48-rasm. Gulning tuzilishi:
1 – gul (uzunasiga kesma); 2 - gulbandi; 3 - kosachabarg;
4 – gultojibarg; 5 - ginetsey; 6 – androtsey.
Gulda jinsiy jarayonning sporogenez va gametogenez sodir bo‘ladi. Gul o‘qi (qisqargan
novda) yoki gul o‘rni torus (lot. torus-joy, o‘rin) deb ataladi. Gul o‘rni bir muncha yassi (pion,
ayiqtovon, malina- va boshqalarda), konussimon (na’matak), botiq (olxo‘ri, olcha) bo‘ladi. Gul
o‘rnida gulning hamma qisimlari: gulkosa, gul toji, changchi, urug‘chilar o‘rnashadi. Gul o‘rni
tagida gulni ushlab turuvchi gulbandi yoki dasta bo‘ladi. Agar gul bandi taraqqiy etmasdan
qolsa, unday gul bandsiz gul yoki o‘troq gul deb ataladi. Gul bandi yoki guldasta ostida ikki
pallali o‘simliklarda ikkita, bir pallali o‘simliklarda bitta gul oldi bargcha bo‘ladi.
Novdaning yonida joylashgan gullarda gulning q o p l o v ch i bargga qaragan tomoni
oldingi yoki pastki yoki a b a k s i a l (lot. ad-dan, aksial-o‘q) deb ataladi. Novda o‘qiga qaragan
qarama-qarshi tomoni orqa yoki ustki bo‘lsa a d a k s i a l (lot. ad-ga-biror narsaga qarab
borish) deb ataladi. Novdaning gul chiqan o‘qi, gul o‘rtasi va qoplovchi bargning markaziy
tomoni orqali o‘tgan tik tekislik o‘rta m e d i a n (lot. medians-o‘rta) deb ataladi. O‘rta tekislikka
to‘g‘ri burchak ostida joylashgan va novda o‘qi orqali o‘tadigan tekislik ko‘ndalang transversal
(lot. transversalis-ko‘ndalang) tekislik deb ataladi. Tekislik gul simmetriyasida yaqqol ko‘rinadi.
Masalan, gulning biror o‘qidan faqat ikkita simmetriya o‘tkazilsa, uni biosimmetriya (lot. bio-
ikki, simmetriya-teng) yoki b i l a t e r i a l (lot. lateralis-yon tomon) deb ataladi. Bundan
tashqari to‘g‘ri yoki aktinomorf, noto‘g‘ri zigomorf va assimetrik gullar ham uchraydi.
Kosacha
bilan
gultojlarning
ikkalasi
birgalikda
gulqo‘rg‘onini tashkil etadi.
Gulqo‘rg‘onining bo‘lishi yoki bo‘lmasligi va uni tuzilishiga qarab gul to‘rt xil bo‘ladi.
1. Agar gulqo‘rg‘on bir xil oddiy kosachasimon yoki tojsimon bo‘lib, gul o‘rnida
navbatlashib joylashsa (magnoliya, kupalnisa, liliya) – g o m o x l a m i d gul deb ataladi.
2. Gulqo‘rg‘oni murakkab (qo‘shaloq) kosacha bilan tojga ajralgan (chinnigul, no‘xat,
o‘rik, olma va boshqalar) bo‘lsa, g e t e r o x l a m i d deb ataladi.
3. Gulqo‘rg‘on bir qator bo‘lib, faqat kosachasimon (gazanda, qayrag‘och, alabuta) bo‘lsa
– g a p l o x l a m i d gul deb ataladi.
4. Gulqo‘rg‘on bo‘lmagan va faqat sporofillar (androtsey changchilar, ginetsey-urug‘chi)
lardan yuzaga kelgan gullar – a x l a m i d yoki ochiq (qoplangichsiz) gullar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |