Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

Markaziy  silindr  –  pleromadan  hosil  bo‘ladi,  o‘zagiga  perisikl  va  o‘tkazuvchi  sistema 
(birlamchi va ikkilamchi ksilema, floema) dan iborat. 
Perisikl  yosh  ildizlarda  (bo‘linuvchi  zonada)  vaqtincha  meristema  vazifasini  bajaruvchi 
(endoderma ostida joylashgan) tirik hujayralar bo‘lib, markaziy silindrni o‘rab oladi. 
Yopiq urug‘li o‘stmliklarda perisikl asosan bir, ba’zi bir pallali (g‘alla, angava, drasena) va 
ikki pallalilardan (yong‘oq, kashtan, tol), ochiq urug‘lilarda bir qavat hujayralardan iborat. Suvda 
o‘suvchi  va  parazit  o‘simliklarda  perisikl  bo‘lmaydi.  Ildizning  boshlang‘ich  tuzilishi  davrida 
perisikldan  hamma  yon  ildizlar  yuzaga  keladi.  Ikki  pallali  o‘simliklarda  ildizning  ikkinchi 


 
71 
tuzilishi vaqtida perisikl kambiy bilan tutashib ildiz nurlarini, yo‘g‘on tortgan ildizlarda fellogen 
hosil bo‘lishida faol qatnashadi. 
Markaziy  silindr  yoki  stela  asosan  o‘tkazuvchi  naylardan  tashkil  topgan,  shuning  uchun 
ham  s  t  e  l  a  deb  ataladi.  Stela  pleromadan  taraqqiy  etadi.  Stelning  tashqi  qavatidan  perisikl 
halqasi hosil bo‘ladi. Uning hujayralari uzoq vaqtgacha meristema xususiyatini saqlaydi. Perisikl 
hujayralarining bo‘linishidan yon ildizlar hosil bo‘ladi. Perisikl ostida p r o k a m b i y yuzaga 
keladi  va  boshlang‘ich  o‘tkazuvchi  to‘qimaga  aylanadi.  O‘tkazuvchi  to‘qima  floema  va 
ksilemadan  iborat.  Floema  ksilemadan  ilgari  taraqqiy  etadi;  dastlab  perisikl  yaqinida  yo‘ldosh 
hujayralari bo‘lmagan elaksimon naylar yuzaga keladi va protofloema hosil bo‘ladi. Keyinchalik 
floema  elementlari  (yo‘ldosh  hujayralari  elaksimon  naylar)  ildizning  markazga  yaqin  joyida 
hosil bo‘ladi va m e t a f l o e m a birgalikda birlamchi floemani tashkil etadi. 
Floemaning  ksilemadan  oldin  yuzaga  kelishiga  asosiy  sabab  shundan  iboratki,  ildiz 
apeksidagi  meristema  hujayralarining  faoliyati uchun  zarur  bo‘lgan  plastik moddalarni  o‘tkazib 
beriladi. 
Ildiz apeksidan uzoqda ksilema shakllanadi. Uning birinchi elementi (protoksilema) o‘sish 
zonasida  yuzaga  keladi.  U  cho‘zilish  xususiyatiga  ega,  shu  sababli  halqasimon,  spiralsimon 
nuqtali  xoshyalari  bor  traxeidlar  (traxeid  yoki  naycha)  ko‘rinishida  bo‘ladi.  Ildizning  bo‘yiga 
cho‘zilishi to‘xtash vaqtida ular to‘rsimon va porali bo‘ladi. 
O‘tkazuvchi  nay  tola  tutamlari  shakllangandan  so‘ng,  birlamchi  ksilema  yulduz  shaklida 
joylashadi. Ksilema nurlari orasida navbatlashib floema shakillanadi. Yulduz shaklidagi ksilema 
nurlarining soni turlicha: (masalan, diarx-ikki nurli, triarx-uch nurli, poli-arx ko‘p nurli) bo‘ladi. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish