu mavzu, mazmun va timsollar sharhlanadi. Natijada g’azalni o’qigan kishi oshiqning ma`shuqa hijronida o’rtangani, ko’z yoshlari to’kkani, yuragining qat-qat qon bog’lagani kabi ruhiy-botiniy holatini bosqichma-bosqich yaqqol tasavvur eta oladi. Bundagi mantiqiy izchillik baytlarning o’z o’rnida bo’lishini, ular o’rnini almashtirish yoki birortasini tushirib qoldirish mumkin emasligini ta`minlagan. SHu jihatdan u yaxlit asar yoki yakpora g’azaldir. g’azalda mavlono Lutfiyning olami sag’ir va olami kabirlarning yaxlitligi, vahdatiga oid tasavvufona qarashlari ham juda nozik va mahorat bilan ifodalangan. Bu hol xususan quyidagi baytda o’z ifodasini topgandek tuyuladi:
Qon yoshim erur yuz uza yulduz kibi sonsiz,
Ul ko’zlari cho’lpon mahi tobonima ayting.
Bunda oshiq-olami satir bilan bog’liq bo’lgan "qon yosh, yuz" bilan bir qatorda olami kabir (ma`shuqa)- koinotdagi "yulduz cho’lpon, mah (oy)" yaxlit kelganligi fikrni tasdiqlaydi. CHunki bular oshiq va ma`shuqada mujassamlshib, olami kabir olami sag’irda zuhur etgan. SHunday ekan, ular yaxlit bo’lib, vahdati vujudni tashkil etadi. Agar masalaning bu tomoniga e`tibor qilinsa, unda oshiqdagi hijron dardining falsafiy mazmuni, ya`ni "xajr- judolik"-juzv- qatraning kull- ummondan ajralib qolib, unga (kullga, ummonga)qo’shilish uchun tortayotgan iztirobli bayon etilgani oydinlashadi. Bas shunday ekan, g’azalda majoziy va haqiqiy ishq bilan bog’liq bo’lgan jihatlar xam qalamga olingan. SHoir g’azalda o’xshatish, sifatlash, mubolag’a, istiora, tazod, irsoli masal (xasta, gado, gado-sulton, sham`i shabiston, yurak- g’uncha, guli xandon, ko’zlari cho’lpon) kabi badiiy tasvir vositalaridan o’rinli foydalangan. g’azal sodda bayonli uslubda yozilganidan unda tushinishi qiyin so’z yoki iboralar uchramaydi.
Yakpora g’azallardan yana biri quyidagi matla`ga ega:
Bixamdullahki, keldi dilraboyim,
Azizon, ko’zi cho’lpon, to’lin oyim.
Etti baytli bu g’azal mavzu (ishq) jihatidan yuqorida ko’rilgan g’azal bilan hamohang bo’lsa-da, ammo mazmun va timsollar tasviri jihatidan undan farq qiladi. Oldingi g’azalning mazmuni oshiqning hijron dardidan chekayotgan azoblari bayonidan iborat bo’lsa, bu g’azal esa, aksincha, ma`shuqaning ishq oldiga kelishi munosabati bilan oshiqdagi xursandchilikning bayoni asosiy mazmun bo’lgan (Farax qil Lutfiykim, dildor keldi). SHuning uchun g’azalning matla`dan maqta`gacha bo’lgan baytlari ma`shuqa sifatlari bayoniga bag’ishlangan. Ana shu mazmun g’azalga shodiyona ruhni olib kirgan (avvalgi g’azalda esa maxzun, g’amgin rux etakchi). Bundan tashqari bu g’azal majoziy ishq- insonning insonga bo’lgan muhabbati tasviriga bag’ishlanganligi jihatlaridan unda tasavvufona qarashlar ko’rinmaydi.
Demak, g’azalda mavzu va mazmunning yaxlit yoritilishi uning yakporaligini ta`minlagan. Unda "visol" bilan bog’liq kayfiyat, ruh etakchi. SHuning uchun oldingi g’azal matla`idagi "Jonim chiqadur dard ila jononima ayting" mazmuni ikkinchi g’azalda umuman ko’rinmaydi, balki unda "Farah qil (shod bo’l) Lutfiykim, dildor keldi" mazmuni ustunlik qiladi.
Shunday qilib, bu ikki g’azal ham yakporalik xususiyatiga ega bo’lsa ham, mazmun, timsollar va ruhiy xolatlarning tasvir uslubi bir-biridan farq qiladi. Bu esa bir guruhga (yakpora) mansub g’azallarning har biri alohida badiiy hodisa ekanidan guvohlik berib, malik ul-kalom Lutfiyning shoirlik mahoratini yana bir karra namoyish etadi.
Eslatilganidek, mavlono Lutfiy g’azallarining bir qismi bir mavzuga bag’ishlangan bo’lsa-da ulardagi har bir bayt alohida mazmun va timsollar tasviridan iborat. Ana shunday g’azallarda, Alisher Navoiy e`tirof etganday, "mutaazzir ul-javob matla`lari" (javob aytish qiyin bo’lgan misralar) ko’p bo’lib, ulardan ba`zi misollarni "Majolis un-nafois"da keltirganini nazarda tutib, uni nazardan o’tkazish ma`qul ko’rildi:
Sayd etti dilbarim meni oshufta sochtin,
Soldi kamand bo’ynuma ikki qulochtin.
Besh baytdan iborat g’azalning asosiy mavzusi ishq bo’lib, dilbar- ma`shuqa chehrasi (portreti)ning go’zalligini tavsiflash uning mazmunini tashkil etadi. SHuning uchun g’azalning birinchi va to’rtinchi baytlarida "soch", ikkinchisida "husn", uchinchisida "irni"- lablar, beshinchisida esa "yuz" bilan bog’liq mulohazaldar tasvirlangan. Demak, g’azal matlaida bayon etilgan mazmun- "soch" tasviri butun g’azal bo’ylab uzluksiz davom etmaydi. Keyingi misralarda dilbar yuzi va uning atributlari (irn, husn) mazmunan bog’lanib, dilbar chehrasi- portretini tasavvur etishga xizmat qiladi. Mazkur g’azal matla`si mustaqil mazmunga ega bo’lib, o’zining har jihatdan barokamolligi jihatidan Alisher Navoiy nazariga tushib, "mutaazzir ul- javob" misralar sifatida yuqori baholanadi. Buning sababi shundaki, mavlono Lutfiy baytda ov manzarasini ajoyib tarzda kishi o’ngiga keltiradi. SHoir ovchi o’rniga dilbarni, ovchi kamand- arqoni o’rniga dilbarning ikki quloch keladigan sochini, ov jonvori o’rniga esa oshiqni qo’yib, dilbar- ovchi, soch- kamand, oshiq- sayd lavhasini maydonga keltirgan. Mavlono Lutfiy dilbarni o’zi xoxlovchi oshiqqa erishish uchun harakat qiluvchi faol kuch- timsolga aylantirgan. Uning sochini esa oddiygina qilib "uzun" deb qo’ya qolmasdan, balki "ikki quloch" tarzida xalqona go’zal ibora bilan tasvirlab, uni sayd -oshiq bo’yniga solinadigan kamandga o’xshatgan. Baytda sevish- sevilish bobida dilbar- ma`shuqaning etakchi mavqeiga urg’u berilgan. CHunki dilbar- ma`shuqaga erishish uchun intilgan oshiqlab ko’p, ammo dilbar ular orasidan o’ziga ma`qulini tanlaydi. SHu tartibda tanlangan (sayd qilingan) oshiq esa baxtli va saodatli sanalgan baytda oddiy mazmunning shoirona kashf etilishi (soch- oshufta, ikki quloch; dilbar- sayyod, sayd, kamand) tufayli mavlono Lutfiyning shoirona nigohi, kashfiyoti Alisher Navoiyni ham maftun etgan. Oddiy ko’ringan mazmunni shoirona yangicha kashf etib (sahli mumtane`), go’zal tasvirni, manzarani yaratish g’azalning ikkinchi baytida ham ko’zga tashlanadi. Buning uchun dilbarning husni- go’zalligi ayon bo’lgan bir vaqtda gulning odobsizligi (yorning go’zal oq yuzidan oq rangni olgani) va shuning natijasida gul "yuzini qonatti zaxmi kojtin" mazmuniga e`tibor berib talqin qilinsa, ajoyib, yangi bir badiiy tasvir (gulning qizilligi sababli) maydonga keladi. Bunda gulning qizilligi lutfiyona nigoh, shoirona kashfiyot, an`anaviy gul timsolining yangicha talqini ekani nihoyatda muhimdir. Baytda inson go’zalligiga teng keluvchi go’zallik yo’qligi , inson takrorlanmaydigan mo’`jiza ekanligi badiiy tarzda aks ettirilgan. Bu mazmun mavlono Lutfiy g’azallarining ko’pchiligida o’ziga xos tarzda zohir bo’ladi. Mavlono Lutfiyning ko’pgina g’azallarida tabiatdagi barcha go’zalliklar inson go’zalliklaridan namuna olish tufayli ekani shoirona mahorat bilan tasvirlangan. Masalan:
Gul qamaringdan o’g’irlab oldi jamol aning uchun,
SHohi rabe` oni tikan dorig’a o’g’ritek osar.
Ma`lumki, lola tog’ va tog’ etaklarida o’sadi. Odamlar uni terib, bog’lab shaharga olib keladilar. Ana shu hayotiy holatni mavlono Lutfiy shoirona tarzda sharhlab, go’zal badiiy manzarani chizadi: lola ma`shuqaga yuzidan qizil rangni o’g’irlagani(shuning uchun qizil lola bo’lgani) uchun toqqa qochib ketgan. SHuning uchun to odamlar uni bo’ynidan bog’lab olib kelmasalar, lola (o’g’riligidan uyolgani) uchun shaharga kira olmaydi. Bu yangicha sharh, yangicha talqindir. Bunday go’zal tasvirlar mavlono Lutfiy she`riyatining ko’pchilik qismini tashkil etadi:
Labingdin chun suchuklik qand o’g’urlar,
Solurlar el ani suvg’a yalang’och.
Shunday qilib, mavlono Lutfiy g’azallari o’zining hayotiy mazmuni, go’zal badiiyligi bilan o’quvchilarni hayratga qoldiradigan asarlar bo’lib, ularda inson va insoniylik, tabiatning go’zal lavhalari, pand- axloqqa, ma`rifat va ma`naviyatga oid mulohazalar bayon etilgan. Mavlono Lutfiy she`riyatida g’azaл janri bilan bir qatorda ruboiy, qit`a, tuyuq, fardlar ham mavjud. Ularning hammasida ham ishq mavzusi etakchi bo’lib, bu mavzuning turli qirralari badiiy tasvir vositalaridan lutfiyona foydalanish asosida yoritilgan. Natijada nihoyatda ravon, o’ynoqi to’rtliklar maydonga kelgan. Jumladan: ruboiy:
Ko’nglum olding g’amzai fatton ila,
Эshigingda qo’l bo’lubmen jon ila.
Bizni, ey g’uncha og’izlik, to bakay
Yig’latursen ul labi xandon ila.
Tuyuq:
Ko’z yoshim tuproq ila gar qotila,
Kelmagaymen javridin haqqo tila.
g’amzasi o’lturdiyu ul bexabar,
Men agar o’lsam ne g’am ul qotila.
Tuyuqda shaklan o’xshash, ammo ma`nosi boshqa bo’lgan "qotila" tajnis -omonimni hamda qofiyani maydonga keltirgan. Mavlono Lutfiyning go’zal she`riyati uning Movarounnahr va Xurosonda ham turkiygo’ylar ham forsiygo’ylar orasida malik ul-kalom tarzida shuhrat qozonishiga sabab bo’lgan edi. Mavlono Lutfiy Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylarning cheksix hurmatiga sazovor bo’lgan edi. SHuning uchun mavlono Lutfiy o’zining ayrim forsiy baytlarini davom ettirishni Abdurahmon Jomiyga vasiyat qilgan. Mavlono Lutfiy she`rlariga tatabbu` qilish, o’xshatma yozish, muxammaslar bog’lash an`anasi Alisher Navoiydan boshlanib, Sulton husayn Boyqaro husayniy, ozarboyjon shoiri Muhammad Fuzuliy, o’zbek shoirlari Roqim, Amiriy, Ado, Tabibiy va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
SHunday qilib, mavlono Lutfiy o’zining uzoq umri (99 yosh) davomida yaratgan ajoyib she`rlari bilan o’zbek adabiyoti, xususan she`riyati xazinasini lutfiyona nodir durdonalar bilan boyitib, malik ul- kalom, turkiy nazmning sehrgari tarzida ardoqlandi.
XU asrning ikkinchi yarmi Movarounnahr va Xurosonda temuriylar saltanatining yakuniy davridir. Bu davrda Movarounnahrda temuriyzoda Sulton Abusaid mirzo (vaf.1468), uning o’g’illari Sulton Ahmad mirzo (vaf.1494), Umarshayx mirzo (vaf.1494), Sulton Mahmud mirzo, Boysunqur mirzo, Sulton Ali mirzolar saltanati davom etgan bo’lsa, hirot markazligidagi Xurosonda esa Abulqosim Bobur mirzo (vaf.1457), Abusaid mirzo (vaf.1468) lardan so’ng 1469 yildan 1506 yilgacha Sulton husayn Boyqaro hukmronlik qildi.
hirot markazligidagi Xurosonda Sulton husayn Boyqaro hukmronlik davrining ko’pchilik qismi ham uning do’sti Alisher Navoiy, ustozi Abdurahmon Jomiy, amir SHayximbek Suhayliy, Pahlavon Muhammad va boshqalar ko’magida samarali tarzda davom etdi.
Sulton Husayn Boyqaro davridagi Xuroson, xususan, hirotning holati Alisher Navoiyning turli asarlarida Mirxond va Xondamir "Ravzat us-safo"sining ettinchi jildida, Bobur "Boburnoma" sida, Sulton husayn Boyqaroning o’zi yozgan "Risola"sida, Vosifiyning "Badoe` ul-vaqoe`" yodnomasi va boshqa asarlarda batafsil bayon qilingan. Ilmiy- adabiy muhit xususiyatlari haqida so’z yuritganda bu holatga kengroq to’xtalamiz.
Ilm va san`atning turli sohalari bilan chambarchas aloqada bo’lgan adabiy muhitda ham ana shunday rivojlanish ko’zga tashlanadi.
Ilmiy - adabiy muhit.
XV asrning ikkinchi yarmi-"Temuriylar davri haqiqatan ham ilm-fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topishini ta`minlagan SHarq uyg’onish davri edi"
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Islom Karimov tomonidan juda adolatli tarzda baholangan bu davr ilmiy-adabiy muhitini chuqur o’rganish va yoritishga xizmat qiladigan qimmatbaho ilk manbalar mavjudki, ular o’sha davrda yashab ijod etgan shoir, nasrnavis va tarixchilarning bizgacha etib kelgan meroslaridir. Bu davr yozma yodgorliklaridagi ma`lumotlar yaxlit tarzda o’rganilganda davr adabiy muhiti, uning xususiyatlari haqida aniq xulosalarga kelish mumkin. SHuning uchun ularning ayrimlarini nazardan o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
"Ravzat us-safo" - (pokizalik bog’i) tarzida mashhur bo’lgan bu asarning to’liq nomi "Ravzat us-safo fi siyar ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo" (Payg’ambarlar, xalifalar va shohlarning tarjimai holidagi pokizalik bog’i) bo’lib, etti jilddan iborat bu asarning mualliflari Muhammad ibn Xovandshoh Mirxond (1-6-jildlar) va uning nevarasi g’iyosiddin Xondamir (7 - jild)dir..
Alisher Navoiyning tashabbusi va homiyligida yozilgan bu ko’p jildlik asarning g’iyosiddin Xondamir qalamiga mansub ettinchi jildida XV asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy, tarixiy hayot bilan birga ilmiy-adabiy, madaniy muhitning ko’pgina vakillari haqida ham ma`lumotlar keltirilgan. Jumladan, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mir husayn Muammoiy, "Layli va Majnun" dostonini yozgan Amir hoj Anisiy, "Javohir ut-tafsir", "Anvori Suhayliy" va boshqa ko’plab asarlarning muallifi husayn Voiz Koshifiy, Sayfiy Buxoriy, Muhammad Badaxshiy, hoji Muhammad Naqqosh, Sulton Ali Mashhadiy, Fasehiddin Muhammad Nizomiy va boshqalar. Bunday ma`lumotlar g’iyosiddin Xondamirning "habib us -siyar" nomli asarida yanada to’ldirilgan tarzda keltirilgan.
"Boburnoma". Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub bo’lgan bu jahonshumul asarda mazkur davr adabiy muhitining ko’pgina namoyandalari - Alisher Navoiy, husayn Boyqaro husayniy, Abdurahmon Jomiy, Badriddin hiloliy, Kamoliddin Binoiy, Sulton Ali Mashhadiy, SHayhimbek Suhayliy va boshqalar haqida diqqatga sazovor ma`lumotlar mavjud.
"Risola" .Sulton husayn Boyqaroning shunday atalgan asarida o’zining saltanati davridagi madaniy-adabiy muhit hamda uning Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy kabi zabardast vakillarining xizmatlari alohida ehtirom bilan qalamga olinib, unda Alisher Navoiy "nazm mulkining sohibqironi" deb sharaflangan. "Risola" 1485 yilda yozilgan.
"Tazkirat-ush shuaro" -(shoirlar haqida esdaliklar)
Davlatshoh ibn Baxtishohi Samarqandiyning bu tazkirasida (yozilgan yili 1487) ham shu davrga oid ma`lumotlar bor.
"Bahoriston"- Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub bu asarning (yozilgan yili 1487) ettinchi bobida 39 shoirning zikri o’rin olgan.Ular qatorida Alisher Navoiy haqida ham diqqatga sazovor mulohazalar bayon etilgan.
"Majolis un-nafois" (Nafosat ahlining majlislari) deb atalgan bu tazkiraning muallifi Alisher Navoiydir.
Bu manba turkiy -o’zbek tilida yozilgan bo’lib, u husayn Boyqaroning tug’ilganidan (1438 yil) tazkira tuzilgan davrgacha (1491-1498 yillar) faoliyat ko’rsatgan shoir, fozil va adiblar, she`r va she`rshunoslikka aloqador bo’lganlar haqida ma`lumot beruvchi nodir asardir. "Majolis un-nafois" yuqorida tilga olingan boshqa manbalardan davr adabiy muhiti xususiyatlari, uning namoyandalari to’g’risida adabiyotshunos Alisher Navoiy me`yor va mezoni asosida ma`lumot berilgani nuqtai nazaridangina emas, balki ularni talqin va o’ziga xos tahlil qilingani, temuriyzodalarning shoirliklari haqida alohida to’xtalgani jihatidan ham ajralib turadi. Tazkirada 459 shoir, adib va she`rgo’ylikkа moyil bo’lganlarga oid turli hajmdagi zikr-qaydlar mavjud.
Adabiy muhit xususiyatlari. Mavjud manbalarning ma`lumotlari umumlashtirilsa, shu narsa ma`lum bo’ladiki, mazkur davr adabiy muhiti turli toifa va tabaqadan etishib chiqqan shoir va adiblardan iborat bo’lib, ularning umumiy soni mingdan ham ko’proqdir. Ular orasida shoh (husayn Boyqaro), shahzoda (g’arib mirzo), amir (Alisher Navoiy, SHayxim Suhayliy), ziyoli (Abdurahmon Jomiy), hunarmand (Sulton Ali Mashhadiy), dehqon (Darvesh Dehakiy), talaba (Sayfiy Buxoriy, Badriddin hiloliy, Mirzobek) va boshqa toifalarning namoyandalari bor.
Turli ijtimoiy toifa va tabaqa vakillaridan tashkil topgan adabiy muhitda shunga muvofiq tarzda turli badiiy uslublar, mazmun va badiiylik saviyasi va darajasi turli xil bo’lgan asarlar mavjud edi.
Bu davr adabiy muhitida mumtoz adabiyotdagi janrlarning ko’pida badiiy asarlar yaratilgan bo’lsa-da, she`riy janrlardan g’azal, qasida, ruboiy, qit`a, fard, muammo va musammatlarga ko’proq e`tibor qaratildi. Doston-masnaviy janrida esa alohida doston-masnaviylar, jumladan, Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr"i, SHayximbek Suhayliyning "Layli va Majnun"i bilan bir qatorda turkum doston-masnaviylar, ya`ni xamsa: Alisher Navoiy "Xamsa"si va sab`a-ettilik: Abdurahmon Jomiyning "haft avrang"i ham yaratildi. Nasriy asarlar yozish ham keng rivojlanib, tarixiy (Mirxond va Xondamirning "Ravzat-us-safo"si, Alisher Navoiyning "Tarixi muluki Ajam", "Tarixi anbiyo va hukamo"), falsafiy (Abdurahmon Jomiyning "Nafahot ul-uns", Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat"), pand-nasihat va ijtimoiy (Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub"i, husayn Voiz Koshifiyning "Futuvvatnoma", "Axloqi Muhsiniy", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston" ), ilmiy (Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lug’atayn", "Mezon ul- avzon", Abdurahmon Jomiyning aruz va qofiya haqidagi risolalari, Atoulloh Mashhadiyning "Badoe` us-sanoe`", Sayfiy Buxoriyning aruzga doir risolasi), badiiy (husayn Voiz Koshifiyning "Anvori Suhayliy" - "Kalila va Dimna" ning yangi tahriri) yo’nalishdagi asarlar maydonga keldi. Bu asarlarning hammasida ham mumtoz nasrda qo’llaniladigan san`atlar, jumladan, saj` keng ishlatilgan. SHu jihatdan nasriy asarlarda badiiylik ancha sezilib turadi, ularda oyat va hadislar, she`riy parchalardan foydalanish kuzatiladi.



Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish