Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi


-mashg`ulot. Laboratoriyada texnika xavfsizligi



Download 7,85 Mb.
bet65/83
Sana31.12.2021
Hajmi7,85 Mb.
#268899
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
Bog'liq
OAF majmua falsafa-2019 cb278e6bb07544e6d294c5aecb156987

2-mashg`ulot. Laboratoriyada texnika xavfsizligi.


  1. Ishni bajarishdan oldin xavfsizlik qoidalarini o‘rganish. Ish boshlangunga qadar jihozlar bilan tanishish, to‘siqlar va himoya asboblarini ishga yaroqliligini tekshirib ko‘rish.

  2. O‘qituvchi ijozatisiz elektr asboblarni qo‘shmaslik va o‘chirmaslik. Uzatgich va asboblarni izolyasiyasini nazorat qilish. Mashina yoki asbob–uskunalarni qo‘shishdan oldin ularga yaqin turgan talabalarni ogohlantirish.

  3. Topshiriqni bajarish paytida laboratoriyada ishsiz yurmang, chunki, siz do‘stlaringiz diqqatini jalb qilasiz va asboblarni qarovsiz qolishiga sababchi bo‘lasiz.

  4. Reaktivlar ta’mini tatib ko‘rish mumkin emas.

5. Yonayotgan va juda qizdirilgan jihozlarni faqat asbestli turga qo‘yiladi.

6. Kuchli kislota va ishqorlar bilan ishlaganda quyidagilar zarur;

A) Kislota va ishqorli butilkalarni faqat g‘ilofida yoki savatlarda ko‘tarib olib yurish mumkin;

B) Kislotali va ishqorlarni o‘lchaganda, bir idishdan ikkinchisiga solganda, suyultirganda, hamda qotib qolgan o‘yuvchi natriy tuzini maydalaganda boshni o‘rash, himoya ko‘zoynagini taqish, rezina qo‘lqop va xalat ustidan rezinalashtirilgan fartuk taqish talab etiladi;

C) Laboratoriyada kontsentrlangan sulfat kislotasidan faqat 3 kun mobaynida foydalanish mumkin bo‘lgan ehtiyoj qism miqdorini saqlash mumkin. Kislotaning qolgan qismini reaktivlar omborxonasida saqlash zarur;

D) Kislotalarni bir idishdan ikkinchisiga qo‘ygan vaqtda faqatgina voronkalardan foydalanish, eng qulayi maxsus asbobdan foydalanilgani ma’qul; molekulyar og‘irligi katta bo‘lgan kislotalarni suyultirganda uni suvga solish kerak (shisha tayoqcha bilan aralashtirib turgan holda), aslo aksincha emas. Kislota suyultiriladigan stakanlar va kolbalar albatta suv solingan tog‘oralarga o‘rnatilishi zarur;

E) Kislotalarni hech qachon og‘iz bilan pipetkaga tortish mumkin emas, bunday vaqtlarda rezina nokdan foydalanilgani ma’qul. Kislotalar va amil spirtini o‘lchash uchun dozatorlardan foydalanilgani ma’qul;

F) Yog‘ o‘lchagichlarga tiqin tiqqan vaqtda va ular silkitilib aralashtirilganda ularni sochiqchalar bilan o‘rash zarur. Ko‘plab tekshirishlar bajarilganida yog‘ o‘lchagichlarni metall qopchiqlarda aralashtirgani ma’qul;

G) Foydalanilayotgan sentrifuga qopqoqdan tashqari, yog‘ o‘lchagichlar singan paytda kislotaning ta’siridan saqlash uchun kojux ham bo‘lishi kerak. Agar kojux bo‘lmasa uni fanerli yoki qalin qog‘ozli to‘siqlardan foydalanish mumkin;

H) Yog‘ o‘lchagichga rezinali tiqinni kiritishda hamda yog‘ni o‘lchashda yog‘ning ko‘rsatkichlari hisoblashda yog‘ o‘lchagichning kengaytirilgan joyidan sochoqcha bilan o‘ragan holda ushlash kerak. Aks holda darajalarga bo‘lingan qism bilan korpusning tutashgan joyi sinishi mumkin va kislota qo‘lga tukilishi mumkin;

J) Yog‘ o‘lchagichlardan tiqinni chiqarib olishda uni og‘zini o‘zingizdan va sizni o‘rab turuvchilardan boshqa tarafga qaratib ushlang;

K) Yog‘ o‘lchagichlarni ushlashda, ularni kislota bilan to‘ldirishda uni ushbu qo‘llanmaning mos holdagi mavzularda ko‘rsatilgan tartibda bajarish zarur;

L) Yog‘ o‘lchagichda ishlatilgan sulfat kislotasini va xromli aralashmani idishlarni yuvish uchun g‘iloflarga o‘rnatilgan maxsus idishlarga voronka orqali quyish kerak; Ushbu reaktivlarni hech qachon oqova tizimiga quymaslik kerak;

M) Stolda kislota uchun avtomat yonida doimiy ravishda quruq soda va uning 0,5 % li eritmasi bo‘lishi shart.

7. Agar qo‘lga yoki yuzga kislota tegsa, shu joy toza suv bilan darhol yuvilishi kerak, so‘ngra sodaning kuchsiz eritmasi bilan va yana toza suv bilan yuvilishi lozim. Agar kislota kiyim boshlarga tekkan bo‘lsa uni quruq soda bilan neytrallash va toza suv bilan yuviladi. Agar kislota stolga, shtativga, polga tegsa uni quruq soda bilan neytrallab so‘ngra tozalab yuviladi va yaxshilab artiladi.

8. Idish va asboblarni yuvishda xromli aralashma bilan ishlaganda va kislota bilan ishlashda qo‘llaniladigan qoidalarga rioya qilish kerak.

9. Sentrifugalash paytida uni buzib qo‘yishdan saqlash uchun sentrifuga juft miqdordagi yog‘ o‘lchagichlarni doimo bir–biriga qarama–qarshi joylashtirish kerak.

10. Agar yog‘ o‘lchagich sentrifugada sinib qolsa, uni sodali eritma bilan va toza suv bilan yuvib tozalab artish kerak.

11. Ammiakli, kislotali va zararli uchuvchi moddalarga ega bo‘lgan eritmalarni ishchi stolda ochmang. Bu mashg‘ulotni barchasini tortuvchi shkaf ichida amalga oshirish talab etiladi.

12. Kontservantlar saqlovchi sut namunasidan organoletik baholashda foydalanish qa’tiyan man etiladi.




Download 7,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish