2. Ildizning funksiyasi
Ildiz o‘simlikning asosiy vegetativ organi bo‘lib, u ikki funksiyani bajaradi: birinchidan,
ildiz o‘simliklarni tuproqda tik va mahkam ushlab turadi. (Masalan, makkajo‘xorining
qo‘shimcha ildizlar shu xizmatni o‘taydi) ikkinchidan tuproqdan suv va mineral tuzlarni olib
turadi. Bundan tashqari ildiz organik birikmalar (aminokislotalar, gormonlar, alkaloidlar)ni
sintezlash vazifasini ham bajaradi. Ba’zan, ildizda zapas organik moddalar to‘planadi (seret
ildizlar). Ba’zi o‘simliklarda vegetativ ko‘payish organi vazifasini ham bajaradi.
Ildiz o‘sish va rivojlanish davrida tuproqqa turli xil moddalar ajratadi (masalan, karbonat
angidrid gazi, organik kislotalar, o‘ksus va olma kislotasi, qand va h.k.). Bu moddalar tuproq
tarkibidagi mikroorganizmlar (zamburug‘lar va bakteriyalar) bilan hamkorlik qiladi. Ularning
faoliyati natijasida hosil bo‘lgan moddalar esa ildiz sistemasi orq ali o‘zlashtiriladi.
Ba’zi o‘simliklarda, nafas olish ildizlari hosil bo‘ladi: bunday ildizlar botqoq joyda
o‘sadigan o‘simliklarda (masalan, Shimoliy Amerikadagi botqoq kiparisi) botqoqdan chiqib
turadi. Tropik o‘rmonlardagi daraxt shoxlarida va po‘stloqlarida o‘rnashib parazitlik qilmasdan
o‘sadigan epifit (yunon. epi-ustida, fiton-o‘simlik) deb ataladigan o‘simliklarda pastga osilib
turadigan havo ildizlar gigroskopik suvlarni shimib olish xususiyatiga ega.
Ildiz o‘simliklarning markaziy o‘q organ hisoblanib, uchki (epikal) qismida joylashgan
meristema hujayralarini bo‘linishi natijasida beto‘xtov o‘sadigan va radial tuzilishga ega bo‘lgan
organdir. Unda hech vaqt barg va tashqi (ekzogen) kurtaklar hosil bo‘lmaydi. Initsial hujayralar
doimo qin (g‘ilof) bilan o‘ralgan.
Ko‘pchilik o‘simliklarning yosh ildizi apeks (uchi) da morfologik jihatidan aniq
ifodolangan o‘suvchi va so‘ruvchi qismlarga shakllanadi. O‘suvchi, so‘ruvchi qismga nisbatan
ancha kuchli ravishda bo‘yiga o‘sib, tuproqning chuqur qazilamlarigacha etib boradi va er osti
suvlarini shimib olish uchun xizmat qiladi. Ildizning bo‘yiga o‘sishi apeksning meristemaga
hujayralarini bo‘linishi vositasida sodir bo‘ladi.
O‘sish qismining yuqorirog‘ida ekzoderma hujayralaridan so‘ruvchi tukchalar rivojlanadi.
Tukchalar bir qavat hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, elastik xususiyatga ega. Ularning
uzunligi 0,3-10 mm atrofida bo‘ladi. Tuproqning qaysi qatlamida joylashgan ildizda yuzaga
kelsa, shulardagi suv va mineral tuzlarni faol so‘rib olish uchun xizmat qiladi va ildizning
so‘ruvchi yuzasini 5-10 baravar, ba’zi o‘simliklarda esa 40 barobar oshishga sababchi bo‘ladi.
Tukchalar uzoq yashamaydi, ular 10-15 kunda hayotchanligini yo‘qotib, kelgusi bahorda
ildizning boshqa joyidan yangidan yuzaga keladi.
O‘rta Osiyoning cho‘l va chala cho‘llarida o‘suvchi o‘tchil o‘simliklarning ildizlarida
efemer (yunon. efimeros-bir kunli, umri qisqa) deb ataladigan tukchalar hosil bo‘ladi. Shu
tukchalar bahorda namgarchilik vaqtida tuproqni yuza qismidagi suv va mineral tuzlarni so‘rish
uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |