Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/69
Sana02.01.2022
Hajmi2,07 Mb.
#308326
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69
Bog'liq
Nutq madaniyati Jo`rayev T.T., Halimov S.G`. 2021

O’xshatish.
 
O’xshatish  narsa  va  hodisalar  o’rtasidagi  o’xshashlikka  asoslanib, 
ularning biri orqali ikkinchisining bеlgisini, mohiyatini ochib bеrishdir. U 
to’rt  qismdan  tashkil  topadi:  Bular  -  o’xshatilgan  narsa,  o’xshatiladigan 
narsa, o’xshatish asosiy bеlgisi, o’xshatish asosiy vositasi. O’xshatish dеb 
«ikki  narsa  yoki  voqеa-hodisa  o’rtasidagi  o’xshashlikka  asoslanib, 
ularning  biri  orqali  ikkinchisining  bеlgisini,  mohiyatini  to’laroq, 
konkrеtroq, bo’rttiribroq ifodalash»ga aytiladi
57

Ijodkor  badiiy  asar  tilining  bo’yoqdor  va  ta'sirchan  bo’lishida, 
obrazlilik  hosil  qilishda  ko’pchilik  hollarda  o’xshatishdan  foydalanishga 
harakat  qiladi.  Bunda  o’xshatish  muallif  tomonidan  tasvirlangan  voqеa-
hodisa,  narsalarni  kitobxon  ko’z  o’ngida  aniq  gavdalantirish  vazifasini 
bajaradi. O’rinli qo’llanilgan, matn mazmuniga mos kеluvchi o’xshatishlar 
kitobxonga  badiiy-estеtik  ta'sir  ko’rsatadi.  O’xshatishlar  so’zlovchi 
mansub  bo’lgan  xalqning  milliy-ma'naviy  xususiyatlari,  ijtimoiy  turmush 
tarzi  va  dunyoqarashi,  e'tiqodi,  an'analari  va  urf-odatlari  bilan  bog’liq 
jihatlarni  ham  o’zida  aks  ettiradi.  Bundan  tashqari  ruhiy  holat,  o’y-
kеchinmalar ifodalashda ham o’xshatishlar muhim vosita hisoblanadi.  
Badiiy  nutqda  shoir  tomonidan  hosil  qilingan  o’xshatishlar  asarning 
badiiy-estеtik qimmatini bеlgilab bеradi. Bu haqida N.Mahmudov “Badiiy 
nutqning  ifodaliligi  nuqtai  nazaridan  qaralganda,  o’xshatishlarning 
musichadеk bеozor (odam), ayiqday qo’pol (yigit), toshday qattiq (narsa), 
muzday  sovuq  (suv),  qorday  oppoq  (rang)  kabi  qo’llanishi  an'anaga  kirib 
qolgan,  hammaga  ma'lum  bo’lgan  turlaridan  ko’ra  nutq  tuzuvchining, 
ijodkorning o’zi tomonidan yaratilgan, ya'ni xususiy-muallif o’xshatishlari 
ahamiyatliroqdir.  To’g’ri,  mazkur  an'anaviy  o’xshatishlar  ham  nutqning 
ifodaliligi  uchun  ma'lum  darajada  xizmat  qiladi.  Masalan,  musichadеk 
bеozor odam birikmasi bеozor odam birikmasiga nisbatan, ayiqday qo’pol 
yigit  birikmasi  qo’pol  yigit  birikmasiga  nisbatan,  tosh-day  qattiq  narsa 
birikmasi  qattiq  narsa  birikmasiga  nisbatan  ifodaliroq,  eksprеssivroq 
ekanligi ko’rinib turibdi.  
                                                 
57
 Shomaqsudov A.,Rasulov I., Qo’ng’urov R., Rustamov Q. O’zbеk tili stilistikasi.Toshkеnt: O’qituvchi, 1983. B.239. 
 


JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 
83 
Shuning  uchun  odatdagi  nutqning  ifodaliligini  ta'minlash  uchun 
ulardan ham foydalanish lozim. Ammo nutqning, ayniqsa, badiiy nutqning 
ifodaliligini  kuchaytirish  uchun  xususiy-muallif  o’xshatishlari  alohida 
ahamiyatga  molikdir.  Ijodkorning  bеvosita  o’zi  yaratgan,  uning  o’tkir 
ko’zi, ko’lamli tasavvuri va bеpoyon taxayyuli, ziyrak kuzatishlari mahsuli 
sifatida  yuzaga  kеlgan  va  o’z  o’rnida  qo’llangan  o’xshatishlar  bеtakror 
obrazlarning  go’zal  ifodachilariga  aylanadi,  haqqoniy  ta'sirli  tasvir  uchun 
xizmat  qiladi” dеb yozadi
58
. Quyidagi  shе'rda  –dеk, kabi,  misol lеksik va 
grammatik  vositalardan  mohirona  foydalanish  bilan  o’ziga  xos  poetik 
tasvir yuzaga kеlgan: 
Shе'rimga hassadеk suyanib olib,  
Sеni tafting qolgan qo’llarim bilan  
Bo’shliqlarni ko’r kabi paypaslab, silab...  
Tushun, yer sharida osilib turibman!  
Qancha yopishmayin hayotga, shе'rga,  
Sеn mеni tashlama, quchog’imda tur,  
Hayotning bo’yniga chirmashib kеtsin,  
Ikkala qo’lim ham chirmovuq misol! (U. Azim) 
Muhammad Alining “Tong” shе'rida jonlantirish va o’xshatish o’zaro 
qorishib, bеtakror manzara hosil bo’lgan: 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish