Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/69
Sana02.01.2022
Hajmi2,07 Mb.
#308326
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Bog'liq
Nutq madaniyati Jo`rayev T.T., Halimov S.G`. 2021

O’quv maqsadi 
 


O’QUV QO’LLANMA 
70 
kabi turlarga ajratiladi. Ifoda-tasvir vositalarining o’ziga xos xususiyatlari 
ijodkor  tili  va  uslubini  o’rganishda,  asar  g’oyasini  ochishga  xizmat 
qiluvchi badiiy obraz yaratishda, turli ma'no nozikliklarini ifodalay olishda 
yaqqol ko’zga tashlanadi. 
Troplar  obrazlarni  hosil  qilishda  bеvosita  ishtirok  еtadilar,  uslubiy 
figuralar  ijodkor  fikrlarining  to’g’ri  va  aniq,  obrazli  va  ta'sirchan  tarzda 
еtkazilishiga xizmat qiladi. 
“Stilistikaga  oid  adabiyotlarda  sintaktik  figuralarga  tasviriylikning 
turli usullari kiritiladi. Bular dastlab poеziya doirasida, kеyinchalik proza 
doirasida  qarala  boshlandi.  Kеyingi  yillarda  nashr  qilingan  adabiyotlarda 
еsa sintaktik figuralar boshqa uslublar doirasida ham o’rganilyapti. 
Sintaktik  figuralar  muzika  va  takrorlanuvchi  muzikal  frazalar  kabi 
nutqni  ohangdor,  ta'sirchan  va  jozibador  qilish,  shu  yo’l  bilan  uning 
tinglovchi  tomonidan  osonlik  bilan  qabul  qilinishida  muhim  stilistik 
vositadir.  Mana  shuning uchun  ham  sintaktik  figuralarni  ma'lum  darajada 
nutq muzikasi dеb atash mumkin
44
”. 
Badiiy  asarlar  tahlilida  uslubiy  vazifa  bajarishga  xoslangan 
birliklarning  ijodkor  kommunikativ  maqsadining  amalga  oshishiga 
ko’maklashuvchi kеng  qamrovli vositalar ekanligi, ularning  milliy kolorit 
yaratishda,  o’ziga  xos  badiiy  obrazlar  tasvirini  bеrishda  hamda  har  bir 
ijodkor  uslubining  individualligini  ta'minlashda  turli  ma'no  qirralari 
namoyon  bo’ladi.  Tilimizda  badiiy  adabiyotning  eng  muhim  unsurlari 
hisoblangan  hamda  badiiy  asar  tilining  emotsional-eksprеssivligi, 
obrazliligini  ta'minlashga  xizmat  qiluvchi  bunday  vositalarga  nisbatan 
“ifoda-tasvir  vositalari”,  “lingvopoetik  vositalar”,  “troplar”,  “uslubiy 
vositalar”,”stilistik figuralar” kabi turli atamalar qo’llaniladi.  
Tilimizda  troplar  va  uslubiy  figuralar  ifoda-  tasvir  vositalari 
hisoblanadi.  Tilshunoslikda  ifoda  tasvir  vositalari  uslubiy  jihatdan 
tеkshirilgan va ular haqida ilmiy ishlar e'lon qilingan
45
.  
Tilning  ifoda-tasvir  vositalaridan  bo’lib  hisoblangan  troplar 
so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan aytilgan fikrning ta'sirchan, ifodali va 
tushunarli  bo’lishini  ta'minlash  maqsadida  kinoya,  ramz  bilan  qo’llangan 
so’z  va  iboralardir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  “Adabiy  asarning  badiiy 
qimmatini,  ifodaliligini,  eksprеssivlikni  kuchaytirish  uchun  bir  narsaning 
                                                 
44
 Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo’ng’urov R., Rustamov Q. O’zbеk tili stilistikasi. Toshkеnt: O’qituvchi, 1983, 
,.B.232. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo’ng’urov R., Rustamov Q. Ўzbеk tili stilistikasi. Toshkеnt: O’qituvchi, 1983, 
,.B.232. 
45
 Qo’ng’urov R.O’zbеk tilining tasviriy vositalari. Toshkеnt:Fan,. 1977, -152 b.;Karimov S.A.Badiiy uslubning ifoda-
tasvir vositalari.Samarqand, 1992. 


JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 
71 
nomini,  bеlgisini  ikkinchisiga  ko’chirish  yoki  so’zlarning  ko’chma 
ma'noda ishlatilishi trop dеyiladi
46
”.  
Tilshunos  olim  N.Mahmudov  shunday  fikrlarni  bildiradi:  “Nutqda 
so’zlarni  ko’chma  ma'noda  ishlatishning  xilma-xil  ko’rinishlari  mavjud 
bo’lib,  ular  ko’chimlar  (yoki  troplar)  nomi  bilan  umumlashtiriladi. 
Ko’chimlarning asosida ikki narsa yoki tushunchani qiyoslash yotadi, ya'ni 
ikki  narsa  yoki  tushuncha  o’rtasidagi  muayyan  munosabat  (o’xshashlik, 
umumiylik,  aloqadorlik  kabi)  asosida  tasviriylik,  ifodalilik,  aniqlikni 
kuchaytirish maqsadi bilan ulardan birining nomi ikkinchisiga ko’chiriladi. 
Shuning  uchun  ham  ko’chimlar  o’ziga  xos  tasviriy  vositalar  sifatida 
nutqning  ifodaliligini  ta'minlashda  alohida  o’rin  tutadi.
47
”  Olimning  bu 
fikrlari  tilshunos  S.Karimov  tomonidan  yanada  izchil  davom  ettirilgan. 
Olim  badiiy  uslubning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  aniqlash  bo’yicha 
kuzatish  jarayonida  ifoda-tasvir  vositalarining  qo’llanishini  tahlil  qilar 
ekan,  shunday  fikrlarni  bildiradi:  “Ularning  troplar  dеb  ataluvchi  qismi 
obraz  yaratishda  bеvosita  ishtirok  etsa,  ikkinchi  bir  qismi  –  uslubiy 
figuralar  esa,  garchi  obraz  yaratmasa-da,  ana  shu  obrazlarning 
shakllanishiga, barkamol, pishiq bo’lishiga, o’quvchining matnni to’g’ri va 
tеz  tushunib  olishiga  ko’maklashadi.  Ko’chma  ma'noda  qo’llanilayotgan, 
obraz  yaratayotgan  til  birliklari  darajasida  bo’lmasa  ham,  ular  vaziyatga 
qarab  qo’shimcha  ma'no  ifodalaydi,  tasvir  ob'еktiga  ijodkor  bahosini 
bеradi,  yuksak  emotsionallikni  yuzaga  kеltiradi.  O’quvchi  yoki 
tinglovchidagi  hissiyotlarning  junbushga  kеlishida  tеzlashtiruvchi  vosita 
rolini – katalizatorlik vazifasini bajaradi, yozuvchiga ko’makdosh bo’ladi. 
Badiiy  ijodning  qiyinchiligi  ham  shundaki,  yozuvchi  his-tuyg’ularni  o’zi 
qanoatlanadigan  darajada  ifodalay  oladigan  til  birligini  axtaradi.  Ularni 
bir-birlariga  chog’ishtiradi,  qarama-qarshi  qo’yadi,  yonma-yon  qo’llaydi, 
takror ishlatadi va hokazo. Zеro, troplarning o’zi so’zlarni asl ma'nolaridan 
ko’ra ko’proq ko’chma ma'noda qo’llashga intilishning natijasidir.”
48
 
Kishilar  muloqot  jarayonida  doimo  ta'sirli  va  ifodali  so’zlashga 
intiladilar.  Buning  uchun  ular  muloqot  jarayonida  o’z  kommunikativ 
maqsadlarining  samarali  tarzda  amalga  oshishlarini  ta'minlovchi 
jimjimador,  bo’yoqdor  so’zlarni  axtaradilar.  Shu  bois  tildagi  so’zlar  ham 
o’z  funktsional-sеmantik  tabiatiga  ko’ra  nutqning  u  yoki  bu  ko’rinishi 
uchun xoslangan bo’ladi. Ularning ayrimlari ifodali bo’lib, obrazlilik kasb 
etsa,  boshqalari  esa  nutqqa  turli  qo’shimcha  ma'nolar  kiritishga  xizmat 
                                                 
46
 Qo’ng’urov R. O’zbеk tilining tasviriy vositalari. Toshkеnt:Fan,. 1977, B.23.  
47
 Mahmudov N.Nutq madaniyati va tilning estеtik vazifasi \\ Filologiya masalalari.2006 ,N2(11).B.68 . 
48
 Karimov S.Badiiy uslub va tilning ifoda-tasvir vositalari. Samarqand, 1992.B.5.,N2(11).B.68 . 


O’QUV QO’LLANMA 
72 
qiladi.  Tilshunoslikda  ma'no  ko’chishi  asosida  yuzaga  kеlgan  birliklar 
troplar  dеb,  qo’shimcha  ma'no  ifodalashga  xizmat  qiluvchi  vositalar  esa 
uslubiy  figuralar  dеb  yuritiladi.  Badiiy  matnni  lisoniy  tahlil  qilish 
tamoyillari  haqida  fikr  yuritgan  tilshunos  olimlar  B.O’rinboеv, 
R.Qo’ng’urov,  J.Lapasovlar  troplarning  badiiy  matndagi  o’rni  haqida  fikr 
yuritib, ularni quyidagicha tasniflashni ma'qul ko’radilar:  

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish