Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

 
4. Androtsey. 
Bitta  guldagi  changchilar  soni  (yig‘indisi)  androtseyni  (yunon.  andros-erkak,  oykos-uy) 
tashkil  etadi.  Gulda  changchilarni  miqdori  har  xil  bo‘lib,  ular  sodda  o‘simliklarda  spiral, 
rivojlangan  o‘simliklarda  halqa  (doira)  shaklida  joylashadi.  Orxideyadoshlar  oilasida  1-3, 
sabsargulda  –  3,  qoqio‘tdoshlar-5,  piyozdoshlarda-6,  burchoqdoshlarda-10.  Bunday  androtsey 
oligomer  (yunon.  oltgos-oz,  kam,  meros-bo‘lak)  androtsey  deb  ataladi.  Ba’zi  o‘simliklarda 
changchilar soni juda ham ko‘p bo‘ladi (Masalan , burchoqdoshlar oilasidan mimozalar). Gulda 
androtseylar soni bo‘lsa p o l i m e r (yunon. pole-ko‘p, meros-bo‘lak) deb ataladi. Androtseyni 
evolutsiyasi polimerdan, oligomer tomonga borgan. 
Ko‘pincha changchilar, chang iplarini (bandlarini) uzun va kattaligi bilan ham farqlanadi. 
Masalan,  butguldoshlarda-2  qisqa  va  4  uzun,  yalpizdoshlarda-2  uzun  va  2  qisqa  bandli 
changchilar  bo‘ladi.  Ba’zi  oilalarda  changchi  bandlari  tutashgan  bo‘ladi.  Tropikada  o‘suvchi 
Meliaceae  oilasining  vakillarida  10  changchi  bir-biri  bilan  tutashib  changchi  naylarini  hosil 
qiladi.  Burchoqdoshlarda  9  changchi  tutashgan  va  bittasi  ozod  holda  qoladi.  Talaygina 
o‘simliklarda  changchi  ipi  bandi  bilan  changdonlar  qo‘shilib  ketadi  (astradoshlar, 
qovoqguldoshlar).  O‘z  davrida  K.  Linney  changchilarni  turli-tuman  shaklida  bo‘lishiga 
asoslanib, o‘zini sun’iy sistemasini tuzishga muyassar bo‘lgan. 
Har bir changchi, changchi ipi va changdondan iborat. Changchi ipi ba’zan juda ham uzun 
bo‘lib, gulqo‘rg‘ondan chiqib turadi, ayrim hollarda ingichka, qisqa (kartoshkada) yoki mutlaqo 
taraqqiy  etmaydi,  Ular  yumaloq,  ipsimon,  yassi  yoki  keng  (piyozdoshlarda)  tukchalar  bilan 
qoplangan (sigirquyruq, chinnigul) bo‘ladi. 
Changdonni, ikkita uyasi yoki xonasi boshlang‘ich ip bilan tutashgan. Ularni har bir yarmi 
teka  deb  ataladigan  to‘siq  bilan  chang  xonasiga  bo‘linadi,  keyinchalik  bu  xonalarda 
mikrosporalar changchilar rivojlanadi.  
Changdonda  chang  etilgandan  so‘ng,  uning  uyasi  yoki  xonasidagi  subepidermis 
hujayrasining  yorilishi  tufayli  ochiladi.  Ochilgan  changdon  yorug‘i  gulni  ichki  tomoniga 
(gineteyga)  qarasa  i  n  t  r  o  r  a  (lot.  introraum-ichkariga)  changdon  deb  ataladi.  Agar  tashqi 
tomonga qaragan bo‘lsa e k s t r o r a (lot. ekstroraum-tashqariga) changdon deb ataladi. 
Talaygina o‘simliklarda changchilar gulning boshqa qismlari bilan qo‘shilib ketgan. 
Ba’zi  o‘simliklarda  changchilar  chang  hosil  qilish  xususiyatini  yo‘qotib,  bargsimon  yoki 
nektar holiga aylanib qolgan. Bunday naslsiz changchilar s t a m i n o d i y (lot. stamen-erkaklik 
ip, yunon. eydos-tus, qiyofa) deb ataladi (chinnigul, shoyigul, atirgul va boshqa o‘simliklarda). 
Changchilarni asosiy vazifasi changlanish uchun zarur changlarni hosil qiladi. Lekin, ba’zi 
o‘simliklarda  rangli  changdonlar  borki,  ular  hasharotlarni  gulga  jalb  qiladi  (akatsiyalar, 
memozalar, efkalitlar va boshqalar). 
Changchilar  (mikrosporalar).  Mikrosporalar  ona  mikrospora  hujayralarining  reduksion 
(meyoz) bo‘linishi vositasida vujudga keladi. Bu jarayon ikki davrdan iborat. Yadroning birinchi 
bo‘linishi  sodir  bo‘lgan  vaqtda  hujayra  to‘siqlar  bilan  ajraladi,  bu  jarayon  ikkinchi  marta 
takrorlangan  vaqtda  hujayra  hosil  qilmasdan  to‘rtta  mikrospora  (chang  yuzaga)  keladi.  Hosil 
bo‘lgan  changlar  ko‘pchilik  o‘simliklarda  bir-biri  bilan  ajralgan  bo‘ladi.  Lekin,  ba’zi 
o‘simliklarda masalan, lux, tugoq, rosyanka, elodeya va boshqalarda tetrosporalar changdonda, 
changchilar  to‘plamini  hosil  qiladi.  Mimozalarda  esa  har  bir  changdon  uyasida  (xonasida)  64 
changchi to‘planadi. 
Chang  –  (mikrospora)  –  yopiq  urug‘li  o‘simliklarning  erkak  gametofiti  hisoblanadi. 
Changchi shakli katta kichikligi, tuzilishi har xildir. Changlarni naqshi, shakli va boshqa belgilari 
o‘simliklarni  har  bir  turida  doimiy  holda  bo‘lib,  nasldan  naslga  o‘tadi.  Ular  sharcha,  ellipsga, 
tayoqchaga,  ipga  o‘xshab  ko‘rinadi.  Changlarning  katta  kichikligi  ham  har  xil:  Masalan, 
gavanbandsizlar oilasida 240 mkm, qovoqdoshlarda esa biroz yiroqroq bo‘ladi. 
Chang po‘sti (sporoderma) asosan ikki qismdan tashkil topgan, ichki po‘sti intina va tashqi 
po‘sti  ekzina.  Intina  yupqa  asosan  pektin  moddasidan  tuzilgan,  ekzina  intinaga  nisbatan  ancha 


 
121 
qalin  bo‘lib, kutinlashgan  va tugunlashgan  uglevodlardan  s  p o  r  o  p o  l e  n i  n  bor,  bu modda 
ishqor  va  kislotalarda  erimaydi,  shuning  uchun  ham  juda  pishiq.  Ekzina  o‘z  navbatida  ikki 
qismdan  iborat:  tashqi  qavati  s  e  k  z  i  n  –  ekzina  eng  mustahkam  qavati  va  ichki  qavati 
naekzindan iborat. Sekzin tuzilishi jihatidan nihoyat xilma-xil bo‘lib, u har-xil bo‘rtmachalardan 
tashqari tikanaklar, jigalar bilan qoplangan. 
Ularning  kichkinasi  generativ  va  kattasi  esa  vegetativ  yoki  sporogen  hujayra  deb  ataladi. 
Generativ hujayralarning yadrosi kelgusida ikkiga bo‘linib, ikkita sperma hujayralariga aylanadi 
va urug‘chini urug‘lantirishda ishtirok etadi. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish