Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

 
6. Bargning anatomik tuzilishi. 
Bargning  anatomik  tuzilishi  bajaradigan  vazifasiga  bog‘liq  bo‘lib,  uni  plastikligini 
(egiluvchanligini)  ta’minlaydi.  Barg  plastinkasining  kesmasida  quyidagi  to‘qimalarni  ko‘rish 
mumkin: epiderma, mezofil va o‘tkazuvchi bog‘lamlar. 
Epiderma  bargning  qoplovchi  to‘qimasi.  Epiderma  barg  etini  ustki  va  ostki  tomonidan 
qoplab turadi. U bir qator bir-biriga zich (oraliqsiz) joylashgan hujayralardan iborat bo‘lib, unda 
boshqa to‘qimalar singari hujayra oralig‘i bo‘lmaydi. Epiderma  yoki epidermis kelib chiqishiga 
ko‘ra,  birlamchi  qoplovchi  to‘qima  bo‘lib,  poya  apekal  meristemasining  tashqi  qavati 
(qatlami)dan vujudga keladi. 
Epiderma  hujayralari  tirik  bo‘lib,  ularda  sitoplazma  ancha  yirik  vakuola,  yadro  va 
leykoplastlar  bo‘ladi.  Epiderma  hujayralarida  xlorofill  bo‘lmaydi.  Epidermaning  ustki  yupqa 
strukturasiz  tuzilishga  ega  bo‘lgan  qismi  kutikula  yoki  mum  pardasi  bilan  qoplagan  bo‘lib  u 
o‘simlikni qurishdan va kuchli quyosh nuridan saqlaydi. Kutikula va mum pardasi o‘simlikning 
yashash sharoiti va turlariga qarab qalin yoki yupqa bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari epiderma 
ustiga himoya qiluvchi har xil o‘simtalar, tuklar (trixomalar) hosil bo‘ladiki, ular himoya qilish 
bilan bir qatorda keraksiz moddalarni ajratib chiqaradi. 
Epiderma  to‘qimasi  uchun  xos  bo‘lgan  xususiyatlardan  biri,  uning  hujayralarini  orasida 
havo  yo‘li  ustida  yoki  nafas  olishning  hosil  bo‘lishidir.  Havo  yo‘li  ikkita  yarim  oysimon 
hujayraning  o‘zaro  muloqotli  vazifani  bajarilishi  natijasida  vujudga  keladi.  Havo  yo‘llari 
ko‘pincha bargning ostki epidermasida joylashadi. Masalan, kartoshka bargining ostki tomonida 
1mm  da  263  ta  bo‘lsa,  ustki  tomonida  45  ta  terak  bargining  11  mm  ostki  tomonida  115  ta 
bo‘lgan bo‘lsa ustki tomonida 20 ta va hokazo. 
Havo  yo‘lining  asosiy  vazifasi  suvni  bug‘latish  (tranpisratsiya)  va  havo  almashtirishdan 
iborat. Havo yo‘li hujayralari havoning haroratiga yorug‘lik va qorong‘ilikka qarab, ochiq, yoki 
yarim yopiq holatida bo‘lib, o‘z funksiyasini o‘zgartirib turadi. 
Bargning  mezofili  asosan  assimilyatsiya  vazifasini  bajarib  ustunsimon  va  g‘ovak 
to‘qimalardan  iborat.  Ustunsimon  parenxima  hujayralari  uzunchoq  shaklli,  bargning  ustki 
epidermisiga  nisbatan  perpendikulyar  ravishda  zich  bo‘lib  joylashgan,  uchki  tomoni  bilan 
bargning  ustki  epidermisining  har  bir  hujayrasiga  3  tadan  6  tagacha  hujayrasi  taqalib  turadi. 
Ustunsimon hujayralar xloroplast donachalarigacha juda ham boy bo‘lib, kunduzi (yorug‘likda) 
ular hujayra devoriga yaqin tizilib, yorug‘likni singdirishga moslashadi. 
Barg  mezofilining  ustunsimon  parenximasi  asosan  fotosintez  jarayonini  ta’minlovchi 
to‘qima  hisoblanadi.  Ustunsimon  parenxima  sernam  joylarda  o‘suvchi  o‘simliklarning  bargida 
doir  qator,  quruqlikda  o‘suvchi  cho‘l  va  sahro  o‘simliklarida  ikki  va  undan  ortiq  (ko‘p)  qatorli 
bo‘lishi mumkin. 
G‘ovak  parenxima  hujayralari  ustunsimon  parenxima  hujayralariga  nisbatan  ovalsimon-
yumaloq shaklli bo‘lib,  hujayra oraliqlarining kengligi va hujayra ichida  xlorofill donachalarini 
ozligi  va  tarqoq  holda  joylashganligi  bilan  farq  qiladi.  G‘ovaksimon  parenxima  qisman 
fotosintez  protsessida  ishtirok  etadi.  Shu  bilan  birga,  u  shamollatuvchi  (ventelyatsion)  to‘qima 
vazifasini  ham  bajaradi.  Bunday  barglarga  bug’doydoshlar,  piyozlar,  qiyoqdoshlar  kabi 
o‘simliklarning bargi misol bo‘ladi. 
Bargning  o‘tkazuvchi  to‘qimalari.  Bargning  o‘tkazuvchi  to‘qimasi  poya  va  ildizning 
o‘tkazuvchi  to‘qimasi  kabi  o‘ziga  xos.  Bargning  o‘tkazuvchi  to‘qimasi,  tola  boylam 
naychalardan  iborat  bo‘lib,  butun  barg  mezofil  qismiga  to‘rsimon  holda  tarqalgan.  Barg 


 
91 
o‘tkazuvchi to‘qimasi yopiq kollateral boylamlardan iborat bo‘lib, ularda ksilema ustki tomonda, 
floema ostki tomonda joylashgan. 
Bargning o‘tkazuvchi boylami barg o‘rni bilan tutashgan bo‘lib ikki pallali o‘simliklarda, 
barg o‘rnida, barg bandi va barg plastinkasini bosh nay tola boylamlariga etib boradi, undan esa 
birinchi  tartibdagi  boylamga,  so‘ngra  ikkinchi  tartibdagi  va  hokazo,  shunday  qilib  to‘rsimon 
tomirlanish  vujudga  keladi.  Barg  o‘tkazuvchi  boylamlari  yopiq  holda  bo‘lib,  ularga  kollateral 
o‘tkazuvchi boylam deyiladi. 
Ba’zi  ikki  pallali  o‘simliklar  bargining  bosh  tomirlarida  ksilema  bilan  floema  orasida 
kambiy  qatlamchasi  (pardasi)  paydo  bo‘lsa  ham,  u  o‘z  funksiyasi  ya’ni  (qalinlashtirish) 
yo‘g‘onlashtirish vazifasini bajarmaydi. 
Bargning  bosh  o‘tkazuvchi  nay  boylamlari  atrofini  mexanik  to‘qimaning  sklerenxima 
tolalari o‘rab turadi va barg tomirlariga mustahkamlik armatura (lot. armatura-jihozlash) beradi. 
Dorzoventral  yoki  geterogen  anatomik  tuzilishda  barg  ko‘ndalang  quyidagi  bo‘ladi:  ustki 
epidermis, mezofill: ustunsimon va g‘ovaksimon to‘qimalar, pastki epidermis og‘izchalari bilan 
(chinor, olma, nok) (41-rasm).  
 
 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish