Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi


Arc Map dasturiy ta’minotida atribut-jadvallar ustida ishlash



Download 221,51 Kb.
bet31/42
Sana19.05.2022
Hajmi221,51 Kb.
#604795
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
Arxeologiyada GIS majmuaa

Arc Map dasturiy ta’minotida atribut-jadvallar ustida ishlash
Biz arxeologik yodgorliklar xaritasini yaratishda ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tushunchalariga duch kelamiz. Ma’lumotlarni qidirish va taxlil qilish maqsadida arxeologik ma’lumotlarni tizimlashtirish vazifasi arxeologiyaning fan sifatida shakllanishi davridan boshlab mavjuddir. Arxeologik ma’lumotlar bazasini yaratish tizimining boshlang‘ich davrini 1972 yilda YUNESKOning «Butun jaxon tabiiy va madaniy merosini muxofaza etish» konvensiyasining qabul qilinishi bilan bog‘lash to‘g‘riroq bo‘lar edi. Aynan bu xujjatda madaniy va tabiiy meros tushunchalariga ta’rif berilgan va barcha davlatlarning bu meros ob’ektlarini muhofaza etish borasidagi majburiyatlari belgilab berilgan. Bu konvensiyaning takomillashtirilishi bilan turli xalqaro tashkilotlar tomonidan madaniy meros yodgorliklarini muxofaza etish bo‘yicha xujjatlar qabul qilindi. Masalan: 1985-1992 yillarda Evropa Kengashi tomonidan «Evropa arxeologik merosini muhofaza etish» konvensiyasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. 1995 yilda Evropa Kengashi tarixiy va me’moriy yodgorliklar ta’rifini bayon etish standartini tasdiqlagan bo‘lsa, xuddi shu yili «CIDOC» ya’ni “Xujjatlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro qo‘mita” ning arxeologik yodgorliklar bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan arxeologik yodgorliklarni bayon etish standarti qabul qilingan. Bu standartlar DKS-Daniya, MONARCH-Angliya, DRACAR-Fransiya, ARCHIS-Niderlaniya davlatlarining arxeologik yodgorliklar milliy ma’lumotlar bazasiga asoslangan edi. “CIDOC” standartida arxeologik yodgorliklarni ta’rifini bayon etish 52 qatordan iborat bo‘lib, 33 tasi asosiy va 19 tasi esa qo‘shimcha qatorlar hisoblanadi. “CIDOC” standarti asosida arxeologik yodgorliklar ta’rifini bayon etish quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshirildi.

  1. Arxeologik yodgorlikning ID raqami;

  2. YOdgorlikni hisobga olish sanasi;

  3. YOdgorlikni hisobga olishda o‘zgartirish kiritilgan sana;

  4. YOdgorlikni hisobga olish ishlarini amalga oshiruvchi shaxs ismi-sharifi yoki tashkilot nomi;

  5. YOdgorlikda qanday turdagi tadqiqot ishlarining olib borilganligi (arxeologik kuzatuv, arxeologik qazishma va x.zo);

  6. YOdgorlik bilan bog‘liq chop etilgan fotosuratlar, maqolalar, xaritalar va x.zolar haqida ma’lumotlar;

  7. YOdgorlikning geografik va ma’muriy jixatdan qaysi hududda joylashganligi xaqida ma’lumot;

  8. YOdgorlikning turi;

  9. YOdgorlikning fizik xolati va x.zo.

Xozirgi kunda arxeologik ma’lumotlarni saqlashning ikki ko‘rinishi mavjud: Birinchisi an’anaviy ko‘rinishda bo‘lib, ma’lumotlar qog‘ozlarga tushirilgan. Ikkinchisi esa arxeologik ma’umotlarni saqlashning elektron ko‘rinishi hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarning ixtiro etilishi va ularning arxeologiya sohasida keng qo‘llanilishiga qadar arxeologik ma’lumotlar bazasi qog‘ozlarda aks ettirilgan. Arxeologik topilmalardagi qayd yozuvlari, tizimli kutubxona kataloglari, muzey kartochkalari va boshqa arxeologik ma’lumotlar qog‘ozlarda aks ettirilgan eng sodda ma’lumotlar bazasini tashkil etadi. Biroq qog‘ozlarda aks etgan ma’lumotlarni qidirib topish va ularni o‘rganish o‘ziga xos murakkabliklarga egadir. O‘z navbatida elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasidan kompyuter texnologiyalari yordamida turli ko‘rsatkichlar asosida ma’lumotlarni qidirib topish, ularni o‘rganish va tahlil etish esa oldimizda turgan vazifalarni bir qadar engillashtirish imkonini beradi.
Xozirgi kunga kelib qog‘ozlardagi ma’lumotlar bazasining o‘rnini elektron ma’lumotlar bazasi egallamoqda. SHuningdek arxeologik ma’lumotlarni ma’lum bir hududga bog‘lash esa arxeologiya sohasida geografik axborot tizimining keng joriy etilishini taqozo etmoqda. GAT o‘zining tuzilishiga ko‘ra ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ham deb e’tirof etiladi. GAT yordamida alohida geografik xududlarning arxeologik axborot tizimini, arxeologik qazishmalar o‘tkazilgan yodgorliklar planini yaratish, qadimgi xaritalarni o‘rganish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.


Download 221,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish