106
Yuksak o‘simliklarni evolutsiyasida yon shoxlanishning rivojlanishidan monopodial (lot.
monos-bitta, podos-o‘q novda, tarmoq) va simpodial (yunon. sim – birgalikda, yonma-yon)
shoxlanish rivojlangan.
3.
Monopodial shoxlanish. Bunday shoxlanish natijasida o‘simliklarning asosi (bosh)
tanasi o‘sishni to‘xtatmaydi va o‘sish nuqtasidan pastroqda, yuqoriga ko‘tariluvchi yon shoxlar
hosil qiladi. Yon tomondan o‘sib chiqqan shoxlar xuddi o‘sha yo‘sinda o‘sadi va shoxlanadi.
Bunday shoxlanishni bargli yo‘sinlarda, qirqbo‘g‘imlarda, qarag‘ayda, yelda va talaygina bargli
daraxtlarda (dub, shumtol, tog‘terak, zarang va boshqalarda) ko‘rish mumkin.
Bir yillik va ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarda shoxlanishning tepa-bosh o‘qida yoki
to‘pgullar hosil bo‘ladi va pirovardida o‘sishdan to‘xtaydi. Masalan, ko‘knori. Bu o‘simlik
urug‘dan ko‘karib chiqqandan so‘ng, o‘sib bitta monopodial shoxcha (novda) ga aylanib
vegetatsiya davrini oxirida gul hosil qiladi. Monopodial shoxcha (novda) pastrog‘ida bir necha
yon shoxchalar (novdalar) rivojlanib, ularni ham o‘z navbatida gul hosil qiladi.
Ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarda monopodial shoxcha (novda) bir necha yil davomida
o‘sib, qisqargan monopodiy hosil qilishini zubturumda ko‘rish mumkin.
4. Simpodial shoxlanish. Simpodial shoxlanish juda ko‘p tarqalgan bo‘lib monopodial
shoxlanishdan hosil bo‘ladi. Monopodiyning asosiy o‘sish nuqtasi (o‘qi) o‘sishdan to‘xtaydi yoki
yonga surilib qoladi, uning o‘rnini esa tepa tagidan chiqqan yon egallab, asosiy o‘q tomonga
qarab o‘sadi. Keyinchalik bu shox ham o‘sishdan to‘xtab, yonga so‘riladi. Bunday shoxlanish
daraxtlardan: tol, oq qayin, olma, nok, shaftoli, o‘rik, gilos, anjir, va boshqa daraxt hamda
butalarda uchraydi. O‘tchil o‘simliklar orasida simpodial shoxlanish ituzumdoshlar,
ayiqtovondoshlar, gulxayridoshlar (g‘o‘za) oilalarida uchraydi. Gulli o‘simliklarning simpodial
shoxlari gullab meva beradi.
Tepa kurtakning nobud bo‘lishi natijasida yon kurtaklar ochilib yirik shoxlarni o‘sishiga
sababchi bo‘ladi. O‘simliklarni bu biologik xususiyati muhim amaliy ahamiyatga ega. Shunga
asoslanib, mevali daraxtlarni bermaydigan o‘suvchi (monopodial) shoxlari kesib tashalanadi.
O‘simlikka shakl beriladi. Bundan tashqari o‘suvchi shoxlarni kesish, uxlovchi kurtaklarni qayta
ko‘karishdan simpodial shoxlar rivojlanadi.
Shoxlanish qonuniyatini o‘rganish muhim amaliy ahamiyatga ega. Binobarin, shoxlanish
qonuniyatini o‘rganib o‘simliklarni hosildorligini muntazam ravishda oshirish mumkin. Shuning
uchun ham g‘o‘za hosilga o‘tish davrida uning tepa o‘sish nuqtasi kesib tashlanadi. Bu usulni
qo‘llash natijasida g‘o‘zaning hosildorligi har bir gektar maydondan 2-3 sentnerga oshadi.
Toklarni o‘suvchi novdalarini kesib tashlash ham hosilni oshishiga sababchi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: